Научная статья на тему 'POLIZ MAHSULOTI QOVUNNI NAVLARI VA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI'

POLIZ MAHSULOTI QOVUNNI NAVLARI VA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
1263
111
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
poliz mahsulotlari / qovun / yetishtirish / texnologiya. / fruit products / melon / cultivation / technology.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Botirova Nargiza Abdumo’Min Qizi

Ushbu maqolada yurtimizda aholi ehtiyojidan kelib chiqib, poliz mahsuloti qovunni yetishtirish usullari, qayta ishlash va qurutishni yo’lga qo’yish choratadbirlari xususida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

VARIETIES AND CULTIVATION TECHNOLOGY OF POLYZ PRODUCT MELON

Ushbu maqolada yurtimizda aholi ehtiyojidan kelib chiqib, poliz mahsuloti qovunni yetishtirish usullari, qayta ishlash va qurutishni yo’lga qo’yish choratadbirlari xususida so’z boradi.

Текст научной работы на тему «POLIZ MAHSULOTI QOVUNNI NAVLARI VA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI»

POLIZ MAHSULOTI QOVUNNI NAVLARI VA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI

Annotatsiya. Ushbu maqoladayurtimizda aholi ehtiyojidan kelib chiqib, poliz mahsuloti qovunni yetishtirish usullari, qayta ishlash va qurutishni yo'lga qo'yish choratadbirlari xususida so'z boradi.

Kalit so'zlar: poliz mahsulotlari, qovun, yetishtirish, texnologiya. СОРТА И ТЕХНОЛОГИЯ ВЫРАЩИВАНИЯ ДЫНИ ПОЛИЗ ПРОДУКТА Аннотация. В этой статье, исходя из потребностей населения нашей страны, мы расскажем о способах выращивания дынь, мерах по обработке и сушке.

Ключевые слова: плодовая продукция, дыня, выращивание, технология. VARIETIES AND CULTIVATION TECHNOLOGY OF POLYZ PRODUCT MELON Abstract. In this article, based on the needs of the population in our country, we will talk about the methods of growing melons, processing and drying measures.

Key words: fruit products, melon, cultivation, technology.

Qishloq xo'jaligida islohotlar izchil amalga oshirilayotgan hozirgi davrda aholini dehqonchilik mahsulotlariga bo'lgan talabini to'laroq qondirish va bu boradagi ta'minotni tubdan yaxshilash eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Buni muvaqqiyatli hal etishda, ayniqsa mahsulotlarni birlamchi qayta ishlashdek muhim vazifaga alohida e'tibor berilishi talab qilinadi. Polizchilik qishloq xo'jaligining qovun, tarvuz, qovoq yetishtiradigan tarmog'i sanaladi. Poliz mahsulotlarining to'yimlilik va parxez oraliq qimmati tarkibida ko'p miqdorda oson o'zlashtiriladigan karbonsuvlar, shakarlar, vitaminlar va minéral tuzlar borligi bilan belgilanadi. Hususan qovun tarkibida saxarova, tarvuz tarkibida esa fruktoza ko'p bo'ladi. Respublikamizda poliz mahsulotlarini yetishtirishni yanada kuchaytirish, sifatini yaxshilash va uning nobudgarchiligini kamaytirish hisobiga aholining shu mahsulotlarga bo'lgan talabini qondirish ko'zda tutilgan. Respublikamiz poliz mahsulotlarini yetishtirib beruvchi eng yirik markazlardan biridir. Mamlakatimizda shirinligi va va boshqa sifatlari bilan ajralib turuvchi qovun va poliz mahsulotlari yetishtiriladi. Respublikamizda poliz ekinlari oziq-ovqat, yem-xashak va texnika maqsadlarida ekiladi. Poliz ekinlarining turlari jada ko'p bo'lib rayonlashtirilagan bir qancha navlari mavjud. Iqlim va ekologik sharoitlar hisobiga olingan holda navlar oqilona tanlansa va to'g'ri agrotexnika qo'llansa, mo'l hosil olinadi. TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Qovun Panglo tasnifiga ko'ra mustaqil Melo turkumiga ajratilgan. Qovunlar turkumiga 15 tur o'simliklar kiradi, ulardan 13 madaniy tur hisoblanadi.Shularda 4 tur vakillari O'zbekistonda keng ekiladi bular: M.chandalak, M. Ameri, M.Zard, M. Cassaba. Yovvoyi turlaridan Melo Agrestis Pang- It qovun ham keng tarqalgan. O'rta Osiyo shuningdek, respublikamiz hududida ham qovunlari boshqa hududning qovunlaridan o'zining eng shirinligi (tarkibida shakar ko'pligi bilan) farq qiladi. Masaln bir necha navlarini keltirish mumkin:

Handalaklar - Melo chandalak var. chandalak Pang Gleb. Bu tur xiliga vegetatsiya davri 55-70 kun davom etadigan eng ertagi navlari kiradi. Mevasi mayda (0.5-2 kg), yumaloq yoki

Botirova Nargiza Abdumo'min qizi

Toshkent davlat agrar universiteti 2- bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6803918

KIRISH

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 3

biroz yassi bo'ladi. Yuzasi sust to'rlanadi. Po'chog'i yumshoq, eti sersuv, o'rtacha shirin, hushbo'y bo'ladi. Yaxshi saqlanmasligi va tashishga chidamsizligi sababli yetishtirilgan rayonda iste'mol qilinadi. Turlari: Ko'kcha handalak 14, Zomiy 672, Sariq handalak, Ko'k kallapush.

TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMA

Erta yozgi eti yumshoq qovunlar - M.Chandalak Var.buchorica (Pang) - vegetatsiya davri 75-90 kun. Mevasi yumaloq yoki oval, o'rtacha va yirik. Po'chog'i yumshoq, siyrak to'rlangan. Eti yumshab ketadi, hushbo'y, juda shirin. Mevasi tashishga kam chidamli. Turlari: Cho'gari 814, Assati 3806, Toshloqi 862, Zarmeton, Buxoro 33.

Yozgi qattiq etli amiri qovunlar - M.Amari vegetatsiya davri 90-110 kun. Mevasi xar xil kattalikda, cho'zinchoq. Po'sti qattiq, qalin to'rlangan. Eti qarsillaydi, hidsiz, shirin. Mevasi butunlay palagida pishadi. Erta yozgilarga qaraganda birmuncha yaxshiroq saqlanadi va tashishga chidamli. Mahalliy jouida iste'mol qilinadi.Turlari: Ko'kcha 588, Ichi qizil yirik1233, Shakarpalak 554, Oqqovun 557, Oq va sariq gulobi.

Kuzgi zard qovunlari - M. Zard odatda , to'liq pishmasdan uzib olinadi. Vegetatsiya davri 110-120 kun. Mevasi o'rtacha va yirik, tuxumsimon, yarmi yoki butunlay to'rlangan. Po'chog'i qattiq, uzish vaqtida tig'iz, qarsillaydigan bo'ladi. Saqlash davrida ancha sersuv shirin bo'lib qoladi. Yaxshi saqlanadi va tashishga qulay, chidamli. Turlari: Qo'ybosh 476, Umrboqi 3748, Qizil gulobi 498, Oq gulobi 805, Qora cho'pon.

Qishki zard qovunlar - M.Zard qishda saqlanganda to'liq yetiladi. Mevasi yirik, silindrsimon, po'chog'i qattiq, kam to'rlangan bo'ladi. Ba'zan yuzasi burishgan. Uzish vaqtida eti tig'iz, o'rtacha shirin, to'la yetiganda sersuv, shirin bo'lib qoladi. Bu qovunlar juda yaxshi saqlanadi va tashishga nihoyatda chidamli. Turlari: Qariqiz 700, Ko'k gulobi, Qora gulobi 694, Mahalliy olahamma, Mahalliy qoraqand, Qora qovun.

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 3

XULOSA

Qovunning bugungu kunda ahamiyati juda yuqori bo'lib, respublikamiz aholisi o'rtasida qovunning qurutilgan holdagi tayyor mahsulotiga bo'lgan talabi oshib bormoqda. Bu talabdan kelib chiqib yangi innovatsion texnologiyalarni qo'llagan holda aholiga hamyonbop, yil davomida ya'ni har qanday faslda bozor peshtaxtalaridan joy oladigan va aholi iste'moliga talabiga qarab mahsulot yetishtirib chiqarishni maqsad qilib ilmiy izlanishlar amalga oshirilib borilmoqa.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. H.Ch.Bo'riyev. V.I.Zuyev. A.A.Umarov. Polizchilik.- T.: "Mehnat", 1997. 104b.

2. H.Ch.Bo'riyev. O.A.Ashurmetov. Poliz ekinlari biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi.- T.: "Mehnat", 2000. 114b.

3. O'zbekiston Respublikasi hududida yetishtirish uchun tavsiya etilgan qishloq xo'jalik ekinlari davlat reestri, Toshkent, 2006

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.