Научная статья на тему 'WELLNESS TURIZM KLASSIFIKATSIYASI VA UNING TURLARGA BO`LINISHI'

WELLNESS TURIZM KLASSIFIKATSIYASI VA UNING TURLARGA BO`LINISHI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
6
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
Wellness turizmi / wellness modeli / birlamchi va ikkilamchi wellness sayohatchilar / enogastronomiya / issiq buloqlar.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Alimova Shaxnoza Oktyamovna

Maqolada bir necha xorij olimlarning wellness turizm bo`yicha olib borilgan tadqiqot hamda ilmiy ishlari o`rganilgan bo`lib, shu fikrlar asosida wellness turizmining boshqa turdagi sog‘lomlashtirish turizmidan farqlari, dunyodagi wellness turizm yo‘nalishlari haqidagi ilmiy farazlar, sog‘lomlashtirish turizmining tarkibiy qismlari yoritilgan hamda muallif tomonidan wellness turizm turkumlarga ajratilib, umumiy ko`rinishga keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «WELLNESS TURIZM KLASSIFIKATSIYASI VA UNING TURLARGA BO`LINISHI»

WELLNESS TURIZM KLASSIFIKATSIYASI VA UNING TURLARGA BOLINISHI

Alimova Shaxnoza Oktyamovna

Madaniy meros obyektlari muammolarini o'rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot

instituti doktoranti, BuxDU oqituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11090479

Annotatsiya. Maqolada bir necha xorij olimlarning wellness turizm boyicha olib borilgan tadqiqot hamda ilmiy ishlari o'rganilgan bo'lib, shu fikrlar asosida wellness turizmining boshqa turdagi sog'lomlashtirish turizmidan farqlari, dunyodagi wellness turizm yo'nalishlari haqidagi ilmiy farazlar, sog'lomlashtirish turizmining tarkibiy qismlari yoritilgan hamda muallif tomonidan wellness turizm turkumlarga ajratilib, umumiy ko'rinishga keltirilgan.

Kalit so'zlar: Wellness turizmi, wellness modeli, birlamchi va ikkilamchi wellness sayohatchilar, enogastronomiya, issiq buloqlar.

Abstract. The article examines the research and scientific works of several foreign scientists on wellness tourism, and based on these ideas, the differences of wellness tourism from other types of health tourism, scientific hypotheses about wellness tourism destinations in the world, wellness tourism components are highlighted and wellness tourism is divided into categories by the author and given an overview.

Keywords: Wellness tourism, wellness model, primary and secondary wellness travelers, enogastronomy, hot springs.

Аннотация. В статье рассмотрены исследования и научные работы зарубежных ученых по велнес туризму и на основе этих идей выделены отличия велнес туризма от других видов оздоровительного туризма, научные гипотезы о направлениях велнес туризма в мире, компоненты разделен автором на категории и дан обзор.

Ключевые слова: Оздоровительный туризм, оздоровительная модель, первичные и вторичные оздоровительные путешественники, эногастрономия, горячие источники.

Wellness turizmi boshqa inson sog'ligi bilan bog'liq bo'lgan turizm turlaridan: ko'rsatilayotgan xizmat sifati, mutaxassislari, maskanlari, sayohatning davomiyligi, sayyohlarning ehtiyoji, iqtisodiy, psixologik jihatlardan mutlaqo farq qiladi. Bularni isboti sifatida bir qancha olimlar tadqiqoti o'rganilib, uning asosiy qirralarini ularning ilmiy ishlarida ochib berilgan.

Global wellness instituti tomonidan wellness sayohatchilarining ikki turini aniqlaydi:

Birlamchi sog 'lomlashtirish sayohatchisi: Sayohat yoki borish joyini tanlashda birinchi navbatda salomatlik motivatsiyasi bo'lgan sayohatchi.

Ikkilamchi wellness sayohatchisi: Sayohat paytida sog'lig'ini saqlashga intiladigan yoki dam olish yoki biznes uchun har qanday sayohat paytida sog'lomlashtirish tajribalarida ishtirok etadigan sayohatchi.

Bir qancha adabiyotlarda wellness turizmni turkumlashda wellness modellariga tayanishgan. Ushbu modellarni o'rganishdan maqsad, wellness turizmini uning modellariga qarab turkumlashtirish hamda manzilgohlarni yaqqol belgilash kabi mavhumliklarga aniqlik kiritadi.

