Научная статья на тему 'UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA FIZIKANI O‘QITISHDA EKSPERIMENTAL YONDASHUV'

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA FIZIKANI O‘QITISHDA EKSPERIMENTAL YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
fizika ta’limi / fizika tajribalari / fizika o‘rgatish / darsga tayyorgarlik / modernizatsiya / ta’lim jarayonini modernizatsiyalash / uzluksiz ta’lim / namoyish tajriba / pedagogik dasuriy vositalar / ta’lim / laboratoriya / ilm / fan / texnika / texnologiya / fizika

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Umida Omonqulova Husanovna, Choriyeva Gulsora Yusupovna

Umumta’lim maktabda fizikani o‘qitishda namoyish tajribalardan foydalanish fan o‘qituvchilari tomonidan mavzuni muvaffaqiyatli yetkazib berish va o‘quvchilar tomonidan mavzuni o‘zlashtirish uchun juda muhimdir. Maqolada umumta’lim maktablarida fizika ta’limi jarayonini zamonaviy axborot texnologiyalari bilan modernizatsiya qilish, shuningdek, namoyish tajribalar zamonaviy pedagogik dasuriy vositalar asosida takomillashtirish hamda didaktik talablarini shakllantirishning metodik asoslarini yaratish masalalari qaralgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA FIZIKANI O‘QITISHDA EKSPERIMENTAL YONDASHUV»

UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA FIZIKANI O'QITISHDA EKSPERIMENTAL

YONDASHUV

1Umida Omonqulova Husanovna, 2Choriyeva Gulsora Yusupovna

1DTPI, 2TTA Termiz filiali https://doi.org/10.5281/zenodo.11116073

Annotatsiya. Umumta'lim maktabda fizikani o'qitishda namoyish tajribalardan foydalanish fan o'qituvchilari tomonidan mavzuni muvaffaqiyatli yetkazib berish va o'quvchilar tomonidan mavzuni o'zlashtirish uchun juda muhimdir. Maqolada umumta'lim maktablarida fizika ta'limi jarayonini zamonaviy axborot texnologiyalari bilan modernizatsiya qilish, shuningdek, namoyish tajribalar zamonaviy pedagogik dasuriy vositalar asosida takomillashtirish hamda didaktik talablarini shakllantirishning metodik asoslarini yaratish masalalari qaralgan.

Kalit so'zlar: fizika ta'limi, fizika tajribalari, fizika o'rgatish, darsga tayyorgarlik, modernizatsiya, ta'lim jarayonini modernizatsiyalash, uzluksiz ta'lim, namoyish tajriba, pedagogik dasuriy vositalar, ta'lim, laboratoriya, ilm, fan, texnika, texnologiya, fizika.

Аннотация. Использование демонстрационных экспериментов при преподавании физики в общеобразовательной школе очень важно для успешной сдачи предмета учителями естественных наук и усвоения предмета учащимися. В статье рассматриваются вопросы модернизации процесса обучения физике в общеобразовательных школах современными информационными технологиями, а также совершенствования демонстрационных экспериментов на основе современного педагогического инструментария и создания методических основ формирования дидактических требований.

Ключевые слова: физическое образование, физические эксперименты, преподавание физики, подготовка уроков, модернизация, модернизация учебного процесса, непрерывное образование, демонстрационный опыт, педагогический инструментарий, образование, лаборатория, наука, техника, технология, физика.

Abstract. The use of demonstration experiments in the teaching of physics in a comprehensive school is very important for the successful delivery of the subject by science teachers and mastery of the subject by students. The article deals with the issues of modernizing the process of physics education in general education schools with modern information technologies, as well as improving demonstration experiments based on modern pedagogical tools and creating methodological bases for the formation of didactic requirements.

Key words: physics education, physics experiments, physics teaching, lesson preparation, modernization, modernization of the educational process, continuous education, demonstration experience, pedagogical tools, education, laboratory, science, science , technique, technology, physics.

