Научная статья на тему 'VIRTUAL LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARINING BUGUNGI KUN FIZIKA O‘QITISHDAGI AHAMIYATI'

VIRTUAL LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARINING BUGUNGI KUN FIZIKA O‘QITISHDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
fizika / virtual laboratoriya mashg‘ulotlari / virtual o‘quv muhiti / amaliy o‘lchash ko‘nikmalari.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Soliyeva Muxlisa Ikrom Qizi

Mazkur maqola bugungi zamonaviy ta’lim muhiti talablarini inobatga olib, fizika fanini o‘rgatishda laboratoriya, xususan, virtual laboratoriya mashg‘ulotlarining ahamiyati haqidagi fikr-mulohazalarni o‘zida aks ettiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «VIRTUAL LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARINING BUGUNGI KUN FIZIKA O‘QITISHDAGI AHAMIYATI»

VIRTUAL LABORATORIYA MASHG'ULOTLARINING BUGUNGI KUN FIZIKA O'QITISHDAGI AHAMIYATI

Soliyeva Muxlisa Ikrom qizi

Nizomiy nomidagi TDPU Stajyor-tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.12674265

Annotatsiya. Mazkur maqola bugungi zamonaviy ta'lim muhiti talablarini inobatga olib, fizika fanini o 'rgatishda laboratoriya, xususan, virtual laboratoriya mashg 'ulotlarining ahamiyati haqidagi fikr-mulohazalarni o'zida aks ettiradi.

Kalit so 'z va iboralar: fizika, virtual laboratoriya mashg'ulotlari, virtual o 'quv muhiti, amaliy o 'Ichash ko 'nikmalari.

Аннотация. В данной статье отражены мнения о важности лабораторной, в частности виртуальной лабораторной подготовки, в преподавании физики с учетом требований современной образовательной среды.

Ключевые слова и фразы: физика, виртуальная лабораторная подготовка, виртуальная среда обучения, практические навыки измерения.

Annotation. This article reflects the opinions about the importance of laboratory, in particular, virtual laboratory training in teaching physics, taking into account the requirements of today's modern educational environment.

Key words and phrases: physics, virtual laboratory training, virtual learning environment, practical measurement skills.

Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi tizimlashtirishda zarur bo'lgan katta hajmdagi ma'lumotlar bilan tavsiflanadi. Maktab o'quvchilari kerakli axborotni mustaqil qayta ishlashni, tahlil qilishni o'rganishi va ular asosida xulosalar chiqarishi, shuningdek, olingan ma'lumotlar asosida qarorlar qabul qilishi, ma'lumotlar va ularni boshqa manbalar, hayotiy tajribalar bilan taqqoslashni o'rganishi bugungi davr talablaridandir. Shu munosabat bilan zamonaviy dars jarayonlariga yangi darslar kiritilmoqda. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad va

vazifalar talabalarning o'zlari tomonidan o'zlarini shakllantirish; talabalar tomonidan maqsadga erishish yo'llarini mustaqil rejalashtirish; qiyinchiliklarni mustaqil tuzatishni amalga oshirish demakdir. Shuning uchun, Davlat ta'lim standarti belgilangan ta'lim vazifasi, deb talabalarda sohaga oid mavzu ko'nikmalarini rivojlanishini ta'minlashdan iborat.

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasining 2022-2026-yillarda rivojlantirishning yettita ustuvor Yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasidan -Taraqqiyot strategiyasi sari tamoyiliga asoslangan Davlat dasturi ishlab chiqildi. Unda umumta'lim maktablarida ta'lim sifatini oshirish, pedagog-kadrlarning bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish masalasiga ham alohida e'tibor qaratilgan.

Jumladan, fizika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi PQ-5032-sonli qarorida:

Bugungi kunda ta'lim muassasalarida fizika fanini o'qitish sifatini oshirish, ta'lim jarayoniga zamonaviy o'qitish uslublarini joriy qilish, iqtidorli o'quvchilarni saralash, mehnat bozoriga raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka yo'naltirishga katta e'tibor qaratilib kelinmoqda.

Fizika nafaqat fundamental, balki eksperimental fan bo'lganligi sababli bo'lajak fizika o'qituvchisi ham mazkur soha bo'yicha keng qamrovli nazariy va amaliy bilim hamda ko'nikmalarga ega bo'lishi zarur hisoblanadi. Bundan ko'rinadiki, har bir fizika o'qituvchisidan fizikaning zamonaviy yutuq va kashfiyotlarini chuqur hamda mustahkam bilish talab qilinadi, bunda esa nazariy bilimlarning o'zi kamlik qiladi. Nazariy olgan bilimlarni amaliyotda qo'llashda, fizika yo'nalishi bo'yicha har tomonlama yetuk malakali kadr bo'lishda laboratoriya mashg'ulotlarining o'rni beqiyos ekanligini unutmaslik joiz.

