Научная статья на тему 'XALQNING URF – ODATLARI, UDUMLARI VA TURMUSH TARZINING VOQEALANISHIDA FRAZEOLOGIZMLARNING TUTGAN O’RNI'

XALQNING URF – ODATLARI, UDUMLARI VA TURMUSH TARZINING VOQEALANISHIDA FRAZEOLOGIZMLARNING TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
12
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abdullayeva Sevara Xazratbek Qizi

Maqola frazeologik birikmalar haqida nazariy ma’lumot beradi va ularning xalq ijodi, tarixiy va ijtimoiy ahamiyatini kashf etishga bagʼishlangan. Bu frazeologizmlar tilning va adabiyotning boy bosqichida tarixiy voqealar va tajribalar asosida shakllangan boʼlib, ular xalq hayotining, ijtimoiy tarixini va adabiyotning turli shakllarida aks ettirilgan. Maqola frazeologik birikmalar haqida oʼrganishning ahamiyatini, ularning turli xil ildizlarda, shakllarda va mazmun aks ettirilishi mavzusida tushunchalar beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XALQNING URF – ODATLARI, UDUMLARI VA TURMUSH TARZINING VOQEALANISHIDA FRAZEOLOGIZMLARNING TUTGAN O’RNI»

XALQNING URF - ODATLARI, UDUMLARI VA TURMUSH TARZINING VOQEALANISHIDA FRAZEOLOGIZMLARNING TUTGAN O'RNI Abdullayeva Sevara Xazratbek qizi

Andijon davlat universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11098049

Abstract. Maqola frazeologik birikmalar haqida nazariy ma'lumot beradi va ularning xalq ijodi, tarixiy va ijtimoiy ahamiyatini kashf etishga bag'ishlangan. Bu frazeologizmlar tilning va adabiyotning boy bosqichida tarixiy voqealar va tajribalar asosida shakllangan bo'lib, ular xalq hayotining, ijtimoiy tarixini va adabiyotning turli shakllarida aks ettirilgan. Maqola frazeologik birikmalar haqida o'rganishning ahamiyatini, ularning turli xil ildizlarda, shakllarda va mazmun aks ettirilishi mavzusida tushunchalar beradi.

Frazeologizmlar- turg'un birikmalarning obrazli, ko'chma ma'noga ega turi bo'lib, til egasining dunyoni, hodisalarni o'ziga xos ko'rishini namoyon etadi. Frazeologizmlar har doim xalq dunyoqarashi, jamiyat tuzilishi va o'z davrining mafkurasini bilvosita aks ettiradi. Har bir tilning frazeologizmlarida xalq hayotiga mansub ijtimoiy tarixiy voqea-hodisalar, axloqiy va ma'naviy-madaniy me'yorlar, diniy tasavvurlar, milliy an'ana va urf-odatlar, madaniy stereotiplar va arxiteplar o'z aksini topgan bo'lib, ular avloddan-avlodga uzatiladi.

Ingliz tilidagi frazeologik birikmalarning aksariyati mualliflari noma'lum, qadimgi ingliz tilining so'z tartibida tuzilgan so'z birikmalari hisoblanadi. Bunday keng tarqalgan frazeologik birikmalar xalq ijodi namunalaridir. Masalan:

bite off more than one can chew - nonni katta tishlamoq, kuchi yetmaydigan ishga chiranmoq, zo'riqmoq, behuda urinmoq, o'z kuchini hisobga olmaslik = qattiq bodom tish sindirar, ortiqcha chiranish bel chiqarar;

Have a bee in one s bonnet - bo'lmag'ur fikrlar bilan boshini band qilmoq, biror narsaga to'sqinlik qilmoq;

Hold one s head high - boshini baland tutmoq;

In for a penny, in for a pound - bir penniga tavakkal qilgan, bir funtga ham tavakkal qiladi = aytdingmi, so'zingdan qaytma, qilaman dedingmi qilishing kerak, qo'ziqorin bo'lsang aravaga tushaver, aravaga o'tirdingmi, kuchim yetmaydi dema, maydonga tushgan, manglayin qashimas;

Lay down the law - qat'iy gapirmoq, qat'iy buyurmoq;

Plat through the nose - mo'may pul to'lamoq, uch baravar to'lamoq va boshqalar.

