Научная статья на тему 'XITOY ISLOHOTLARI TARIXIDAN (SHAN YAN ISLOHOTLARI)'

XITOY ISLOHOTLARI TARIXIDAN (SHAN YAN ISLOHOTLARI) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
353
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xitoy tarixi / Shan Yan / Shan Yan islohotlari / Chinese history / Shan Yan / Shan Yan reforms

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Choriyev, Urol

Xitoy davlat tuzumi va uning ijtimoiy g‘oyalari shakllanishi tarixini o‘rganishda Shan Yan davridagi islohotlar va uning merosini o‘rganish va tushunish muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolani quyidagi bosqichlarda ko'rish mumkin: Shan Yanning islohotlari Xitoy tarixida ijtimoiy-siyosiy va mafkuraviy jarayonlarning shakllanishida muhim rol o'ynaydi. Shan Yan davridan to hozirgi kungacha bo‘lgan davrdagi ijtimoiy-siyosiy va mafkuraviy jarayonlarni tahlil qilish uchun Shan Yan islohotlarini ham tahlil qilishga alohida o‘rin berishni taqozo etadi. Ushbu islohotlar Xitoy davlat tizimining boshqaruv tizimini shakllantirish uchun asos bo'lib xizmat qilishi mumkin. Bu fakt Shan Yanning Xitoy davlat tuzumi va uning boshqaruv tizimlari an’analarini o‘rganish davrini ham tadqiq qilishni talab etadi. Jamiyat o'z an'analariga qat'iy sodiqlikka loyiq bo'lgan qiyin davrdagi qarama-qarshiliklar ko'rinmasa-da, Shan Yanning islohotlari axloq normalari va qonun ustuvorligini ta'minlashi mumkin edi, shuning uchun uning islohotlarini o'rganishning ahamiyati ortib bormoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FROM THE HISTORY OF THE CHINESE REFORMS (SHAN YAN REFORMS)

While studying the history of China’s state system and its forming of social ideas, investigating and understanding reforms of Shan Yan’s period and its heritage play significant role. This article can be seen in the following steps: Shan Yan’s reforms play an important role on forming social-political and ideological processes in the history of China. For analyzing social-political and ideological processes in the period that includes from Shan Yan’s time till now it certainly demands to give special place to analyze Shan Yan’s reforms as well. Those reforms could serve as the basis for forming governing systems of China’s state system. This fact also demands to investigate Shan Yan’s period for studying China’s state system and its traditions of governing systems. Although not looking difficult period’s conflicts which community deserves strong faithfulness to their traditions, the reforms of Shan Yan could provide the norms of ethics and priority of law, so importance of studying his reforms raises more.

Текст научной работы на тему «XITOY ISLOHOTLARI TARIXIDAN (SHAN YAN ISLOHOTLARI)»

'Uzbekistan-China: development of R VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 26

cultural, historical, scientific and Q ISSN 2181-1784

economic relations" SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7

d

XITOY ISLOHOTLARI TARIXIDAN (SHAN YAN ISLOHOTLARI)

https://doi.org/10.5281/zenodo.7352145

CHORIYEV Urol Ilmiy maslahatchi: f.f.d.(DSc) Nasirova S.A.

From the reforms of China (Shan Yan's reforms)

AnnotationWhile studying the history of China's state system and its forming of social ideas, investigating and understanding reforms of Shan Yan's period and its heritage play significant role. This article can be seen in the following steps:

- Shan Yan's reforms play an important role on forming social-political and ideological processes in the history of China. For analyzing social-political and ideological processes in the period that includes from Shan Yan's time till now it certainly demands to give special place to analyze Shan Yan's reforms as well.

- Those reforms could serve as the basis for forming governing systems of China's state system. This fact also demands to investigate Shan Yan's period for studying China's state system and its traditions of governing systems.

