Научная статья на тему 'XONADON QURILMALARINING ELEKTR SARFINI NAZORAT QILISH MOBIL ILOVASINI YARATISH LOYIHASI'

XONADON QURILMALARINING ELEKTR SARFINI NAZORAT QILISH MOBIL ILOVASINI YARATISH LOYIHASI Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mobil ilova / MVVM architecture / Figma / iOS / Android Studio / Kotlin / Room Database / Espresso.

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Kuvnakov A.E, Djuraev T.B, Malikova N.T

Ushbu maqolada xonadonlarning elektr qurilmalari va vositalarining elektr sarfini hisoblash mobil ilovasini ishlab chiqish loyihasi amaliy ko’rib chiqilgan. Yaratilgan mobil ilovadan foydalangan holda aholi oʻz xonadonlaridagi barcha elektr qurilmalarning kunlik, oylik va yillik elektr sarfini koʻrib, hamda kuzatib borishi mumkin. Mobil ilovani ishlab chiqishda Kotlin dasturlash tili, Android studio muhiti hamda maʼlumotlar bazasi sifatida Room Database va MVVM arxitekturasidan foydalanilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XONADON QURILMALARINING ELEKTR SARFINI NAZORAT QILISH MOBIL ILOVASINI YARATISH LOYIHASI»

XONADON QURILMALARINING ELEKTR SARFINI NAZORAT QILISH MOBIL

ILOVASINI YARATISH LOYIHASI 1Kuvnakov A.E. 2Djuraev T.B. 3Malikova N.T

1,2,3Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi kafedrasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10725423

Annotasiya. Ushbu maqolada xonadonlarning elektr qurilmalari va vositalarining elektr sarfini hisoblash mobil ilovasini ishlab chiqish loyihasi amaliy ko'rib chiqilgan. Yaratilgan mobil ilovadan foydalangan holda aholi o'z xonadonlaridagi barcha elektr qurilmalarning kunlik, oylik va yillik elektr sarfini ko'rib, hamda kuzatib borishi mumkin. Mobil ilovani ishlab chiqishda Kotlin dasturlash tili, Android studio muhiti hamda ma'lumotlar bazasi sifatida Room Database va MVVM arxitekturasidan foydalanilgan.

Kalit so'zlar: Mobil ilova, MVVM architecture, Figma, iOS, Android Studio, Kotlin, Room Database, Espresso.

Аннотация. В данной статье на практике рассмотрена методика и проект разработки мобильного приложения для учёта и расчета энергопотребления бытовых электроприборов и инструментов. С помощью созданного мобильного приложения пользователи смогут просмотреть и контролировать ежедневное, ежемесячное и годовое потребление электроэнергии всеми электроприборами в своих домах. При разработке мобильного приложения использовались язык программирования Kotlin, среда Android Studio, Room Database и архитектура MVVM.

Ключевые слова: Mobil ilova, MVVM architecture, Figma, iOS, Android Studio, Kotlin, Room Database, Espresso.

Abstract. This article discusses in practice the methodology for developing a mobile application for calculating the energy consumption of household electrical appliances and tools. Using the created mobile application, users will be able to view and control the daily, monthly and annual electricity consumption of all electrical appliances in their homes. During developing the mobile application, the Kotlin programming language, Android Studio environment, Room Database and MVVM architecture were used.

Keyword:. Mobile App, MVVM architecture, Sketch, iOS, Android Studio, Kotlin, Room Database, Espresso.