Ingliz xalqining an'ana va odatlari bilan bog'liq frazeologik birikmalar

By (yoki with) bell, book and candle - uzil-kesil, tamomila; har qanday holatda ham, nima bo'lsa ham. Qadimda cherkovdan chiqib ketishda quyidagi so'zlar aytilgan: doe to the book, quench the candle, ring the bell!

Beat the air (yoki the wind) - jamiyatda yuqori lavozimni egallamoq va sit below the salt - ijtimoiy mavqeni egallamoq. Qadimgi inglizlar odatiga ko'ra stolning o'rtasiga bekorga kurashmoq, kuchini bekorga sarflamoq = behuda urinmoq, g'alvirda suv tashimoq. O'rta asrlarda biror raqib qurolli bahsga ruxsat so'rash uchun adolat sudiga kelmaganda, g'alaba belgisi sifatida raqib jangchining quroli silkitilgan. Ibora shu odatdan paydo bo'lgan.

Booker^s dozen - o'n uchta, o'n uch dona. Qadimgi ingliz savdogarlari odatidan olingan. Ular nonvoylardan o'n ikkita non o'rniga o'n uchta non sotib olishgan, ana shu o'n uchinchi non savdogarlar foydasiga bo'lgan.

Cut somebody off with a shilling - merosdan mahrum qilmoq. Vasiyatchilar ba'zan

merosxo'rni merosdan mahrum etilganligi bildirish maqsadida, merosxo'rga bir shilling qoldirishgan.

Dance attendance on somebody - laganbardorlik qilmoq, biror kimsa uchun yugurmoq, kimningdir xizmatiga doim tayyor bo'lmoq, birovning iti bo'lmoq. Qadimgi inglizlarning odatiga ko'ra to'y kechasida kelin uni raqsga taklif qilgan barcha mehmonlar bilan raqsga tushishi shart bo'lgan.

God (yoki heaven) bless (yoki save) the mark (ba'zi hollarda: save the mark) - betga aytganning zaxri yo'q, kechirasiz, aybga buyurmaysiz, uyat bo'lsa ham (aytishga to'g'ri keladi), xudo saqlasin (asrasin);

Good wine needs no bush - yaxshi vinoga yorliqning keragi yo'q = yaxshi mahsulotning maqtovi o'zi bilan. Qadimgi odatga ko'ra qo'shchilar sotuvda vino borligini bildirish maqsadida pluglarining yog'ochlarini uyidan tashqariga olib chiqib qo'yishgan.

Rob Peter to pay Paul - biror narsani olib, boshqasini qaytarib bermoq, biror kimsaning qarzini qaytarib, boshqasidan qarz olmoq = soqoldan olib, murtga qo'ygandek, boshiga tortsa, oyoqlari ochilib qoladigandek. Ruhoniylar boy cherkovlardan har xil cherkov buyumlarini qashshoq cherkovlarga olib berishgan. Ibora aynan shu odatga borib taqaladi.

Sit above the salt - jamiyatda yuqori lavozimni egallamoq va sit below the salt - ijtimoiy mavqeni egallamoq. Qadimgi inglizlar odatiga ko'ra stolning o'rtasiga tuzdon qo'yilgan, mashxur, hurmatli mehmonlar stolning tuzdon qo'yilgan joydan yuqori qismiga, ahamiyatsiz mehmonlar, kambag'al qarindoshlar va xizmatkorlar stolning quyi tomoniga o'tirishgan.

Ingliz tarixining haqiqatlari bilan bog'langan frazeologizmlar

Also ran - musobaqaning omadsiz ishtirokchisi, omadsiz. G'oliblar haqidagi ma'lumotdan keyin, sovrinli o'rinlarni egallay olmagan otlarning chopish va sakrashlari haqidagi hisobotda ularning ko'rsatkichlari e'lon qilingan. E'lon quyidagi so'zlar bilan boshlangan: Also ran ... - ham qatnashdilar.