1980 yilda Stivens-Poyntdagi Viskonsin universitetida Sog'liqni saqlash xizmatlari direktori bo'lgan Bill Xettler Wellness modelini kollej talabalari uchun "yashashga ijobiy yondashuv" sifatida sog'lomlikning olti o'lchovlarini targ'ib qiluvchi birinchi maqolani nashr etdi.

Wellness modeli - mijozlar va bemorlarga g'amxo'rlik qilish nazariyasi bo'lib, u asosiy e'tiborni kasal bo'lishdan profilaktik yordamga qaratadi.

Modelda yaxlit parvarishga katta e'tibor qaratilgan, bunda mijoz yoki bemor an'anaviy sog'liqni saqlash tizimiga tayanib, kasalga g'amxo'rlik qilish o'rniga, kasallikdan xalos bo'ladigan kuchli tana va ongni yaratadigan sog'lom faoliyatda ishtirok etishga da'vat etiladi. Wellness - bu shifokor tomonidan ko'rsatiladigan amaliyotlar to'plami emas, balki hayot tarzini o'zgartirishdir. Salomatlikga erishish chiropraktika, massaj, ovqatlanish, fitnes va ruhiy salomatlikni ham o'z ichiga olgan jarayonlar to'plami sifatida insonni sog'lomlikka yetaklaydi.

Bill Xettler nazariyasida Wellnessning olti o'lchovli modeli salomatlikka erishish uchun inson hayotidagi holat va vaziyatlariga qarab belgilangan. Xettler bu vaziyatlarni bir butunlikda salomatga yetaklashi qiyinligi sababli inson ya'ni hissiy, ruhiy, ijtimoiy, kasbiy, aqliy, jismoniy vaziyatlaridan kelib chiqib, mijoz holatiga qarab qanday turdagi terapiyalar tavsiya etilishini tavsiflab beradi.

Sevimli kasbidan qoniqish, birovning ishidan ilhomlanish

Hayotning maqsadi va ma'nosi haqidagi tushunchani kengaytirish

Jismoniy faoliyatda sog'lom ovqatlanish, parhez, uyqu zarurligini tan olish

Jamoaviy yig'ilish, mansublik tuyg'usini qo'llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish

Ijodiy qobiliyatni tan olish va bilim-ko'nikmalarni kengaytirish yo'llarini topish

1-rasm. Wellnessning 6 o^lchamli modeli

1990 yilga kelib angliyalik olim Wellnessning 8 o'lchovini kiritadi. Unga ko'ra, Hettlerning konsepsiyasiga qo'shimcha tarzda inson hayotiga ta'sir ko'rsatuvchi ikki omil: Atrof-muhit -sog'lomlik tabiat inomlariga bog'liq va inson bundan rohatlanib yashashi, moliyaviy -inson hayotidan bahramand bo'lishi uchun yetarli mablag' kabi omillar kiritiladi.

Mukammalroq tarzda mijoz bilan ishlash maqsadida klinik sharoitlarda qo'llaniladigan, individuallashtirishga imkon beradigan, mijozning turmush tarzi va muhiti butunlay qoplay oladigan 10 wellness modelini yaratadi.

Yil sayin olimlarning sog'lomlashtirish sohasida olib borilayotgan tadqiqotlari asosida hozirgi kunda wellnessning bir qancha tarmoq, guruh va sohalari ajratib berilgan. Misol tariqasida

, finlandiyalik olimlar o'z taqqiqotida deyarli 400 xil salomatlik sohalarini aniqlaydilar va ularni 70 xil guruhlarga birlashtirib, ilgari nashr etilgan salomatlik domenlarining ko'pchiligi bir-biridan farq qilmasligini, ammo, salomatlik modelini ishlab chiqishga bo'lgan qiziqish aniq ortib borayotgan bo'lsa-da, sog'lomlashtirish sohalari va ularning qanchaligi haqidagi qarashlar hali ham farq qilinishi ta'kidlangan. Ularning fikricha, salomatlik modellari odatda bir darajada taqdim etiladi va ular beshta sohani o'z ichiga oladi, ammo salomatlik tuzilishi va domenlari bo'yicha hali ham bir xulosaga kelinmagan.

Bir necha tadqiqotlar natijasiga qaramasdan wellnessning eng ko'p uchraydigan sohalari "Jismoniy", "Psixologik", "Ijtimoiy", "Hissiy", "Ma'naviy" va "Atrof-muhit" mavzulari bilan bog'liq bo'lib, turizmda ham uni tadbiq etish bo'yicha ilmiy ishlar olib borilgan.