O'zbekistonning jadal iqtisodiy o'sishi va rivojlanishi bilan birga energiyaning katta iste'mol qilinishiga sababchi bo'lmoqda va bundan qochib-qutilib bo'lmaydi. Energetika barqaror iqtisodiy o'sishning moddiy asosi bo'lib, mamlakatning uzoq muddatli istiqboli uchun juda muhim hisoblanadi. 2016-2023 yillarda respublika iste'molchilarini elektr energiyasi bilan ta'minlash ko'rsatkichlari: 2016 yil 45,7 mlrd kVt/soat ishlab chiqilgan va istemol qilingan bo'lsa, 2023 yilda bu ko'rsatkich 66,1 mlrd kVt/soat ga oshdi [1]. Bunga asosiy sabablar, aholi soni, Texnologiyalarning rivojlanishi, elektr quvvati bilan ishlaydigan qurilmalar sonining keskin oshishi sababchi bo'ldi. Elektr quvvatini ishlab chiqarish uchun suv, gaz, ko'mir, mazut va yangi elektr energiyasini ishlab chiqarish usuli sifatida shamol, quyosh paneli orqali energiya quvvatini olish yo'lga qo'yilgan. Bular ichidan ko'mir va mazut yoqish orqali elektr quvvatini olish hududlar ekologik muhitiga juda katta salbiy ta'sir o'tkazmoqda. Shunday ekan mamlakatimizda iqtisodiy tomondan 2 hil strategiyani yoki uning kombinatsiyasini tanlash vazifasi muhim ahamiyat kasb etadi. Ya'ni

1- strategiya tanlansa, foydalanuvchi talablaridan kelib chiqqan holda qancha elektr quvvati so'ralsa shuncha quvvatni yetkazib berish. Ikkinchi strategiyada, mavjud elektr quvvatlaridan samarali foydalanish va tejashni yo'lga qo'yish. Kombinatsiyasi sifatida yetarli elektr quvvatini yetkazib berish va tejash kabi startegiyalari mavjud. Ushbu strategiyalardan kombinatsiyalangan ko'rinishda elektr quvvatini yetkazish, iste'mol qilishda tejash mamlakatimiz uchun mos kelmoqda.

Odatda elektr quvvati ishlab chiqarish loyihalarini ishlab chiqish va hayotga tadbiq qilish juda ko'p vaqt, mablag' talab qiladi. Ushbu holatlarni hisobga olgan xolda elektr quvvatini aholi va korxonalar tomonidan iste'mol qilish va tejash siyosatini amalga oshirish dolzarb vazifa hisoblanadi.

Energiyani tejash deganda energiyadan samarali foydalanish tushuniladi. Bu resurslarni tejash va atrof-muhitga ta'sirni kamaytirishga yordam beradi, shu bilan birga moliyaviy tejamkorlikni keltirib chiqaradi. Energiyani tejash Davlat energiya ta'minoti xavfsizligi va barqarorligi uchun ham juda muhim hisoblanadi, chunki energiya ishlab chiqarish resurslari cheklangan va iste'molchilar tomonidan energiya iste'moli doimiy ravishda oshib bormoqda. Shu sababli, energiya tejash muhim tushuncha bo'lib, energiya resurslaridan individual va jamiyat darajasida yanada samarali foydalanishga yordam beradi. Texnologiyalarning rivojlanishi o'z navbatida elektr sarfini ham oshirmoqda va energiya iqtisodiyotiga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda, energiya ishlab chiqarish, iste'mol qilish va saqlash usullarini o'zgartirmoqda.

Energiyani tejash maqsadida ushbu maqolada innovatsion texnologiyalardan biri hisoblangan mobil qurilmalar orqali energiyani tejash dasturini yaratish loyihasi belgilanib olingan.

Mobil texnologiyalar foydalanuvchilarga istalgan joyda va istalgan vaqtda ma'lumotlarga kirish va undan foydalanish imkonini beruvchi texnologiyalardir. Mobil texnologiyalarga smartfonlar, planshetlar, noutbuklar va boshqa portativ qurilmalar kabi mobil qurilmalar va ulardan foydalangan holda, axborot olish, ko'ngil ochish, ish va boshqa vazifalarni bajarish uchun foydalanish bilan bog'liq bo'lgan texnologiyalar hisoblanadi.

