Научная статья на тему 'XIVA XONLIGINING BUXORO VA QO’QON XONLIGI BILAN OLIB BORGAN O’ZARO SAVDO ALOQALARINING MAHALLIY MANBALARDA YORITILISHI'

XIVA XONLIGINING BUXORO VA QO’QON XONLIGI BILAN OLIB BORGAN O’ZARO SAVDO ALOQALARINING MAHALLIY MANBALARDA YORITILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
6710
281
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xiva xonligi / Qo'qon xonligi / Rossiya / diplomatik aloqa / Abulg'oziy / Munis / Ogahiy / Qo'ng'irot va boshqalar.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Hayitmurod Abdujabbor O’g’li G’aybullayev

Maqolada Xiva xonligini XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida Buxoro va Qo'qon xonliklari bilan olib borgan o'zaro aloqlari haqida ma'lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XIVA XONLIGINING BUXORO VA QO’QON XONLIGI BILAN OLIB BORGAN O’ZARO SAVDO ALOQALARINING MAHALLIY MANBALARDA YORITILISHI»

XIVA XONLIGINING BUXORO VA QO'QON XONLIGI BILAN OLIB BORGAN O'ZARO SAVDO ALOQALARINING MAHALLIY MANBALARDA

YORITILISHI

Hayitmurod Abdujabbor o'g'li G'aybullayev

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada Xiva xonligini XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida Buxoro va Qo'qon xonliklari bilan olib borgan o'zaro aloqlari haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: Xiva xonligi, Qo'qon xonligi, Rossiya, diplomatik aloqa, Abulg'oziy, Munis, Ogahiy, Qo'ng'irot va boshqalar.

XVII □ XIX asr va XX asr boshlarida Xorazmda yozilgan tarixiy asarlarda Xiva xonligining Buxoro, Qo'qon xonliklari, Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan bo'lgan diplomatik munosabatlari tarixiga doir ma'lumotlarni ham ko^p uchratamiz.

Abulg'oziy, Munis, Ogahiy va Bayoniyning mazkur tarixiy asarlarida XVII -XVIII asr diplomatik munosabatlar tarixiga oid ba'zi ma'lumotlar keltirilsa-da, Xivada Qo'ng'irot sulolasi hukmronlik qilgan davrdan boshlab bo'lgan tarixiy voqealar, shuningdek, diplomatik munosabatlar esa batafsil bayon etiladi. Xiva va Buxoro xonliklari o'rtasida davom etib kelayotgan diplomatik aloqa Eltuzarxonning vafotidan so'ng ma'lum vaqt uzilib qolgan edi.

Buxoro xonligi bilan Xiva xonligi o'rtasida ma'lum vaqt to'xtab qolgan bu diplomatik munosabat 1226 (1811-1812) yili Amir Haydar o'g'lining to'yi munosabati bilan Xorazmga Muhammad Rahimxon I oldiga O'roqboy Jo'ra oqosi va Avaz Muhammad yasavulboshini elchi qilib yuborishi bilan tiklangan edi. Xorazmga elchilar kelgan vaqtda Muhammad Rahimxon I Arol ustiga yurish qilgan bo □lib, u yerda edi. Qutluq Murod inoq Yormuhammadbek orqali Buxoro amirining nomasini Muhammad Rahimxonga yuboradi. Bu kelgan elchilarga Hasan Murod otaliqni va Qandum sardorni qo^shib, Buxoroga yuboriladi1. Buxorodan bular bilan birgalikda Yaqub Qo'rchi begi va Gul yasavul Xivaga elchi bo □lib keladilar. Xivadan esa Berdi inoq elchi bo □lib, bular bilan birgalikda Buxoroga boradi. Takalar masalasi bo'yicha amir bilan suhbat qiladi. So'ngra u bilan Xivaga Musoxo'ja O'roq va Muhammad Jo'ra oqosi elchi bo'lib keladilar2.

Shahzoda Vali 1812 yili Xiva xonligiga o'z elchisini yuboradi. Shuningdek, shu yili O'rta Yuz qozoqning hokimi Omonboy biyning inisi Qurbonboy ham Xorazmga elchi bo'lib kelgan edi. Shu yili, ya'ni 1812 yil Mashhadga Shahzoda Vali huzuriga

1 MyHHC Ba OraxuH. ®npgaBC yn- Ma3Kyp Kynë3Ma $ohah. Hhb. No 5364/. 160-161 66.

2 My acap. Hhb. No 5364/. 168 6 - Bapa^.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 2 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Nodir sardorni va Dashti Qipchoqqa O'rta Yuz qozoqg'a Olloberdi xo'jani elchi qilib

-5

yuboriladi .

