Научная статья на тему 'XIX АSR IKKINCHI YАRMI–XX АSR BОSHLАRIDА BUXОRО VА АFG‘ОNISTОN SАVDО MUNОSАBАTLАRI'

XIX АSR IKKINCHI YАRMI–XX АSR BОSHLАRIDА BUXОRО VА АFG‘ОNISTОN SАVDО MUNОSАBАTLАRI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Raxmonova Kamola Mustofo Qizi

Har bir davlatning tаshqi sаvdо аlоqаlаri uning iqtisоdiy jihаtdаn yuksаlishiga аsоsiy omillardаn biri hisоblаnаdi. Buxoro amirligining tashqi savdo munosabatlarini rivojlanishining yana bir omili uning O‘rta Osiyo bo‘yicha qulay geografik hudduda joylashganligi ham muhim o‘rin tutgan. XIX asrning ikkinchi yarmida Sharq mamlakatlari bilan izchil savdo-sotiq aloqalarini amalga oshirib kelgan. Bu davrda amirlikning yirik savdo markazlari sanalgan Buxoro, Qarshi, Sherobod, Hisor, Shahrisabz, Termiz va boshqa shaharlar Afg‘onistonning Qobul, Hirot, Maymana, Qunduz, Balx, Qandahor kabi shaharlari bilan muntazam savdo aloqalari olib bordi [F.Ochildiyev: 181].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XIX АSR IKKINCHI YАRMI–XX АSR BОSHLАRIDА BUXОRО VА АFG‘ОNISTОN SАVDО MUNОSАBАTLАRI»

XIX ASR IKKINCHI YARMI-XX ASR BOSHLARIDA BUXORO VA AFG'ONISTON SAVDO MUNOSABATLARI

Raxmonova Kamola Mustofo qizi

O'zMU Tarix fakulteti o'qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.12619895

Har bir davlatning tashqi savdo aloqalari uning iqtisodiy jihatdan yuksalishiga asosiy omillardan biri hisoblanadi. Buxoro amirligining tashqi savdo munosabatlarini rivojlanishining yana bir omili uning O'rta Osiyo bo'yicha qulay geografik hudduda joylashganligi ham muhim o'rin tutgan. XIX asrning ikkinchi yarmida Sharq mamlakatlari bilan izchil savdo-sotiq aloqalarini amalga oshirib kelgan. Bu davrda amirlikning yirik savdo markazlari sanalgan Buxoro, Qarshi, Sherobod, Hisor, Shahrisabz, Termiz va boshqa shaharlar Afg'onistonning Qobul, Hirot, Maymana, Qunduz, Balx, Qandahor kabi shaharlari bilan muntazam savdo aloqalari olib bordi [F.Ochildiyev: 181].

Shu sababdan ham Buxoro amirligining iqtisodiy taraqqiyot va qo'shni hududlar bilan doimiy aloqani ta'minlash uchun savdo karvonlarini Hindiston, Eron, Volgabo'yi, Sibir, Sharqiy Turkiston (Qashqar)ga muntazam tarzda qatnaganini ko'rish mumkin.

Afg'onistonliklar Buxoro amirligini boy-badavlat mamlakat hisoblar edi. XIX asrning ikkinchi yarmida Afg'onistondan Buxoroga ishlash yoki savdo bilan shug'ullanish uchun kelishlari odatiy hol edi. Bu holatni o'sha davrda yashab ijod qilgan afg'onistonlik shoir Niyoziy Balxiy quyidagicha tasvirlagan edi:

Har faqire, ki omad az Kobul,

Sir dar mulki O'zbakiston shud.

(Kobuldan kelgan har faqir O'zbekiston davlatida boyga aylandi — Buxoro amirligining ikkinchi nomi O'zbekiston edi) [Sir dar mulki O'zbakiston shud... :14].

XIX asr oxiridan XX asr boshlarigacha Buxoro amirligi hududi orqali Rossiyadan Afg'onistonga pul o'tkazmalari hajmi yildan-yilga barqaror ravishda oshib borgan. 1905-yilda ikki davlat o'rtasidagi tovar aylanmasi 3,964549 rublni tashkil etdi. 1906-yilga kelib u 5 million rublga yetdi. Afg'onistondan Rossiyaga o'rtacha 2 million rubl import qilingan [A.AxMagoB, X.XaHHTOB:13]. Bu esa ikki o'rtada ham bog'lovchi ham vositachi vazifasini bajargan Amirlik uchun anchayin foydali ish hisoblangan. Buxoro amirligining mahsulotlari ham shular qatorida ikki tarafga eksport-import qilingan edi.