Mobil texnologiyalar qatoriga mobil operatsion tizimlar (masalan, Android, iOS), mobil ilovalar, mobil tarmoqlar (masalan, 3G, 4G, 5G), mobil brauzerlar, mobil aloqa standartlari va protokollari, simsiz aloqa texnologiyalari (masalan, Android, iOS) kabi turli apparat va dasturiy komponentlar (masalan, Wi-Fi, Bluetooth, NFC) va mobil qurilmalarning funksionalligi va imkoniyatlarini ta'minlovchi boshqa texnologiyalar kiradi [2], [3].

Mobil texnologiyalarga muloqot qilish va aloqa (masalan, ovozli qo'ng'iroqlar, matnli xabarlar, ijtimoiy tarmoqlar), ma'lumotlarga kirish (masalan, Internetda qidirish, yangiliklar o'qish, video tomosha qilish), elektron tijorat (masalan, onlayn xarid qilish, mobil to'lovlar), o'yin-kulgi (masalan, o'yinlar, musiqa, video), ish va biznes (masalan, elektron pochta, ofis ilovalari, masofadan kirish), sog'liq va fitnes (masalan, tibbiy ilovalar, jismoniy faoliyat monitoringi) va boshqa ko'plab sohalar kabi qo'llanishlarni misol tariqasida keltirish mumkin.

Mobil texnologiyalar jamiyatga juda katta ta'sir ko'rsatdi. Qurilma bilan qurilma bog'lanishi, istalgan vaqtda, istalgan joyda ma'lumotlarga kirish imkonini yaratdi va ishlash, xarid qilish va xizmatlardan foydalanish uslubini ham o'zgartirdi.

Kelajakda mobil texnologiyalar hayotimizda yanada katta rol o'ynashi tasdiqlanmoqda. Jumladan, taqib yuradigan qurilmalar, buyumlar Interneti (IoT) va sun'iy intellekt (AI) kabi texnologiyalar mobil texnologiyalardan foydalanishda inqilob qilishi kutilmoqda. Shunday ekan mobil texnologiyalar orqali elektr energiyasidan oqilona va samarali foydalanish maqsadida, elektr

energiyasini tejash dasturi loyihasini ishlab chiqish va hayotga tadbiq qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu loyihani bajarishda xonadonlardagi barcha elektr qurilmalarning elektr sarfini hisoblash tizimining mobil ilovasi loyihasini ishlab chiqish, hamda aholiga qulay, tizimli, va samarali ilova taqdim etishdan iborat.

Loyiha vazifalari, Elektr sarfini hisoblash dasturlarini tahlil qilish, Elektr sarfini hisoblashning tizimli dasturlarini ishlab chiqishda qo'llanilgan texnologiya va vositalarni o'rganish, Java va Kotlin dasturlash tillarini o'rganish, Android dasturiy muhitida real loyiha bilan ishlash, Elektr sarfini hisoblashning sodda, qulay va avtomatlashtirilgan tizimlarini ishlab chiqish, Elektr sarfini hisoblovchi Mobil ilova ishlab chiqish, yaratilgan tizimni qo'llab-quvvatlash kabilar belgilab olingan.

Mobil ilova loyihasini ishlab chiqish uchun quyidagi qa'tiy bajarilishi kerak bo'lgan jarayonlar, vazifalar mavjud va har qanday axborot tizimlari dasturlarini ishlab chiqish jarayoniga o'xshash hisoblanadi. Rasm-1.1da, mobil ilova loyihasini bajarish jarayoni ko'rsatilgan.