Munis "Firdavs ul-iqbol"da yozishicha, 1228 (1813-1814) yili Umarshayx va Amirxonkim... Xuroson bilodining xonlariga elchi qilib yubormish erdi... ostonbo'sliqqa yetib, barcha xonlarning arizadosht va ixlosnomalarin yetkurdilar... Rabi'-al-avval oyining avoyilida Hasan Murod otaliq Buxoro elchisi Boymuhammad jarchi boshi bilan... Muhammad Rahimxon mulozimatiga foyiz bo'ldi. Mohi mazkurning avoxirida Berdi inoqni elchiyi mazburg'a qo'shub, Buxoroga irsol qildi... Mazkur oyning 27 sida, yakshanba kuni Berdi inoq Amir Haydarning elchisi Podshoxoja sadr bila Buxorodin kelib, ostonboDsliq sharafiga ixtisos topdilar. Jumod-il-avval oyining 10 ida, juma kuni Kurdistondin elchilar kelib... tansuqoti mutakosira peshkash chiqdilar... Buxoro elchisi Podshoxojaga yana Berdi inoqni masxub qilib, Buxoroga yubordi. Jumodiy-as-soniy oyining 8 ida, juma kuni Xuroson elchilarin ixsoni podshohona va in'omi begarona bila bahramand qilib, o'z yurtlariga ruxsat berdi. Badirxon bek va Muhammad Husayn bekni, Sattor Kuli og'o bila mazkur bo'lg'on elchilarga qo'shib yubordi. Bu mazmun bilakim: Agar ellik va itoat izhorida sodiq bo'lsalar, kuz faslida inshoollo ul tarafga azm etkumizdir. Agar el muxolif bo'lsalar, alar samtig'a nuhzat qilg'umizdir. Agar el bo'lsalar, Saodat qulixon yanglig' akobir va mo'tabar kishilardan ko'p kishi mulozimatga irsol qilib, zakot va xirojni kamo haqqahu yuborsinlar. Agar seshanba kuni Xuroson azimati bila, yoDlga tushub ravon bo'ldilar4.

1230/1815 - 1816 yili DBerdi inoq Buxoro elchisi bila mulozimatga yetdi. Ul ovonda Ho'qand viloyatining hokimi Umarxondin Sayid Muhammad xoji elchilikka kelib, ostonbo'sliq sharafin topdi5.

Xivalik tarixnavislar Munis, Ogahiy va Bayoniy tomonidan yozib qoldirilgan dalillar, shubhasiz, O'rta Osiyo, ayniqsa, O'zbekiston xalqlari tarixini o'rganishda katta ahamiyatga ega. Lekin ular o'z asarlarini yozar ekanlar, ko'p masalalar haqida gapirishsa-da, ularni tafsiloti bilan yoritmaydilar.

Masalan, Xiva xonligiga atrof xonliklardan va mamlakatlardan elchilarning kelishi va kimlarning elchi boDlib kelganini ko'rsatsalar-da, lekin ularning kelishdan maqsadlari, nima masala ustida suhbat qilganliklari haqida gapirmaydilar.

1281/1815 - 1816 yili Kandum sardorni Buxoroga elchi qilib yubordi. Ramazon oyining 10 ida, shanba kuni Buxoro elchisi Nurmuhammadbek Xivaga keldi.

Mazkur Xorazmda yozilgan asarlarning mualliflari boshqa mamlakatlar bilan boDlganidek, Qo'qon va Buxoro xonliklari bilan ham boDlgan diplomatik munosabatlarga oid ma'lumotlarni keltirib o'tishda davom etadilar. 1259/1843 yili DzulqaDda oyining 14 ida chohorshanba kuni ul hazrat (Rahimqulixon - Q. M.) Ho'qand elchisi Qorabosh dodxohgDa Bobobekni elchilik yoDsuni bila qoDshub

3 Шу асар. Инв. No 5364л. 171 б - варак.

4 Шу асар. Инв. No 5364/I. 177 б- варак.