Ma'lumki, Afg'oniston davlati bilan Buxoro amirligi o'rtasidagi chegara chizig'i Amudaryo orqali o'tgan edi. XIX asr oxirida Rossiya Afg'onistonni o'zining iqtisodiy va siyosiy ta'sir doirasiga butunlay tortish maqsadida tashqi chegarasini Buxoro-Afg'oniston chegarasigacha yetkazib, Buxoro amirligi hududi ham endi rus harbiylari tomonidan qo'riqlanadigan bo'ldi. 1894-yilda Cho'chqaguzarda bojxona punktining ochilishi bilan Buxoro-afg'on chegarasidagi savdo-sotiq yo'li Rossiya savdo punkti orqali o'tardi. Rossiya Amudaryoning kechuvga qulay punktlarida Karki, Kalif, Ayvaj kabi bir qator bojxona punktlarini tashkil etdi. Shu paytdan boshlab Buxoro-Afg'oniston savdo yo'llarining nazorati, savdodan undiriladigan boj to'lovlari Rossiya ixtiyoriga o'tib, Rossiya imperiyasi manfaatlariga to'laligicha bo'ysundiriladi. Shunga qaramay Rossiya-Afg'oniston savdo-sotiq aloqalarida buxorolik savdogarlar muhim rol o'ynar edilar. Afg'oniston shaharlaridan Buxoroga keltirilgan tovarlarni Rossiyaga, aksincha Rossiya mahsulotlarini afg'on shaharlariga chiqarishda mahalliy savdogarlar faol ishtirok etganlar [ffl.X,aHHTOB, ffl.Mnp3oeB:17].

XIX asr oxirida ikki o'rtadagi bojxona faoliyatining yengilashtirilishi ortidan Buxoro amirligi va Afg'oniston o'rtasidagi savdo aloqalari yangi shakl va mazmun kasb etdi. Shu vaqtdan boshlab Buxoro amirligi savdogarlari Rossiya va Afg'oniston o'rtasida vositachi sifatida ikki tomonlama vazifa bajara boshladilar.

XX asrning ilk dekadasi so'ngiga kelib (1911 - 1913-yillar atrofi) Buxoro amirligidan Afg'onistonga 100 ming so'mlik mahsulotlar eksport qilingan edi. Birinchi jahon urushining ikki yilida (1915 - 1916-yillarda) Buxoro amirligidan Afg'onistonga shakar, choy, tuz, tamaki, poyabzal, sement, ohak, moy, sharf, spirt, mix va boshqa mahsulotlar yetkazib berilgan. Shunday qilib, Buxoro amirligidan Afg'onistonga va Afg'onistondan Buxoroga juda ko'p miqdorda tovarlar olib kelingan hamda olib ketilgan. Biroq ularning aksariyati mintaqada qolmasdan, to'g'ridan-to'g'ri Rossiya imperiyasi shaharlariga jo'natilgan. Bu davrda Amirlik va Afg'oniston o'rtasidagi savdo aylanmasi 966 ming so'mni tashkil qilgan. Shu qatorda XIX asr oxiri va XX asr boshlariga kelib Buxoro amirligi Yevropaga, xususan, Germaniyaga mahsulotlar eksport qilishi uchun qulay sharoitlar vujudga kela boshlagan [А.Ахмадов, Х.Хайитов:14].

Ma'lumotlarga ko'ra, Buxoro amiri Muzaffarxon afg'onlardan yordam so'ragani, afg'onlar bunga javoban pul va mol-mulk talab etmagani, ular Amirlik hududidan yer talab qilgani va talabalr yanada chuqurlashib ketishi ortidan amir bu talablarga shubha bilan qaragan hamda talablar keskin rad etilgan ekan [А.Ёров: 133-139].