Rasm-1.1. Mobil ilova loyihasini bajarish jarayoni

Mobil dastur quyidagi ishlar bajarilish orqali yaratiladi:

1. Maqsad, talablarni aniqlash va rejalashtirish:

2. Dastur mahsulotini loyihalash.

3. Mobil dasturni ishlab chiqish.

4. Yaratilgan mobil dasturni tekshirish va amalga oshirish

5. Yaratilgan dasturni qo'llab-quvvatlash va foydalanuvchiga o'rgatish

Rasm 1.1 da ko'rsatilgan orqaga qaytishlar, yaratish jarayonida qandaydir xatoliklar yoki yangilash, to'ldirish holatlarida amalga oshiriladi. Agarda hammasi yaxshi bajarilib oxirgi jarayonda xatolik bo'lsa uni aniqlash maqsadida hamma jarayonlarga orqaga qaytish orqali tekshirilib chiqilishi lozim.

1. Maqsad, talablarni aniqlash va rejalashtirish.

Ushbu Mobil ilova yordamida xonadonlarning elektr qurilmalari va vositalarining elektr sarfi hisobini yuritish imkoniyatini beradi. Ushbu ilovadan foydalangan holda aholi yoki foydalanuvchi o'z xonadonlaridagi barcha elektr qurilmalarning kunlik, oylik va yillik elektr sarfini ko'rib, hamda kuzatib borishlari mumkin. Yaratilgan Android ilovasining, yangi uylarni yaratish va o'chirish, 1 kVt elektr to'kining narxini o'zgartirish, Interfeys tilini o'zgartirish, qurilma qo'shish (Nomi, Quvvati va Soni), umumiy sarf hisobni ko'rish (Kunlik, Oylik, Yillik) kabi imkoniyatlari mavjud. Har bir Uyga taluqli Qurilmalarning kunlik, oylik va yillik elektr sarfini ko'rish mumkin. Buning uchun Qurilmalar ro'yxatiga har bir qurilma uchun kunlik necha soat ishlagani. Kiritilgan soatlar va 1 kVt elektr toki narxi bo'yicha har bir qurilmaning kunlik, oylik, yillik sarfi jamlanib ko'rsatiladi. Eng muhimi har bir Qurilma sarfi hisoblanganda umumiy

sarf ham yig'ib borilib uydagi barcha qurilmalarning kunlik, oylik va yillik sarfini ham ko'rish imkoniyati mavjud bo'lishi kerak.

2. Dastur maxsulotini loyihalash.

Dastur mahsulotini loyihalashni boshlashda birinchi navbatda ma'lumotlar bazasini loyihalash tavsiya qilinadi. Mobil ma'lumotlar bazalari samarali mobil ilovalarni ishlab chiqish uchun muhim vosita hisoblanadi. Ushbu mobil ilovani yaratish uchun Room ma'lumotlar bazasi tanlandi. Room, SQLite ma'lumotlar bazasining takomillashgan va qoshimcha imkoniyatlar qoshilgan tizimning yangi versiyasi hisoblanadi va ma'lumotlarni kiritish, saqlash, qayta ishlash va so'rovlar asosida olish yengillashtirilgan sodda usulda yaratilgan hamda o'zida tayyor maxsus kutubxonalari mavjud.

Rasm 1.2. Ma'lumotlar bazasining datalogik modeli

Ma'lumotlar bazasi yaratilgandan so'ng foydalanuvchi interfeysi ko'rinishi loyihalashtiriladi. Loyihalashda, Sketch yoki Figma kabi mobil UI dizayn vositalari yordamida mobil ilovaning ko'rinishi dizayni ishlab chiqiladi.

Ushbu vositalar mobil ilova ishlab chiqaruvchilarga ilovalar prototiplarini ishlab chiqishda yordam beradi va mobil ilovalarni ishlab chiqishda muhim rol o'ynaydi. Sketch foydalanuvchi interfeyslarini loyihalashda, Figma esa foydalanuvchilarga hamkorlikda dizaynlar ishlab chiqishga imkon beradi.

