Научная статья на тему 'XORAZM VOHASI IQLIM SHAROITIDA EKILADIGAN QOVUN NAVLARI'

XORAZM VOHASI IQLIM SHAROITIDA EKILADIGAN QOVUN NAVLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
274
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qovun / turkum / tur / nav / tuproq / iqlim / ekin / sho‘rlanish.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Muxayyo Erkinovna Roʼzieva

Ushbu maqolada qovun turlari va navlarining kelib chiqishi, ahamiyati, hamda ularni Xorazm vohasi bo‘ylab ekilishi haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XORAZM VOHASI IQLIM SHAROITIDA EKILADIGAN QOVUN NAVLARI»

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7 XORAZM VOHASI IQLIM SHAROITIDA EKILADIGAN QOVUN

#

NAVLARI

* i i>

»

Muxayyo Erkinovna Ro'zieva

UrDU Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya kafedrasi Stajyor o'qituvchisi mustaqil tadqiqotchi https://doi.org/10.5281/zenodo.6908639

P-<\ > C¡ )><#

Annatotsiya: Ushbu maqolada qovun turlari va navlarining kelib chiqishi, ahamiyati, hamda ularni Xorazm vohasi bo'ylab ekilishi haqida ma'lumotlar berilgan.

Tayanch so'zlar: qovun, turkum, tur, nav, tuproq, iqlim, ekin, sho'rlanish.

> >¡ >

Qovun - qovoqdoshlar oilasi, bodring turkumiga mansub bir yillik o't o'simliklar turi; poliz ekini. Ildizi o'qildiz, ildiz tizimi kuchli rivojlanadi. Palagi ingichka, yotib o'sadi. Barglari uzun bandli, palakda ketma-ket joylashgan. Hasharotlar yordamida changlanadi. Mevasining shakli turli (yumaloq, ovalsimon, cho'zinchoq). Vazni 200 g dan 16-25 kg gacha. Po'sti qalin (1,5-2 sm), o'rtacha (1 -

»

m?

1,5 sm), yupqa (0,5 - 1,4 sm), eti yumshoq, sersuv, sershira, qumoq, ba'zilariniki tolali, rangi oq, qizil, sarg'ish, yashilroq. Urug'i oq, och sariq va sariq. Mevasi tarkibida 8-20% quruq modda, 18% qand (saxaroza), 0,1-0,7 kletchatka, folat kislota, kaliy, natriy, kalsiy, magniy, temir, fosfor, oltingugurt va boshqa mikroelementlar bor.

Qovun issiqsevar, yorug'sevar o'simlik, qurg'oqchilikka va tuproq sho'rlanishiga chidamli. Urug'i tuproq harorati 14-15 ga yetganda una boshlaydi (13 dan past haroratda urug'i chiriydi). Ekilgandan keyin 5-7 kunda maysa unib chiqadi. O'suv davrida qator oralari 2-3 marta yumshatiladi. Tuproq sharoitiga qarab 5-6 marta sug'oriladi. Har sug'orishdan keyin ariq qirovi bosiladi. Hosildorligi 250-300

m

sentner/gektar.

Hozirgi kunda O'zbekistonda qovunning 56 navi yetishtiriladi. Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan qovun mahsuloti Afg'oniston, Belorus Respublikasi, J-jt Buyuk Britaniya, Germaniya, Gruziya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Moldaviya, Niderlandiya, BAA, Pokiston, Polsha, Rossiya, Tojikiston, Ukraina, Chexiya, Shveysariya kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

Yozma tarixiy manbalar bundan 2 ming yil ilgari ham qovun etishtirilganligidan dalolat beradi. Qoraqalpog'iston Respublikasining Beruniy shahridan 80 km uzoqlikda joylashgan Tuproqqal'ada olib borilgan qazilma ishlari jarayonida milodiy III asrga taalluqli madaniy qovun urug'lari topilgan. As-Saolibiy (milodiy IX asr) va

J^^ asrga taalluqli madaniy qo v un lari topilgan. As-Saolibiy (milodiy IX asr) Va

sayyoh Ibn Batutta (XIV asr) o'z kitoblarida Xorazm qovunlariga ta'rif berishgan.