An aunt Sally - Salli xola; hujum qilingan yoki haqorat qilingan narsa yoki kimsa; harakat qilgan bilan uni to'g'rilashga kech bo'lgan yolg'on ma'lumot. —Salli xola- bir jildga jamlangan ingliz xalqining milliy o'yinlaridan binning nomi. O'yin qoidasiga ko'ra ustunga o'rnatilgan yogg'ochdan yasalgan ayol boshi og'zidagi trubkani urib tushirish kerak bo'lgan.

Be born within the sound of Bow bells - Londonda tug'ilmoq. London markazida o'zining qo'ng'iroqlarining tovushlari bilan mashxur —Avliyo Mari-le Bau ibodatxonasi joylashgan.

Blue stocking - ilmga, kitobga berilib, xotin-qizlarga xos nazokatini yo'qotgan ayol. Londonda XIII asr o'rtalaridagi adabiy kechalardan birida Angliyadagi golland admiral Boskoven o'z turmushida aslida shunday jamiyat qatlamiga tegishli ekanligini tan olgan, yana shundaylardan biri olim Benjamin Spellingfilt bo'lib, u ham bunday kechalarda moviy paypoqda ko'rina boshlagan. Bunday jamiyat qatlami vakillari asosan moviy paypoq kiyib yurishgan.

Carry coals to Newcastle - Nyukaslga ko'mir tashimoq, o'rmonga o'tin tashimoq. Nyukasl - ingliz ko'mir ishlab chiqarish sanoatining markazi.

Come Yorkshire over someone- kimnidir aldamoq, chuv tushirmoq. Ayyor yorkshierliklar so'zlashuvga olib kirishgan.

Put somebody in the cart - kimnidir qiyin vaziyatga solib qo'ymoq.Cart so'zi arava ma'nosini bildiradi. Jinoyatchilar qatl joyiga aravada eltib qo'yilgan yoki shaharda aravaga o'tkizdirilib sazoyi qilingan.

A strange bedfellow - tasodifiy tanishuv. Adversity makes strange bedfellows maqolining bir qismi ibora sifatida ajratib olingan. Adversity makes strange bedfellows - shoshilganda labbay

topilmas. Angliyada o'rta asrlarda, shuningdek XVI va XVII asrlarda bir kishilik karovatlar kamyob bo'lgan. Bir jins vakillari ham vaqti-vaqti bilan bir joyda uxlashlariga to'g'ri kelgan.

Wardour - street English - ingliz tilining arxaizmlar bilan kuchaytirilgan shakli. Qadimiy buyumlar sotiladigan magazinlar ko'p bo'lgan London ko'chalarining nomlaridan biriga asoslangan.

Maxsus tekshiruvlar natijasida yozuvchilar, olimlar, ixtirochilar, qirollar va boshqalarning nomlari bilan bog'liq frazeologizmlar guruhi ajratilgan. Bunday qayta ishlangan guruhlarda quyidagi guruhchalarni belgilashimiz mumkin:

Familiyalar:

According to Cocker - Kokkerga asosan; to'g'ri, to'ppa-to'g'ri, barcha qoidalarga asosan. E.Kokker (1631-1675). XVII asrda keng yoyilgan ingliz tilidagi arifmetika darsligining muallifi.

The Admirable Crichton - olim, ziyoli odam. XVI asr mashxur shotland olimi familiyasiga asoslangan.

Hobsons choice - majburiy tanlov, ixtiyoriy-majburiy. Hobson XVI asrda Kembrijda pulli otxonaning xo'jayini bo'lgan. U o'z mijozlarining otlarini chiqish joyiga yaqin joydagi qoziqlarga bog'lashga majbur qilgan.

Ismlar:

Big Ben - Katta Ben (Angliya parlamenti binosidagi soat). Soat Benjamin Holla nomiga atalgan, chunki bu soat uning rahnamoligida qurilgan.

When Queen Anne was alive - juda qadim davrlarda, Daqyunus zamonida.

Ism - familiyalar:

Jack Katch - jallod. XVII asrdagi ingliz jallodining nomiga asoslangan.

