XITOY ADABIYOTING TARBIYAVIY AHAMIYATI ("G'ARBGA SAYOHAT") ("ffi^-E") ROMANI MISOLIDA)
d https://doi.org/10.5281/zenodo.6653717
Boybo'tayev Jaxongir Egamberdi o'g'li
O'zbekiston Respublikasi Jamoat Xavfsizligi Universiteti
4-bosqich kursanti j oxongirboybutayev01 @gmail .com
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada, O'rta asr Xitoy romanchiligi hususan, U Chen-Enning "G 'arbga sayohat" romani hamda asar qahramonlarining o 'quvchi yoshlar uchun o 'rnak bo 'la oladigan yaxshi fazilatlari va ijobiy harakterdagi hulq-atvorlari haqida so 'z yuritiladi.
Romanda bir maqsadni ko 'zlab yo 'lga chiqgan turli xil hulq-atvordagi va turli qiyofadagi qahramonlarni ularning ustozi bo 'lgan Rohib tomonidan pand-nasihatlari va o'zining ijobiy hislatlari orqali to'g'ri yo'lga boshlagani ya'ni tarbiyalagani va ularni doim yomon yo 'ldan qaytarganini ko 'rishingiz mumkin.
Kalit so'zlar: Roman, harakter, obraz, personaj, peysaj, kompozitsya.
ABSTRACT
This article includes medieval Chinese novels, in particular Chen-En U's "Journey to the West" and the good qualities and positive behaviors of the protagonists that can serve as an example for young readers.
In the novel, the heroes of different behaviors and appearances, who set out with the same goal in mind, the monk, who guides them to the right way through his teachings and his positive qualities. We can see that it perevent them from bad ways.
Keywords: novel, image, character, landscape, composition.
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассматриваются средневековые китайские романы, в частности "Путешествие на Запад " Чен-Эн Ву, а также хорошие качества и положительное поведение главных героев, которые могут служить примеров для юных читателей. В романе герои разного поведения и внешности, отправлявшиесяв путь с одной и той же целью, всегда щли за своим учителем, монахом, который своим учением в своими положительными качествами учил их правильному путиб избегая плохого пути.
Ключевые слова: роман, образ, персонаж, пейсаж, композиция.
KIRISH
ROMAN (frans. roman)-nasriy asar janri hisoblanib, muayyan shaxs yoki bir necha shaxsning shakllanish va kamol topish jarayoni va badiiy makon va zamonda tasvirlangan asardir. Romanda shaxs va jamiyat hayoti bir birini inkor etmaydigan ma'lum ma'noda mustaqil olam sifatida tahlil va talqin etiladi.Roman XIX asrdan boshlab adabyotshunoslik fanida janr atamasi sifatida qo'llanila boshladi.
Xitoy adbiyotidagi klassik shu bilan qatorda fantastik asar hisoblangan-"G'arbga sayohat" qadimgi Xitoyning eng mashhur romanlaridan biri bo'lib, Min sulolasi davrida yozilgan.Ushbu roman nafaqat Xitoyda balki, butun dunyoda keng tarqalgandir.Qolaversa, juda ko'plar tillarga tarijima qilingan holda kino va multfilm tarzida suratga olinib omma ixtiyoriga taqdim etilgan.Ko'plab muhlislar orttirgan desak mubolag'a bo'lmaydi.Roman XIV-asrda yozilgan bo'lib, Xitoydagi Tang davriga hosdir. Asarda asosan Tang davrining madaniyati, turmush tarzi, o'sha davrdagi ilgari surilgan g'oyalar, an'analar va VII-asr hayotini yoritib beradi. U