Научная статья на тему 'Bolalar adabiyotida Xudoyberdi To’xtaboyevning “Besh bolali yigitcha” asarida bosh qahramon badiiy obrazining talqini va personaj ichki kechinmalarining bolalarga xos tasviri'

Bolalar adabiyotida Xudoyberdi To’xtaboyevning “Besh bolali yigitcha” asarida bosh qahramon badiiy obrazining talqini va personaj ichki kechinmalarining bolalarga xos tasviri Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
338
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
realistik asar / talqin / bosh qahramon / qahramon xarakteri / realistik obraz / “yetim bola” obrazi

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Qodirjonova Iqbola Bahodir Qizi

Annotatsiya: Maqolada bolalar adabiyotining taniqli yozuvchisi Xudoyberdi To’xtaboyev asarining qahramoni orqali “yetim bola” obrazini talqin qilinadi, ushbu obraz vositasida yaratilgan mazmunni tushunish va tushuntirishga urg’u beriladi. Orifjonning psixologik jarayonlarda ruh, qalb, ong kechinmalari uyg’unlashib ketganligi tahlil qilinadi. “Yetim bola” obraziga singdirilgan mantiq yosh kitobxonlarni ezgu fazilatlarni o’zlashtirishga o’rgatish, baxtli kelajakka ishonish va hayot uchun kurashishdir. Shu sababli ham bu kabi asarlar nihoyasida ota onasidan ajralgan qahramonlar o’z oilasi yoki do’stlari bilan topishadilar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Bolalar adabiyotida Xudoyberdi To’xtaboyevning “Besh bolali yigitcha” asarida bosh qahramon badiiy obrazining talqini va personaj ichki kechinmalarining bolalarga xos tasviri»

TAFAKKUR MANZILI

2022-SENTABR

WWW REANOPUB UZ

Bolalar adabiyotida Xudoyberdi To'xtaboyevning "Besh bolali yigitcha" asarida bosh qahramon badiiy obrazining talqini va personaj ichki kechinmalarining

bolalarga xos tasviri

Qodirjonova Iqbola Bahodir qizi Toshkent shahridagi Yeodju texnika instituti o'qituvchisi

nizamovaiqbola96@gmail.com

Annotatsiya: Maqolada bolalar adabiyotining taniqli yozuvchisi Xudoyberdi To'xtaboyev asarining qahramoni orqali "yetim bola" obrazini talqin qilinadi, ushbu obraz vositasida yaratilgan mazmunni tushunish va tushuntirishga urg'u beriladi. Orifjonning psixologik jarayonlarda ruh, qalb, ong kechinmalari uyg'unlashib ketganligi tahlil qilinadi. "Yetim bola" obraziga singdirilgan mantiq yosh kitobxonlarni ezgu fazilatlarni o'zlashtirishga o'rgatish, baxtli kelajakka ishonish va hayot uchun kurashishdir. Shu sababli ham bu kabi asarlar nihoyasida ota onasidan ajralgan qahramonlar o'z oilasi yoki do'stlari bilan topishadilar.

Kalit so'zlar: realistik asar, talqin, bosh qahramon, qahramon xarakteri, realistik obraz, "yetim bola" obrazi

Annotation: The article interprets the image of "orphan boy" through the character of Khudoyberdi Tokhtaboev, a well-known children's literature writer, and emphasizes the understanding and explanation of the content created through this image. It is analyzed that the experiences of the spirit, heart, and mind are combined in Arifjon's psychological processes. The logic embedded in the image of the "orphan boy" is to teach young readers to acquire good qualities, believe in a happy future and teach to fight for life. For this reason, at the end of such novels, the heroes who are separated from their parents are reunited with their family or friends.

