Научная статья на тему 'XAYOT FAOLIYATI FANINI O'QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH'

XAYOT FAOLIYATI FANINI O'QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
empirik / kognitiv / evristik / inversion / kreativ / adaptive / inkluziv. / empirical / cognitive / heuristic / inversion / creative / adaptive / inclusive.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Akbarova M.Yu.

Ushbu maqolamizda Tibbiy ta’lim yo’nalishida taxsil olayotgan talabalar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi»fanini o’qitishda grafik organayzerlarni qo’llashning o’rni va ahamiyati haqida ma’lumotlar beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USING INTERACTIVE METHODS IN LIFE SCIENCE TEACHING

In this article, information is given about the role and importance of using graphic organizers in teaching the science of «Safety of life activities»for students studying in the field of medical education.

Текст научной работы на тему «XAYOT FAOLIYATI FANINI O'QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH»

Akbarova M. Yu.

FJSTI

Biofizika va axborot texnologiyalari kafedrasi o 'qituvchisi

XAYOT FAOLIYATI FANINI O'QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

Annotatsiya. Ushbu maqolamizda Tibbiy ta 'lim yo 'nalishida taxsil olayotgan talabalar uchun "Hayot faoliyati xavfsizligi»fanini o 'qitishda grafik organayzerlarni qo 'llashning o 'rni va ahamiyati haqida ma 'lumotlar beriladi.

Kalit so'zlar: empirik, kognitiv, evristik, inversion, kreativ, adaptive, inkluziv.

Akbarova M. Yu.

teacher

Department of Biophysics and Information Technologies

FJSTI

USING INTERACTIVE METHODS IN LIFE SCIENCE TEACHING

Annotation. In this article, information is given about the role and importance of using graphic organizers in teaching the science of«Safety of life activities »for students studying in the field of medical education.

Key words: empirical, cognitive, heuristic, inversion, creative, adaptive, inclusive.

"Hayot faoliyati xavfsizligi»fanini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, interfaol metodlarni qo'llash, talablarning mavzularni faol o'zlashtirishlarida samarali ta'sir ko'rsatadi. Hozirda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning turli yo'nalishlari mavjud bo'lib, ulardan asosiylari empirik, kognitiv, evristik, kreativ, inversion, integrativ, adaptiv, inkluziv pedagogik texnologiyalardir. Bu yo'nalishlarning asosiy xususiyatlari quyidagicha:

Empirik - sezgi a'zolari orqali bilim olish. Bu texnologiyada asosiy e'tibor sezgi a'zolarining tabiiy rivojlanganlik imkoniyatlariga tayangan holda bilim berish va ularni yanada takomillashtirib borishga qaratiladi.

Kognitiv - atrofdagi olam to'g'risidagi bilimlar doirasini kengaytirish texnologiyasi. U tabaqalashtirilgan (tarkibiy qismlarga ajratib o'rganish) tafakkurni shakllantiradi, bilish ehtiyojlarini rivojlantiradi.

Evristik - yo'naltiruvchi savollar berish yo'li bilan ta'lim berish lozim. Topqirlik, faollikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi, o'quv-izlanish ta'lim metodi bo'lib, optimallashgan (bir necha variantlardan eng ma'qulini, mosini, muvofig'ini tanlash) tafakkurni rivojlantiradi.

Kreativ - tadqiqot xarakteriga ega bo'lib, talabalarda maqsadga yo'naltirilgan ijodiy tafakkurni jadal rivojlantiradi.

Inversion - axborotlarni turli tomondan o'rganish, o'rnini almashtirish xususiyatiga ega bo'lib, tafakkur (fikrlash) tizimini shakllantiradi.

Integrativ - axborotlarni tashkil qiluvchi cheksiz ko'p kichik qismlarning o'zaro ajralmas bog'liqligi, ularning yaxlitligi, bir butunligi asosida yagona to'g'ri xulosani aniqlash.

Adaptiv - axborotlarni va ulardan foydalanish jarayonini o'rganish hamda o'rgatish uchun qulaylashtirish va moslashtirish asosida kutilgan natijaga erishish.