- Although not looking difficult period's conflicts which community deserves strong faithfulness to their traditions, the reforms of Shan Yan could provide the

O'zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o'rtasidagi aloqalar, mustaqillikning dastlabki yillarida, XXR ning 1991 yil 27 dekabrda mamlakatimizni suveren davlat sifatida tan olishi va 1992 yil 2 yanvarda davlatlar o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatilishi bilan bog'lanib, bugungi kunga qadar tadrijiy ravishda rivojlanib kelyapti. Shuningdek, O'zbekistonning Mustaqillikka erishishi va xalqaro maydonga chiqishi, ko'pgina davlatlar bilan diplomatik aloqalar o'rnatishi va jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi xorijiy xususan, Sharq mamlakatlari tarixini va Xitoy tarixini asl manbalar asosida haqqoniy tarzda o'rganish vazifalarini keltirib chiqardi. O'zbekiston va Xitoydagi tarixiy jarayonlar, ularning mohiyati va haqqoniy tarixini yoritish, ikkala mamlakat tarixiga oid turli sohalardagi o'zaro munosabatlarni bugungi kunda har ikkala mamlakatning qadimgi tarixini chuqur o'rganishni va tahlil qilishni talab etmoqda. Qadimgi Xitoy tarixiga nazar tashlasak, unda o'zining islohotlari bilan ushbu mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy rivojlanishiga hissa qo'shgan davlat arboblarining amalga oshirgan ishlari e'tiborimizni tortadi. Shan Yan Qadimgi Xitoy tarixida ana shunday nom bilan chuqur iz qoldirgan shaxslardan biri hisoblanadi desak, also yanglishmagan bo'lamiz. U o'zining islohotlari bilan jamiyatning har bir jabhasini rivojlantirishda muhim o'rin egalladi. Shan Yan islohotlarining yo'nalishi quyidagi sohalarni rivojlantirishni o'z ichiga oladi:

Iqtisodiy boshqaruv tizimida- Shan Yan mamlakatning barcha aholisini davlatga manfaatdor deb hisobladi va hamma davlatga to liq xizmat qilishini ta minladi. Har bir oila davlatga ma lum miqdorda soliq to lashga majbur deb hisobladi. Bundan tashqari, u aholiga moliyaviy jihatdan ko'mak berdi. Ishlamaydigan fuqaro hisobidan soliq tolangan va qoramol yoki boshqa turdagi soliq turlari, yer maydoni bilan taqsimlangan.

Siyosiy boshqaruvda- mamalakat to'liqligicha harbiylar qo'liga o'tib, barcha ma'muriy tizim ular orqali takomillashtirildi. Va uning boshqaruviga tayanadi. Qo mondon uni boshqarishda muntazam ravishda hukumatga axborot tayinlaydi. Bu esa harbiylar va aholi o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlanishiga zamin yaratdi. Siyosiy islohot davlat boshqaruv tizimini boshqarishda va sin knyazligini imperiyaga aylanishida tadrijiy yo'lni bosib otadi.

Mamuriy boshqaruvda- imperiyada yirik 36 ta viloyat zonalari tashkil etildi.

Qonun islohotida- Shan Yan legizm tarafdori bolgan. Shuning uchun qonunlarni hurmat qilishni talab qildi. Amaldorlarni ham qullarni ham bir xil itoatda ushlab turdi va o'z go yalarini qonunlarda aks ettirdi. Shan Yan qonunlarida davlatga katta xizmatlari uchun mukofot va unvonlar berilishi ta kidlab o tildi. Oddiy askar davlat xizmatidan tashqari dehqonchilk ishlariga ham safarbar qilindi.