Espresso - Android ilovalarini sinab ko'rish uchun maxsus ishlab chiqilgan sinov tizimi bo'lib, ishlab chiquvchilarga Android ilovalarini sinab ko'rishning sodda va qisqacha usulini taqdim etadi. U turli xil xususiyatlarni taklif etadi, shu jumladan sinxron sinov va sinov harakatlarini avtomatik sinxronlashtirish, bu ishlab chiquvchilarga o'z ilovalarini samarali va samarali sinab ko'rishga yordam beradi. Ushbu mobil sinov vositalari mobil ilovalarning bozorga chiqarilishidan oldin sifati, ishlashi va foydalanish qulayligini taminlashda muhim rol o'ynaydi.

3. Mobil dasturni ishlab chiqish.

Dastur yaratishda Kotlin dasturlash tilida va Android studio dasturiy muhitida ishlab chiqilgan. Ushbu Mobil ilova yaratishda, asosan Activitylar va Fragmentlardan tashkil topgan. Android Dasturiy muhitida asosiy 4 ta komponenta mavjud. Bular Activities, Services, BroadCast Receivers, Content Providers. Huddi shunday ushbu ilovada bu komponentalardan foydalanilgan. Ilovada 2 ta Activity mavjud bo'lib, birinchisi Splash Activity bunda Ilovaga taluqli Logo animatsiya bilan ochiladi va undan Main Activityga o'tiladi.

Eile Edit yifw [levigate Code Befector guild Run Jods VCS )

4 a a • я

О J -г Ф — Q SplathActnrtyJrt

e coe.eienpie.celculateelectrlc

DeviceAdapter Q ResuttAdapter

' ÜI d-a logs

Q AcMMomeOalog Q OwngelangjageOdog Q Dialog DeWeOevice

(JAndroiOEnlryPolnt

clll> ItainActivity : AppCoepatActivityO, SturedPreferences.OnSMredPreferenceChangeListener {

prime lateinit vir binding: AetivityHainBinding

private val preferences By lazy { SharedPreferencesHelperCocrtut - Mis) } private lateinit var navControUer: MavControllar

AppBarConfigurationi *«tO/C

errioe »tin onCreatelsavedlnstanceState: Bundle») < super.onCreate(savedlnstanceState) Binding ■ ActivityHaireinding.inflatedotfiwtXn/lat setContentVle»(6inolng.roat)

t fur lnltVlmO { l navHoitFragaent s

iupporTFroçatnmnogf. f lndFrag*entById(R. Id. «ai .: 'foUrr = nsvHcstFragient./lndVovCofltrellerO

i.imregiiterOnSharedPreferenceChangellsten

n dnSharedPreferenceCDangadtsftaredPreferences: ShareiPreferences?. key: String?) {

Чигммчмог S2:2 LF UTF-8 4 spaces И RebcUi Ъ в •• 0 SWA

Rasm-1.2. Asosiy dastur kodini yozish oynasi.

Asosiy ishlarni barchasi Main Activityda amalga oshirilgan. Barcha Pagelarning asosida Activity yotadi, ammo unga qo'shimcha qilib Fragmentlar ishlab chiqilgan. Ushbu Ilovaning barcha pagelari Fragmentlardan tashkil topgan va Fragmentlarni kontrol qilish uchun Navigation Controllerdan foydalanilgan. Navigation Controllerning Android tomonidan ishlab chiqilgan kompnenta hisoblanib, uning asosiy vazifasi Fragmentlarni control qilishdan iborat. Ilovadagi ro'yxatlami ko'rsatish uchun RecyclerView dan foydalanilgan. Bunda birinchi RecyclerView uchun kerakli Item XML fileda yaratiladi va ushbu itemlar listini foydalanuvchiga ko'rsatib berish uchun Adapter Class yoziladi. Hamda UI lar chizish va ko'rinishlar uchun ko'plab komponentalardan foydalanilgan.