Inkluziv - o'qituvchi bilan talabaning o'zaro munosabatlarida tenglik asosida ta'lim tarbiya jarayonini tashkil qilish.Ta'limning zamonaviy inovatsion texnologiyasi an'anaviy ta'lim texnologiyalaridan quyidagilarga ko'ra farq qiladi: «Mashg'ulotning asosiy maqsadi - tafakkur jarayonini tashkil etishdir, bilim ko'nikma, malakalar - o'quvchi faoliyatining mahsuli sifatida vujudga keladi. Tafakkur jarayonining quvvati bilimlar quvvatidan yuqori turib, u shaxsning o'z -o'zini rivojlantirish unsuri tarzida namoyon bo'ladi, ijodiy izlanishning natijasi kabi, mazkur jarayonning o'zi ham o'ta muhim bo'lib, aynan u o'qituvchi va o'quvchining ijodkorlik quvonchiga, yangilik olishga ilhomlantiradi, mustaqil izlanish va ijodiy faoliyatni tashkil etishga undaydi. «O'qituvchi faoliyat algoritmini yaratadi. Bu esa, o'z navbatida, ijodiy tafakkur jarayonini, amaliy, shaxsiy fikrlashni, olamni inson tomonidan har tomonlama, qoniqarli idrok etilishini ta'minlaydi. «O'quvchining sub'ektivligi amalga oshadi: bilish usulini mustaqil belgilash, muammo yechimini topishda o'z dunyoqarashi, tafakkur tarzidan kelib chiqish, xato qilish huquqiga egalik ta'minlanadi. Bunday mashg'ulotlarning asosiy qoidasi: «o'zing bilgancha bajar, o'z layoqating, qiziqishlaring va shaxsiy tajribangga asoslan, o'z xatoingni o'zing tuzat»kabi ko'rsatmalarda o'z ifodasini topadi. An'anaviy ta'lim texnologiyasiga asoslangan mashg'ulotlar esa aksincha «xuddi men kabi yoki mendan yaxshiroq bajar»qoidasiga muofiq tashkillashtirilar edi. «Muammoli va shaxsiy vaziyatlar, istesnosiz tahlil hamda qarshiliklarni yengishga asoslanganligi tufayli o'quvchining borlig'ini namoyon qiladi, u nimalarnidir bilgani holda bilimlari to'liq emasligi, o'z shaxsiy tajribasiga asoslanishi lozimligini anglaydi. Mustaqil fikrni bildirishga bo'lgan ehtiyojni, ta'limga nisbatan rag'batni his qiladi. O'qituvchi va o'quvchi o'rtasida balki shunchaki an'anaviy o'zaro aloqadorlik emas, balki hamkorlik munosabati o'rnatiladi. O'qituvchi o'quvchilar bilan birga bilish faoliyatida ishtirok etadi, topshiriqlarni bajaradi. Odatdagi, ko'nikib qolingan tushuntirishlar o'rnini o'zaro hamkorlik egallaydi. «Zarur ma'lumotlarni o'qituvchi oz ozdan berib boradi. Bunda o'quvchilarning mustaqil fikrlashlari uchun imkoniyat qoldirishga e'tibor qilinadi. «Ijodiy izlanuvchanlik faoliyati kichik guruhlarda amalga oshiriladi. Izlanish natijalari sinf o'quvchilarining barchasiga ma'lum qilinadi, barcha yangi bilimlarni egallashi uchun sharoit yaratiladi. Jamoada shaxsning o'z o'rni borligini anglash, tengdoshlarining o'ziga