Barchamizga ma'lumki, iqtisodiy tamoyil asosida boshqariladigan mamlakat hamisha ravnaq topib kelgan. Mana shunday iqtisodiy omil natijasida qonun ustuvorligi ta'minlansa unda barcha hukmron doiralarning shaxsiy manfaatlariga chek qo'yilgan bo'ladi. Shan Yan ham iqtisodiy omil natijasida mamlakatda qonun ustuvorligini ta'minladi. Shu bilan birga, o'zining qonunlar majmuasini yaratgan Shan Yan xukmdorlarning huquqlari to'liq ta'minlanishini kafolatladi. Uning ta'limotiga ko'ra, "Hukmdor qonunlar yaratuvchisi hisoblanadi. U aslzodalar va amaldorlar bilan o'zining rejalari haqida baxs munozara qilib o'tirish shart emas". Shan Yan Konfutsiydan farqli o'laroq iqtisodiy masalada barcha teng mehnat qilish kerak deb aytadi. Uning fikricha "Dono shoh nafaqat davlatni boshqarib qolmay, u odamlarni o'z yerida mehnat qilishi uchun sharoit yaratadi".

Shan Yan yaratgan iqtisodiy tamoyillar asosida mamlakatdagi barcha mahalliy aslzodalar sinfi ma'lum miqdorda soliqga tortildi. Bu o'z navbatida davlatning iqtisodiy gullab-yashnashiga o'z ta'sirini ko'rsatdi. Shuningdek, soliq sistemasining iqtisodiy tizimda to'g'ri yo'lga qo'yilganligi mamlakat tashqi siyosatida ya'ni, boshqa davlatlar bilan munosabatida o'zining salohiyatiga ega bo'ldi. Shan Yan "Davlat o'z g'alla jamg'armasiga ega bo'lmas ekan, har qanday urush olib borish aqlsizlikdir" 1 deb ta'kidladi.

Mamlakatning ravnaq topishida yerga e'tibor bermaslik, g'aznalarni va omborlarni g'alla bilan to'ldirmasdan siyosat olib borishlik iqtisodiy inqirozga olib kelishini tushungan Shan Yan "davlatda oziq-ovqat mo'l-ko'l bo'lsa, u parokandalikka yuz tutmaydi" tamoyilini qo'llaydi. Shan Yan o'zining chora tadbirlari natijasida donli ekinlardan tushadigan soliq miqdorini ortishiga harakat qiladi. U mamlakat hukmdorini har qanday choralar bilan bilan yer egalariga imkoniyat yaratib berishiga va talonchilik siyosati olib bormaslikka chaqirdi. Agarda aristokratiya sinfi tomonidan dehqonlar talanar ekan, erkin soliq to'lovchi fuqarolar hech qachon bo'lmaydi. Natijada davlat g'aznasiga kam soliq to'lanadi. Shu orqali Shan Yan "Davlatni boshqarishda "hukmdorlar va itoatgo'ylar"- ya'ni dono podsho zamindorlarni o'z yerlaridan ayirmasligi kerak, sababi ular oilalarini va jamoalarini boqadirlar, hamda ularni idora qiladilar" deb uqtirgandi.2 U mamlakat bo'ylab bir necha marotaba aholini umumiy ro'yhatdan o'tkazilishini talab qildi. Bu orqali shohni davlat miqyosida soliq tizimi ishlab chiqarishini ta'minlay olishga undadi. Bunda soliq solishda hosilning ko'p va kamligi muhim e'tiborga olindi. "Agarda zamindorlardan bug'doy hisobida soliq undirib olinsa, bunda shoh tomonidan yagona soliq qonuni joriy qilingan deb ayta olish mumkindir. Xalq esa bundan doim manfaat ko'radi" 3 . Shu tizimdan foydalangan holda, Shan Yan xonadonlardagi ro'yxat orqali zamindorlarni mustaqil ravishda soliq to'lovini nazorat qilishni yengillashtira oldi. U hattoki yollanma xizmatdan foydalanishni va jamoadan qochib ketishni ta'qiqlab qo'ydi. Biroq Shan Yan barcha yersiz va ishsiz odamlarni ish bilan ta'minlashga urinsada, ularga yer berish muammo edi. Sababi barcha yerlar jamoalarning oqsoqollari yoki yirik aristokratlar qo'lida bo'lgan. Bu borada davlat ham yetarlicha qonuniy asosga ega bo'lmagan edi. Shan Yan bu muammoni yechishda yangi yerlarni o'zlashtirish va aristokratlarni yerga egalik qilish huquqlarini cheklash orqali erishdi.