Ilova tartibli, aniq va tez ishlashi uchun Clean Arxitekturasidan foydalanilgan. Ma'lumotlarni Localga saqlash uchun Room Databasedan foydalanilgan. Ma'lumotlarni bazaga saqlash va olish uchun MVVM arxitekturasi ishlatilgan. Bunda bazaga va Fragmentlar o'rtasidagi bog'liqlikni ViewModel ta'minlaydi. Bazaga so'rov Fragmentdan ViewModel orqali beriladi, ViewModel yordamchi Class Repositoryga so'rov beradi, Respository Bazaga va aksincha shu orqali baza bilan ma'lumot almashiniladi. Butun Project mobaynida kerak bo'ladigan ma'lumotlar SharedPreferenceda saqlanadi. SharedPreference ham Security talablariga javob beradigan Kodlash va Dekodlash tamoyili asosida ishlab chiqilgan. Barcha Room Database va SharedPreference uchun Module Class yozilib Inject qilingan.

Yaratilgan kod va scriptlar Appium va Espresso - mobil ilovalarning funksionalligi va ishlashini sinab ko'rish uchun keng qo'llaniladigan ikkita mashhur mobil sinov vositalari yordamida tekshirish uchun qo'llanildi. Appium ochiq manbali mobil avtomatlashtirish vositasi bo'lib, ishlab chiquvchilarga mobil ilovalarini turli platformalarda, jumladan Android, iOS va Windowsda sinab ko'rish imkonini beradi. U o'zaro platformalar, tillar va freymworklarni qo'llab-quvvatlash kabi xususiyatlari mavjud.

a) b) c)

Rasm 1.3. a) Asosiy oyna, b) Uylarni ko'rish, c) Xonalardagi qurilmalar Ushbu Splash Page da Ilovaga taluqli va uni qisman ifodalovchi LottieFiledan foydalanilgan. Splash Pageda asosan ilovaga tegishli rasm yoki biror bir kerakli ma'lumot berish mumkin, BackGrounda esa barcha serverdan keladigan ma'lumotlarni yuklab olish va local ga saqlab ketish imkoni mavjud.

Home Page da User tomonidan qo'shilgan uylarni umumiy ro'yxatini ko'rish mumkin. Home Page Fragmentdan tashkil topgan va unda Barcha Uylar ro'yhatini ko'rsatish uchun RecyclerView dan foydalanilgan. RecyclerView ning Item ni bosilganda Itemga mos Kategoriyaga o'tiladi va kerakli ma'lumotlar olish imkoni mavjud.

Add Home da Home Pagega tekshirmoqchi bo'lgan Uyni qo'shish mumkin. Ushbu Uyni qo'shish uchun BottomSheetDialog komponentasidan foydalanilgan, bu Dialogni ochish uchun Home Page ning(pastki o'ng) qismida turgan Plus iconkani bosish orqali ochish mumkin. Uyga kerakli nom beriladi va Saqlash tugmasini bosish orqali saqlanadi.

Delete Home da Home Pagedagi Uylarning orasidan ixtiyoriy birini o'chirib tashlash mumkin. Buning uchun Uylar ro'yxatidagi Item lardagi Delete Iconkasi bosilganda tasdiqlash Dilaogi ochiladi, shunda Ha tugmasi bosilsa ushbu Uy o'chadi, aksincha Yo'q tugmasi bosilsa Dialog yopiladi.

a) b) c)

Rasm 1.4. a) Qurilma qo'shish, b) Sarf harajatlar, c) UI tilini o'zgartirish

Delete Device da Uydagi istalgan qurilmani o'chirib tashlash mumkin. Bunda Devices Page dagi Qurilmalar ro'yxatidagi Delete Iconni bosilganda Dialog ochiladi. Unda Ha tugmasi bosilsa Qurilma o'chiriladi, Yo'q tugmasi bosilsa Dialog yopiladi.