Buxoro amirligi bilan Afg'oniston o'rtasidagi savdoda Qarshi shahri katta o'ringa ega bo'lgan. Buxoro va Qarshi savdo yo'li Qorovulbozor, Qo'shsardoba, Bo'zachi, Qaqir, Xo'ja Muborak, Koson shaharlari orqali o'tgan [O'.Mavlonov, D.Mahkamova:104]. Mozori Sharif, Shibirg'on, Axcha, Andxo'y, Saripul, Maymana kabi shaharlar Afg'onistonning tashqi savdosida o'ziga xos o'ringa ega bo'lgan. Mozori Sharifdan Buxoro amirligiga asosan, ko'k choy, pista, bodom, teri, jun keltirilgan bo'lsa, Amirlikdan afg'on o'lkalariga shakar-qand, temir, cho'yan qozonlar, mis, gugurt, sandiq, chinni idishlar chiqarilgan. Kobul, Hirot, Mashhad orqali bir qator ingliz-hind tovarlari Kashmir shalisi (ro'mol), hind parchasi (kimxob), ingliz ip gazlama matolari, Mo'ltondan ko'knori, nafis va mayin ip-gazlamalar, ipak gazlamalar Buxoro bozorlariga keltirilgan. Karvon yo'lining xatarliligi bois nisbatan Buxoro va Qunduz o'rtasidagi savdo keng miqyosda olib borilmagan. Buxorodan Qunduzga yuft (bulg'oricharm), movut, cho'yan, po'lat buyumlar (Rossiyadan keltirilgan) olib borilgan. Qunduzdan Buxoroga ip-gazlamalar va paxtadan tayyorlangan dag'al matolar keltirilgan. Buxoro va Badaxshon o'rtasidagi savdo-sotiq aloqalari asosan lojuvard savdosi bilan cheklangan [O'zR MDA1-1 fond, 1-ro'yxat, 47-ish:21].

Buxoro bilan Afg'oniston savdo-sotig'ida asosiy rol o'ynaydigan o'tish punktlari (kechuvlar) quyidagilar edi. Saripul yo'lida Kalifdan o'tilib, Andxo'yga tovarlar Karki orqali keltirilgan. Shuningdek, Shibirg'on, Kobul, Axchadan tovarlar keltirishda ham Kalif kechuvidan o'tilgan, Maymanadan keltirilgan tovarlar Karkidagi kechuv orqali olib o'tilgan [O'zR MDA 1-1 fond, 34-ro'yxat, 696-ish, 47, 48, 49-varaq].

XIX asr ikkinchi yarmiga qadar, ya'ni Buxoro amirligi Rossiya imperiyasining yarim mustamlakasi (protektorati)ga aylanguncha amirlik va Afg'oniston o'rtasida bevosita savdo-sotiq aloqalari keng miqyosda olib borilgan. Buxoro-Kobul (Afg'oniston) savdo-sotiq munosabatlarida karvon savdosi muhim ahamiyat kasb etib, hindistonlik savdogar Mir Halimning yozishicha, ikki mamlakat o'rtasidagi yillik savdo aylanmasi 10-15 ming tuya yukni tashkil etardi. Afg'oniston va Buxoroni tutashtiruvchi savdo-sotiq va karvon yo'llarida 200-300 tuyalik karvonlar qatnovi muntazam bo'lib turgan. Har yili Kobul (Afg'oniston poytaxti) orqali

Buxoroga Britaniya Hindistonidan 1000 tuya indigo (qimmatbaho o'simlik buyog'i) olib kelinardi. O'zaro savdo-sotiq aloqalarida mahalliy xo'jaliklarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar: paxta, pilla xomashyosi, qorako'l teri, qorako'lcha, echki juni, hunarmandchilik mahsulotlari (bo'z, pichoq, qurol-yarog' va hokazolar) hamda maishiy kundalik turmush uchun zarur bo'lgan buyumlar muhim rol o'ynardi [Œ.X,aÏÏHToB:16] Buxoro amirligida Rossiyadan keltirilgan mis va cho'yan qozonlar, sandiq, nina va ip-kalavalar, movut, charm buyumlar, poyafzallarning bir qismi ham Afg'oniston bozorlarida buxorolik savdogorlar tomonidan olib borib sotilgan. Afg'onistonga Rossiyadan qand va shakar ham chiqarilib, inglizlar bu mahsulotni ko'plab bozorlarga o'zlarining hindistonlik musulmon savdogarlarining vositachiligida yetkazib berishgan [Н.Бoйкoвa: 43].