Shan Yan o'z risolalarida davlat qudratini oshirishda bo'z yerlarni o'zlashtirish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi. Buning uchun, u yerlardan foydalanishga davlat tomonidan yo'l ochib berish lozim deb hisobladi. Shu orqali yer muammosini hal qilishga erishdi. Bo'z

1 Переломов, Книга правителя области Шан. Пер. предисл. М., 1968. (Полит. Письменности Востока ХХ).В. 34.

2 Л.С.Васильев. Проблемы генезиса китайской мысли. М. 1989г.С.195

3 Чен Шудэ. Исследование законодательств девяти династий. П. 1963г.С.195

750

yerlarni o'zlashtirishni qonuniy asosda amalga oshirish maqsadida shoh tomonidan bu haqda farmon chiqarildi. Shan Yanning yuqoridagi tamoyillari asosida mamlakatda bir qancha yangi iqtisodiy shart-sharoitlar yaratildi:

Birinchidan, aholi uchun iqtisodiy imkoniyatlar mustahkamlanib, davlat qudrati yuksaldi;

Ikkinchidan, soliqning ko'payishi natijasida davlat xazinasiga sof daromad keltirildi;

Uchinchidan, boz yerlarini o'zlashtirilishi podsho xonodonida yer hajmi ortishiga olib keldi;

To'rtinchidan, davlatga bo'ysunuvchi yangi tabaqa vakillari vujudga keldi.

Shan Yanning iqtisodiy dasturidan o'rin olgan yana bir tarmoq bu - savdo sohasidir. Bu soha ham o'z navbatida mamlakat iqtisodiyotiga ta'sir ko'rsatdi. Uning fikricha, savdogarlar aholiga katta yordam beradi. Shan Yan hukmdorga savdogarlarning qaramog'idagi xizmatchi va qullardan davlat ishlarida foydalanishni maslahat beradi. Savdogarlarning qo'l ostidagi qullarni majburiy choralar ko'rib bo'lsada, qishloq xo'jaligi mehnatiga safarbar qilish kerakligini alohida ta'kidlaydi.

4

Shan Yan savdogarlarga bosim o'tkazgan holda turli xil iqtisodiy vositalar yordami bilan ularni, shu narsaga majbur qilar edi. Qadimgi davrda Legizm maktabi namoyondalari bozor munosabatlarini barqarorlashtirish usullarini boshqarishda davlatning roli muhimligini alohida ko'rsatib o'tdilar. Ularning fikricha, davlat bug'doy narxlarini o'z nazorati ostida ushlab turishi lozim edi. Bu narsa mahsulot tan narxini savdogarlar tomonidan sun'iy ravishda o'sib borishga chek qo'ydi. Shan Yan o'zining iqtisodiy tamiyillarini davom ettirgan holda shohga bug'doy bilan savdo qilmaslik taklifi bilan chiqadi. Buning sababi, ular qishloq xo'jaligi mahsulotlarini juda past narxda sotib olardilar, agarda yil hosildor kelsa, xalq uchun buning ahamiyati unchalik foydali bo'lmasdi. Agarda yil hosilsiz kelsa, xalqda noroziliklar ko'payib, oziq-ovqat tanqisligi vujudga kelardi. Shuning uchun, Shan Yan mamlakatda don zahirasini g'amlash shohlar uchun katta ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.

Shuningdek, Shan Yan mahsulotlar uchun boj olish tamoyilini qo'lladi. U chegaralarda va bozorlarda chetdan keltirilgan mahsulotlarga boj to'lash tizimini shakllantirdi. Shan Yan keying Sin hukmdorlariga kichik savdogarlar va yirik savdogarlar o'rtasidagi farqni ko'rish uchun yo'l ko'rsata oldi. Chunki, imperator Sin Shi Xuandi davrida ko'pgina kichik savdogarlar soni ortib ketgan edi. Shan Yan iqtisodiy sharoitni yanada ko'tarishga hamda shoh oilalarining iqtisodiy jihatdan mustaxkam bo'lishiga katta hissa qo'shdi. Mamlakatda qishloq xo'jaligi mahsulotini ko'pligi ichki siyosiy barqarorlikni ta'minlashga harakat qildi.5