Result Pageda Har bir uyga taluqli qurilmalarning kunlik, oylik va yillik elektr sarfini ko'rish mumkin. Buning uchun qurilmalar ro'yxatiga har bir qurilma uchun kunlik necha soat

ishlagani kiritiladi va ViewResult tugamisi bosilganda Result Pagega o'tiladi. Hamda kiritilgan Soatlar va 1 kVt elektr toki narxi bo'yicha har bir qurilmaning kunlik, oylik, yillik sarfi hisob kitob qilinib ko'rsatiladi. Eng muhimi har bir qurilma sarfi hisoblanganda umumiy summa ham yig'ib borilib uydagi barcha qurilmalarning kunlik, oylik va yillik sarfini ham ko'rish imkoniyati mavjud. 4. Yaratilgan mobil dasturni tekshirish va amalga oshirish Yaratilgan mobil ilovani ishlashini tekshirishda cheklist usuli ishlatildi. Jadval 1.1.

Yaratilgan mobil ilova funksionalligini tekshirish

№ Bajariladigan vazifa nomi Holati

1 O'rnatish +

2 O'chirish +

3 Ilovani ishga tushirish +

4 Uylarni ko'rish, qo'shish, o'chirish + - -

5 Uylarni tanlash +

6 Qurilma qo'shish, o'chirish + + +

7 Narxlarni qo'shish, o'chirish + + +

8 Umumiy sarf-harajatlarni ko'rsatish +

Tekshirish davomida birma-bir yuqorida berilgan jadvalda keltirilgan vazifalar ishlatilib ko'riladi va agarda muvafaqiyatli va to'g'ri bajarilsa holati yahshi deb "+" belgisi yozib boriladi. Agarda yahshi ishlamasa va xatolik bo'lsa "-" belgisi yozilib, xatolikni bartaraf etish sabablarini aniqlash maqsadida "2. Dastur mahsulotini loyihalash" qismidagi Espresso - Android ilovalarini sinab ko'rish uchun maxsus ishlab chiqilgan sinov tizimi orqali tekshirib ko'riladi va xatoliklari bartaraf qilinadi. Bartaraf qilinganidan so'ng tekshirish yana boshidan boshlanadi.

5. Yaratilgan dasturni qo'llab quvvatlash va foydalanuvchiga o'rgatish

Dastur tekshirib hamma xatoliklari bartaraf etilgach, yaratilgan dasturni qo'llab quvvatlash va foydalanuvchiga o'rgatish jarayoni boshlanadi va dasturni keyingi rivojlantirish, foydalanuvchilarga dasturdan qanday foydalanishlari kerakligi haqida o'rgatiladi.

Xulosa

Ushbu loyihani bajarishda elektr iste'molini hisobga oluvchi turli mobil ilovalar tahlil qilib chiqildi. Tahlil qilingan dasturlarning ko'pchiligi pullik ekanligi aniqlandi va ushbu kamchilikni bartaraf etish maqsadida foydalanish tekin bo'lgan dastur ishlab chiqish maqsad qilib olindi.

Dasturni ishlab chiqish uchun Java va Kotlin dasturlash tillari o'rganilib, shu tillar asosida Android dasturiy muhitida elektr sarfini hisoblashning tizimli Mobil ilovasi ishlab chiqildi. Bu Mobil ilovada ixtiyoriy uyning barcha qurilmalarini kunlik, oylik va yillik sarfini tekshirib, kuzatib borish imkoni mavjud. Hamda ushbu ilovaning eng ustun va muhim jihati Ilova Offline tarzda ishlay olishidadir. Ushbu ilovadan istalgan vaqtda va joyda Internetsiz offline tarzda foydalanish imkoni mavjud. Bundan tashqari Ilovadan 3 xil (Uz, Ru, En) tilda foydalanish mumkin. Shu tariqa ko'plab Elektr sarfini hisoblovchi Mobil, Veb dasturlarni o'rganish, algoritmlarni tahlil qilish va foydalanuvchilar uchun qulaylik barpo etish asosida ushbu Mobil ilova ishlab chiqildi. Yaratilgan dastur boshlangich yakunlangan loyiha hisoblanib, yarim avtomat tartibda ishlashi sababli, turli qurilmalarning i'stemol vaqtlari qo'lda kiritib borilishi lozim. Dastrurni to'liq avtomatik tartibda hisoblashlarni olib borishi uchun dasturni rivojlantirilgan ko'rinishi ustida ishlar olib borilmoqda. Buning uchun har bir hisobdagi qurilmaga maxsus Wi-Fi qurilmasiga ulanish imkoniyati bo'lgan yoritgichlar va qurilmalar uchun ishlab chiqilgan qo'shimcha vositalar xarid qilish hamda dasturda