Ikki mamlakat o'rtasida bir qator yo'nalishlarda savdo yo'llari mavjud bo'lgan. Buxoro-Balx-Kobul (27 kunlik); Buxoro-Maymana (14 kunlik); Buxoro-Qarshi-Axsi-Shibirg'on-Hirot (27 kunlik) kabi yo'llar orqali savdo-sotiq munosabatlari ayniqsa, qizg'in va uzluksiz davom etib turgan [O'.Mavlonov, D.Mahkamova:106]. Afg'onistonning shimoliy viloyatlari (Chorviloyat)da o'zbek va turkmanlar ko'p sonli bo'lib, ularning asriy mashg'ulotlari chorvachilik hamda dehqonchilikdan iborat edi. Shuning uchun Buxoro va Afg'oniston savdosida qishloq xo'jalik mahsulotlarining salmog'i yetakchilik qilardi.

Saripuldan Buxoroga jun, tulki terisi, qora rangli teri, tozalangan pista, bodom, Maymanadan pista va kunjut, Shibirg'ondan jun, qora va sur rangli qo'zi terisi, mo'ynalar olib kelishgan. Ushbu tovarlarning aksariyati Buxorodan Rossiya shaharlaridagi bozorlarda sotish uchun tashib keltirilgan. Rossiya mahsulotlarini Afg'oniston chegarasiga o'tkazib qo'yish uchun Qobadiyon, Patta Hisor, Sho'robot, Cho'chqaguzar kechuv punktlarida 2 tadan, Kalif kechuvida 6 ta, Karki kechuvida esa 4 ta kema qatnovi yo'lga quyilgan [Э.Ртвелaдзе: 251-252].

XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Buxoro hududi orqali olib borilgan Rossiya-Afg'oniston savdo-sotig'idagi pul aylanmasi miqdori yildan-yilga muttasil oshib borgan. 1905-yilda ikki mamlakat o'rtasidagi savdo aylanmasi-3,964.549 rublni tashkil etgan. 1906-yilga kelib esa 5 mln rublga yetgan. Afg'onistondan Rossiyaga ko'rsatilgan yillarda o'rtacha miqdorda 2 mln rubllik tovarlar olib kelinardi [Д.Лoгoфет: 131-132].

Rossiyadan Afg'oniston bozorlariga ko'p miqdorda rus tovarlarining kiritilishi ingliz-hind tovarlari hajmini afg'on bozorida keskin kamayib ketishiga sabab bo'lgan. Rossiya imperiyasi afg'on bozorlarini zabt etish, inglizlarni siqib chiqarish maqsadida savdodan olinadigan bojni bojxona o'tish punktlarida yildan-yilga kamaytirgan. Masalan, 1906-yilda 1905-yilga nisbatan 24.954 rubllik kam miqdorda boj olindi, yoxud 1906-yilda 46 foiz tovarlar rus-afg'on chegaralaridan bojsiz olib o'tildi. 1900 - 1913-yillarda Buxoro amirligi orqali Afg'onistonga nafis movut, surp, qalin surp, ipak matolar, oltin va kumushdan to'qilgan jiyak, ip, zar kalava, temir va mis, simlar, charm, qog'oz, chinni idishlar, pichoqlar, qand, bronza, simob, qizil va turli rangli bo'yoqlar, choy, oq va sariq mum, lampashishalar, baxmal, chit, paxta va ipak iplar, quyma cho'yan, quyma po'lat, qalayi quymasi, mis quymasi, gugurt, kerosin, sham va shamdonlar, galanteriya mahsulotlari, sovun kabilar olib borib sotilgan [Œ.X,aiïHToB, Ш.Мирзoев: 18].

1907-yilda Rossiya-Afg'oniston savdo-sotig'idagi muhim mahsulotlar shakar-qand, neft mahsulotlari (mazut, kerosin), chinni idishlar, metall (xomashyo holatida va hunarmandchilik buyumlari holatida) va manifaktura (ip-gazlama) kabilar bo'lgan.

