Научная статья на тему 'XORIJIY VA MAHALLIY OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM SIFATI NAZORATINING ASOSIY KO’RSATKICHLARI'

XORIJIY VA MAHALLIY OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM SIFATI NAZORATINING ASOSIY KO’RSATKICHLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta'lim / zamonaviy bilim / modernizatsiya / ta'lim texnologiyalari / sifatli ta'lim.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Tojiieva Feruza Adhamjonovna

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ta’lim sohasidagi fikrlariga oid misollar, pedagoglar va professor-o’qituvchilarning professional darajasi va maxsus bilimlari , ta’lim sifati, kasbiy faoliyat va rivojlanish darajasi boyicha tushunchalar va ularga oid muhokamalar tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XORIJIY VA MAHALLIY OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM SIFATI NAZORATINING ASOSIY KO’RSATKICHLARI»

XORIJIY VA MAHALLIY OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TA'LIM SIFATI NAZORATINING ASOSIY KO'RSATKICHLARI

Tojiieva Feruza Adhamjonovna

Ta'lim muassasalarini boshqaruvi yonalishi magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.11181124

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ta'lim sohasidagi fikrlariga oid misollar, pedagoglar va professor -o'qituvchilarning professional darajasi va maxsus bilimlari , ta'lim sifati, kasbiy faoliyat va rivojlanish darajasi boyicha tushunchalar va ularga oid muhokamalar tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: ta'lim, zamonaviy bilim, modernizatsiya, ta'lim texnologiyalari, sifatli ta'lim.

Аннотация: В данной статье анализируются мнения Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева о сфере образования, профессиональный уровень педагогов и преподавателей, их специальные знания, качество образования, профессиональная деятельность и уровень развития. Также рассматриваются взгляды и комментарии на эти темы.

Ключевые слова: образование, современные знания, модернизация, образовательные технологии, качественное обучение.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev ta'kidlaganlaridek: "yana bir muammoni hal etish ham o'ta muhim hisoblanadi: bu - pedagoglar va professor-o'qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta'lim olish, ma'naviy-ma'rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga faol ko'mak beradigan muhitni yaratish zarur."

Ta'lim sifati - kasbiy anglashning majmuyi tavsifi bo'lib, zamonaviy rivojlanish bosqichida iqtisodiy taraqqiyot talablariga mos kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli yurituvchi mutaxassis qobiliyati va ishining samaralari bilan belgilanadi. Ammo, tahlillardan ma'lumki, «ta'lim sifati» har xil mualliflar tomonidan har xil tushunilishi bu tushuncha ta'rifining takomillashmaganligidan darak beradi. Ko'pgina mualliflar ta'lim sifatini ta'lim tizimi faoliyati sifati deb qarashadi. Ba'zi mutaxassislar uni ta'lim oluvchilarning ta'limdagi tayyorgarlik darajasi va yutuqlari bilan bog'laydilar.

"Ta'lim sifati" degan atamaning ham turli talqinlari mavjud, ayrimlar ta'lim sifatini o'qitish sifatiga bog'laydilar. Boshqalar "ta'lim sifati" deganda, shaxsning rivojlanish darajasini tushunadilar. Uchinchi guruh "ta'lim sifati" deganda, bitiruvchining oltita mavqe bo'yicha:

- kasbiy faoliyatga;

- vatanini himoya qilishga;

- oilaviy hayotga;

- dam olish vaqtini mazmunli o'tkazishga;

- ta'limni davom ettirishga;

- o'z sog'lig'i haqida qayg'urishga tayyorligi;

- shuningdek, mustaqil hayotga tayyorligini tushunadilar.

Qayd etilgan ko'p o'lchamli ta'lim sifatining ayrim qirralari bir necha yillar o'tgandan keyin baholanishi mumkin, shu sababli ta'lim sifatining ayni talab qilingan vaqtda, shu erda, ya'ni ayni paytning o'zida qanday qilib baholanishi aniq emas.

Ta'lim sifatini o'qitish sifati deb tushunish va buni talabalar soni foizi, shaxsning rivojlanish darajasiga bog'lash, oliy ta'lim muassasasi bitiruvchilarining ishga joylashgan foizi deb tushunish, sifatni talabalarga dars beradigan dosent va professorlar miqdori bilan bog'lash va boshqa talqinlar ham mavjud.