Shan Yan pul munosabatlarida ham bug'doyning ahamiyatini yuqori qo'ydi. Qachonki "mamlakatda qishloq xo'jaligi mahsulotlari arzonlashsa, u shundan dalolat beradiki, mamlakatda dehqonlar soni ortgan bo'ladi, haridorlar esa kamayadi. Bundan dehqon zarar ko'ra boshlaydi. Bunday davlatning armiyasi ham kuchsizlanib qoladi, natijada mamlakat parokandalikka yuz tutadi. Shan Yan davlat monopoliyasini himoya qilgan holda, unga alohida e'tibor berish kerak ekanligini ta'kidlaydi. U bir tomondan davlatning asosiy mahsulotlariga davlat monopoliyasi siyosat olib borishini qo'llab-quvvatlagan bo'lsa, ikkinchi tomondan xususiy sektorga keng yo'l ochib berdi. Bu esa davlat iqtisodiy salohiyatini, kelajakdagi qudratini ta'minlab bera oldi. Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, yer tizimida islohotlarni qonunan bir tizimga solinishi mamlakatning kelajakdagi taraqqiyotida muhim bosqich bo'la oldi, bunaday iqtisodiy tamoyillardan imperator Sin Shi Xuandi alohida foydalandi. U bunday soliq tizimida Shan Yan nazariyalarini qo'llagan holda, davlatning strategik ahamiyatini oshirdi, mahsulotlardan ham soliq yig'ishga harakat qildi. Shan Yanning soliq tizimi orqali iqtisodiy boshqaruvni ham yo'lga qo'yish osonlashdi, shu boisdan mamlakatda Shan Yanning barcha yerlarini o'zlashtirish taklifi bilan ishsizlik va dangasalikka chek qo'yildi. Quldorlik jamiyatida iqtisodiy tamoyillarning rivojlanishida Xitoyning o'ziga xos yo'li ko'pgina

4 Чен Шудэ. Исследование законодательств девяти династий. П. 1963г.С.84

5 Перломов Л.С. Империя Син. М. Наука 1962г.С.107

sohalarga ham sharoit yaratib berdi. Unda xususiy yer mulklaridan tashqari jamoa yerlari asosiy o'rin egallagan. Agarda mamlakatda qullar sonining ko'payishi kuzatilsa, davlat tanazzulga yuz tutishidan dalolat bergan. Shuning uchun Shan Yan qullikni qisqartirishga harakat qildi. Shan Yan tashabbusi bilan qabul qilingan yer, suv to'g'risidagi qonunlarga to'g'ri amal qilinishi qadimgi Xitoyda iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ushlab turishga sabab bo'ldi. Uning iqtisodiy islohotlari mamlakatning boshqaruv tizimida birin-ketin qo'llanildi. Shan Yanning mamlakat iqtisodiy sohalarida qo'lga kiritgan yutuqlari davlatning hamma sohalariga ta'sir ko'rsatdi.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, Shan Yanning iqtisodiy islohotlari birin ketin amalga oshishi natijasida moliya, yer, soliq va savdo-sotiq tizimi rivojlandi. U barcha narsani yer va qishloq xo'jaligi bilan bog'lab, shu orqali mamlakatning boshqa sohalarini ham idora qilish sistemasini yarata olgan shaxsdir. U iqtisodiy tarmoqlarning asosini siyosiy jihatdan aristokratlar va amaldorlarga dastur qilib oldi. Shu sababdan mamlakatdagi bunday iqtisodiy o'sish Sin xonligining qudratini tobora kuchayishiga olib keldi. Iqtisodiyotning rivojlanishi esa mamlakatda aholi yashash sharoitining yaxshilanishiga tasir ko'rsatdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI (REFERENCES)

1. Переломов, Книга правителя области Шан. Пер. предисл. М., 1968. (Полит. Письменности Востока XX).B. 34.

