Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA MILLIY ARMIYA SHAKLLANTIRISH VA YETUK HARBIY KADRLAR TAYYORLASHDAGI O‘ZGARISH VA NATIJALAR'

O‘ZBEKISTONDA MILLIY ARMIYA SHAKLLANTIRISH VA YETUK HARBIY KADRLAR TAYYORLASHDAGI O‘ZGARISH VA NATIJALAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

14
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xavfsizlik / mudofaa / Yangi O‟zbekistob / harbiy soha / islohatlar / strategiya / armiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ixtiyor Boxodir O‘g‘li Boxodirov

Maqolada muallif so'ngi yillarda O'zbekistonda xavfsizlik, mudofaa, harbiy sohadagi islohatlar, yangilanishlar, yutuqlarga to'xtalib o'tgan. Shunigdek harbiy kadrlar tayyorlash tizimidagi o'zgarishlar va bu jarayonga bog'liq ayrim jarixiy jarayonlar tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA MILLIY ARMIYA SHAKLLANTIRISH VA YETUK HARBIY KADRLAR TAYYORLASHDAGI O‘ZGARISH VA NATIJALAR»

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

O'ZBEKISTONDA MILLIY ARMIYA SHAKLLANTIRISH VA YETUK HARBIY KADRLAR TAYYORLASHDAGI O'ZGARISH VA NATIJALAR

Ixtiyor Boxodir o'g'li Boxodirov

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi

(PhD)

ANNOTATSIYA

Maqolada muallif so'ngi yillarda O'zbekistonda xavfsizlik, mudofaa, harbiy sohadagi islohatlar, yangilanishlar, yutuqlarga to'xtalib o'tgan. Shunigdek harbiy kadrlar tayyorlash tizimidagi o'zgarishlar va bu jarayonga bog'liq ayrim jarixiy jarayonlar tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: xavfsizlik, mudofaa, Yangi O'zbekistob, harbiy soha, islohatlar, strategiya, armiya.

Jahon miqyosida kuchayib borayotgan globallashuv sharoitida dunyoning turli hududlarida sodir bo'layotgan tartibsizliklar, xavf-xatar va tahdidlar, eng avvalo, davlatlar o'rtasidagi iqtisodiy resurslar va mintaqaviy yetakchilik uchun kechayotgan qarama-qarshiliklar ortib, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik turlarining kengayib borishi tufayli barcha mamlakatlarda ichki va tashqi xavfsizlikni ta'minlash uchun o'z qurolli kuchlariga yanada ko'proq tayanish hamda uni takomillashtirib borish jarayoni dolzarb masalaga aylanib bormoqda.

Yuqordagilarni inobatga olinib, mustaqillik yillarida O'zbekistonda mamlakatimiz sarhadlarining daxlsizligi va hududiy yaxlitligini saqlash, xalqimizning osuda hayotini ishonchli himoya qilishga qodir, zamonaviy qurol-aslaha va texnikalar bilan ta'minlangan, taktik tomondan yaxshi tayyorgarlikga ega va bugungi kun talablariga to'la javob beradigan, son jihatdan ixcham, harakatchan milliy armiya barpo etilgan.

So'nggi yillarda O'zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalarida bo'lgani kabi harbiy sohada ham keng ko'lamdagi islohotlar olib borilmoqda. Xususan, bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev: "Davlat chegaralarini qo'riqlash va himoya qilish tizimini yanada mustahkamlash, qo'shinlarni boshqarish tizimini takomillashtirish, jangovar tayyorgarlikni tashkil etish samaradorligini oshirish, Qurolli Kuchlarni eng yangi qurol-yarog' va texnikalar bilan ta'minlash, mamlakatimiz mudofaa-sanoat kompleksini rivojlantirish bo'yicha faol olib borilayotgan ishlarni izchil davom ettirish zarur"[1] - deya ta'kidlagan edi.