A Joe Miller - yengil hazil, eski hazil, ko'pdan qolgan latifa. Angliyada birinchi bo'lib latifalar to'plamini nashr qilgan aktyor Jozef Millerning (1684-1738) nomidan olingan.

Diniy e'tiqodga aloqador frazeologizmlar

A black sheep - tirraqi buzoq, oiladagi sharmandalik. Qadimgi e'tiqodga ko'ra qora qo'y inglizlarda shayton muhrini bildirgan.

A crooked sixpence - tumor, kimgadir baxt, omad keltiruvchi predmet. Angliyada yoyilgan irimga ko'ra, bukilgan olti penslik mis tanga uning egasiga baxt olib kelgan.

Hide one s head in the sand va play the ostrich - boshini yashirib olib, meni hech kim ko'rmayapti deb o'ylamoq, an ostrich policy - boshini yashirib olib, meni hech kim ko'rmayapti deb o'ylamoq, voqelikni ko'rmasdan turib undan chiqib ketishga urinish. Bu iboralar tuyaqushlar biror narsadan qo'rqqanda bajaruvchi xatti-harakatlarini aks ettiradi.

Mamlakat miqyosidagi ba'zi frazeologizmlarning paydo bo'lishi munajjim bashoratlari bilan ham bog'liq. Munajjimlar osmon jismlarining joylashuvi, ularning harakati inson taqdiriga ta'sir etishini isbotlaganlar.

Be born under a lucky star - baxtli yulduz burjida tug'ilmoq.

Be born under an unlucky (yoki evil) star - omadsiz burj ostida tug'ilmoq

Believe in one s star - taqdiriga ko'nmoq, peshonasidan ko'rmoq

Be through with one s star - omadsiz ekanligini his etmoq

Bless (yoki thank) one s stars (shuningdek: thank one s lucky stars) - o'zining omad yulduziga shukrona aytmoq.

Curse one s stars - taqdiridan nolimoq, o'z taqdirini lanatlamoq.

One s star is in the ascendant - uning yulduzi porlayapti, ovi yurishmoq.

The stars were against it - taqdiri kelishmadi, omadi kelmadi.

Rivoyatlar bilan bog'langan frazeologizmlar

Halcyon days - tinch-osuda kunlar, osoyishta zamon. Halcyon - ko'ktorg'oq (qush nomi). Qadimgi rivoyatga ko'ra, ko'ktorg'oq poloponlarini dengizda suzib yuruvchi inda ulg'aytirgan, bu esa qishning quyoshli kunlariga to'g'ri kelgan va bu davrda, tahminan ikki hafta mobaynida, dengiz tamomila tinch, hech qanday to'lqinlarsiz oqqan.

Have kissed the Blarney stone - tilyog'lamalik qilmoq. Rivoyatga ko'ra, Irlandiyada joylashgan Blarni qasridagi toshni o'pgan har-bir odamga tilyog'lamalik in'om etilgan.

A peeping Tom - o'ta sersavol odam, o'ta sinchkov odam. Godiva honim, graf Mersiyskaning turmush o'rtog'i, haqidagi afsonada aytilishicha, graf koventri shaxri aholisidan uncha ko'p bo'lmagan soliq olishni yo'lga qo'ygan. Godiva honim grafdan soliqni bekor qilishni so'raydi. Graf esa bunga javoban, Godiva honim grafga duch kelib qolganda shunday deydi: —Agar siz butun shaxar ichidan tush paytida kiyimsiz holda kesib o'tishga jur'atingiz etsa, o'shanda men joriy etilgan soliqni bekor qilaman. Uning uyalmasligi uchun barcha aholi uylarining har-bir tirqichini yopib olishadi. Faqatgina shu shaxarda yashovchi tikuvchi Tomgina uyining kichkina tirqishidan kuzatib turganini payqab qolishadi. Va uni shu yerning o'zida ko'zlarini o'yib olishadi.

Tarixiy haqiqatlar bilan bog'liq frazeologizmlar

Accept the Chiltern Hundreds (shuningdek: accept the Stewardship of Chiltern Hundreds) - o'zining parlament a'zoligi vakolatidan voz kechmoq.