Ushbu modellarga ko'ra, bir qancha olimlar wellness turizmni tasniflab berishgan. Global sog'lomlashtirish instituti tomonidan wellness turizmda sayohatchilar nimalar qiladi? savoli ostida sog'lomlashtirish sayohatini turkumlashgan. 6-rasmda keltirilgan sayohatchilarga uch savol: nimaga?, nima uchun?, qayerga? javob tariqasida shakllantirilgan.

2-rasm asosida sayyoh aniq maqsadini belgilab olishi, salomatligi darajasi va undagi muammolarga qarab qaysi sog'lomlashtirish xizmati tanlash imkonini beradi.

2-rasm. Global Wellness instituti tomonidan wellness modellarining 6 olchamida wellness turizm tasnifi

Global Wellness instituti tomonidan wellness modellarining 6 o'lchami asos qilib olingan bo'lib, bu turizmda sog'lomlashtirish yo'nalishlarini belgilaydi. Har bitta yo'nalishga ko'rsatilgan xizmatlari sayyohlarni salomatligidagi muammoga qarab tanlanadi.

Turli xil adabiyotlarda wellness turizmning tarkibi turli xil ko'rsatilgan bo'lib, hozirda keng qo'llaniladigan taklif Italiyalik olimlar Mauro Dini va Tonino Pencarelli tomonidan wellness turizmning taklif tizimidagi tarkibiy ya'ni wellness turizm xizmatlari va ularning manzilgohlarini quyidagi 3-rasmda asosan klassifikatsiyalab bergan:

Spalar (mineral suvli buloqlar)

Tabiiy atrof-muhit

Enogastronomiya

Tana va aql parvarishi

3-rasm. Wellness turizmining taklif tizimidagi tarkibiy qismlari

Mauro Dini va Tonino Pencarelli tomonidan wellness turizmga quyidagicha tarif beriladi: "Keng qamrovli tushuncha bolib, o'ndan iborat taklif tizimlari va turli komponentlarini: issiq buloqlar, kurortlar, tibbiy turizm, tanani parvarish qilish va enogastronomiya, sport, tabiat va atrof-muhit, ruhiyat, ma'naviy hodisalarni osz ichiga oladi" deb aytishgan. Ushbu segment toifalarning har biri ma'lum bir bozorga mo'ljallangan yagona turistik taklifni ifodalashi mumkin, ammo ular bir nechta komponentlarning biri bo lmasdan taklif etilgan integratsion aralashgan turistik mahsulotlar bolishi mumkinligi haqida firk mulohazalar berishgan.

Amerikalik olim Camille Hoheb hamda vengriyalik Laszlo Puczko 2021 yilda "Dunyo bo'ylab wellness turizm" kitobida wellness turizm xizmatlari va destinatsiyalarini tibbiy turizmdan ajratgan holda tasniflab berishadi. Unga ko'ra,

✓ Xizmatlari turiga kora:

1. Tibbiy turizmga: turli xildagi jarrohlik amaliyoti, stomataligik xizmatlar, kosmetik jarrohlik, tibbiy diagnostika, davolash, kasallikka oid reabilitatsiya.

2. Wellness turizmga: uqalash (massaj), fitness va sport, gozallik terapiyalari (shilliq qurt, zulluk va h.k), xordiq chiqish va dam olish uchun wellness xizmatlari (sauna), yoga, ruhiyatga tasir qiluvchi wellness xizmatlari (meditatsiya).

3. Har ikkala turga xos bo'lgan xizmat turlari: Kasbiy wellness xizmatlari, turmush tarzi reabilitatsiyasi, terapevtik va tibbiy muolajalar (tuz, balchiq, qum, quyosh nurlari) va h.k

✓ Joylashuviga kora:

1. Tibbiy turizmga: kasalxonalar, maxsus bemorlarni davolavchi maskanlar, klinikalar.

2. Wellness turizmga: dam olish va xordiq chiqarish markazlari (saunaxona, basseyn, fitnes klublari), spa salonlari, sog'lomlashtiruvchi maskanlar, meditatsiya va yoga markazlari.

3. Har ikkala turga xos bolgan maskanlar: mehmonxona va kurortlar, termal buloq markazlari va hammomlar, kruizlar, sanatoriyalar.