xos xususiyatlarini hurmat qilish tuyg'ulari shakllanadi. «An'anaviy ta'limda tashqaridan kuzatilgan shaxsiy faoliyatini quyi darajada baholash hodisasi ro'y bermaydi, shu bois ijobiy g'oyalarga tayangan holda ishlash muhiti qaror topadi. Bu esa o'quvchida ta'lim olishga rag'bat uyg'otibgina qolmay, unda bilim olish, bu yo'lda tinimsiz izlanish, mehnat qilish zarurligini anglay olish layoqatini shakllantiradi.Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyasini qo'llashga qadar hamda undan keyin o'quvchilarning kasbiy faoliyati va o'z o'rnilarini anglashga oid tasavvurlari o'rganilgan vaqtda ularning quyidagi tasavvurlarga egaliklari aniqlandi: nazorat darajasi, anglangan nazorat, kasbiy faollikni erishilgan yutuqlarning omili sifatida qabul qilish, o'z-o'ziga ishonch, tushuntirish uslubi, ta'lim olish usullari va boshqalar. Demak, ta'lim har bir o'quvchining qiziqishi va bilish qobiliyatining o'quv faoliyatini tashkil etish jarayonida namoyon qilish imkoniyatini yarata olishi zarur. Bu holat o'quvchining bilish ob'ekti va predmeti bo'lgan shaxsiy xususiyatlarini aniqlash asosida, uning shaxs sifatida rivojlanishini va o'z-o'zini rivojlantirishini ta'minlaydi. Shunday qilib, pedagog-o'qituvchilarning zamonaviy pedagogik tex nologiyalarning mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni ta'lim jarayonida samarali qo'llay olishlari, shuningdek, didaktik va metodik masalalarning o'z yechimlarini topishi kadrlar tayyorlash milliy modelini ro'yobga chiqarishning muhim bosqichidir. Zero, pedagog-o'qituvchi qo'lida bilimga chanqoq talabalar, fan mazmuniga mos dastur, qo'llanma, darsliklar mavjud bo'lsa, u didaktik va metodik jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bilim faoliyatini tashkiliy shakllaridan samarali foydalanib, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni izchil va ketma-ket amaliyotga joriy etishi mumkin.

Hozirda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Shu o'rinda "Interaktiv»dars metodini "interfaol" deb chala tarjimasini aytish mazmunan xato ekanligiga e'tiboringizni qaratmoqchimiz. "Interaktiv»so'zi qo'shma so'z bo'lib, agar tarjima qilish zarur bo'lsa, unda har bir so'zni tarjima qilish kerak. "Interaktiv»inglizcha "Interactive" so'zidan olingan bo'lib, "o'zaro harakat va ta'sirlanish»degan ma'noni anglatadi. Tibbiyot v sog 'liqni saqlash sohasida ayniqsa, biotexnologiya, genetik injeneriya, biologiya, nanotexnologiya, texnologiya kabi ilmiy yo 'nalishlarda olimlarning odob-axloqi va mas' uliyati masalasi hamon dolzarbligicha qolmoqda. So'nggi paytlarda raqamli tibbiyot va yangi texnologiyalarni ijtimoiy idrok etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Sog 'liqni saqlash amaliyotiga axborot texnologiyalarining joriy etilishi shifokorlar va bemorlar o 'rtasidagi o 'zaro munosabatlarning shakl va usullarini, diagnostika va davolash jarayonlarini, kasalliklarning oldini olish va salomatlikni tiklash usullarini sezilarli darajada o 'zgartirmoqda. Hozirgi vaqtda kompyuterlar tibbiyotning ko'plab sohalarida keng tarqalgan. Kompyuterlashtirilgan shifokor buyrug'iga kirishdan boshlab-shifokor

retseptlarining kompyuterlashtirilgan tizimi, operatsiyalar paytida jarrohlarga yordam beradigan robot stajyorlar bilan yakunlanadi

Foyldalanilgan adabiyotlar:

1. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat (H.Omonov, N.Xo'jayev T: 2009, Iqtisod-moliya)

2. Pedagogik texnologiya turlari — Oqituvchilar uchun turli xil qiziqarli ma'lumotlar (zn.uz)

3. Akbarova Y. M. TIBBIY TA'LIM YO 'NALISHI TALABALARIGA "HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI»FANINI O 'TISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O 'RNI //FAN JURNALI TA'LIM VA MADANIYAT. - 2023. - T. 1. - №. 1. - C. 26-31.

4. Yusubjanovna M. A. et al. RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI TIBBIYOTDAGI O'RNI //TADQIQOTLAR. UZ. - 2024. - T. 37. - №. 6. - C. 50-54.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.