17-aprel, 2024

145

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Xarakatlar strategiyasi"da davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish borasida ustuvor vazifalar ko'rsatib o'tilgan. 2018-yil 9-yanvarda qabul qilingan O'RQ-458-sonli "O'zbekiston Respublikasi Mudofaa Doktrinasi to'g'risida"gi qonunda esa bugungi kundagi harbiy-siyosiy vaziyatning o'ziga xos xususiyatlati, milliy xavfizlikka bo'lgan asosiy tahdidlar, O'zbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi siyosati, mamlakat va armiyani ehtimoliy tashqi tahdidlarga tayyorlash yo'nalishlari, qurolli kuchlaning xaqlimizni favqulodda holatlarda himoya qilish bo'yicha asosiy vazifalar, mamlakat mudofaasini harbiy -iqtisodiy jihatdan ta'minlash va mudofaa sanoat komplekslarini mustaxkamlash asoslari belgilab olinadi.

2023-yil 11-sentabrda prezidentimiz tomonidan qabul qilingan "O'zbekiston -2030" strategiyasida ham yuqorida ko'zlabgan reja va maqsadlarni izchillik bilan davom ettirish maqsad qilindi. Davlat dasturida belgilab qo'yilgan 97- va 99-maqsadlar bu borada katta ahamiyatga ega. Unda mamlakatimizda 2030-yilgacha bo'lgan davrda jahonda sodir bo'layotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda Qurolli Kuchlarning qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshrirish va chegaralar xavfsizligi mustahkamlash rejalashtirilgan.

Mustaqillik yillarimizda davlatimz xavfsizligini taminlash va milliy armiyamizni mustahkamlashda davlatchiligimiz tarixida so'nggi asrlarda orttirilgan bir qancha tarixiy tajriba va xulosalarning roli alohida ahamiyatga ega.

Har bir mamlakat o'z milliy mustaqilligini saqlab qolish va o'z xalqini turli tajovuzlardan himoya qilishi uchun zamon talablariga javob beradigan harbiy tizim hamda milliy armiyani shakllantirishi lozim. XIX asrda Buxoro amirligi, Qo'qon va Xiva xonliklarida davr talablariga javob beradigan harbiy boshqaruv hamda mustahkam armiyaning yo'qligi, qo'shin tuzilishi va uning tarkibi, harbiy tayyorgarlik, shuningdek, texnik va taktik tomonlama rivojlangan davlatlardan sezilarli darajada ortda qolganligi ularni Rossiya imperiyasining dastlabki jiddiy tajovuzlaridayoq mag'lub bo'lishiga asosiy sabab bo'lgan.

Buxoro amirligi, Xiva va Qo'qon xonliklarida harbiylarni tayyorlash hamda qurollanish tizimining deyarli o'rta asrlar darajasida qolib ketganligi, bu mamlakatlar lashkarlarining son jihatdan o'zlaridan ancha kam, ammo sifat va taktik-jangovor tayyorgarlikda ustun raqiblari oldida ojiz qolishiga sabab bo'lgan.

17-aprel, 2024

146

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

Faqat mavjud armiyani qurollantirish va ulaming sonini oshirish har doim ham muvaffaqiyat keltirmaydi. Hozirgi dunyoda sonda emas aksincha malakali ofitserlar tomonidan boshqariladigan va o'z yo'nalishida chuqur salohiyatga ega bo'lgan, sifat jihatdan kuchli amiyalar ustunlik qilmoqda. Bu esa zamon talablariga javob beradigan sifatli harbiy ta'lim yaratilishni talab qilgan. Buxoro, Xiva va Qo'qonda askarlar tayyorlash tizimining O'rta asrlar darajasida qolib ketganligi bu mamlakat lashkarlarining son jihatdan o'zlaridan ancha kam ammo sifat va taktik-jangovor tayyorgarlikda ustun raqiblari oldida ojiz qolishiga sabab bo'lgan. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida qudratli milliy armiya shakllanitish uchun bu yonalishda juda katta ishlar amalga oshirilgan. Bugungi kunda mamlakatimizdagi O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Akademiyasi, Toshkent Oliy Umumqo'shin Qo'mondonlik bilim yurti, Chirchiq oliy tank qo'mondonlik-muhandislik bilim yurti, Samarqand oliy harbiy avtomobil qo'mondonlik-muhandislik bilim yurti (1992), Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus fakulteti (1993), Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti (1994), Serjantlar tayyorlash maktablari (2001), O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiti

o'z yo'nalishlarida sifatli ofitserlar va harbiy hizmatchilar tayyorlab berishga hizmat qilmoqda.