Chen-Enning "G'arbga sayohat" romanidagi voqealar rivoji oddiy xalqning noxaqliklarga bo'lgan noroziliklari va ularning eng samimimy orzu va istaklarni aks ettirgan. Romanda tasvirlanayotgan voqealarning sertarmoqliligi, ko'lami kengligi, epik bayonning purma'noligi, voqealar markazidagi personajlarning soni kop'ligi, asar tarixiy ijtimoiy mazmunga ega bo'lishi, voqealar va haraketerlarning rivojlanishi jarayonida tasvirlanishi romanlarning asosiy janr xususiyati hisoblanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Yozuvchining "G'arbga sayohat" romanida voqealarning ko'lamdorligi, sertarmoqliligi, epik bayonning salmoqdorligi bilan ajralib turadi. Asar boshidan to oxirigacha qahramonlarning o'ziga hos harakterlari va judayam ham ijobiy ham salbiy obrazni yaratgan qahramonlar soni ko'pligi ham o'ziga hosdir. Roman ham sermazmunligi ham tarixiy ma'lumotlarga asoslanganligi hamda voqealar shiddatliligi bilan o'sha davrda katta mashhurlikka erishdi. U Chen-Enning "G'arbga sayohat" romani Xitoy adabiyotida fantastik janr sohasida dastlabki qadamlardan biri edi. Fantastik bo'lsada roman hayotiy voqealar asosida yozilgan bo'lib, romanda rohib Syun Szanning Hindistondan Xitoyga qilgan sayohati asosida bayon etiladi. Romanda ko'tarilgan muammo asosan qahramonlarning xarakterlari tasvirida hamda qahramnonlarning o'zaro munosabatlarida o'z ifodasini topadi va asrning ikki muhim jihati-mavzu va g'oyani qamrab oladi.
Asar mavzusi deganda, unda tasvirlanayotgan voqea-hodisalar, kechinmalar asosida yotgan masalalar, muammolarningning yechimini muallif o'quvchiga fikrlari hamda nuqtai nazarlari orqali singdirishga intiladi.
190
Mavzu va go'ya asrdagi voqealar rivoji, harakterlar tasviri orqali ro'yobga chiqadi. Asarning barcha unsurlari, to'qimasiga singdiriladi. Shuning uchun asar voqealari qanchalik boy, harakterlar shunchalik turli-tuman bo'lsa, uning mavzusi va go'yasi ham ulkan va chuqur bo'ladi. Kompozitsiya (lotincha: composition-tuzulish, birlashish, bog'lanish)- badiiy asarning mazmun, harakteri va maqsasdi jihatdan bog'langan qismlarining joylashishidir. "G'arbga sayohat" romanining kompozitsiyasi shunday tarzda qurilganki,unda voqea va hodisalarning keng, aniq bayon etilganligi, tabiat manzaralari va qahramonlarning tuzilishi, harakterlarining to'g'ri tanlanganligi alohida mazmunga ega. Xitoyning mashhur "G'arbga sayohat" asarini o'qib chiqgan har bir o'quvchi ushbu asraning naqadar keng ma'noda yozilganini va asarda bir qancha obrazlar mazmunan boyitilganini ko'rishlari mumkin. Bunga misol qilib bosh qahramon ro'lidagi( Sun U-kun, Syun Szan (Rohib), Sha Sen, Ju Baje ) va boshqalar yaqqol misol bo'la oladi. Qolaversa, "G'arbga sayohat" romanida 100dan ortiq personajlar qatashadi. Ularning asosiy qismi voqealarda muhim ahamiyat kasb etibgina qolmay asarga yanada mazmun-mohiyat qo'shadi. Bu personajlar muallif nutqi orqali romanga kiritiladi ayrim hollarda ularga nom berilmaydi. Biroq yozuvchi ularni juda yaxshi biladi va taniydi. Chunki bu personajlar yaratuvchisi aynan roman muallifi hisoblanadi .
