Научная статья на тему 'X.SOBIROVA SAN’AT TA’LIMI JONKUYAR USTOZI'

X.SOBIROVA SAN’AT TA’LIMI JONKUYAR USTOZI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
22
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
pedagog / shashka / musiqa / iste’dod / san’at bilim yurti / musiqa to‘garagi / ud sozi / qashqar rubobi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — A.Haydarov

Ushbu maqolada san’at ta’limi sohasi rivojiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shgan iste’dod sohibasi, matonatli ayol, qo‘qonlik pedagog Xolidaxon Sobirovaning hayot yo‘li haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «X.SOBIROVA SAN’AT TA’LIMI JONKUYAR USTOZI»

X.SOBIROVA - SAN'AT TA'LIMI JONKUYAR USTOZI

A.Haydarov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutitning Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada san'at ta'limi sohasi rivojiga o'zining salmoqli hissasini qo'shgan iste'dod sohibasi, matonatli ayol, qo'qonlik pedagog Xolidaxon Sobirovaning hayot yo'li haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: pedagog, shashka, musiqa, iste'dod, san'at bilim yurti, musiqa to'garagi, ud sozi, qashqar rubobi

H.SOBIROVA - MASTER OF ART EDUCATION JOHNKUYAR

A.Haydarov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article provides information about the life path of Kholidakhon Sobirova, a talented, tenacious woman who made a significant contribution to the development of the field of art education.

Keywords: pedagogue, checkers, music, talent, art school, music club, oud sozi, kashkar rubobi

Xolidaxon Sobirova 1947-yil 9-fevralda Qo'qon shahrida pedagoglar oilasida tavallud topgan. U bolalikdan ziyrak, ko'p narsalarga qiziquvchan, tirishqoq, zehni o'tkir qiz bo'lib voyaga yetdi. Mo'min ota katta tajribaga ega pedagog, uzoq yillar davomida umumiy o'rta ta'lim maktablarining birida o'qituvchi, direktor bo'lib ishlaganlar, onasi esa maktabda fizika va matematika fanidan dars berar edi. Mo'min ota shaxmat-shashka bolaning irodasini chiniqtirishda, zehni o'tkir bo'lib, har bir harakatini chuqur o'ylab, mulohaza qilib amalga oshirishda katta rol o'ynaydi deb hisoblardi. Shuning uchun kunlarning birida u qiziga shashka donalarini va taxtasini sovg'a qildi.

Xolida tez orada shashkada yaxshi o'ynashni o'rganib oldi. Hatto dadasi bilan ham teng bellashadigan darajaga yetdi. Shunda qizidagi iste'dodni sezgan ota uni maktabdagi shashka to'garagiga olib bordi. Keyinchalik u turli musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashdi, shashka bo'yicha maktab, shahar, keyinchalik esa respublika va xalqaro musobaqalarda ham muvaffaqiyatli qatnasha boshladi.

1966-yilda Namangan San'at bilim yurtining ikkinchi kursida o'qib yurganida rus shashkasi buyicha Namangan shahar birinchiligi musobaqasida qatnashadi. O'tkazilgan o'n bir bellashuvning barchasida g'olib chiqadi va shahar chempioni

ITFVE^^Hl 71 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

bo'ladi. So'ng shu yili O'zbekiston spartakiadasida yuz katakli shashka bo'yicha birinchi o'rinni egallab, 1-razryad sport darajasi talabini bajaradi va O'zbekiston terma komandasi a'zoligiga qabul qilinadi. U yuz katakli shashka bo'yicha O'zbekiston chempioni degan unvonni qo'lga kiritadi. Shuning uchun bo'lsa kerak, o'sha paytlarda ko'pchilik, shu jumladan ota-onasi ham "Xolida endi bir umr shashkani tashlamasa kerak", deb o'ylashar edi.

Lekin o'sha, shashka bilan faol shug'ullanayotgan bolalik paytlardayoq uni musiqaning sirli olami o'ziga rom etgan edi... Uni musiqa to'garagiga jalb qilgan kishi Qo'qondagi musiqa to'garagi rahbari Anvarjon Dadaboyev edi. Anvarjon Dadaboyev yosh va iste'dodli Xolidaxonni qo'lidan yetaklab san'atning sehrli olamiga olib kirdi.

Xolidaxon dastlab Anvarjon Dadaboev boshchiligidagi to'garakda musiqa alifbosini o'rgangan bo'lsa, keyinchalik esa Qo'qondagi bolalar musiqa maktabida Oysha Yo'ldosheva ustozligida qashqar rubobi bo'yicha ta'lim ola boshladi. O'rta maktabni va musiqa maktabini bitirganidan so'ng bundan keyingi hayotini musiqasiz tasavvur kila olmasligini his qilgan Xolidaxon musiqa bilim yurtida o'qishni davom ettirishga qat'iy qaror qildi.