Apply for the Chitern Hundreds (shuningdek: apply for the Stewardship of Chiltern Hundreds)- majburiy parlament a'zoligidan ozod bo'lish haqida taklif bildirmoq. XVII asrda Bakengimshir va Oksfordshir grafliklarining Chiltern okruglarida qaroqchilar ko'p bo'lgan. Ular bilan kurashish uchun Stewardship of Chiltern Hundreds nomli boshqaruv muassasasi bo'lgan, har-bir shunday guruhlarga yuzta chilternlik jalb qilingan. 1701-yilgi qonunga ko'ra bu muassasaning boshqaruvchisi parlament a'zoligidan mahrum etilgan. Ularga bu qonun yoqib tushgan, lekin o'zlarini parlament a'zolariga tenglashtira olmaganlar. 1750-yildan boshlab ular yana parlament a'zoligiga qabul qilinishi to'g'risida qonun qabul qilingan. Shundan keyin ularni faqatgina o'zlarining so'rovlaridan keyingina bo'shatishgan. A'zolikdan keyin ularni yuzboshilik lavozimiga o'zlarining iltimoslariga ko'ra tayinlashgan.

As well be hanged (yoki hung) for a sheep as for a lamb (yoki as a lamb)- bo'rining yesa ham, yemasa ham og'zi qon. Qadimgi inglizlar qonunining bir bandi, unga ko'ra qo'y o'g'irlagan shaxs osib o'ldirilgan.

The curse of Scotland - la'nati shotlandlar, baloga yo'liqqurlar; doiralar to'qqizligi. Ibora graf Dalrimp Steyrning gerbidagi suratdan olingan. U Shotlandiyadagi inglizlar siyosatiga qarshi harakatlar yetakchisi bo'lgan. Khaki election - favqulodda vaziyatlardagi saylov. 1918-yilning dekabr oyida Birinchi Jahon Urushidan keyin Angliyada parlament saylovlari boshlangan.

The three tailors of Tooley Street - Tuli ko'chasining uch tikuvchisi; o'zlarini butun boshli xalq namoyandalarimiz deb hisoblovchi odamlar guruhi. Ingliz siyosatshunos arbobi D.Kanning (1770-1887) ning guvohlik berishicha, Tuli ko'chasining uch tikuvchisi parlamentda " We, the people of England ..." so'zlari bilan boshlanuvchi murojaat bilan chiqishgan.

When Adam delved and Eve span who was than the gentleman? - Adam yer haydaganda va Yeva ip yigirganda, aslzodalar qaerda edi? 1381 -yilgi dehqonlar urushiga rahnamolik qilgan Uott Taylerga ustozi Jon Boll tomonidan yozib berilgan shiorlardan biri. Bu ibora hozirgi kunda aslzodalardan ko'ra ko'proq kulgili vaziyatga tushib qolgan insonlarga nisbatan qo'llaniladi.

Sheksprizmlar

Ingliz tilining lug'at tarkibini boyitishda Uillyam Shekspir yaratgan frazeologizmlar soniga ko'ra —Bibliyadan so'ng ikkinchi o'rinni egallaydi. Ko'plab sheksprizmlar Shekspir asarlarida bir marta uchraydi va ularning shakllari shunday qotib qolgan. Quyida keng tarqalgan frazeologizmlarning bir nechtasini keltiramiz:

The be-all and end-all - hayotni to'ldiradigan narsa, hayotdagi barcha narsa. Cakes and ale - tashvishsiz quvonch, hayotdan zavqlanmoq.

Eat somebody out of house and home - insonni uning hisobidan yashab inqirozga uchratmoq; tekintomoq, tekinxo'r.

Gild refined gold - oltinga yana oltin suv yuritmoq; biror narsani chiroyli, yaxshiroq qilishga harakat qilmoq, garchi u busiz ham yaxshi bo'lsada.

Lay it on with a trowel - bo'rttirib maqtamoq, haddan tashqari maqtamoq, maqtovni haddan oshirib yubormoq, yolg'ondakam tilyog'lamalik qilmoq.