31><}>

U>,* ^ «KQí

>q )> d )> :>

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7

Zaxiriddin Muhammad Bobir (XV asr) va undan keyingi davrda bir necha sayyohlar

#

Movarounnahr bo'ylab safarlari davomida bu farovon o'lkaning ajib qovunlariga qoyil qolishgan. Ajoyib mevalar dovrug'i mamlakat tashqarisidagi uzoq o'lkalarga keng yoyildi. Qovunlarning katta miqdorda miloddan avvalgi II asrda Xitoyga, IX-X asrlarda Iroqqa olib chiqilganligi to'g'risidagi ma'lumotlar saqlangan. Qovunlar Hindistonda, Eronda va boshqa mamlakatlarda ham munosib baholandi. Shu davrlarda qovun qoqisi ham e'tirof etilib, uni uzoq o'lkalarga olib chiqilar edi.

Qadimda qovunni yaxshi shamollatiladigan joylarda, quruq qumda, don, somon ichida, osib qo'yish yo'li bilan hamda mahsus qurilgan qovun omborlari -qovunxonalarda keyingi yilning aprel-may oyiga qadar saqlash usullari ma'lum bo'lgan. O'zbekiston hududida hozirgacha qovunning achchiq va nordon ta'mli yovvoyi turi o'sadi, u Markaziy Osiyoda tarqalgan madaniy tur hillarning asoschisi hisoblanadi.

Xorazm vohasi Markaziy Osiyoning tekislik qismini qamrab olgan keng Turon muzofotining shimoliy qismida joylashgan. U Amudaryo qadimiy deltasining chap qirg'og'ini egalagan. Uning sharqiy chegarasi Toshsaka yassitog'ligi bo'lsa, g'arbiy sarhadi esa Turkmaniston bilan chegaralanadi. Qoraqalpog'iston va Xorazm viloyati jug'rofiy o'rniga ko'ra O'zbekistonning shimoliy qismida joylashgan. Ularning

»

hududi o'ta qurg'oq mintaqaga kirib, yillik yog'incharchilik 80-90 millimetrni tashkil etadi va ular asosan qish va bahor davriga to'g'ri keladi. Voha iqlimi keskin kontinentaldir. Yozi issiq va quruq. Iyul oyida havoning o'rtacha xarorati +28°C, o'rtacha mutlaq yuqori xarorat +41°C, ba'zan xarorat +46°C gacha boradi. O'suv

davrida musbat xaroratlar yig'indisi 4200° dan 5400° gacha o'zgarib turadi. Qovun

..... , , , .......

asosan sug'oriladigan va sho'rlangan (yuviladigan) erlarda hamda cho'l mintaqasining o'tloqi tuproqlarida ekiladi.

Xorazm vohasida yetishtiriladigan qovun navlari handalaklar - Oq kallapo'sh, Zamcha, Oq zamcha, Ola zamcha, Ko'k zamcha, Qora zamcha, Sariq zamcha, Qizil zamcha, Turkman zaami, Bosqovun, Duynak, Mahalliy sariq handalak, Handalak Ko'kcha 14, Tarnek, Urganji. Yumshoq etli yozgi navlar. Amiri, Allaka, Xorazm oqnovvoti, Oq gurvak, Ola gurvak, Bosvoldi, Ko'k gurvak, Qora gurvak, Zarchopon F1, Mullasapo, Toshloqi. Qattiq etli yozgi navlar. Oqnovvot, Oqsut, Olageke, Ola J-jt po'choq, Amiri, Baqiraman, Bekzodi, Bizota, Harvuzqovun, Ko'kcha, Jiydagul, Jiyda yaproq, Turkman ichqizili, Ko'ktinni, Nongo'sht, Oltin vodiy, Rohat, Sekeppara, To'rlama, Xitoyi, Xitoyi ameri, Shakarpara, Shakarpalak 554, Shirinpo'choq.

Kuzgi-qishki navlar. Oqqosh, Qishki oqpo'sh, Mahalliy olahamma, Amudaryo, Oq gulobi, Olma gulobi, Olmurti gulobi, Zarg'aldoq gulobi, Yashil etli gulobi, Charjou gulobisi, Xorazmiy gulobi, Zar gulobi, Qora gulobi, Qizil gulobi, Ko'k gulobi, Sariq gulobi, Shobozi gulobi, Beshak gulyau, Mahalliy beshak, Qishki * : j*

^TOT^r^ a I

Щ >

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7

^ J

beshak, Shobboz beshak, Shimboy beshak 151, Qora beshak, Qizil beshak, Qilichboy beshak, Qo'tir beshak, To'rnovat beshak, Hamma beshak, Xiva beshak, Ho'jayli beshak, Shirin beshak, Bijir, Qishki bo'riqovun, Gurlan, Ettiyyaproq, Qoragul, Qoraqovun, Mahalliy qorakand, Qoraqosh, Qoraqo'tir, Qariqiz, Qoratirish, Qo'ybosh 476, Madaniy zamon, Mullasapo, Navro'zboy, Ravran, Turnanovvot, To'yona, Tuyaqovun, Shakarpara, Shoyiqovun, Umrboqiy kabiy navlar ekib o'stiriladi.