Voigt va Pforr (2014) ma'lumotlariga ko'ra, sog'lomlashtirish turizmi boshqa turistik yo'nalishlardan asosiy resurslari va malakalari bilan farq qiladi:

- Tabiiy resurslar (masalan, termal va/yoki mineral suvlar, landshaftlar, o'simliklar va boshqalar aqliy va jismoniy farovonlikni oshirish uchun ishlatilishi mumkin)

- Madaniy, tarixiy va ma'naviy manbalar (masalan, Rim Termasi kabi farovonlik merosi, yoga kabi ruhiy amaliyotlar)

- Qo'shimcha va muqobil tibbiyot takliflari (masalan, meditatsiya, balneologiya, gomeopatiya va boshqalar)

- Jamiyatning fikrlash tarzi va salomatlik bilan bog'liq turmush tarzi (masalan, salomatlik bilan bog'liq turmush tarziga ega mahalliy hamjamiyat)

- Inson resurslari va malakalari (sifatli sog'lomlashtirish xizmatlarini taqdim etish uchun professional xodimlar)

- Sog'lomlashtirish uchun maxsus ustki tuzilmalar (masalan, kurort/sog'lomlashtirish mehmonxonalari, ruhiy dam olish maskanlari, termal buloqlar va boshqalar)

- Salomatlik bilan bog'liq tadbirlar (masalan, jamoat salomatligi tadbiri)

- Salomatlikni boshqa tadbirlar/takliflar bilan bog'lash (masalan, mahalliy pazandachilik bilan birgalikda sog'lomlashtirish xizmatlari).

Sog'lom turmush tarzi bo'yicha sayohatchilar orasida paydo bo'ladigan asosiy savollar bu wellness rivojlanish o'lchamlaridir. Buni amerikalik olim Alana Dilette o'z tadqiqot ishida quyidagicha tavsiflaydi. Uning fikricha, sayyohlarning sog'lomlashtirish sayohati davomida 4 xil muammoni bartaraf etish uchun tana, ruhiyat, ong va atrof-muhitga tasir etuvchi va tasir o'tkazuvchi omillarga qarab sayohatni amalga oshirishadi.

Inson tanasiga ta'sir etuvchi va ta'sir o'tkazuvchi omillar sifatida oziq-ovqatlar, detoks, xizmatlar va faoliyatlar belgilangan.

Sayyohlar ruhiyatiga faqatgina to'siq bo'luvchi faktor sifatida jonlantirish hamda o'sish omillari kiritilgan.

Ruhiyatga ta'sir o'tkazuvchi omillarga madaniyat, ruhiy hamda jamoaviy tarzda shug'ullanadigan wellness markazlari nazarda tutilgan.

Atrof - muhitga ta'sir ko'rsatuvchi hamda sayyohga ta'sir o'tkazuvchi faktorlar sifatida narx, joy, xonalar, xodimlar va gavjum joylar inobatga olingan.

Jahon mehmondo'stlik sanoatida turizmni rivojlantirish borasida asosiy urg'uni mintaqadagi wellness imkoniyatlar mavjudligini kuchaytirish uchun hamkorlik, qo'shilish va sotib olish kabi strategiyalarni qabul qilmoqdalar. Masalan, 2022 yil may oyida Hilton CKR Resort bilan Hilton Hyderabad Resort & Spa brendini ishga tushirish bo'yicha shartnoma imzolaganini e'lon qilindi. Xuddi shunday, OneSpaWorld, kruiz kemalari va dam olish maskanlari uchun salomatlik va wellness xizmatlari dasturlari, 2019-yil mart oyida OneSpaWorld Holdings MCHJ nomi bilan tanilgan yangi holding kompaniyasini tashkil etish uchun Haymaker Acquisition Corp. kompaniyasi bilan hamkorlikni e'lon qildi. Jahon wellness turizmi bozorining taniqli mehmonxonalar ro'yxatida quyidagilar kiradi:

Hilton mehmonxonalari; Accor mehmonxonalari; Hyatt Korporatsiyasi; Rancho La Puerta mehmonxonasi; Xalqaro Marriot mehmonxona zanjirlari; Rosewood mehmonxonalar guruhi; Niraamaya Wellness dam olish maskani; Intercontinental mehmonxonalar guruhi; Omni mehmonxona va kurortlari; Radisson mehmonxonalar zanjiri; Four Seasons mehmonxonalari.