Kirish

Bugungi davrga kelib, fan va texnikaning jadal rivojlanishi ilmiy axborotlar ko'lamining ko'payishiga olib kelmoqda. Bu esa, o'z navbatida, ilmiy bilimlar asosida shakllantirilgan o'quv fanlarining mazmuni yil sayin yangi bilim va tushunchalar bilan boyitib borilishi tufayli fan asoslaridagi o'quv materialining hajmi ortishiga sabab bo'lmoqda. Amaldagi o'quv mashg'ulotlari uchun ajratilgan vaqt me'yorlari esa katta hajmdagi o'quv materialining o'quvchilar tomonidan to'laqonli o'zlashtirilishiga imkon bermaydi. Demak, mavjud vaqt me'yorlariga amal qilgan holda

o'quv materialining mazmunini o'quvchilarga etkazib berish uchun ta'limda yangicha yondashuv talab etiladi. Bunday yondashuv zamonaviy ta'limda fanlararo bog'lanish tarzida amalga oshirib kelinmoqda.

O'qitish texnologiyasi - o'qitishning maqsadiga yetish uchun tanlab olingan metodlarni, vositalarni turli shaklda qo'llash, boshqacha aytganda, o'quvchilarga bilim berish tarbiyalash va rivojlantirishning unumli yo'lini ifodalaydi.

Fizika ta'limida o'rganilayotgan fizik hodisalarning aksariyati namoyish va frontal eksperimentlarning rejalashtirilgantizimdan foydalanmasdan ya xsh o'zlashtirilishi mumkin emas. Namoyish tajribalarning analoglari mavjud emas, ya'ni, tabiat hodisalarini kuzatish, kompyuter animatsiyalari yetarli emas. Shuning uchin pedagogik tayyorlash jarayonida laboratoriya jihozlaridan tashqari pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish yuqori samaradorlikka olib keladi

Adabiyotlar tahlili va metodologiya

Fizika fanini o'qitishda o'quvchilar ongida nazariy modelning tasavvurlarini shakllantirish, hodisalar va jarayonlar bilan tanishtirishning samarali metodlarini ishlab chiqish muhimdir. Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish uchun informatsion texnologiyada fizik bilimlardan keng foydalaniladi. Ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalangan holda darslarni tashkillashtirish uchun maxsus dasturiy ta'minotlar bo'lishi kerak [6,7]. Ta'lim tizimida multimediyali elektron o'quv adabiyotlar, ma'ruzalar, virtual labaratoriya ishlari, har xil animatsion dasturlar va yana boshqa ishlarni yaratishda kerak bo'ladigan maxsus dasturlar mavjud. Fizik jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beradigan dasturlarga: Origin, MathCad, MatLab, Maple, Crocodile Physics, Electronics, Interactive Physics, Workbench va boshqa dastur paketlarini misol keltirish mumkin. Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish uchun informatsion texnologiyada fizik bilimlardan keng foydalaniladi [8-10].

Kompyuterda virtual laboratoriya ishlarini bajarishning afzalliklari juda ko'p: o'quvchilarda ma'lum malakalarni shakllantirish vaqti qisqaradi; mashq qilinadigan topshiriqlar soni oshadi; talabalarning ishlash surati jadallashadi; kompyuter tomonidan faol boshqarishni talab qilinishi natijasida talaba ta'lim subektiga aylanadi; talabalar kuzatishi, mushohada qilishi qiyin bo'lgan jarayonlarni modellashtirish va bevosita namoyish qilish imkoniyati hosil bo'ladi. Har bir darsni qiziqarli va esda qolarli o'tishida har bir pedagog o'qituvchi o'quv laboratoriya mashg'ulotlarini internet muhitida vebga yo'naltirilgan ta'lim tizimida mavjud bo'lgan turli hil vedio roliklar va virtual laboratoriya ishlarini talabalar bilan birgalikda bajarib, tushuntirib berilganda talabalar har tomonlama bilimga ega bo'ladi [11]. Bugungi kunda o'qitishning ananaviy ko'rinishidan farq qiladigan zamonaviy axborot texnologiyalarini qo'llash orqali o'qitishni tashkil etish yuqori samaradorlikka erishishga imkoniyat yaratadi.