Romandagi bosh qahramonimiz bo'lgan Sun U-kun avvaliga ahloqsiz, uquvsiz, qoloq, madaniyatsiz obraz sifatida gavdalanadi, lekin keyinchalik yozuvchining qalami ostida u "tarbiya" oladi. Keyinchalik esa Sun U-kun tabiatan halol, xalq ishkarida faol, mehnatkash, tarbiya ko'rgan obraz tarzida aks ettiriladi. Asarning yana bir asosiy qahramonlaridan biri Rohib Syun Szan juda ham og'ir bosiq, madaniyatli, hech qachon hech kimga so'z bilan ham hatti-harakatlari bilan ham ozor bermas, aslo jahli chiqmas, faqat o'zini ishlari bilan shug'ullanar, asosiy maqsadi bo'lmish Hindistonga borib Muqaddas Saturalarga yetishish bo'ladi. Romanda Rohib doim o'z o'quvchilariga maslahatlar beradi. Sun U-kunga tarbiya va pand-nasihatlar berib, uni doim yomon yo'llardan qaytarib turadi. Yana bir asarning komik qahramonlaridan bir Ju Baje bo'lib, yarim odam yarim cho'chqa qiyofasidagi mahluq kaltafahm, doim birinchi navbatda o'zini va qornini o'ylaydigan, ochofat, o'ylamasdan ish qiladigan, biroq ko'ngli juda ham toza personajlardan biri hisoblanadi. Rohibning yana bir shogirlaridan bir Sha Sen hisoblanib, u ham ustozi singari juda og'ir bosiq, jang bobida juda kuchli personajlardan biridir. Romanda qahramon sheriklari safiga ancha keyin qo'shilsada lekin, doim ustozi rohib ni olida birga yurib himoya qiladi. Sha Sen rohibning ishonchli tan soqchisi sifatida gavdalanadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Til- millatning ma'naviy boyligi. Til-davlatning timsoli. Til nafaqat muomila vositasi- balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Uni asrab avaylash yuksaltirish, millatning kelajak poydevori demakdir. Shu nuqtai nazardan roman muallifi ham asarida o'z qahramonlarini shunday ta'riflaganki, bunda qahramonlarning ta'rifini oq'igan har bir o'quvchi o'ziga tarbiya sifatida albatta yangilik olmasdan qolmaydi. Quyida esa qahramonlarining ta'riflarini keltirib o'tishni joiz topdim.
Sun U-kun asarning asosiy qahramoni sifatida gavdalanadi.
Sharqiy dengiz tarafdagi gullar va mevalar nomli tog'dagi Aolango yurtida toshdan sehrli maymun dunyoga keldi.Uning kuchi shunchalar ko'p ediki hatto uning ta'rifi Samogacha yetib bordi. U Mangulik shaftolisini, samo yemishlari va sharobini ichgan ya'ni-ki mangulik beruvchi narsalarni yegan va Lao Szining o'lmas malhamini ichgan edi. Ammo Sun U-kun ko'plab bezorilik qilib, jazo sifatida Usin tog'iga qamab qo'yiladi.Oradan 500 yil o'tgandan so'ng Sun U-kunni Hindistondan Xitoyga buyuk Buddaning burug'i bilan saturalarni olishga ketayotgan rohib Syun Szan ozod qiladi. Yo'l-yo'lakay shogird qilib olib tarbiya berib boradi. Rohib Sun U-kunni madaniyatli va fahm farosatli qilib shakllantiradi.
Ju Baje ham asarning asosiy qahramonlaridan biri hisoblanib, asosan ko'mik rolda gavdalanadi.Ma'lum bir vaqt osmonda yashovchi ilohiy bo'lgan. Lekin ayb ish qilib yerga g'arbiy qishloqlarning biriga jo'natilgan. U yerda bir dehqon qiziga uylanadi. O'sha qishloqdan Syun Szan va Sun U-kun o'tib ketayotgan paytda ota kuyovi ustidan arz qiladi. Shundan so'ng Sun U-kun Ju Bajeni rosa savalaydi va uni tarbiyalash maqsadida o'zlari bilan G'arbga soyahtaga birga olib ketishadi.
Asarning 4 ta bosh qahramonlaridan biri bo'lgan Sha Sen ham romanning boshidan to ohirigacha birga bo'ladi. Uzoq O'tmishda u osmon saroyida general bo'lgan, lekin qandaydir arzimas hatosi uchun yerga haydalgan. U hatosini tushunib qaytishga izn so'raydi, u rozi bo'ladi faqatgina Rohibni o'quvchisi bo'lib, uni xavfsizligini ta'minlab G'arbga borsagina.