Ko' pgina mehmonxonalar hozirgi kunda wellness turizmga xos bo'lgan spa salonlari orqali wellness xizmatlarini taklif etmoqda. Wellness xizmatlarini taklif etish uchun aksariyat mehmonxonalarda sport zallari, yoga mashg'ulot xonalari, sog'lom ovqatlanish uchun maxsus restoranlar, hammom va saunalar, massaj xonalari, tuz va har xil mineral suvlar bilan gidroterapiya o'tkazish uchun maxsus qo'shimcha xonalarni zamon talab etmoqda. Xususan, CNN (Cable News Network) yaqinda xabar berishicha, Uyquga yo'naltirilgan dam olish xizmati dunyo

mehmonxonalari bo'ylab va dam olish maskanlarida paydo bo'lmoqda va pandemiyadan keyin bu xizmatga qiziqish keskin oshdi, bir qator yuqori darajada xizmat ko'rsatuvchi muassasalar e'tiborini uyqudan mahrum bo'lganlarga qaratdi, jumladan zanjir mehmonxonalar tarkibida bolgan Park Hyatt va Rosewood mehmonxonalari buning tasdigidir.

Mehmonxonalarda wellness xizmatlarini ikki guruhga bo'lish mumkin. Ular: qattiq va yumshoq guruhlar.

Qattiq wellness (Hard wellness) Yumshoq wellness (Soft wellness)

Davolovchi maxsus xonalar Wellness mashg,ulotlari(yoga xonalari, yengil yugurish zallari)

Mahsulotlar tanlovi (spa xonalari, nomerlar)

Gozallik klinikalari va salonlari Atrof-muhit muhofazasi (chiqindi,suvni qayta ishlash)

Jismoniy muhit (havo, temperatura, tabiiy yorug'lik )

Sport zallar Soglom va parhez taomlar

O'z-o'zini parvarish qilish (wellness kurslarga qatnashish, aqliy sog'lomlik,yoga anjomlari)

Spa xonalari (jakuzi, basseyn, gidroteriya, sauna, hammom) Ijtimoiy aloqalar (mehmonlar va mahalliy aholi bilan aloqada turish uchun shart-sharoitlar yaratish)

4-rasm. Mehmonxonalarda wellness xizmatlari guruhi

Ushbu rasmdan ko'rinib turibdiki, qattiq wellness guruhiga ushbu xizmatlarni tashkil etuvchi negiz ya'ni joy belgilanishi muhim bo'lib, yumshoq wellness guruhiga sayyohlar hamda mehmonxona xodimlari uchun qulay bo'lgan shart-sharoit nazarda tutilgan. Agarda shu ikkala guruh elementlarini mehmonxonalar o'zida mujassam eta olsa, uning wellness dunyosi mijozlari ko'payishi, daromadlarning oshishiga olib kelishi olimlar tomonidan tasdiqlangan.

Adabiyotlar tahlilidan kelib chiqib wellness turizmni bir nechta turlarga bo'linishini quyidagicha izohlaymiz.

Wellness turizm boshqa turizm turlari hamda xizmat ko'rsatish korxonalari bilan integratsiyalashgan holda rivojlanib bormoqda. Sayyohlarning asosiy maqsadi sayohat qilish, biznes, va h.klar bilan bir qatorda sog'lomlashtirishni ham rejalashtirib, o'z rejasiga mos mehmonxonalar tanlashmoqda. Quyidagi rasmda wellness turizmning turkumlanishini tavsiflab o'tamiz.

5-rasm. Wellness turizmning turkumlanishi

Wellness turizm

sayohatchilar turiga kora:

birlamchi

ikkilamchi

ruhiy

xizmatlar turiga kora Baqüy i! hissiy ijtimoiy tabiiy

Ijismoniyl

L

xizmatlar |mehmonxonalar joylashgan maskaniga

kora BsPortga oid

qattiq

yumshoq

xizmatlar xususiyatiga kora

madaniyatga oid

enogastronomiya

maxsus

wellness markazlar

sanatoriyalar

tabiiy resurslarga

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

boy maskanlar

ruhiyatga oid

davolashga oid

Yuqoridagi rasmda wellness turizmni 4 turi ko'rsatib o'tilgan hamda ularning har biri o'zida tegishli maqsadlarda guruhlarga bo'lindi. Wellness turizmdagi sayohatchilarni ikki turga bo'linishi ularning qaysi sog'lomlashtirish xizmatlaridan foydalanilayotganligi, undan tushayotgan daromadlar tahliliga aniqlik kiritadi. Birlamchi wellness sayohatchilari aynan maqsadlari sog'lomlashtirish bo'lganligi tufayli aniq bir destinatsiyalarga o'z salomatliklarini yaxshilash maqsadida tashrif buyurishadi. Gruziyadagi Borjomi sanatoriyasini misol qilishimiz mumkin.