ushbu qurilmalardan olingan iste'mol ma'lumotlarini qayd qilish imkoniyatlari qo'shilishi

rejalashtirilgan.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi. Rasmiy statistika. 2016-2023-yillarda Respublika iste'molchilarini elektr energiyasi bilan ta'minlash ko'rsatkichlari. https://minenergy.uz/uz/news/view/3621

2. Кувнаков А.Э., G'afforov R., Djuraev T.B., Kuznetsova V.B., Malikova N.T., Мухтарова Г.Х., Григорьев A.C., "Xonadon elektr qurilmalari va vositalarining elektr toki istemolini hisoblash mobil ilovasi" nomli mobil dasturga IMA dan Guvohnoma DGU 202400334, 15.01.2024

3. Guo, L. (2022). The First Line of Code: Android Programming with Kotlin. In The First Line of Code: Android Programming with Kotlin. https://doi.org/10.1007/978-981-19-1800-1

4. Rick Boyer, Android 9 Development Cookbook - Third Edition, ISBN: 978-1-78899-121-6

5. Doorn, Jorge Horacio. "Encyclopedia of Database Technologies and Applications." Rivero, Laura C., Idea Group Inc (IGI), 6/30/2005.

6. Григорьев Александр Сергеевич, Кувнаков Аваз Эргашевич, Джураев Тулкин Бойсоатович, & Кодиров Рахимжон Расулжон Угли (2023). МОДЕЛИРОВАНИЕ ВЗАИМОДЕЙСТВИЯ ПОЛЬЗОВАТЕЛЕЙ В СИСТЕМЕ Е-ПРАВИТЕЛЬСТВО УЗБЕКИСТАН. Science and innovation, 2 (Special Issue 3), 363-367. doi: 10.5281/zenodo.7856452

7. Кувнаков А.Э. (2022). ОБЗОР СОВРЕМЕННОГО СОСТОЯНИЯ ПРЕДМЕТНОЙ ОБЛАСТИ "ГЕОИНФОРМАЦИОННОЕ МОДЕЛИРОВАНИЯ ПРОЦЕССА МОНИТОРИНГА РАЗВИТИЯ И РАСПОСТРАНЕНИЯ ИНФОРМАЦИОННО-ТЕЛЕКОММУНИКАЦИОННЫХ СИСТЕМ". Journal of Integrated Education and Research, 1(7), 30-34. Retrieved from https://ojs.rmasav.com/index.php/oj s/article/view/604

8. A. E. Kuvnakov and S. S. Kasimov, "Development Internet resources in Uzbekistan: Empirical investigation," 2010 4th International Conference on Application of Information and Communication Technologies, Tashkent, Uzbekistan, 2010, pp. 1-4, doi: 10.1109/ICAICT.2010.5612068.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

9. Усмонов, Ж. Т., Джураев, Т. Б., & Кувнаков, А. Э. (2023). Организация рациональной

структуры управления перевозочным процессом в железнодорожном транспорте. https://libeldoc.bsuir.by/handle/123456789/52236

10. N.T.Malikova, A.E. Kuvnakov, T.B. Djurayev. (2022). AVTOMOBIL TRANSPORTIDA INNOVATSION RIVOJLANISHNI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH USLUBLARI VA TЕXNOLOGIYALARI. Journal of Integrated Education and Research, 1(7), 57-64. Retrieved from https://ojs.rmasav.com/index.php/ojs/article/view/620

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.