XIX asr oxiri-XX asr boshlarida cheklangan miqdorda bo'lsa-da, protektorat holatiga tushgan Buxoro amirligi va Afg'oniston davlatlari o'rtasidagi o'zaro savdo-sotiq aloqalari imkon

qadar saqlangan edi. Jumladan, buxorolik savdogarlar o'z mahsulotlarini afg'on bozorlariga sotish huquqini saqlab qolishgandi. Yirik savdogar hisoblangan so'nggi mang'it amiri Amir Sayyid Olimxon 1914-yilda To'raqul, Qori Muzrob va Qori Mahmud kabilarni 13 ming 500 dona qorako'l terini Britaniya Hindistoniga sotish uchun afg'on bozorlariga yuborgandi [Сaйид MaHcyp 0лимий:120].

Buxoro tashqi savdo aylanmasining miqdori XIX asr oxiridan Birinchi jahon urushi arafasiga qadar (1914-yil) salkam ikki barobar ortdi. XIX asr oxirida Buxoroning tashqi savdo aylanmasi 40 mln so'mni tashkil etgan bo'lsa, Birinchi jahon urushi arafasida bu ko'rsatkich 75 mln so'mga yetib [С.Хoлбoев: 119], uning asosiy miqdorini paxta, qorako'l teri, shoyi, gazlama va meva savdosi tashkil qilardi.

Xullas, XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Buxoro Rossiya va Afg'oniston savdo-sotig'ida faol ishtirok qilish bilan birga Sharq dunyosidagi azaliy hamkorlaridan biri hisoblangan qo'shni Afgoniston davlati bilan savdo-sotiq aloqalarini parallel ravishda davom ettirgandi.

Afg'oniston va Amirlik o'rtasida yuqoridagilardan tashqari ham bir qancha savdo yo'llari mavjud edi. Buxorodan Maymanagacha savdo karvoni 14 kunda yetib borgan va bu yo'l 535 verstni tashkil etib savdo karvonlari bir kunda o 'rtacha 38 verst masofani bosib o'tgan [Safarov T: 211-212].

Buxorodan Balx orqali Kobulga boriladigan masofa 28 kunlik yo'l bo'lib, bu yo'lning dastlabki 4 kunida Qarshi shahrigacha borilgan, asosan cho'l va dashtliklardan yo'l bo'lib, asosan qumliklar orqali yurilgan. Yo'l bo'yida quduqlar suvidan foydalanilgan, lekin suvlar sho'r bo'lgan. Kalifdan to Balx shahrigacha 5 kunlik yo'l, undan Mozori Sharifgacha yana 2 kunlik yo'l bosib o'tilgan. Mozori Sharifdan Toshqo'rg'ongacha va undan Oyboq degan joygacha ham 2 kunlik yo'l. Oyboqdan keyin yo'l kesishib, ya'ni bir kunlik yo'l Segangacha, so'ngra Xoran Sarbog'gacha va undan Qimmatgacha jami uch kunlik yo'l bosib o'tilgan va undan Ballangacha 2 kunda, Saglishgacha yana 2 kunda yetib borilgan. Saglishdan Kobulga qadar bir kunlik yo'l bo'lgan [Б.Небoлсин: 186 ].

Buxorodan Balxgacha 465 verst masofada karvon yo'li mavjud bo'lib, bu yo'l 11 yarim kunda bosib o'tilgan. Yana ikkinchi yo'l ham bo'lib, u to'g'ridan to'g'ri borilgani uchun 420 verstni tashkil etgan. Buxorodan Balxga boradigan savdo yo'li karvon yo'li bo'lib, asosan tuyalardan foydalanilgan. Buxorodan 7 kunda Amudaryo qirg'oqlariga (Qarshi orqali) yetib borilgan. Amudaryo qirg'oqlarida Karki yoki Kalif orqali kechuvdan o'tilgan. Amudaryodan kechib o'tilgandan keyin hech qanday manzildan o'tmasdan, cho'llik va qumlik orqali yurib to'g'ri Balxga borilgan. Kechuvdan to Balxgacha 6 kunlik yo'l bosib o'tilgan. Tuya karvonlari 6 kunda 100 verst masofani bosib o'tgan. Kechuvdan keyingi ikkinchi yo'l orqali borilganda 2 kunda Axchaga yetilgan (65 verst), bu yo'lda qumliklar va cho'l bo'lmagan, Axchadan keyin ikki yarim kunda 80 verstni bosib o'tib, karvon Balxga yetib borgan [Б.Небoлсин: 186].