Bugungi kunda pedagogika oliy ta'lim muassasalarida fizika sohasida ta'lim olayotgan talabalarga fizikadan laboratoriya mashg'ulotlarini tashkil qilishda turli xil muammolarga duch kelinmoqda. O'tkazilgan pedagogik tadqiqotlar, o'rganishlar

hamda kuzatishlar laboratoriya darslarida talabalarning fizika va matematika fanlaridan tayyorgarligi va boshlang'ich eksperimental ko'nikmalaming shakllanganlik darajalari turlicha ekanligini ko'reatadi. Fizika darslarida laboratoriya mashg'ulotlaгida talabalarning laboratoriya ishini bajarishga bo'lgan ishtiyoqi juda yuqori va aksincha layoqati juda past bo'lgan talabalarning mavjudligi ularni laboratoriya ishlarini bajarish va bajargan ishlari bo'yicha malaka, ko'nikmalami egallash juda zarur sanaladi. Yuqoridagi muammolarni hisobga oladigan bo'lsak, laboratoriya mashg'ulotlarini olib borishni takomillashtirish va zamonaviy innovatsion metodlar ishlab chiqish zarur.

Fizika darslarida talabalar laboratoriya ishlarini bajarar ekan, avvalambor, fizika kursining qaysi bo'limi bo'yicha ekanligiga ko'p e'tibor beradi. Masalan, mexanika bo'limida laboratoriya ishlari birmuncha sodda va talabaning ko'praq ishlashini talab etadi. Molekulyar fizika bo'limida esa ishlar nisbatan qiziqarli, hozirgi oliy o'quv yurtlaridagi mavjud laboratoriyalarda bunda talaba ishlarni ko'proq jamoa bo'lib bajarishga harakat qiladi, bu esa talabalarning barchasi birdek ishni bajarishi va natijalarni har bir talabaning shaxsan o'zi olishi natijalarni hisoblashda ham jamoadan foydalanish ayrim talabalarning bu ishga qiziqishini kamaytiradi. Elektr bo'limidagi laboratoriya ishlari talabalar uchun qiziq bo'lib, ko'praq pedagogika institutidagi dasturlarni inobatga olganda, kundalik turmush tarzi bilan bog'liq bo'lgan laboratoriyalar sanaladi, talaba bu ishlarni o'z qo'li bilan bajarishga qiziqadi. Undan chiqadigan natijalar, ishdagi asbob-uskunalarning aksariyati elektr toki bilan bog'liqligi, hozirgi zamonaviy laboratoriya qurilmalarida raqamlarning ko'rinib turishi va ishda olingan natijalarning xatoligi kam chiqishi talabalarni qiziqishiga sabab bo'ladi. Yana fizikaning optika bo'limida laboratoriya ishlari ham olib borilishi mumkin.

Virtual o'quv muhitida keng qamrovli ma'lumotlarni taqdim etish dolzarb vazifadir. Chunki bu jarayonda zamonaviy ta'lim nashrlari tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlaгdan berish va ular asosida o^ganishning o'zigina yetarli emas. Virtual muhit o'rganilayotgan tushuncha, o'rganilayotgan qonunning mohiyatini

anglashda har bir talaba va ham o'qituvchi rahbarligida hodisalarni mustaqil kuzatish, turli tomonlarini ochish imkonini beradi.

Fizikani o'rganayotganda talabalar nafaqat undan ma'lumot olishadi, balki o'qituvchilar va o'quv adabiyotlaridan, shuningdek, laboratoriya sinovlarini o'tkazishda mashg'ulot xonasida ham, uyda ham ishlashlari mumkin. Zamonaviy ta'lim sohasida jarayonning majburiy qismi — bu seminarda amalga oshiriladigan laboratoriya mashg'ulotlaridir. Laboratoriya mashg'ulotlarining asosiy maqsadlari:

- turli xil uskunalar bilan ishlash uchun amaliy ko'nikma va malakalarni shakllantirish;

- eksperimental ma'lumotlarni olish va qayta ishlash;

- ishni rejalashtirish ko'nikmalarini orttirish;

- natijalarni tahlil qilish va ularni umumiy ma'lum ma'lumotlar bilan solishtirishdir.