Qizidagi musiqaga bo'lgan juda kuchli ishtiyoqni ko'ra bilgan ota-onasi uni Namanganga olib bordi va iste'dodli qiz o'sha yerda bilim yurtiga o'qishga qabul qilindi. Bu yerda u Tolmas G'afforov sinfida qashqar rubobi asbobi bo'yicha tahsil oldi, to'garakda va musiqa maktabida olgan bilim va ko'nikmalarini kamolga yetkazdi.

Ma'lumki, toqqa chiqqan odamning ko'z o'ngida yanada ulug'vor va yanada baland cho'qqilar paydo bo'laveradi. U shu cho'qqilarni ham zabt etishga intilaveradi. Xolidaxonda ham Namangan san'at bilim yurtini bitirganidan keyin yana bir yuksak cho'qqini egallashga - Toshkent Davlat konservatoriyasiga o'qishga kirish niyati tug'iladi va Toshkentga kelib konservatoriyaga o'qishga kirish uchun hujjat topshiradi, o'zining qat'iyatliligi, tirishqoqligi, eng muhimi, iste'dodi tufayli konservatoriya talabasi bo'lishga muvaffaq bo'ladi.

Xolidaxon Konservatoriyada professor, taniqli musiqachi, qashqar rubobi va afg'on rubobi asboblari bo'yicha yirik mutaxassis sifatida tanilgan, olim va pedagog, mohir sozanda Sulayman Taxalov sinfida tahsil ola boshladi.

Konservatoriyada uning iste'dodi yanada yorqin namoyon bo'ldi. Afg'on rubobida ham kuylarni maromiga yetkazib ijro etayotganligini ko'rgan mutaxassislar uni konservatoriya qoshidagi maosh to'lanadigan o'zbek xalq cholg'ulari orkestrida afg'on rubobini ijro etuvchi etib ishga qabul qildilar.

U Sulaymon Taxalov rahbarligida qashqar va afg'on ruboblaridan tashqari qadimiy musiqa asbobi bo'lgan Ud sozini ham mukammal o'rgandi va unda ham kuylarni maromiga yetkazib ijro eta boshladi.

1969 yil Konservatoriyaning 2-kursida o'qiyotgan paytdayoq Xolidaxon Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi O'zbekiston Davlat filarmoniyasi qoshidagi o'zbek

72 ISSN 2181-063X/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

xalq cholg'ulari orkestriga sozanda bo'lib ishga taklif qilinadi. Va u 1969 yil noyabr oyidan orkestrda ijrochi bo'lib faoliyat yurita boshladi.

1970-yilda professor Sulaymon Taxalov konservatoriya talabalari Xolidaxon Sobirova, Muhtaram Beknazarova, Minavvar Haydarova, Muazzam Rixsievalardan iborat udchilar ansambli tashkil etdi, ansamblga iqtidorli shogirdi Xolidaxon Sobirovani boshqaruvchi etib tayinladi. Konservatoriya fondidan pul ajratilib ansambl ijrochilariga Marg'ilonning xonatlasidan milliy libos tikildi. 1970-yilning 8-14-iyul kunlari Moskva shahrida o'tkazilgan "Yosh ijrochilar" ko'rik tanlovida udchilar ansambli professor Ahmadjon Odilovning changchilar ansambli bilan birgalikda ishtirok etib, diplom bilan taqdirlandilar.

1971-yilda O'zbekiston Madaniyat ishlari vazirligining topshirig'iga binoan Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi O'zbekiston Davlat filarmoniyasining "Shodlik" ashula va raqs ansambli rahbari, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Hakim Nishonov hamda professor Sulaymon Manievich Taxalovlarning sa'y-harakatlari bilan filarmoniya qoshida Dilorom Qayumova, Nazira Sheralieva, Nazira Abdullaeva, Nasiba Qahhorovalardan iborat udchilar ansambli tashkil etilib unga Xolidaxon Sobirova rahbar etib tayinlanadi. Bu ansamblni tuzishdan maqsad Olmaota shahrida o'tkaziladigan "O'zbekiston adabiyoti va san'ati dekadasi" dasturiga o'ziga xos yangilik kiritish edi. 1972-yilda Olmaota shahrida bo'lib o'tgan O'zbekiston adabiyoti va san'ati dekadasida hamda Moskvada syezdlar saroyida bo'lib o'tgan hisobot konsertida Xolidaxon Sobirova rahbarligidagi udchilar ansambli muvaffaqiyatli ishtirok etib tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo'ldi. Ular orasida buyuk zamondoshimiz, keyinchalik O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri faxriy unvonlariga sazovor bo'lgan Erkin Vohidov ham bo'lib, ud cholg'usidan taralgan maftunkor ohanglar uni ham o'ziga rom etgan edi.