Ikkilamchi wellness sayohatchilari esa, asl maqsadlari turlicha bo'lib, wellness makonlariga bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish uchun borishadi. Masalan, wellness xizmatlari mavjud mehmonxonalar yoki wellness markazlar. Bu sayyohlar uchun sog'lomlashtirish ikkinchi o'rinda turadi.

Xizmatlari turi bo'yicha wellnessning turkumlanishi wellness 6 o'lchovli modeliga borib taqaladi. Chunki, bu xususiyatida sayyoh aynan qaysi ehtiyoji uchun sog'lomlashtirish xizmati kerakligi tufayli unda tanlov imkoniyati mavjud bo'ladi.

Aqliy wellness xizmatlari miya faoliyati yaxshilashiga qaratilgan xizmatlar bo'lib, ularga meditatsiya, uyquni yaxshilash kabi xizmatlar taklif etiladi. Ruhiy wellness xizmatlari tabiatdan bahra olish, qushlarni kuzatish, baliq ovlash, yoga mashg'ulotlari bilan shug'ullanish, meditatsiyalar kiradi. Hissiy wellness xizmatlari o'z ichiga meditatsiya, san'at terapiyasi (art therapy), fitness mashg'ulotlari, uyqu terapiyasi, aromasauna, massaj kabilar kiradi. Kasbiy wellness xizmatlari joylashuviga ko'ra korxonalarda trashkil etilgan bo'lib, asosan korxona xodimlarining salomatlogi uchun xizmat qiladi, bunda asosan sog'lomlashtirish xizmatlaridan massaj, yoga, meditatsiya kabi xizmatlar taqdim etiladi. Bu xizmatlarning zarurligi ishchi xodimlarining korxonaga ishini samarali bajarilishi va daromadni yuqorilashishi uchun tashkillashtiriladi.

Ijtimoiy wellness xizmatlariga sport klublariga qatnashish, sevimli mashg'ulotlar bilan shug'ullanish, marafonlar qatnashish, meditatsiya va fitness mashg'ulotlariga qatnashish nazarda tutiladi. Asosan jamiyat bilan birgalikda shug'ullanadigan mashg'ulotlardir.

Jismoniy wellness xizmatlari keng turdagi sog'lomlashtirish xizmatlarini qamrab olgan. Chunki insonning jismoniy holatini yaxshilashga qaratilgan xizmatlar hisoblanib, ularga tabiiy resurslardan sog'lomlashtirish uchun foydalanish (tuz, qum, quyosh, balchiq terapiyalari), suzish, velosipedda sayr qilish kabi xizmatlar misol bo'la oladi.

Xizmatlar joylashgan maskanlari turiga ko'ra: mehmonxonalar, kruiz, sanatoriyalar, xususiy klinikalar, tabiiy resurslarga boy maskanlar, maxsus wellness markazlari (spa salon,basseyn, hammonlar) turlarga bo'linadi.

Mehmonxona, kruiz, sanatoriyalar, xususiy klinikalarda asosan ikkilamchi wellness sayohatchilari tashrif buyurib, ularning asl maqsadlari tunash, davolanish, dam olish, go'zallik uchun jarrohlik amaliyotini o'tash maqsadida kelishadi. Bosh vaqtlarida esa sog'lomlashtirish xizmatlaridan foydalanishadi.

O'z navbatida mehmonxonalardagi wellness xizmatlar ham 2 turga bo'linib, ular qattiq wellness guruhida xizmatlarni tashkil etuvchi xonalar ajratilishi muhim bo'lib, yumshoq wellness guruhiga sayyohlar va mehmonxona xodimlari o'rtasidagi muloqot hamda mashg'ulot jarayonlarini olib borishdagi samarali ssenariy tashkil etilgan bo'lishi kerak.

Tabiiy resurslarga boy maskanlar, maxsus wellness markazlarida esa ko'pincha birlamchi sayyohlar tashrif buyurishi amaliyotda tasdiqlangan.

