Вестник магистратуры. 2020. № 5-5 (104)
ISSN 2223-4047
УДК 002:001.4
Д.Р. Жураева, А.Г. Абдуллаева
ВОЗМОЖНОСТИ ЭКОЛОГИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ В ГЕОГРАФИЧЕСКИХ КЛАССАХ
В статье представлена информация о возможностях экологического образования на уроках географии.
Ключевые слова: география, образование, воспитание, учитель, экологическая культура.
Umumiy o'rta ta'lim maktabi о'quvchilariga ekologik ta'lim-tarbiya berish, ularda barqaror ekologik madaniyatni shakllantirishda geografiya fani hamda ushbu fan о'qituvchisining kasbiy mahorati muhim ahamiyatga ega. Ekologik ta'lim-tarbiya berish jarayoni geografiya о'qituvchisidan о'z fanini chuqur egallagan bo'lish, uni о'qitishning mohir ustasi, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni mukammal egallagan bо'lishni talab etadi. О'qituvchi о'quvchilarga beriladigan ekologik ta'lim mazmuni va hajmini aniqlayotganda ma'lum didaktik tamoyillarga amal qilishni bilishi lozim. O'zbekiston tabiiy geografiyasi kursini o'qitishda o'quvchilarga ekologik ta'lim-tarbiya berishda milliy va umuminsoniy qadiriyatlardan foydalanish imkoniyati katta. O'zbekiston tabiiy geografiyasi fani o'rganuvchi ob'ektlar haqida bunday aniq, keng fikr yuritilishi, ushbu kursdan boshlab, har bir dars mavzusida yana bir muhim masala - o'quvchilarda ekologik bilimlarni shakllantirish masalasiga ya-qindan yondashish imkonini yaratadi.
Ekologik ta'lim-tarbiya berish jarayoni geografiya o'qituvchisidan o'z fanini chuqur egallagan bo'lish, uni o'qitishning mohir ustasi, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni mukammal egallagan bo'lishni talab etadi. O'qituvchi o'quvchilarga beriladigan ekologik ta'lim mazmuni va hajmini aniqlayotganda ma'lum didaktik tamoyillarga amal qilishni bilishi lozim. Jamiyat va axborotlar oqimining jadal sur'atlarda rivojlanib borishi o'qituvchidan o'z ustida muntazam izlanishni talab etadi. O'qituvchi har bir dars mavzusiga tayyorgarlik ko'rayotganida o'z pedagogik mahoratini uzluksiz oshirib borishi zarur. Ayniqsa, dars jarayonida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni qo'llash va o'qitishning interfaol usullaridan foydalanish, o'z ustida muntazam izlanish hamda ilg'or tajribalarni ijodiy yondashgan holda o'zlashtirishni talab etadi. Geografiya o'qituvchisi ekologik muvozanat buzilgan hududlar, ifloslantiruvchi manbalarning yer yuzasida tarqalish xususiyatlarini o'quvchilarga tushuntirish, ularda tasavvurlarni hosil qilish jarayonida geografik xarita, atlas, globuslardan samarali foyda-lanishni bilishi, shartli belgilarni o'qiy va izohlay olishi shart. Zero, geografik xarita o'quvchilarda umumiy dun-yoqarashni shakllantiradi. Geografiya o'qituvchisi ekologik muammolarning yuz berishi va o'zgarishini iqtisodiy-ijtimoiy nuqtai nazardan tahlil qila olish qobiliyatiga ham ega bo'lishi zarur. Ushbu jarayonlarning jahon hamda mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta'siri, uning har bir o'quvchi oilasigacha bo'lgan aks ta'sirini mayda tafsilotlar bilan bo'lsada, tushuntirib berish o'quvchida ekologik xulq-atvor qoidalari va madaniyatni tarkib topishida yaxshi samara beradi. Har tomonlama ekologik madaniyatli o'quvchilarni tarbiyalashsa tabiat va jamiyat o'zaro aloqadorligi haqidagi bilimlarni berishning o' zigina kifoya qilmaydi. Eng muhimi tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklarini oqilona foydalanish boyicha o'quvchilarda eng zarur ko'nikma va malakalarni shakillantirish lozim. Shundagina o'quvchilarning tabiiy faoliyatini tartibga solib turadigan ekologik ong shakillanadi. Tabiat va ja-miyatning o'zaro aloqadorligi haqida darsda egallangan nazariy bilimlar o'lka materiallari negizidagi sinfdan tashqari amaliy ishlarda o'z aksini topsa, ekologik tarbiyaviy ishlarining samaradorligi yanada oshadi.