Ibora Shekspir tomonidan majhul nisbatdagi fe'l bilan ishlatilgan: Celia. Well said: that was laid on with a trowel. Hozirda esa bu frazeologik birikmaning fe'li aniq nisbatda ishlatiladi. She continued to flatter him ... . She got a little private amusement by seeing how much he should swallow. She laid it on with a trowel.

Midsummer madness - telba bo'lib qolish, haqiqiy jinnilik. The milk of human kindness - dimog'i chog'lik malhami. To one's heart's content - xohlagancha, istagancha, to'yguncha.

Shekspirdan tashqari ko'plab boshqa yozuvchilar ingliz tili frazeologiyasini boyitishgan. Lekin ba'zi iboralarning muallifini aniqlash mumkin emas, chunki ular xalq ijodi hisoblanadi. Ba'zi frazeologizmlarda biz alohidalikni kuzatamiz, bunday frazeologizmlarni biror yozuvchi yoki shoir birinchi marta adabiyotga olib kirgan bo'ladi. Adabiyotda u yoki bu frazeologizmning kirib kelishini har doim ham uning tuzilishi belgilab bermaydi, chunki muallif asar yozilgan davrning ruhiga mos keluvchi va o'sha davrda keng tarqalgan iboradan foydalanadi va aynan shu jihat bilan yozuvchilar frazeologizmlarda xalqning, tilning milliyligini saqlab qolishga katta his qo'shishadi.

Olis davrlarda yashab ij od qilgan yozuvchilar yaratgan iboralarga muallif tanlash juda ham qiyin hisoblanadi, masalan:

Jeffri Choser. XIV asr Jeffri Choser Choser ijodiga borib taqaluvchi frazeologizmlarga bir qancha iboralar tegishli.

He must have a long spoon that soups with the devil - shayton bilan bog'langan bo'lsang o'zingdan ko'r.

He should have he needs a long spoon that soups with the devil - shayton bilan bog'langan bo'lsang o'zingdan o'pkala.

Murder will out - kasalni yashirsang isitmasi oshkor qiladi, oyni etak bilan yopib bo'lmaydi.

Make a virtue of necessity- zaruratdan ezgulik qilmoq, xo'ja ko'rsinga qilmoq, o'zini ixtiyoriy harakat qilayotgandek qilib ko'rsatmoq.

REFERENCES

1. AMOCOBa Н.Н. Основы английской фразеологии. - Л.: ЛГУ, 1963. - 208 с.

2. Aзнaуровa Э.С. Очерки по стилистике слова. -Ташкент, 1978.- С. 88

3. Башиева С.К. Стилистический компонент фразеологического значения: Aвтореф. дисс.... канд. филол. наук. - Краснодар: КГУ, 1995. - 23 с.

4. Кунин А.В. Основные понятия фразеологии как лингвистической дисциплины и создание англо-русского фразеологического словаря: автореф. дис. д-ра филол. наук -М., 1964. -38

5. Умарходжаев М.И. Очерки по современной фразеографии. - Т.: Фан.,1977. - 103 с.

6. Умарходжаев М.Э "Умумий тилшуностик" Адижон 2010- 34 б

7. Рах,матуллаев Ш. Узбек тилининг фразеологик лугати. - Т.: Ук;итувчи, 1977. - 224 б.

8. Geoffrey Chaucer. Troilus and Criseyde. Longman Group UK limited 2013

9. William Shakespeare. Twelfth Night. Moscow, 1992

10. Кунин А.В. Англо-русский фразеологический словарь. - Изд. 4-е, переработанное и дополненное. - М.: Русский язык, 1984. - 942 с. (АРФС)

11. E.Cobham Breher. A Dictionary of Phrase and Fable. - London: Cassel and Co, LTD, 1997. - 1232 p.

12. Collins V.H. A Book of English Idioms. With Explanations. - London:

13. Longman, 1998. - XI.- 258 p.

14. U Rahimov, A.Rahimov "Idiomalar lug'ati" - Toshkent, 2011

15. Wood F. Dictionary of English Colloquial Idioms. - London: Macmillan, 1979. - 658

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.