Key words: realistic work, interpretation, main character, character's personality traits, realistic image, the image of "orphan boy"

Badiiy adabiyotda yaratilgan mukammal obrazlar kitobxonlarning yaqin do'stiga aylanib, ularning qalbidan joy oladi. Bunday badiiy qahramonlar nafaqat kattalarning, balki yosh o'quvchilarning ham xotirasida uzoq muddat saqlanib qoladi. Maqolada mulohaza yuritiladigan masala ham katta-yu kichik uchun birday qadrli bo'lgan qahramon- bolalar adabiyotidagi ko'pchilikka tanish bo'lgan obraz talqini xususidadir. Talqin badiiy asarni sharhlash, uning mazmun mohiyatini, undagi badiiy konsepsiyasini idrok etish, anglash

TAFAKKUR MANZILI

2022-SENTABR

WWW REANOPUB UZ

demakdir. Talqin badiiy asardagi "obraz tili"ni "mantiq tili"ga o'girish ya'ni orbazlar vositasida ifodalangan mazmunni tushunish va tushuntirishdir.5

Jajji kitobxonlarning sevimli adibi Xudoyberdi To'xtaboyev barcha asarlarida qahramonlar xarakterini mukammal yoritib bera olgan. "Sariq devni minib"dagi Hoshimjon, "Shirin qovunlar mamlakati"dagi Akbarjon, "Mungli ko'zlar"dagi Zafar, umuman barcha asarlaridagi qahramonlar bir birini takrorlamas xarakterga ega obrazlardir. Biri o 'yinqaroq, maqtanchoq bo'lsa, biri hayolparast, biri kibrli, ammo barcha qahramonlar samimiy va real tasvirlangan.

Yozuvchining urush yillaridagi o'smirlar hayotini yorituvchi kitobi ham o'ziga xos tarzda yetimlarning achchiq qismatidan hikoya qiluvchi bebeho asardir. Orifjjon - iztiroblar, kurashlar davrini aks ettiruvchi asarning bosh qahramoni. U tabiatan quvnoq, beg'ubor, sodiq, vijdonli, adolatli, sodda yigit, ammo urush davri va hayot qiyinchiliklari uni yanada qat'iyatli, mas'uliyatli, kurashuvchan, kattalardek fikrlaydigan inson qilib tarbiyalaydi, ba'zan esa yolg'onchiga aylantiradi. va uni hayotning ba'zi ko'chalarida adashtiradi.

Asar bosh qahramoni-yetim bola Orifjon tilidan hikoya qilinadi. Bolalar adabiyotida asar yozishning kattalar uchun qiyin juhati ham aynan shunda - ya'ni o'zi orqali bola ruhiyati, xarakterini tasvirlash va bu ishda subyektiv bo'lish. Xoh she'riy asardagi poetik shaxs bo'lsin, xoh badiiy adabiyotdagi hikoyachi, yozuvchi "meni"ni diqqat markazida bo'lgan qahramon sifatida ifodalash oson ish emas. Subyektivlik juda muhim bo'lgan tilning funktsiyasi bo'lib, pragmatik kontekstda (masalan, situatsion implikatsiya yoki makro-matnli tuzilma doirasida) strukturaviy lingvistik elementlarni - stilistik ekspressivlikni manipulyatsiya qilish orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib, o'quvchilar ko'proq yoki kamroq tanish stilistik va ritorik strategiyalarning matn konfiguratsiyasida subyektivlikni kuzatadilar.6

Muallif shunchaki yozmaydi, balki bizga his qildiradi. Orifjon hikoyasini o'qiyotganda kitobxon goh beixtiyor jilmayib qo'yadi, yoki xandon otib kulib yuboradi, goh

5 (Jumaboyev.M, 2 010)

6 (Hunt.P, 2005)

TAFAKKUR MANZILI

2022-SENTABR

WWW REANOPUB UZ

qahramonning jasorati, mehnatsevarligi, g'ayratiga qoyil qolib, goh uni ranjitgan nopok kimsalardan nafratlanadi. 7Asar bosh qahramon tomonidan hikoya qilingani bois, uning fikrlari bayoni o'quvchiga Orifjon xarakterini osongina anglash imkonini beradi. Misol uchun, keling, ushbu asardan parchalarga nazar tashlasak:

"...Hozir esa hecham o'ynay olmayman, o'yinga berilib ketsam, uydagi ishlarim qolib ketadi. Keyin opam xafa bolib qolishi mumkin. Men opamni yaxshi ko^raman, juda, juda ham yaxshi ko^raman, hecham xafa qilmasam, hecham yig'latmasam deyman. Opam ham meni yaxshi ko'radi: «Hayriyatam esim yo'g'ida seni tug'ib olgan ekanman, bo'lmasa, ahvolim nima kechardi» -- deb, erkalatgani erkalatgan.... "