Buxoro-afg'on savdo yo'llaridagi karvonlarda yuklami tashish turli usullarda bajarilgan. Buxorodan Kobulga yuk olib borishda asosan otlardan foydalanilgan. Buxorodan Qunduzgacha yuk olib borishda esa tuyalardan foydalanish qulay bo'lgan. Kobuldan Peshavorgacha ham tuyalar asosiy yuk tashuvchi vosita hisoblangan. Qandaxordan Hirotga yuklami tuya va otlar bilan jo'natilgan. Inglizlarning Hirotdan Buxoroga jo'natgan mollari tuya va eshaklarda olib kelingan [O'zR MDA 1-2 fond, 1-ro'yxat, 189-ish, 19-varaq].

Buxoro bilan Eron o'rtasidagi savdo aloqalarida an'anaviy va azaliy yo'llardan foydalanilgan. Ko'p tovarlar Erondan Afg'oniston orqali Buxoroga keltirilgan. Masalan, XIX

asrning ikkinchi yarmida Mashhaddan bo'yoq, ayniqsa qizil bo'yoq Afg'oniston orqali Buxoroga ko'plab keltirilgan [T.Safarov: 213].

Birinchi jahon urushi davrida Eron Britaniya va Rossiyaning yarim mustamlakasi bo'lsa, Afg'oniston Britaniya ta'sir doirasidagi davlat hisoblanardi. Urush harakatlari asosiy mustamlakachi davlatlar: Antanta va Uchlar ittifoqi o'rtasida davom etib, Sharq mamlakatlari uchun mustaqillikka erishish imkoniyati tug'ilgandi. Biroq, Sharq mamlakatlari o'zlari uchun qulay tarixiy vaziyatdan foydalana olmadilar.

Shunga qaramay Eron va Afg'oniston singari mamlakatlar urush yillarida imkon qadar oldin yo'qotilgan harbiy-siyosiy mavqelarini tiklab olishga, chegara hududlarini mustahkamlash orqali ozod bo'lishga harakat qilganliklari tarixiy haqiqatdir.

XX asrning 20-yillarida Afg'oniston va umri tugab borayotgan Buxoro amirligi orasida yaxshi aloqalar hamon mavjud edi.

Afg'oniston zaminida yuz berayotgan bugungi jarayonlar barchani yana bir bor ushbu mamlakat tarixiga qiziqish bildirishiga undashi tabiiy hol. Afg'onistondagi yangi shakllanayotgan hukumat xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bir necha bor takrorladi. Mamlakat tarixiga nazar tashlansa, bundan yuz yil oldin ham Buyuk Britaniya mustamlakasidan ozod bo'lgan Afg'oniston tashqi dunyo bilan aloqa o'rnatishga katta e'tibor qaratganiga guvoh bo'lishi mumkin. Bu borada yosh amir Omonullaxonning tashqi siyosat borasidagi faoliyati ayniqsa diqqatga sazovor. Xususan, uning yon qo'shnilar, ayniqsa Buxoro amirligi bilan iliq munosabatlar o'rnatish istagi, Buxoroning mustaqilligini mustahkamlash uchun qilgan harakatlari va rejalari alohida o'rganiladigan jihat bo'lib qolmoqda [J.Ostonov: 161].

Omonullaxon Buxoro amirining so'rovi bilan Buxoroga afg'on askarlaridan iborat kichik bo'linmani ham yuboradi. Ular Buxoro armiyasini bo'lajak urushga tayyorlashi kerak edi. Buxoro amiri bu paytda Turkistondagi Sovet Rossiyasiga qarshi urushga tayyorgarlik ko'rayotgan edi. Rossiyaga yuborilgan Afg'oniston elchisi Muhammad Valixon 1919-yilda Buxoroga keladi va u yerda Buxoro amiri bilan uchrashadi. Amir Olimxon o'zining "Buxoro xalqining hasrati tarixi" asarida ushbu uchrashuv tafsilotlarini keltirar ekan, afg'on elchisining Turkistonga hujum qilishga shoshmaslik kerakligi haqidagi maslahatiga quloq solganini yozadi ^мир Сaййид Oлимхoн: 122].

Xulosa qilib aytganda Buxoro amirligining qo'shni mamlakatlar bilan amalga oshirgan savdo aloqalarida yuqorida ta'rifi keltirilgan yo'llarning ahamiyati katta bo'lib, yaqin xorij mamlakatlari va Buxoro amirligi o'rtasidagi savdo munosabatlarining mustahkamlanishida ijobiy rol o'ynagan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Ochildiyev F.B. XIX asrning ikkinchi yarmi-XX asr boshlarida Buxoro amirligida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar.-Toshkent, 2023.