Ushbu asarda muallif o'zining to'qima obrazlar orqali o'z xalqining mardonavorligini, sofdilligini, mehnatsevarligini, urf-odatlariga sodiqligini hamda birdamligini o'quvchilarga yoritib beradi. Muallif asari bilan nafaqat xalqini balki, o'z davlatning urf-odatlarini, davlatning geografik jihatdan tuzilishi, manzalarini ham ajoyib tasvirlab beradi. Bu asarda tabiat tasvir shunday tasvirlanganki, xar bir o'quvchi asarni o'qish davomida o'sha muhit va o'sha davr manzarasi ichiga tushib
qolganday bo'ladi. Bu asar bilan yozuvchi Xitoyning boy tabiati, o'ziga xosligini yorqin tarzda ochib bergan.
Manzara tasviri-odatda qahramonlar ruhiy xolatini ochib berish,ularning hatti-harakatini dalillash, shuningdek o'quvchida tasvirlanishi kutilyotgan voqea-hodisalarni qabul qilishga mos kayfiyat hosil qilsih uchun foydalangan. U Chen-En asarida tabiat manzaralariga shunday tarzda ta'rif berilgan-ki, o'quvchi asarni o'qishi davomida davomida huddi shu manzara ichida sayr qilgandek bo'ladi desak aslo mubolag'a bo'lmaydi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib shuni aytish joizki, yozuvchi sayohat romanida o'z shogirdlarini har hil qiyinchiliklar bilan, sinovlar bilan, hikmatli so'zlari , o'zining o'rnak bo'la oldadigan amallari va pand-nasihatlari orqali yo'l-yo'lakay tarbiyalab boradi. Yozuvchi qahramonlar qiyofasini uning ahloqiy-ma'naviy dunyosi, harakteri orqali tasavvur qiladi, uning tashqi qiyofasi esa ana shu tasavvurning yaxlitroq bo'lishiga, qahramonning xatti-harakatini tushunishga yordam beradi.Yozuvchi asar qahramonlar obrazini asosan ularning hatti-harakati,faoliyati orqali gavdalantiradi.
Bundan ko'rinib turibdiki, har bir o'quvchi asarni mutoalaa qilib, qahramonlarning ijobiy hislatlarini, qo'ldan kelguncha faqat o'zgalarga yaxshilik ilinishlarini, maqsadlariga bo'lgan intilishlari va say harakatlarini, ustozlarga bo'lgan chuqur hurmat-ehtiromni, yo'l mashaqqatlariga va qiyinchiliklariga dosh berib, oxir oqibatda albatta, saodatga erishishlari mumkinligi kabi yaxshi hislatlarni shakllantirishga harakat qilmoqligi lozim.
FOYDALANILGAN ADBIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. S.Nosirova, S.Hoshimova. "Xitoy tarixi", Toshkent., 2018., 148b
2. J.Ziyomuhamedov, O.Ochilov. "Xitoy adabiyoti tarixi janrlari tipologiyasi", Toshkent., 2015., 197b
3. J.Ziyomuhamedov, O.Ochilov. "Xitoy adbiyoti 7", Toshkent., 2016.
4. Джураев, Д. (2020). Талабаларни таълим жараёнида хитой тилига укитиш самарадорлигини ошириш методлари. Иностранная филология: язык, литература, образование, (1 (74)), 124-127.
5. Джураев, Д. (2021). ХИТОЙ ТИЛИНИ У^ИТИШ0ДА ТАЛАБА ХАРАКТЕРИНИНГ АХАМИЯТИ. АКТУАЛЬНОЕ В ФИЛОЛОГИИ, 1(1).
6. Джураев, Д. М. (2017, January). ИСТОРИЧЕСКИЕ ПРЕДПОСЫЛКИ ОБУЧЕНИЯ И МЕТОДЫ ПРЕПОДОВАНИЯ КИТАЙСКОГО ЯЗЫКА В
УЗБЕКИСТАНЕ. In Актуальные вопросы преподавания китайского и других восточных языков в XXI в. (pp. 84-88).
7. Odil ogli, T. I. (2021, October). Qadimgi Xitoy Madaniyatining Shakllanishi. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 137-139).
8. Tojiboev, I. O. U. (2021). CHINESE ARCHITECTURE. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(8), 40-42.
9. Odil o'g'li, T. I. The history of the origin of the Chinese language and the work done to date.