...Bechora ukaginamgajuda achinib ketdim, yo'q o'q tekkani uchun emas, yo'q..,yo'q, u och edi, ertalab nonushta qilgani yo'q, yaxshiroq urushsam ko'proq kartoshka olarmikanman deb, hammadan oldin yugurgan edi u, mana kartoshkaga yetay-yetay deganda bevaqt nobud bo'lib ketdi u... "8

Yuqoridagi ko'chirmalardan uning jonkuyarligi, g'amxo'rligi va oilasiga bo'lgan mehrini qalban xis qilish mumkin. Bu xislatlar: uning singlisi Zulayho nozik bo'lgani uchun, ukasi Usmonning ko'proq bo'sh vaqtida rasm chizib tezroq kamol topishi uchun ularga ko'p ish buyurmasligi yoki xatto o'yinga berilib ketkan paytida otasidan xavotir olishida ham namoyon bo'ladi. Lekin Orifjon faqat ijobiy xulq-atvor bilan tasvirlanmaydi, goh sho'x, goh ojiz, gohida juda dovyurak, gohida jur'atsizdek aks ettiriladi:

"...- Qiynalmaymiz, kolxozga ishga kiraman! - dedim yig'lavorgudek bo'lib, yo'q, allaqachon yig'lagan ekanman, ko'z yoshlarim burnimning ustiga oqib tushayotganidan sezib qoldim... "

Millat boshiga tushgan og'ir kunlarda u jondan sevgan singlisini xursand qilish uchun gunoh qilishga ham majbur bo'ladi:

7 (Botirova.Z, 2014)

8 (To'xtaboyev.X, 2021)

TAFAKKUR MANZILI

2022-SENTABR

WWW REANOPUB UZ

"... Nima, birgina qovunni o'g'irlagan bilan odam o'g'ri bo'lib qolarmidi. O'zimga bo'lsa-ku hecham qilmasdim-a, lekin kasal singlimga juda achinib ketyabman ... "

U qovun o'g'irlashga xarakat qiladi, ammo xuddi cho'g'ni changallab olgandek qaltirab uni tashlab yuboradi, o'g'rilikka qo'li bormaydi. Nihoyat, u gunoh qilish uc hun uni yuvish yo'li topadi va uzum o'g'irlashga urinadi:

"...Nima bo'pti, otam qaytib kelsa, eson-omon uyimizga borib olsak, gadoylarga sadaqa qilib gunohimniyuvib olaman... "9

Bu fazilatlar uni realistik obrazga aylantiradi. Chunki hayotda hech kim ideal emas, asar qahramonlari ham xuddi tirik insonlardek kamchilik va yutuqlari bilan, jonli, hayotiy tasvirlanadi. Hayotiy qahramonlarni tushunish osonroq va shuning uchun bu kabi hikoyani o'qish bolalar uchun ham yoqimli va maroqli bo'ladi. Ko'rib turganingizdek, Orifjjonning shaxsiy fazilatlari uning ichki ovozi, ba 'zan esa boshqa qahramonlar bilan bo'lgan suhbatlari orqali namoyon bo'ladi. Xudoyberdi To'xtabo yev asar bayonida hech qanday qo'shimcha ta'rif va tushuntirishlar kiritmagan va turli vaziyatlarda bosh qahramonni ham oqlamagan. Bu yo'l bilan muallif o'quvchilarni o'zlari xulosa qilishlariga imkon bergan.