5 Шу асар. Инв. No 5364/I. 186 а-б - варак.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

Page 210

I

muhabbatnoma bilan Ho'qand viloyatiga irsol qildi6, 1260/1844 yili jumodilavval oyining 19 ida, juma kuni Ho'qandga ketgan elchilar, ya'ni Bobobek va Yaxshimurodbek mazkur viloyatning hukmroni Sheralixonning qoDShFon elchisi Qorabosh dodxoh va yuborgan peshkashlarin kelturub, dargohi olam panoh... peshgohiga yetkurdilar. Rajab oyining 17 ida panjshanba kuni Buxoroga ketgan elchi Rahmonberdi oxundg'a Buxoro voliysi Amir Nasrullaning qo'ShFon elchisi Fathulla xoja sudur kelib, amirning yuborgan tuhafot va savgDotin mavqufi arzga yetkurdi. Sha'bon oyining salohida, juma kuni Eron mamolikining podshohi Muhammadshohning elchisi Shahsuvorxonga ruxsat berib viloyatiga qaytardi. Ramazon oyining 6 sida chahorshanba kuni Ho'qand elchisi Qorabosh dodxohg'a... Yusufbekni elchi yo'sunliq

n

qo'shub Ho'qand viloyatiga irsol qildi □ .

Ogahiy o'z asarida diplomatik munosabatlar haqida gapirsa-da, kelgan elchilarning nima maqsadda kelganlari va yuborilganligi haqida gapirmaydi degan edik. Lekin asarning ba'zi yerlarida bu elchilarning nima masala yuzasidan suhbatlashganlari haqida aniq ma'lumotlar ham beriladi. Masalan: 1261/1845 yili Buxorodan kelgan Qo'chqorbek miroxirga Xivadan Rahmatulla Qorako'zni qo'shib Buxoroga elchi qilib yuborilgan edi. Xiva xoni Buxoro amiriga quyidagi nomani yuborgan: Amir Nasrullaning muddaosi agar musolaxa qilib borishmoq va kelishmoq bo'lsa, bizning xohishimiz uldur va agar g'arazi savosh va talosh bo'lsa muxoriba maydoniga chiqsunkim, biz ham ul amrga muhayyo va amodadurmiz. Bu ikki ishning qaysisini ixtiyor qilsa, ul ishga bel bogDlasunkim, ikkisi ham bizning maqsadimizdur. Bu so'z

Q

bila elchilarni Buxoro viloyatiga irsol qildi □ .

Shuningdek, bu masala yuzasidan Ogahiyning DJomiD ulvoqioti sultoniyD asaridagi ma'lumotlardan ba'zilarini olib ko'raylik. DMuhammad Aminxon o'zining xorazmshohlig avrangigDa julusi izhori uchun atrof va javonibdagi viloyatlarga elchilar irsol qildi. Ul jumladin Eshmurod rais bila... Olloberdi soDfini 1262/1845 □ 1846 yili rabi' ul avval oyining toDrtida yakshanba kuni Buxoro viloyatining podshohi... Amir Nasrulloga... irsol qildi D9. D Buxoro podshohi Amir Nasrulloning... qo'shib yuborgan ikki elchisi kelib ostonbo'slig sharafin topdi. Mazkur bo'lg'on oyning 23 ida, shanba kuni hamul elchilariga... Bikish xalifani saforat rasmi bila qoDshib, Buxoroga irsol qildilar. Jumodil avval oyining 13 ida, juma kuni... Abdulhalim... Ho'qand viloyatidan kelgan elchiga saforat tariqasi bila hamroh bo'lib, mazkur viloyatga bormish erdi, hamul viloyat hokimining qo'shib yuborgan elchisi kelib, yakjihatlik izhori uchun topshurgDon muhabbatnomasin... yetkurdi.

Jumodiy as-soniyning avositida Mashhad hokimi Olloyorxonkim... Eron mulkining podshohi Muhammad shoh tarafidan nayobatan jami' Xuroson viloyatining hokimi

6 Шу асар. Инв. № 5364/II. 403 а - варак.

7 Шу асар. Инв. № 5364/11. 403 - варак.

8 Шу асар. Инв. № 5364/1. 405 а- варак.

9 Шу асар. Инв. № 5364/II. 414 б - варак.

hukmronidur... yuborgan elchisi kelib... kelturgan ixlosnomasin nazari kimyo asar mutolaasi sharafiga musharraf qildiD10. DHamul yil shavvol oyining 11 ida chahorshanba kuni ba'zi masolixi mulkiya jihatidin... Shukrilla og'a bila... Qilichjon boyni elchi qilib urus mamlakatining podshohiga irsol qildiD11.

DHamul yil 1263(1846-1847) ramazon oyining 8 ida panj-shanba kuni Shukrilla og'a va Qilichjon boy uruslin kelib, urus podshohi bila qilgDon muloqoti va munozara

1 9

va munoqashalarin masomi D i aD log D a yetkurdilar D .