Xorazm vohasi - eng qadimiy va mashhur qovunchilik vohalaridan bo'lib, qovunning nav tarkibi, ayniqsa, qishki navlarga boyligi bilan ajralib turadi. Bu erda

qadimiy mahalliy va boshqa vohalardan keltirilgan navlar hamda Gyukcha, Alageke, Marikaun va boshqa qator turkman navlari tarqalgan. Xorazm vohasining nav tarkibi va ekin maydonlari barqaror emas. Bu erda avvaldan va hozirda etishtirilib kelinayotgan navlar turli etilish guruhlarini namoyon etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Androsov A. O kulture din v Srednei Azii i mestnie ix sorta.//«Promishlennoe sadovodstvo i ogorodnichestvo».- 1940.- № 1-4, - 98-100 b.

2. Arasimovich V.V. Bioximiya dini.//V kn.: «Bioximiya kulturnix rasteniy».-M.- 1938.-T. 4. - 295-328 b.

3. Ashurmetov A.A. O samostoyatelnosti roda Melo Adans.//V sb.: «Problemi soxraneniya i ispolzovaniya geneticheskix resursov selskoxozyaistvennix kultur dlya selektsionnoy raboti».- Toshkent- 1995.- 166-176 b.

4. Bel-Kuznetsova V.F., Zhitneva N.E. Dini Uzbekistana.//T. Izd. Komiteta nauk UzSSR.-1937. - 127 b.

5. Belik V.F. Baxchevie kulturi.//M.: «Kolos».- 1982. - 186 b.

6. Bo'riev X.Ch., Ashurmetov O.A. Poliz ekinlari biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi.//T.: «Mexnat».- 2000.- 115 b.

7. Bo'riev X.Ch., Zuev V.I., Umarov A.A. Polizchilikdan amaliy

mashg'ulotlar.//T. «Mexnat».- 1997.- 203 b.

8. Buriev X.Ch. Spravochnaya kniga baxchevoda.//M.: «Kolos».- 1984.- 142 b.

9. Dudko P.N. Sortovoe bogatstvo din Uzbekistana.//T.- 1956. 150 b.

10. Dudko P.N., Karimov A.K., Ermoxin B.N., Uspenskaya E.V. Atlas «O'zbekiston qovunlari. Dini Uzbekistana».//T.: UDN- 1962.- 184 b.

11. Ermoxin B.N. Dini Uzbekistana.//T.: «Fan».- 1974.- 23 b.

12. Esenov A., Karov D. Turkmenskie dini. Atlas.//Izd. 2.- Asxhabat.: «Rux».-1999.- 288 b.

13. Filov A.I. Baxchevodstvo.- M.: Selxozgiz.- 1959. 155 b.

14. Kuchkarov S.K. Dini Uzbekistana: sorta, selektsionnoe ispolzovanie, semenovodstvo.// T.: «Mexnat».- 1985. 135 b.

>> ¡>

>q ] i )> >

*

159

* ^ * \>

иф

эй* >*

160

Г-5 J?

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7

15. Kuchkarov S.K., Shukina A.S., Xaitov X. Opisanie i sistematizatsiya mestnix sortov din Buxarskoy oblasti.//Tr. UzNIIOBKiK.- Vip. 18.- T.: «Fan».-1980. 32-52 b.

16. O'zbekiston qovunlari, melons of Uzbekistan, дыни Узбекистана, R. Mavlyanova, A. Rustamov, R. Khakimov, A. Khakimov,M.Turdieva and S. Padulosi, O'simliklar genetik resurslari halqaro instituti (IPGRI), 2005.

>

л>>

>

Ы >

ущ-

ж -f>

>> ! >

q > >

wi >

Л ) J

Ы:>

q

Ы >

>

£ И >

^й >

И**

>

q

Pl>

q > >

Ы >

q щъ q

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.