2. Mavlonov O'., Mahkamova D. Madaniy aloqalar va savdo yo'llari. Toshkent: Akademiya, 2004.

3. Sir dar mulki O'zbakiston shud... 31.03.2018. https://daryo.uz/2018/03/31/yuz-yil-oldin-afgoniston-buxorodan-200-ming-qochqin-qabul-qilgan-edi-ozbekiston-afgoniston-aloqalari-tarixidan

4. Aхмaдoв A.A., Хaйитoв X.A. Бухaрa и Aфгaнистaн: Ha пути истории (XIX-ХХ BeKoB). Materily XV miedzynarodowej naukowi-praktycznej konferencji. Europejska nauka XXI

powieka-2019. 07-15 maja 2019 roku. Volume-10. Przemysl: Nauka i studia, 2019. C. 13.

5. Aхмaдoв A.A., Хaйитoв X.A. Бухaрa и Aфгaнистaн: Ha пути истории (XIX-ХХ BeKoB). Materily XV miedzynarodowej naukowi-praktycznej konferencji. Europejska nauka XXI powieka-2019. 07-15 maja 2019 roku. Volume-10. Przemysl: Nauka i studia, 2019. C. 14.

6. Ochildiev, F. B. (2024). Trade relations of the bukhara empire with russia in the second half of the 18th century-the beginning of the 19th century. The American journal of social science and education innovations, 6(02), 25-30.

7. O'zR MDA1-1 fond, 1-ro'yxat, 47-ish, 21-varaq; 1-1 fond, 34-ro'yxat, 696-ish, 47, 48, 49-varaq; 1-2 fond, 1-ro'yxat, 189-ish, 19-varaq; I-461-фoнд, 1-pyйхaт, 1655-x,ужжaт, 51,51-BapaKHHHr opKa tomoh^ I-461-фoнд, 1-pyйхaт; 1648-x,ужжaт, 22, 22-вapaкнинг opKa тoмoни, 4649-xyжжaт, 96-BapaK, ^^^ужж^т; 2-BapaK, 1650-x,ужжaт; 57-BapaK, 2162-хужж^, 8-BapaK, 1655-xyжжaт, 6,6-вapaкнинг opKa тoмoни.

8. Хдйитов ША., Миpзoeв Ш.М. AфFOнистoн тapих кyзгycидa. Бухopo: Durdona, 2018.

9. Бoйкoвa Н.С. Из истopии экoнoмичeских связей Рoссии и Вoстoкoм. Тaшкeнт: y36emCTaH, 1955.

10. Ртвeлaдзe Э. Цивилизaции гoсудapствa, культуры Цeнтpaльнoй Aзии. Тaшкeнт: Шapк, 2005.

11. Лoгoфeт Д.Н. Бухapскoe хaнствo и ero coBpeMeHHoe сoстoяния. СПБ. 1909.

12. Сaйид Мaнcуp Олимий, Бухopo-Туpкиcтoн бeшиги. Бухopo: Бухopo, 2005.

13. Хoлбoeв С. Бухopo aмиpлигининг oлтин хaзинacи. ^ш^нт: Фaн, 2008.

14. Safarov T.T. Buxoro amirligini yaqin qo'shni xorij mamlakatlar bilan bog'lovchi savdo yo'llar. Бухopo тapихи мacaлaлapи (энг ^димги зaмoнлapдaн x,o3^ra4a) мaвзуcидaги хaлкapo микёcидaги илмий-aмaлий кoнфpeнция мaтepиaллapи. Бухopo-2023.

15. Очилд^в, Ф. (2021). XIX acpнинг oхиpи xx acpнинг бoшлapидa Бухopo aмиpлигидa Рoccия 6aHK Ba фиpмaлapининг фaoлияти. Общество и инновации, 2(10/S), 421-429.

16. Ostonov J. XX asrning 20-yillarida Afg'oniston va Xuxoro aloqalari. <^ax,oH тapихининг дoлзapб муaммoлapи» мaвзуcидaги Рecпубликa микёcидaги илмий-aмaлий aнжумaн мaтepиaллapи. Бухopo-2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.