Научная статья на тему 'XITOY BUDDA ROHIBLARINING MARKAZIY OSIYO TOʻGʻRISIDAGI MAʼLUMOTLARI'

XITOY BUDDA ROHIBLARINING MARKAZIY OSIYO TOʻGʻRISIDAGI MAʼLUMOTLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
67
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xitoylik budda rohiblar / Buyuk Ipak yoʻli / Turk xoqonligi / Shyuan Zang / Du Xuan / Китайские буддийские монахи / Великий шелковый путь / Турецкое ханство / Сюаньцзан / Ду Сюань

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — M.X. Xubbaliyeva

Mazkur maqolada Markaziy Osiyo hududiga tashrif buyurgan va oʻz xotiralarida yurtimiz tarixiga oid qimmatli maʼlumotlar qoldirgan xitoylik budda rohiblari yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ИНФОРМАЦИЯ КИТАЙСКИХ БУДДИЙСКИХ МОНАХОВ О ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ

В данной статье рассказывается о китайских буддийских монахах, посетивших Среднюю Азию и оставивших в своих воспоминаниях ценные сведения об истории нашей страны.

Текст научной работы на тему «XITOY BUDDA ROHIBLARINING MARKAZIY OSIYO TOʻGʻRISIDAGI MAʼLUMOTLARI»

Builders of The Future SJIF-2022-5.752

BUILDERS OF THE FUTURE

journal homepage:

https://kelajakbunyodkori.uz/

CHINESE BUDDHIST MONKS' INFORMATION ABOUT CENTRAL ASIA

M.X. Khubbaliyeva

Researcher

Tashkent State University of Oriental Studies Tashkent, Uzbekistan

_ABOUT ARTICLE_

Key words: Chinese Buddhist monks, Abstract: This article describes Chinese the Great Silk Road, the Turkish Khanate, Buddhist monks who visited Central Asia and left Xuan Zang, Du Xuan valuable information about the history of our

country in their memories.

Received: 02.06.22 Accepted: 04.06.22 Published: 06.06.22

XITOY BUDDA ROHIBLARINING MARKAZIY OSIYO TO'G'RISIDAGI

MA'LUMOTLARI

M.X. Xubbaliyeva

Tadqiqotchi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Toshkent, O'zbekiston

_MAQOLA HAQIDA_

Kalit so'zlar: xitoylik budda rohiblar, Annotatsiya: Mazkur maqolada Markaziy Buyuk Ipak yo'li, Turk xoqonligi, Shyuan Osiyo hududiga tashrif buyurgan va o'z Zang, Du Xuan xotiralarida yurtimiz tarixiga oid qimmatli

ma'lumotlar qoldirgan xitoylik budda rohiblari _yoritiladi._

ИНФОРМАЦИЯ КИТАЙСКИХ БУДДИЙСКИХ МОНАХОВ О ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ

М.Х. Хуббалиева

Исследовател ь

Ташкентский государственный университет востоковедения Ташкент, Узбекистан

_О СТАТЬЕ_

Ключевые слова: Китайские Аннотация: В данной статье буддийские монахи, Великий шелковый рассказывается о китайских буддийских _монахах, посетивших Среднюю Азию и

путь, Турецкое ханство, Сюаньцзан, Ду оставивших в своих воспоминаниях ценные Сюань_сведения об истории нашей страны._

KIRISH

Bugungi kunda O'zbekiston xalqaro munosabatlarda ko'plab davlatlar bilan diplomatik aloqalar olib bormoqda. Jumladan, O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi o'zaro iqtisodiy va madaniy aloqalar fikrimizning yaqqol isbotidir. Hozirgi kunga qadar bu borada juda ko'p ishlar amalga oshirildi.

ASOSIY QISM

O'zbekiston va Xitoy o'rtasida o'rnatilgan diplomatik munosabatlarning 30 yilligiga bag'ishlangan videoanjumanda Markaziy Osiyo va Xitoy o'rtasidagi o'zaro aloqalarning muhim jihatlari va ustuvor yo'nalishlari to'g'risida fikr -mulohazalar bildirildi. Uchrashuv doirasida davlatimiz rahbari tomonidan Yangi "Xitoy-Markaziy Osiyo" strategiyasi ilgari surildi. Ushbu iqtisodiy muloqot dasturi bilan birgalikda Shavkat Mirziyoyev "Yashil ipak yo'li" ni tashkil etish maqsadida iqlim kun tartibidagi hamkorlikni, "Ekologik toza rivojlanish" bo'yicha yo'l xaritasini ishlab chiqishni taklif qildi. Shuningdek, Prezidentimiz Markaziy Osiyo va Xitoy o'rtasidagi madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish maqsadida kelgusi yilni Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san'ati yili deb e'lon qilishni belgiladi.