Davlat mudofaasini kuchaytish uchun faqat mavjud armiyaga emas, mamlakatning barcha aholisini harbiy tayyorgarligini oshirish va armiya uchun zaxira kadrlar tayyorlash ishlariga ham ahamiyat berish maqsadga muvofiq. Bugungi kunda O'zbekistonda muddatli harbiy hizmatdan tashqari 2003-yil 22-fevraldagi Vazirlar mahkamasining 99-sonli "O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risidagi" qarori bilan aholini harbiy tayyorgarligini oshirish uchun bir oylik harbiz hizmat joriy etilgan. Bundan tashqari zaxira ofitserlari tayyorlashga uchun O'zbekistondagi bir qancha oliy oquv yurtlarida harbiy kafedralar tashkil etilgan.

Yuqoridagi islohotlar bugungi kunda o'z natijasini bermoqda. Xususan. O'zbekiston Mudofaa vazirligi 2022-yil VIII Xalqaro armiya o'yinlarida munosib (Army-2022) ishtirok etdi. 34 ta yo'nalishni qamrab olgan musobaqalarda 37 ta davlatdan 250 ta jamoa o'zaro bellashdi. Mamlakatimiz hududida musobaqalarning 5 ta yo'nalishi bo'lib o'tdi. Xalqaro armiya o'yinlarida mamlakatimiz qurolli kuchlari munosib ishtirok etib, umumjamoa hisobida faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritdi. Mazkur musobaqada vakillarimiz O'zbekiston armiya sining kuch-qudrati, harbiy xizmatchilarimizning jangovar shayligini, bir so'z bilan aytganda, o'z kasbining haqiqiy ustalari ekanini namoyon eta oldi.

17-aprel, 2024

147

Tashkent State University of Economics

Xulosa qilib aytganda, so'nggi yillarda quroli kuchlar va harbiy ta'lim tizimini jahon standartlari darajasiga olib chiqish borasida jiddiy qadamlar qo'yildi. Milliy armiya va oliy harbiy ta'lim muassasalarida yangicha yondashuv va o'quv uslublari joriy etildi. Amalga oshirilgan chora tadbirlar tufayli O'zbekiston har yili "Global Firepower index"ida e'lon qilib boriladigan engi kuchli salohiyatga ega qurolli kuchlar retingida 2024-yil Sobiq ittifoq mamlakatlari orasida 5-o'rin, butun jahon davlatlari orasida esa 65-o'rinni band etdi[2].

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2022. - B. 363.

2. https://www.globalfirepower.com/countries-listing.php

3. Bokhodirovich, B. I. (2022, December). ESTABLISHMENT OF REGULAR ARMY CORPS IN THE MILITARY DISTRICT OF TURKESTAN IN THE LATE 19TH-EARLY 20TH CENTURIES. In International Scientific and Current Research Conferences (pp. 7-12).

4. Баходиров, И. (2020). TURKISTON BOSHQARUV TIZIMIDAGI NOMUTANOSIBLIKLAR VA XALQ KOMISSARLARI SOVETIDAGI ICHKI ZIDDIYATLARNING O'LKA HAYOTIGA TASIRI (1917-1924 YILLAR). ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ, (SI-1№ 1).

5. Боходиров, И. Б. (2021). TURKISTON HARBIY OKRUGI TASHKIL ETILISHI ARAFASIDA O'RTA OSIYO DAVLATLARIDA HARBIY SOHA. ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ, 4(3).

6. BOHODIROV, I., & JURAYEV, B. ARMY AND MILITARY EDUCATION IN TURKESTAN IN XIX CENTURY (ON THE EXAMPLE OF BUKHARA). https://science. nuu. uz.

7. Bokhodirovich, B. I. (2022, May). ESTABLISHMENT OF TURKESTAN MILITARY DISTRICT AND ITS MILITARY-ADMINISTRATIVE STRUCTURE (in 1860s). In International Scientific and Current Research Conferences (pp. 100108).

8. Bokhodirov, I. (2021). SUPPRESSION OF NATIONAL LIBERATION MOVEMENTS IN FERGANA REGION BY TURKESTAN MILITARY DISTRCT IN THE SECOND HALF OF XIX CENTURY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF HISTORY, 2(08), 38-44.

148

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.