Ogahiy o'z asarida diplomatik munosabatlar haqida gapirar ekan, quyidagilarni keltiradi: DHamul yil 1264 (1847 - 1848) ... Olloberdi soDfikim Buxoro elchiligiga borib erdi, Amir Nasrullaning qoDshgDon elchisi Zakariyo Xoja avroq bila yuborgan muhabbatnomasin jumodiy-al-avval oyining 9 ida panj-shanba kuni nazari anvor mutolaasiga yetkurdi. Ul hazrat (Muhammad Aminxon - Q. M.) mazkur oyning 20 sida dushanba kuni Qutbiddin Xoja shayx-ul-islomni va Shukrillo okoni shohona tuhfa va mulukona hadyalar bila xalifai Rum elchiligiga irsol qildi... Yusufbek HoDqand elchiligiga marsul boDlib erdi, Jumodiy as-soniy oyining 3 inchi kuni HoDqand podshohining masxub qilgDon elchisi Xolmurodbiy bila kelib, yuborgan

1 "5

muhabbatnomasin va tansuqot va tuhofotin nazari kimyo asar peshgohiga yetkurdi D .

1264/1847 D 1848 yili DshaDbon oyining 18 ida dushanba kuni... Xojash mahram va Otaniyoz mahramni elchi qilib urus viloyatiga irsol etdilarD14. DXojash mahram va Otaniyoz mahramkim ba'zi umuri mulkiya jihatidin elchilik yoDsunida urus viloyatiga bormish erdilar, andoqkim sobiqan guzorish topdi, 1266 (1849-1850) shavvol oyining 15 ida panjshanba kuni urus podshohining yuborgan maktub va tuhfalarin kelturub, nazari a'lo peshgohiga yetkurdilar15.

1275/1858 D 1859 yil safar oyining 2 sida Buxoro podshohi Amir Nasrullaning Boba inoqg'a qo'shib yuborgan Mirzo Ubayd miroxur nomli elchisi Xorazmga yetib keldilar. D Mohi mazkurning 4 ida yakshanba kuni urus elchisi Nikolay Anichkovgakim Buxoroga borib, andin oDtib yurtiga ketmak iltimos qilib erdi, hazrat (Sayid Muhammadxon - Q.M.) iltimosin qabul etib, podshosi uchun sovgDot va maktub topshirib, Buxoro jonibiga uzatdi D16.

Ogahiyning yuqoridagi asarlarida keltirilganidek, DShohid ul-iqbolD nomli asarida ham diplomatik munosabatlar bo'yicha ancha ma'lumot keltiradi. Qaysi mamlakatdan yoki xonlikdan kimning elchi bo'lib kelganligi va ismi va qancha vaqt Xivada turganligini keltirib oDtgan.

10 Огадий. Жомиъ ул-вокеоти султоний. Мазкур кулёзма фонди. Инв. № 9786, 316- варак.

11 Шу асар. Инв. № 9786. 45 б - 46а - вараклар.

12 Шу асар. Инв. № 9786. 71 б- варак.

13 Шу асар. Инв. № 9786, 114 б- варак.

14 Шу асар. Инв. № 978 б, 134 а-б - варак.

15 Шу асар. Инв. № 9786.162 б - варак.

16 Шу асар. Инв. № 7572. 159 б- варак.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 2 I 2022 _ISSN: 2181-1601

REFERENCES

1. Мунис ва Огахий. Фирдавс ул- икбол. Мазкур кулёзма фонди. Инв. No 5364/. 160-161 бб.

2. Огахий. Жомиъ ул-вокеоти султоний. Мазкур кулёзма фонди. Инв. № 9786.

3. Неъматов Т. Хива ва Россия муносабатлари тарихидан. - Тошкент.: 1959.

4. Саидов Ш. Марказий Осиё халклари тарихи. - Т.: ТДШИ, 2010. - 140 б.

5. Топилдиев Н. Кукон хонлигининг Россия билан дипломатик алокалари тарихидан. - Т.: Фан, 2007.

6. Гуломов X,.F. Урта Осиё ва Россия (XVIII аср бошида давлатлараро муносабатларнинг шаклланиши). - Т.: Университет, 2007.

7. Atadjanov Sh., Ilhomov Z., Ishquvvatov V., Allayeva N. O'zbek xonliklari tarixshunosligi. - Toshkent, 2011. -B. 26. (Atadjanov Sh., Ilhomov Z., Ishquvvatov V., Allayeva N. Historiography of Uzbek khanates. -Tashkent, 2011. -Р. 26.)

8. Bobobekov H. Qo'qon tarixi. -Toshkent: Fan, 1996. -B. 27. (Bobobekov H. History of Kokand. -Tashkent: Fan, 1996. -B. 27).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.