Albatta, ushbu hamkorlikning bugungi kundagi ahamiyati juda dolzarb bo'lib, o'zaro munosabatlarning tarixiy ildizini chuqur o'rganish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Markaziy Osiyo va Xitoy o'rtasidagi bunday ko'ptarmoqli hamkorlikning uzoq tarixiy o'tmishga ega ekanligi ko'pchilikka sir emas. Qadimdan Markaziy Osiyoga Buyuk Ipak yo'li orqali ko'plab sayyohlar hamda budda rohiblari tashrif buyurgan bo'lib, o'zlarining xotiralarida va sayohatnomalarida yurtimiz tarixiga oid ko'plab ma'lumotlarni yozib qoldirganligini guvohi bo'lamiz. Xitoylik sayyohlar Markaziy Osiyoga turli davrlarda kelgan. Fasyan (337-422), Tan sulolasi davrida Shyuanzang (602-664), Yijin (635-713), Jianjen (688-763), Vukung (730-790), Du Xuan, Sun sulolasi davrida Jakuen (1207-1299), Yuan sulolasi davrida Rabban Bar Sauma (1220-1294), Zhou Daguan (1270), Vang Dayuan (1311-1350) kabi xitoy sayyohlar esdaliklari bizga ma'lum. Ushbu xitoylik sayyohlar kundaliklarida o'zlari guvohi bo'lgan voqea-hodisalar, geografik joy nomlari, aholining yashash tarzi, urf-odatlari haqida qayd etib borishadi. Shu sababli kundaliklar va esdaliklar muhim tarixiy manba hisoblanadi.

Fasyan "Buddizm mamlakatlari xotirasi" asarida Buyuk Ipak yo'li haqidagi qiziqarli ma'lumotlar mavjud. Ushbu asarida Markaziy Osiyo va Hindistondagi 30 ga yaqin davlatlarga oid qisqacha ammo, ijobiy fikr mulohazalarni yozadi. Shuningdek, rohib esdaligida ko'plab tog' nomlarini yozadi.

Buyuk Ipak yo'li orqali yurgan yana bir budda rohibi Vu Kung ham borgan joylarining ijtimoiy, madaniy hamda etnik vaziyati haqida Tan sulolasi hukmdoriga so'zlab beradi.

Shyuan Zang Buyuk Ipak yo'li orqali Turk xoqonligiga qarashli hududga keladi. Bu yerdan Issiqko'lga, keyin VI-VIII asrlarda Buyuk Ipak yo'lidagi yirik va mashhur Suye shahriga yetib boradi. Bu yerda Turk xoqonini ovga chiqqanligini ko'radi. Shyuan Zang "Buyuk Tan sayohatnomasi" asarida ko'rgan-bilganlarini qayd etib boradi. Shuningdek, Xitoy tashqi siyosatida G'arbiy mamlakatlarga qiziqishining yana bir sababi bu buddizm o'chog'i bo'lgan Hindistonga aynan g'arb orqali borish edi. Mazkur sabablar tufayli G'arbiy mamlakatlarga bo'lgan qiziqish yanada ortadi. Xitoyda buddizm ibodatxonalarining rivojlanishi uchun ma'lum sharoitlar ya'ni budda rohiblarining keng qatlami va ularning jonkuyarligi talab qilinardi. Buddizmga oid matnlarga bo'lgan ehtiyojni ortishi esa g'arbiy o'lkalar orqali Hindistonga borishni yanada tezlashtirdi.

Shyuan Zang Qozog'iston hududi Turkiston viloyatidagi Mingbuloq qishlog'idan o'tib, Turk xoqoni bu yerga jaziramadan saqlanish uchun kelishini yozadi. Shuningdek, bu yerda kiyiklar juda ko'pligi, odamlardan qochmasligi hamda ularni ovlash ta'qiqlangani haqida qayd etiladi. Xitoy sayyohi Issiqko'lni ko'k havorang rangda ekanligini, to'lqinlarning qirg'oqlarga urilib turishini, suv ostida baliqlarning ko'pligini ta'riflaydi. Shundan so'ng, Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Buxoro va bu yerdan janub tomonga yurib, ikki tomoni baland qoyatosh oralig'idagi yo'ldan o'tgani va bu joyni "Temenguan" ya'ni "Temir darvoza" deb ataganini ta'kidlaydi. Uning keyingi manzili Surxondaryo hududi bo'ladi. Bu yerdan Afg'oniston orqali Hindistonga yo'l oladi. Hindistonga borib, buddizm dinini chuqur o'rganadi. Vataniga qaytib kelgach, hukmdorga Markaziy Osiyodagi ijtimoiy-iqisodiy vaziyat va joylashuv o'rni haqida so'zlab beradi. Shyuan Zang hukmdor tomonidan taqdirlanadi. Bu esa Markaziy Osiyo tarixini o'rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sayyoh va rohib Shyuan Zangning sayohati davomidagi yozgan xotiralari yurtimizning o'tmishdagi holatini o'rganishimizda beminnat xizmat qiladi, desak aslo yanglishmaymiz.