Geografiya fani o'qituvchisi ekologik ta'lim-tarbiya berish jarayonida tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari, ularning o'zaro aloqadorligi asosida yuz beradigan hodisa va voqealarni, ekologik muammolarning kelib chiqish sabablarini o'quvchilarga izohlab berar ekan, bu holat undan o'z fanidan tashqari boshqa fanlardan ham xabardor bo'lishlikni talab etadi. Shu o'rinda olim N.Q. Nazarovning "Geografiya hududlar-falsafasi, geo-graf-hududlar ekologi" degan hikmatli so'zlarini keltirib o'tish lozim. Hududdagi ekologik muammolar asosan o'sha joydagi tabiiy geografik qonuniyatlarning buzilishi negizida ro'y beradi. Tabiiy georafiya bo'yicha ekologik ta'lim-tarbiyani uyg'un holda olib boruvchi geografía o'qituvchisi o'z mutahasisligidan tashqari biologiya, kimyo, fizika, matematika fanlarini chuqur bilish ekologik jarayonlarning kechishini izohlash, sabab va oqibatlarini tushuntirish, uni raqamlarda taqqoslash imkonini beradi.
O'zining tug'ilib o'sgan maskani, ona vatanining geografiyasi haqida bilim olayotgan o'quvchi ekologik ta'lim-tarbiya bilan birgalikda ekologik tafakkurini o'stirish, vatanni ardoqlash, milliy iftixor g'ururi tuyg'usini shakllantirish orqali amalga oshirilganda o'z hatti-harakatiga ishonch tug'diradi. Mazkur ishonchni egallash oila-bog'cha-maktab ta'limi jarayonida amalga oshiriladi. Bunda o'quvchining bilish faoliyatini rivojlantirish orqali erishiladi. O'qituvchi o'quv faoliyati jarayonida qo'llagan metodlar va hosil qilgan vaziyatlar, o'quvchilarning
© Д.Р. Жураева, А.Г. Абдуллаева, 2020.
ISSN 2223-4047
Вестник магистратуры. 2020. № 5-5 (104)
atrof-olamni bilishlariga ko'maklashishi muhim ahamiyatga ega. O'quvchida hosil bo'lgan bilish, ijod qilish, mu-loqotga kirishish quvonchi uning o'quv jarayoniga bo'lgan qiziqishini oshiruvchi asosiy omildir. Bu esa, o'qituvchi faoliyatining mazmun-mohiyatini kengaytirish imkonini beradi. O'qituvchi har bir o'quvchi uchun muvaffaqiyat qozonishga yo'naltirilgan o'quv vaziyatini hosil qila olishi kerak. Muvaffaqiyat har bir o'quvchi erisha olishi uchun qulay bo'lgan o'quv vaziyatini vujudga keltirish orqali ta'minlanadi. Mutaxassislar o'quv vaziyatida o'quvchining bilish ehtiyojlarini qondirish uning rivojlanishida muhim o'rin egallashini ta'kidlab kel-moqdalar. Geografiya o'qituvchisining pedagogik mahorati asoslarini uning nazariy bilimi va malakasi tashkil qiladi. Mavjud nazariy bilim va turli xil innovatsion usullardan foydalana bilish darajasi o'qituvchining ilmiy-pedagogik mahoratini belgilab beruvchi muhim ko'rsatkichdir. Shunday ekan, geografiya fani o'qituvchisi ekologiyadan chuqur nazariy bilimga ega bo'lishi, tarbiyaning samarador usullaridan habardor bo'lishi, bu borada xalq pedagogikasining sinalgan usullaridan maqsadga muvofiq foydalana olishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar: l.Baratov P. O'zbekiston tabiiy geografiyasidan amaliy mashg'ulotlar. T. «Cho'lpon» 2005y.
ЖУРАЕВА ДИЛФУЗА РАХМАТИЛЛОЕВНА - учитель географии школы №25 Вабкентского района Бухарской области, Узбекистан.
АБДУЛЛАЕВА АЗИЗА ГОЛИБЖОНОВНА - учитель географии школы №25 Вобкентского района Бухарской области, Узбекистан.