Orifjjon endigina 13 yoshda bo'lsa-da, kattalardek mas'uliyatli. Otasi urushga ketganidan keyin u butunlay uy yumushlariga ko'milib qoladi. Onasining o'limi esa yetim bolalarni tubsiz jarlikka qulatgandek bo'ladi. Orifjjon o'smirlik chog'ida beshta yetimning ham otasi, ham onasi bo'lib qoladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Hikoya davomida Orifjon mehnatsevar, vijdonli, mas'uliyatli inson bo'lib voyaga yetadi. O'zining halolligi, mardligi tufayli mehribonlik uyidagi jinoyatni fosh qiladi. Hayot qanchalik og'ir sinovlarga duch keltirmasin, u g'urur va o'zligini yo'qotmaydi. Bemor singlisining ko'nglini ko'tarish uchun uzum sotib olmoqchi bo'lgan Orifjon latifalar aytib pul topmoqchi bo'ladi. Ammo latifani eshitib, boy bo'lsa-da xasis yo'lovchi unga besh tiyinlik sariq chaqani uloqtiradi. Bu yetim bolaning g'ururiga tegadi va u tangani yo'lovchiga qaratib otadi:

(To'xtaboyev.X, 2021)

3

TAFAKKUR MANZILI

2022-SENTABR

WWW REANOPUB UZ

"...Sening sadaqangga zor emasman , bildingmi, o'lib qolsam ham olmayman... Ich ichimdan bir xo'rsinish keldi-yu, yo'q o'zimni qo'lga oldim,yig'lamadim... "

U nafaqat mag'rur, balki mehnatkash va aqlli ham:

"...O'zi ham mana shunaqangi ishlarni sog'inib qolgan ekanman, uch kun daganda hamma yoqni yog' tomsa yalaguday qilib tozalab, tomorqalardagi makka poyalarni yig'ishtirib

o'ttim...

"10

Orifjonning aql-zakovati hikoyaning turli o'rinlarida ko'rinadi: u tepalik uchun jangda taktikani o'ylab topganida, ona tili fanidan a'lo baho olganida, militsiya bo'limida uxlab yotgan navbatchini jazolaganida, ukalari bilan Toshkentdan Qo' qonga piyoda yurib, ularga bosh bo'lib yo'lda uchragan to'siqlarni yengib o'tganida.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, Xudoyberdi To'xtaboyevning qahramonlari o'ziga xos mukammal yaratilganligi, real va hayotiyligi, samimiyligi, hayotga kulgu aralash munosabati bilan bolalar adabiyoti nasrida "mangu yashash vasiqasi"ni olishga qodir. "Besh bolali yigitcha" asaridagi "besh bolaning ota-onasi"ga aylangan "yetim bola" obrazini ham shular jumlasiga kiritish mumkin. Orifjjon yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi, hayotda o'z o'rnini topishga o'rgatuvchi, o'quvchilar qalbi va ongiga ta'sir qila oluvchi ijobiy qahramon. Asarda oddiy hayotiy voqealar, real personajlar orqali muallif umuminsoniy mazmunni ifodalagan. Xudoyberdi To'xtaboyev bolalar va o'smirlar adabiyoti rivojiga ulkan hissa qo'shgan adibdir. Uning asarlari dunyoning ko'plab tillariga tarjima qilindi, bu asarlar nafaqat bolalarning, balki kattalarning ham ma'naviy mulkiga aylandi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Botirova Z. (2014). Ingliz va o'zbek adabiyotida bolalik mavzusining talqini.

Toshkent: Namangan davlat universiteti

2. Hunt P. (2005). Understanding Children's Literature. New York: Tsylor&Francis

Group.

(To'xtaboyev.X, 2021)

10

TAFAKKUR MANZILI

2022-SENTABR

WWW REANOPUB UZ

3. Jumaboyev M. (2006). Bolalar adabiyoti va folklor. Toshkent: O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi.

4. Jumaboyev M. (2010). Bolalar adabiyoti. Toshkent: O'qituvchi.

5. Kiyikbayev F.Q. (2020). Bolalar adabiyoti. Andijon.

6. Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. (2010) Adabiyotshunoslik lug'ati. Toshkent: Akademnashr.

7. Safarova T.Z. (2020, June). Analysis of orphan images and orphanhood in children's literature. Literary criticism, pp. 217-2021.

8. To'laboyeva R. (2019). Xudoyberdi To'xtaboyev romanlarida badiiy psixologizm. Tashkent.

9. To'xtaboyev X. (2021). Besh bolali yigitcha. Toshkent: Yangi asr avlodi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.