Ud sozi juda qadimiy soz bo'lib uni ko'pchilik bilmasligi mumkin edi. Ulug' shoirimiz bu sozni xalq orasida keng ommalashtirish maqsadida televidenieda "Bu cholg'u asbobining nomi nima? degan topishmoq- ko'rsatuvning tashabbuskori bo'lgan va ushbu ko'rsatuvda Xolidaxon Sobirova ud cholgu asbobida mahorat bilan kuy ijro etgan edi.

Konservatoriyadagi o'qishni bitirish paytiga kelib, Xolidaxon bir vaqtning o'zida bir necha joyda, xususan, konservatoriyaning maosh to'lanadigan o'zbek xalq cholg'ulari orkestrida afg'on rubobi ijrochisi, O'zbekiston Davlat filarmoniyasida udchilar ansambli rahbari, Nizomiy nomidagi Davlat pedagogika institutida (hozir pedagogika universiteti) musiqa o'qituvchisi bo'lib ishlardi.

Xolidaxonga O'zbekiston Davlat filarmoniyasining talabnomasiga asosan O'zbekiston Madaniyat ishlari vazirligining topshirig'i bilan O'zbekiston Davlat filarmoniyasi udchilar ansambli rahbari sifatida ishga olib qolish tugrisida yo'llanma beriladi. Lekin Xolidaxon iloji bulsa, turmush o'rtog'i Akbarali aka ma'qullasa,

ncTTni^^H] 73 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Qo'qonga qaytish, yolg'iz qolgan va ancha keksayib parvarishga muhtoj bo'lib qolgan onasiga qarashi lozimligi, agar imkoniyat yaratib berilsa Qo'qonda udchilar ansambli tuzib faoliyat ko'rsatish haqida ham astoydil bosh qotirar edi.

1973-yilda juftlik Qo'qonga ko'chib kelishdi va ikkalasi ham Qo'qon shahridagi Hamza nomli musiqali drama teatriga - Xolidaxon orkestr ijrochisi, Akbarali aka esa aktyor bo'lib ishga kirdi. 1974-yilda Xolidaxon teatrdan ishdan bo'shab Qo'qon shahar 2-sonli bolalar musiqa maktabida dars bera boshladi.

1977-yilda Qo'qonlik san'at ahlining ko'p yillik orzulari amalga oshib Qo'qon Davlat san'at bilim yurti tashkil etildi. Xolidaxon Tasviriy va amaliy san'at bilim yurtiga sakkiz yil rahbarlik qildi. Ushbu bilim yurti bu vaqt ichida respublikadagi eng yaxshi bilim yurtlarning biriga aylandi. Uning talabalari va bitiruvchilari turli tanlovlarda muvaffaqiyatli qatnashib bilim yurtining dong'ini tarata boshladi.

Hozirgi kunda Tasviriy va amaliy san'at kollejida o'n uchta: milliy etnografik va badiiy liboslar dizaynerligi, landshaftlar dizaynerligi, naqqoshlik bo'yicha usta rassomlik, amaliy grafika rassomligi, lakli miniatyura rassomi, dastgohli rangtasvir rassomligi, mahobatli rangtasvir rassomligi, haykaltaroshlik, xalq cholg'ulari ijrochiligi, fortepiano ijrochisi, estrada artistligi, musiqiy-nazariy fanlar o'qituvchiligi, an'anaviy vokal artistligi bo'limlari faoliyat ko'rsatmoqda.

Xolidaxon va Akbarali Sobirovlarning katta farzandi Ozodbek Qo'qon shahridagi 5-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida, Baxtiyorjon esa Toshkentdagi pedagogika kollejida musiqa o'qituvchisi bo'lib ishlamoqda. Nabiralari musiqa o'quv yurtlarida ta'lim olib ota-onasi izlaridan borishmoqda. Ayni paytda keksalik gashtini surayotgan Xolidaxon Sobirova bir paytlar o'z qo'li bilan o'tqazgan yosh navnihol ko'chatlarning o'z mevasini berayotganini ko'rib bir quvonsa, bir paytlar o'zi ishlagan o'quv dargohining o'quvchilari respublika va xalqaro tanlovlarda yutuqlarni qo'lga kiritayotganini ko'rib qalbi yanada faxr va shodliklarga to'ladi, hayoti behudaga o'tmaganidan, orzu-istaklari amalga oshganidan bahtiyorlik hissini tuyadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Xolida Sobirovaning quvonchlari va tashvishlari. Sh.Akbarov. Navro'z nashriyoti. 2019 y

74

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.