Du Xuan 762-763 yillarda yozgan "Du Xuanning borgan joylari xotirasi" asarida 12 yil davomida Turkistonning ko'plab hududlarida ko'rgan-kechirganlarini bayon qiladi.

XULOSA

Shuningdek, Du Xuanning bu asari Xitoyning Tan sulolasi (618-907 yillar) va Turk Xoqonligi o'rtasidagi Buyuk Ipak yo'li ustidan nazorat qilish huquqini qo'lga kiritish uchun bo'lgan kurash, Talas daryosi bo'yida sodir bo'lgan jang haqida qimmatli ma'lumotlar beradi. Bu jangda asir olingan ko'plab hunarmand va rassomlar Samarqandga olib ketilgan degan ma'lumotlar uchraydi. Du Xuan ularni Samarqandda qog'oz ishlab chiqarishni yo'lga qolganliklarini va do'konlar ochganligini qayd etadi.

Mazkur manbalar bizga tarixni o'rganishimizda, geografik tadqiqotlar qilishda muhim material bo'lib xizmat qiladi. Quyidagilarni xulosa o'rnida ta'kidlash joiz:

Birinchidan, Xitoylik budda rohiblari Hindistonga buddizm dinini o'rganish maqsadida Markaziy Osiyo hududi orqali borishadi. Yo'l davomida ko'rgan kechirganlarini o'z esdaliklarida yozib qoldiradi. Bu esa bizga Markaziy Osiyo davlatlarining ilk va o'rta asrlardagi tarixini ya'ni turmush tarzi, dini va urf-odatlarini o'rganishimizda asosiy manba bo'lib xizmat qiladi;

Ikkinchidan, O'tmishda hamda hozirgi kunda Markaziy Osiyo va Xitoyning o'zaro ijtimoiy -iqtisodiy, madaniy munosabatlarining har ikkala mamlakat uchun ahamiyatini xitoylik sayyoh va budda rohiblarining esdaliklarini xitoy, ingliz, rus manbalari orqali tahlil qilish va o'rganish juda muhimdir;

Uchinchidan, Markaziy Osiyo hududi va shaharlarining geografik joylashuvi to'g'risida tarixiy ma'lumotlarni yanada ko'proq egallashamiz tarix rivoji uchun maqsadga muvofiqdir;

To'rtinchidan, Xitoy budda rohiblarining Markaziy Osiyo haqidagi fikr - mulohazalarini o'rganish muhim masalalardan hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. A.Xodjaev.Buyuk ipak yo'li: munosabatlar va taqdirlar. Toshkent, 2007. 164 b.

2. Wriggins, Sally (27 November 2003). The Silk Road Journey With Xuanzang. New York: Westview (Penguin).

3. Stephen Gosch; Peter Stearns (12 December 2007). Premodern Travel in World History. Routledge. pp. 89-92.

4. Н.В. Александрова. Сюань Цзан. Записки о западных странах (эпохи) Великой Тан (Да Тан Си Юй Цзи). Восточная литература, 2012.

5. Max Deeg (2020), How to Create a Great Monastery: Xuanzang's Foundation Legend of Nalanda in Its Indian Context, Hualin International Journal of Buddhist Studies, Vol 3, Issue 1, pp. 228-258.

6. Bai, Shouyi et al. (2003). A History of Chinese Muslim (Vol.2). Beijing: Zhonghua Shuju.

7. Schottenhammer, Angela (2015). "Yang Liangyao's Mission of 785 to the Caliph of Baghdad: Evidence of an Early Sino-Arabic Power Alliance?". Bulletin de l'École française d'Extrême-Orient. 101: 177-242.

8. Karimova, N., Sadibekova, B., & Usmonova, S. (2021). The Roads of Central Asia-to the History of Buddhism. TJE-Tematics journal of Education, 6.

9. Usmanova, S., & Rikhsiyeva, G. (2017). Intercultural Communication. Tashkent State Institute of Oriental Studies.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.