APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
ïî /À
• 1* A _ {
t Мл A &
s f «s t « /■ p.
а к-лИ ЯК
щ f %g
LAW, FINANCE AND APPLIED SCIENCES
ARTICLE INFO
REASONS FOR THE EMERGENCE OF MODERN WARS IN INTERNATIONAL RELATIONS (ON THE EXAMPLE OF THE UNITED STATES AND THE PEOPLE'S REPUBLIC OF
CHINA) Mirhakim Turobjonov University of World Economy and diplomacy Faculty of "international relations" Sophomore student https://doi.org/10.5281/zenodo.10984531
ABSTRACT
Received: 09th April 2024 Accepted: 16th April 2024 Online: 17th April 2024
KEYWORDS "new war", artificial intelligence (AI), regional conflicts,, military industry.
In this thesis, the extent to which the military-political conflicts that arise against the background of international relations affect the foreign policy of the countries of the world, as well as the possibility of a "new war"in the future, are explained in an analytical way. It has also been interpreted by the author as the basis that the consequence of the expansion of regional conflicts affects the risk of global war.
XALQARO MUNOSABATLARDA ZAMONAVIY URUSHLARNING YUZAGA KELISH SABABLARI (QO SHMA SHTATLAR VA XITOY XALQ RESPUBLIKASI
MISOLIDA) Mirhakim Turobjonov
Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti "Xalqaro munosabatlar" fakulteti 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10984531
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 09th April 2024 Accepted: 16th April 2024 Online: 17th April 2024 KEYWORDS
Предупреждение преступлений, пропаганда, диалог, СМИ, сети, флаер, заковат,
правовая молодежь, социальные викторина,
Mazkur tezisda Xalqaro munosabatlar fonida yuzaga kelayotgan harbiy-siyosiy mojarolarning dunyo mamlakatlari tashqi siyosatiga qay darajada ta'sir ko'rsatishi hamda kelajakda "Yangi urush"ning yuzaga kelish ehtimoli tahliliy jihatdan o'rganilgan holda, asosli tarzda bayon etilgan. Shuningdek, muallif tomonidan mintaqaviy mojarolarning kengayishining oqibati global urush xavfiga ta'sir ko'rsatishi asos sifatida talqin etilgan.
ежемесячные
мероприятия.
Mintaqaviy mojarolarning so'nggi vaqtlarda tobora kengayishi oqibatida, dunyo mamlakatlari xavfsizligi murakkab vaziyat ostida qolmoqda. Albatta mazkur vaziyatga mamlakatlarning ommaviy tarzda qurollanish harakatlarini amalga oshirishlari hamda mintaqalarda qurolli mojarolarni keltirib chiqarishlari sabab bo'lmoqda. Bunday keskin siyosiy va harbiy jarayonlarning davomli tarzda takrorlanishi dunyo tinchligiga bevosita xavfni yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa, ushbu mojarolar qudratli mamlakatlar tomonidan
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
iqtisodiy va siyosiy jihatdan zaif bo'lgan mintaqa mamlakatlarida tashkil etilib, boshqarilmoqda. Joriy vaziyatda asosiy xavf mintaqaviy mojarolarda katta harbiy salohiyatga ega bo'lgan mamlakatlar manfaatlarining to'qnashuvi hamda mazkur jarayon fonida "Yangi urush"ning yuzaga kelishidir. XXI-asr texnologik rivojlanish va qurol-yarog' ishlab chiqarishning takomillashuvi vaziyatga yanada keskin ta'sir ko'rsatmoqda. So'nggi vaqtlarda jahon mamlakatlarining harbiy salohiyatni oshirish va takomillashtirish borasidagi o'zaro raqobati, harbiy sanoat sohasida texnologik qurollarni ishlab chiqarish, shuningdek, amaliyotda qo'llash harakatlarini keskin oshirmoqda1. Ayniqsa, harbiy salohiyati yuqori bo'lgan mamlakatlardan Qo'shma Shtatlar va Xitoy Xalq Respublikasi o'rtasidagi harbiy sanoat va qurol-yarog' ishlab chiqarishdagi o'zaro raqobat jarayonida ko'zga tashlanmoqda. Qo'shma Shtatlar va Xitoy o'rtasida texnologik imkoniyatlardan keng miqyosida foydalanish orqali harbiy soha rivojini yangi bosqichga olib chiqish harakatlari dunyo mamlakatlari xavfsizligiga bevosita tahdid sifatida ko'rish mumkin. Mazkur ikki qudratli mamlakat ham asosiy e'tiborini sun'iy intellekt(AI) texnologiyalari va boshqaruvsiz qurilmalarni takomillashtirish hamda ulardan harbiy maqsadlarda foydalanishga qaratgan. Qo'shma Shtatlar va Xitoy Xalq Respublikasining harbiy sanoat tuzilmalarining ishlab chiqarish salohiyati ham sun'iy intellekt(AI) va raqamli texnologiyadan foydalangan holda, zamonaviy boshqaruvsiz texnologik harbiy qurol-yarog'lar ishlab chiqarishga qaratilgan. Albatta mazkur harakatlar faqatgina Qo'shma Shtatlar va Xitoy tomonidan amalga oshirilayotgani yo'q.