Ta'lim haqidagi tushunchalar va atamalarning pedagogik qomusiy lug'atida "bitiruvchilarning ta'limi sifati" ta'lim muassasasi bitiruvchilarining ta'lim va 1tarbiyadagi rejalashtirilgan maqsadlarga mos tarzda erishgan bilim va malakalari, aqliy, jismoniy va axloqiy darajasi sifatida talqin qilinadi. 2

L.V.Peregudov, M.X.Saidovlarning fikricha, ta'lim va kadrlarni kasbiy tayyorlash ta'lim sifatining yakuniy sifatidir.

Ta'lim sifati - OTM faoliyatining belgilangan talablarga javob berish tavsiflari darajasi

Imiy - pedagogik kadrlar malakasi va kompetentligi

boshqaruv sifati

ta'lim muhiti, ahborot va moddiy-texnik resurslar sifati

abiturientlar sifati - talabalar reytingi - mutahassislar kompetentligi

ta'lim dasturlari sifati

ta'lim jarayoni sifati

1.1-rasm. OTMda ta'lim sifati tavsiflari

Bugungi kunda dunyo hamjamiyati ta'lim sifati samaradorligini oshirish masalasini hal qilishga kirishgan bo'lib, bu o'rinda etakchi g'arb davlatlari OTM tizimida muvaffaqiyatli natijalarni ko'rish mumkin. Ma'lumki, ta'lim sifati bilan bog'liq tarzda har bir ta'lim muassasasi qator vazifalarni hal qiladi. Bundan tashqari ta'lim sifati muammosini tadqiq qilishda metodologik jihatdan muhim bo'lgan quyidagi ta'kidlarni keltirish lozim:

1) ta'lim sifati - bu, ta'lim oluvchi, barkamol shaxsni har tomonlama tarbiyalash va rivojlantirishga doir masalalarni hal qilishga imkon beradigan o'ziga xos xususiyatlar to'plamidir;

1 TaHKngnn Ta^nn, KaTbHH TapTHÖ-nrnrooM Ba maxcHH ®aßo6rap^HK - ^ap 6np pa^6ap ^ao^HHTHHHHr KyHga^HK

Kongacn Öy^nmn KepaK. Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacn npe3ngeHTH fflaBKaT Mnp3HëeBHHHr MaM^aKaTHMH3HH 2016 nngga H^THMOHH-HRTHCogHH pHBO^aHTHpnmHHHr acocHH aKyH^apn Ba 2017 nn^ra My^araamuH HKTHCognn gacTypHHHr энг My^HM ycTyBop HyH&mm^apHra öarHmnaHraH Ba3np^ap MaxpaMacHHHHr KeHranTupHOTUH Ma^^HCHgarH Mabpy3acH. "Xam; cy3n", 2017 hh^ 15 aHBapb.

2) ta'lim sifatini yaxlit, jamlangan holda, ham prosessual, ham natija beradigan jihatlar nuqtai nazaridan ko'rib chiqish maqsadga muvofiq;

3) ta'lim sifati inson faoliyatining asosiy turlari tizimi bilan belgilanadigan mazmuniga bog'liq;

4) ta'lim sifati jarayon sifatida o'quv jarayonining tashkiliy doirasida hosil bo'ladigan o'zaro bog'liq ta'lim berish va ta'lim olish faoliyati sifatida namoyon bo'ladi;

6) ta'lim sifati, avvalo, ta'lim oluvchilarda bilimning to'liqlik, chuqurlik, tezkorlik, moslashuvchanlik, aniqlik, umumlashganlik, anglanganlik va mustahkamlik kabi xususiyatlar tizimini shakllantirish qobiliyati hamda egallangan bilimni amaliyotda jamiyat, muassasa va o'zi uchun samarali, o'z vaqtida va mobil qo'llanilishi bilan belgilanadi;

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Танкидий тах,лил, катъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - х,ар бир рах,бар фаолиятининг кундалик коидаси булиши керак. Узбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг мамлакатимизни 2016 йилда ижтимоий-иктисодий ривожлантиришнинг асосий якунлари ва 2017 йилга мулжалланган иктисодий дастурнинг энг мух,им устувор йуналишларига багишланган Вазирлар Мах,камасининг кенгайтирилган мажлисидаги маърузаси. "Халк сузи", 2017 йил 15 январь.

2. PF-5847-son 08.10.2019. O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida

3. С.Сулаймонова "Анимацион ёндашув асосида бошлаАич синф укувчиларида экологик тушунчаларни ривожлантириш технологияси" авторефарат PhD -Наманган. 2022

4. Azimaxon Kamolova osh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasini manbalarining o'rganishning o'rganishning ilmiy-nazariy asoslari. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) December 2022 / Volume 3 Issue 12. 590-592 betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.