Demak, fizikani o'qitishda kirish qismida axborot texnologiyalarini qo'llashning ahamiyatliligini va davr talabi ekanini hisobga olish kerak. Bu bugungi o'quv jarayonida axborot texnologiyalariga asoslanishidan darak beradi. Agar axborot texnologiyalari mavjud ta'lim texnologiyalarini samarali ravishda to'ldirsa yoki an'anaviyga nisbatan qo'shimcha afzalliklarga ega o'qitish shakllariga ega bo'lsa, masalan, virtual laboratoriyalardan foydalanish fizika o'qitishda laboratoriya ishlarini yanada qiziqarli va tajribalarni ko'proq qilishda yorqin, shu bilan birga, talabalarning o'rganayotgan mavzulariga qiziqishini oshirish imkonini beradi.

Globallashuv jarayonlari bugungi kunda soha mutaxassislarini tayyorlashda innovatsion texnologiyalar sharoitiga mos va xos amaliy ishlarni olib borishni dolzarb vazifa sifatida belgilamoqda. Virtual laboratoriya ishlari shu sababli ham zamonaviy ta'limda talabalarga fizika fanini o'rgatishda yaxshi yordamchi bo'ladi. Biroq bu jarayonda kamchiliklar ham mavjuddir. Agar umumta'lim maktablarida biz haqiqiy ishni virtual ish bilan almashtirsak, unda bu o'quvchilarning real vaziyatlardan uzilishiga olib keladi. Virtual laboratoriya ishlarini bajarishda

asboblar va jihozlardan foydalangan holda fizik miqdorlar, malakalar eksperimentni qo'llashda amaliy o'lchash ko'nikmalarini rivojlantirmaydi.

Virtual laboratoriya ishi model bo'lgani uchun har doim o'rganilayotgan hodisa yoki ob'yektning o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. Bundan tashqari, aksariyat hollarda virtual laboratoriya ishlari individual ravishda amalga oshiriladi, bu esa talabalarning guruhlarda ishlash imkoniyatidan mahrum qiladi.

O'quv muhitiga virtual laboratoriya ishlarini joriy etish, albatta innovatsiondir. Ba'zi talabalar guruhlari uchun o'rganilayotgan materialini o'rganishi va chuqurroq tushunishi uchun juda foydali va muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin. Bu ma'lumotlar va nazariyalar asosida virtual laboratoriya mashg'ulotlari xuddi boshqa sohalarning afzallik va kamchiliklari bo'lganidek ikki tomonlamadir. Ya'ni virtual laboratoriya mashg'ulotlarining yuqorida birin-ketinlikda aytilgan afzalligini ham kamchiligini ham e'tibordan chetda qoldirmay, fizikani o'rgatishda o'rinli qo'llay bilish darkor. Lekin laboratoriya ishi talabalar fizika darslarida ko'proq ma'lumotlarni o'rganishni istashlarida eng muhim tadbirlardan biri ekanligini ham yodda tutish kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026 -yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi PF-60-son Farmoni. (Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/60/0082-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 10.02.2023-y., 06/23/21/0085-son; 03.01.2024-y., 06/24/221/0003-son).

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi "Fizika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5032-son Qarori. - (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 19.03.2021 y., 07/21/5032/0226-son, Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022 y., 06/22/106/0314-son, Qonunchilik ma'lumotlari

milliy bazasi, 12.05.2022 y., 07/22/241/0408-son; 31.08.2022 y., 06/22/214/0791 -son; 03.12.2022 y., 06/22/258/1064-son).

3. Хужанов Э.Б. Преподавание физики в общеобразовательных школах на основе статистического метода. Проблемы современного образования. Электронный журнал. http: //www. pmedu. ru - Москва, 2019. - №2 1. - С. 175— 182.

4. Хужанов Э.Б. Формирование статистических понятий при изучении основ молекулярной физики и термодинамики в общеобразовательных школах. -"Психология и педагогика в системе современного гуманитарного знания XXI века" (ПП-57). КАЗАНЬ - 2018., - с. 299-301.

5. Козленко А.Г. Виртуальные лабораторные работы в преподавании естественных наук. // [Электронный ресурс]. URL: http://ito.edu.ru/2004/Moscow/n/1/n-1-4599.html (дата обращения: 23.03.2020)

6. Tolegenova M.T. Bo'lajak fizika O'qituvchlarining kreativlik kompеtеntsiyalarini shakllantirish. Science and innovation international scientific journal volume 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337. 2022. B.2434-2438.

7. Олейник Н. Ю. Методические аспекты реализации виртуальных лабораторных работ по техническим дисциплинам» / Н. Ю. Олейник, С. М.Березенская / Дидактика XXI века. - Самара, 2014. - С. 290-294.

8. Павлова М. С. Система организации фронтальных лабораторных работ: материалы XV Всероссийской науч.-практ. конф.-г.Глазов: ГГПИ, 2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.