Mintaqaviy yetakchilik uchun kurashayotgan hamda yadro quroliga ega bo'lgan mamlakatlar o'z harbiy salohiyatlarini yanada oshirishga alohida e'tibor qaratmoqdalar. Shu o'rinda Xalqaro munosabatlar sohasiga oid bo'lgan "Xavfsizlik dilemma"2 konsepsiyasi mamlakatlar o'rtasidagi xavfsizlik muammosini yuzaga keltiradi. Mazkur konsepsiya doirasida klassik realizmning asosiy qonunini keltirib o'tish lozim ya'ni, bir mamlakat o'z harbiy salohiyatini oshirish orqali, bevosita atrofida mavjud bo'lgan boshqa mamlakatlarga nisbatan xavfni yuzaga keltiradi. Yuzaga kelgan xavf o'z navbatida boshqa mamlakat tomonidan milliy xavfsizlik masalalarini ta'minlash lozimligini ko'rsatadi. Natijada, mamlakat o'z xavfsizligini ta'minlay olmasligi o'z navbatida mustaqillikni boy berishi hamda xalqaro siyosiy maydonda o'zining siyosiy nufuzidan mahrum bo'lishiga zamin yaratishi mumkin.
Hech bir mamlakat o'z siyosiy mustaqilligidan mahrum bo'lishni istamaydi. Ammo ikkinchi vaziyat ham xavfsizlik masalasini so'roq ostiga oladi. Bu vaziyatda yuqorida ta'kidlanganidek, xavfsizlikni ta'minlash yo'lidagi harbiy qurollanish yoki harbiy sanoatda texnologik imkoniyatlardan keng ko'lamda foydalanish boshqa mamlakatlar xavfsizligini yoki global xavfsizlikni tahdid ostiga olish holati boshqa bir muammoli vaziyatni yuzaga keltiradi.
Shu o'rinda mamlakatlar o'rtasidagi qurollanish poygasining avj olishi hamda yuqori harbiy salohiyatga ega bo'lgan mamlakatlar tomonidan mintaqaviy mojarolarning tashkillashtirilishi va mazkur mojarolarda qudratli mamlakatlarning bilvosita ishtirok etishini ko'rsatmoqda. Mojarolarni yuzaga keltirish orqali qudratli mamlakatlar o'zlarining milliy
1 Sheraliev M. Z. NEGATIVE EFFECTS OF ROBOTICS AND ARTIFICIAL INTELLIGENCE (AI) //O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI. - 2022. - T. 2. -№. 14. - C. 133-136.
2 Does Anyone Still Understand the "Security Dilemma" https://foreignpolicv.com/2022/07/26/misperception-security-dilemma-ir-theory-russia-ukraine/
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
strategik manfaatlarini ilgari surish asnosida "Yangi urush" vaziyatiga bevosita ta'sir ko'rsatishi va kelajakda mazkur urush yuzaga kelish ehtimolini yanada ortirishi mumkin. Tahliliy jihatdan o'rganilgan voqea-hodisalar shuni ko'rsatadiki, texnologik qurollarning keng miqyosida tarqalishi va sun'iy intellekt (AI) yordamida boshqaruvsiz qurol-yarog'larning takomillashuvi kelajakda "Yangi urush" yuzaga kelishiga asosiy ta'sirini ko'rsatadi.
References:
1. Mirhakim Turobjonov. Xalqaro munosabatlarda zamonaviy urushlarning yuzaga kelish sabablari (Qo 'shma Shtatlar va Xitoy Xalq Respublikasi misolida). // Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali - 2024- T.40.- №.20. - C. 110-123. https://t.me/konferensiyavajurnallar
2. Sheraliev M. Z. NEGATIVE EFFECTS OF ROBOTICS AND ARTIFICIAL INTELLIGENCE (AI) //O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI. -2022. - T. 2. - №. 14. - C. 133-136.
3. Artificial Intelligence (AI): What it is and why it matters | SAS https://www.sas.com/en us/insights/analytics/what-is-artificial-intelligence.html
4. What is Military Industry. https://www.defenceindustry.gov.au/about
5. Does Anyone Still Understand the "Security Dilemma" https://foreignpolicy.com/2022/07/26/misperception- security-dilemma-ir-theory-russia-ukraine/