Wellness xizmatlarining xususiyatiga ko'ra tasniflanishi ularning qaysi sohalar bilan integratsiyalashganidan dalolat beradi. Sog'lom turmush tarzini yo'lga qo'yishda birinchi navbatda jismoniy harakatni amalga oshirish muhimdir. Shu asnoda sportga oid wellness turiga, yengil yugurish, fitness, yoga, suzish, otda, velosipedda sayr qilish kabi wellness xizmatlarini kiritishimiz darkor.

Madaniyatga oid wellness xizmati bu har bir millatga xos bo'lgan sog'lomlashtirish xizmatlarini taklif etishdan iboratdir. Misol uchun, rus, turk, fin hammomi, o'zbeklar sandal va h.k.lar.

Enogastronomiya bu - oziq-ovqat va sharobni ta' tib ko'rishni bildirsada, wellness turizmda parhez taomlarni taqdim etuvchi maskanlarning xizmatlari tushuniladi. Sog'lom turmush tarzini yo'lga qo'yishda oziq-ovqat va ichimliklarning me'yorda iste'mol qilinishi juda muhimligi sababli aksariyat wellness makonlarida ushbu mezonga urg'u qaratiladi. Wellness markazlarida ma'lum bir mashg'ulotlardan keyin to'g'ri ovqatlanish ratsionnini taqdim etishadi yoki shifobaxsh xususiyatga ega taomlar taqdim etishadi. Masalan, Buxoro viloyati Olot tumanida joylashgan issiq qum zonasida qum terapiyasini o'tagandan keyin giyohlar bilan parvarishlangan uy hayvonlari go'shtidan sho'rva taqdim etiladi. Ba'zi mamlakatlarda sog'lom bo'lish uchun sayyohlarga ot va tuya, echki suti taqdim etiladi va h.k.lar.

Tana-aql parvarishi hamda ruhiyatga oid wellness xizmatlarga yoga, meditatsiya, uyqu terapiyasi kabilar misol bo'la oladi. Tabiat hamda atrof-muhitga oid wellness xizmatlariga baliq ovlash, qushlarni kuzatish, toza havoda sayr qilish kabilar kiritiladi. Davolash xususiyatiga oid wellness xizmatlariga issiq buloqlar, qum, quyosh, balchiq terapiyalari, go'zallik terapiyalari uchun sayyohlarning tashrifi kuzatiladi.

REFERENCES

1. Six Dimensions of Wellness Model 1976 by Bill Hettler, MD National Wellness Institute, Inc. | NationalWellness.org | 715.342.2969

2. Kauppi, K Vanhala, A., Roos, E., & Torkki, P. (2023).Assessing the structures and domains of wellness models: A systematic review. International Journal of Wellbeing 13(2), 1-19 https://doi.org/10.5502/ijw.v13i2.261

3. Mauro Dini and Tonino Pencarelli, Department of Economics, Social and Political Studies, University of Urbino Carlo Bo, Urbino, Italy, Wellness tourism and the components of its offer system: a holistic perspective, Tourism Review 77(2), 394-412pp 2022, DOI 10.1108/TR-08-2020-0373

4. Camille Hoheb and Laszlo Puczko, Wellness Tourism Worldwide, 2021, USA, p 11

5. Cornelia Voigt, Christof Pforr, Wellness Tourism, 2013, London, p 34-36

6. Alana Kathryn Dillette, Wellness Tourism: An Application of Positive Psychological Theory to Overall Quality of Life, Alabama-2016, p 97

7. Бурменко T.A. Байкальский государственный университет, Российская Федерация, к вопросу о содержании понятия "Оздоровительный туризм" региональная и отраслевая экономика. И.: - 2016. № 26(1). - С. 42-49.

8. https://globalwellnessinstitute.org/ Global Wellness Instituti

9. https://www.avisonyoung.com/documents/

10. https://en.bab.la/dictionary/italian-

english/enogastronomia#google vignettehttps://globalwellnessinstitute.org/what-is-wellness/what-is-wellness-tourism/

11. https://www.binghamton.edu/bhealthy/about/wellness-model.html

12. https://www.totalhealthsystems.com/treatment-model-vs-wellness-model/

13. https://alcoholstudies.rutgers.edu/mapping-mental-health-dr-swarbrick-the-eight-wellness-dimensions/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.