2. Л.С.Васильев. Проблемы генезиса китайской мысли. М. 1989г.С.195

3. Чен Шудэ. Исследование законодательств девяти династий. П. 1963г.С.84, 195

4. Перломов Л.С. Империя Син. М. Наука 1962г.С.107

5. СА Хашимова О_НЕКОТОРЫХ_ОСОБЕННОСТЯХ

ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКОГО АСПЕКТА КОММУНИКАЦИИ (НА ПРИМЕРЕ КИТАЙСКОГО ЯЗЫКА). - SO 'NGIILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 2022.

6. С Хашимова. О ЯВЛЕНИИ КОНВЕРСИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2022.

7. С.А.Насирова (2021). Политическая метафора (на примере материала по кадровой политике современной КНР). In Resent Scientific Investigation (pp. 69-73).

8. Хашимова, С. А. (2020). ОСОБЕННОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ РЕЗУЛЬТАТИВНЫХ ГЛАГОЛОВ ПРИ ПОМОЩИ СУФФИКСАЦИИ В КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. In Страны. Языки. Культура: сборник материалов XI-й международной научно-практической конференции/Под ред. проф. Абуевой ННМахачкала: ДГТУ. 391 с (p. 361).

9. Хашимова, С. А. (2020). Особенности образования неодушевлённых существительных при помощи суффиксации в современном китайском языке. Modern Oriental Studies, 2(2), 3446.

10. Nasirova, S. A. (2019). Modification of semantics of social terms of the modern Chinese language. Opción: Revista de Ciencias Humanas y Sociales, (24), 260-273.

11. Хашимова, С. А. (2022). АГГЛЮТИНАТИВНАЯ ОСОБЕННОСТЬ СУФФИКСАЦИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 196-202.

12. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10.

13. Насирова, С. А. (2020). Генезис общественно-политической терминологии китайского языка через призму истории китайской дипломатии. Modern Oriental Studies, 2(2), 22-33.

14. Хашимова, С. А. (2022). О НЕКОТОРЫХ ОСОБЕННОСТЯХ ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКОГО АСПЕКТА КОММУНИКАЦИИ (НА ПРИМЕРЕ КИТАЙСКОГО ЯЗЫКА). SO 'NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 1(1), 85-91.

R

О

15. Хашимова, С. А. (2022, September). ОБРАЗОВАНИЕ ПРИЛАГАТЕЛЬНЫХ С ПОМОЩЬЮ АФФИКСАЩИ В КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. In E Conference Zone (pp. 5-10).

16. Abdullayevna, H. S. (2020). Peculiarities of the formation of animated nonsignificant using suffixing in the modern chinese language. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1504-1511.

17. Хашимова, С. А. (2022). ОБРАЗОВАНИЕ ЧИСЛИТЕЛЬНЫХ ПРИ ПОМОЩИ АФФИКСАЦИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. World scientific research journal, 7(1), 20-23.

18. Насирова, С. А., Хашимова, С. А., & Рихсиева, Г. Ш. ВЛИЯНИЕ ПОЛИТИЧЕСКОЙ СИСТЕМЫ КИТАЯ НА ФОРМИРОВАНИЕ ОБЩЕСТВЕННО-ПОЛИТИЧЕСКОЙ ТЕРМИНОЛОГИИ. Ответственный редактор, 162.

19. NS Abdullayevna.Ъ^ШШИШШЩ^-Щ%:

87, 0

20. С.А.Насирова. Институт евнухов в древнем Китае: причины возникновения и особенности (2022). Фундаментальные и прикладные научные исследования: актуальные вопросы, достижения и инновации. С. 187-188.

21. NS Abdullayevna. Языковая политика в Китае: идентификация общественно-политической терминологии (2019). In КИТАЙСКАЯ ЛИНГВИСТИКА И СИНОЛОГИЯ 3,384,2019

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.