Natijalar

Ta'lim jarayoniga zamonoviy texnologiyalarni qo'llash orqali ta'limning sifat va samaradorligini oshirishimiz mumkin. Ta'lim muassasalarida fizika fani ilmiy dunyoqarashni shakllantirish uchun juda boy imkoniyatlarga ega. Fundamental fizika nazariyalariga asosan fizika kursi materiallari to'g'ri va yagona sistemaga keltirilgan. Bu esa fan olamidagi barcha ilmiy yo'nalishlarning g'oyalari asosidagi ilmiy bilimlar talabalarning ilmiy fikrlashini shakllantirish uchun asos bo'ladi, degan xulosaga olib keladi. Tabiiy fanlarning rivojlanishi oqibatida texnologik taraqqiyot ham rivojlanib boradi.

Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, o'quv tajribasi, o'qituvchining tayyorgarligi, darsni rejalashtirish va o'qitish yuklamasi fizika o'qituvchilari tomonidan olib boriladigan tajribalarning miqdori va sifatiga ta'sir qiladi.

Quyida keltirilgan dasturiy vositalardan foydalanib umumta'lim maktab o'quvchilariga Fizikaning Optika bo'limiga oid bo'lgan hodisalarni o'rgatish mumkin:

2-rasm. Nyutonning Reflektori (Teleskopi).

3-rasm. Ko'zning ko'rishini o'rganish va tuzatish (linzalar)

Bugungi kunda namoyish tajribalarni virtual konstruktor dasturlar bilan boyitishimiz natijasida murakkab fizik hodisalarni ham kuzatishimiz va yuqori aniqlikda natija olishimiz mumkin. [4]

Fizik jarayonni o'rganish albattanma'lum bir model, ya'ni mazkur jarayonning mavhumlashtirilgan, soddalashtirilgan obrazi asosida olib boriladi. Real fizik jarayonning immitatsion kompyuter modelini yaratishda ma'lum bir model asos qilib olinadi.

Muhokama

Jamiyat taraqqiyoti, mamlakatimizda ta'lim sohasida o'tkazilayotgan islohotlar jahon andozasiga mos yetuk va yuqori darajada fikrlaydigan mutaxassislar tayyorlashni taqozo etadi. Shu munosabat bilan ilmiy-metodik izlanishlar olib borish, jumladan, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda yangi turdagi dars mashg'ulotlarini tashkillashtirish zaruriyati tug'iladi.

Izlanishlar natijasida, namoyish tajribalarni pedagogik dasturiy vositalar yordamida o'tkazish yuqori samaradorlikka erishishga, fizik hodisalarni har tomonlama mukammal tasvirlashga sharoit yaratishini ko'rishimiz mumkin bo'ladi.

Virtual tajriba namoyishlari iqtisodiy va texnik jihatlarga ko'ra yanada qulayroq. Fizikaning Optika bo'limidan ananaviy namoyish tajribalarda faqat ba'zi paramertlarni kuzatish imkoniyatiga egamiz. Virtual modellar yordamida boshqa optik xususiyatlarini kuzatishimiz mumkin va parametrlarni yetarlicha o'zgartirishimiz mumkin. Yuqorida aytilgan mulohazalardan kelib chiqib pedagogik dasturiy vositalar yordamida zamonaviy namoyish tajribalarni yaratish imkoniyatiga egamiz.

Xulosa

Bugungi kunga kelib informatsion texnologiyalardan foydalanish ko'zga ko'rinmas, tez yoki sekin o'tuvchi jarayonlarning, murakkab hodisalarning fizik mexanizmlarni animatsiya qilish imkonini yaratadi. Shunday ekan ta'lim jarayoniga zamonoviy texnologiyalarni qo'llash orqali ta'limning sifat va samaradorligini oshirishimiz mumkin. Ta'lim muassasalarida fizika fani ilmiy dunyoqarashni shakllantirish uchun juda boy imkoniyatlarga ega. Fizika eksperimental fanligini nazarda tutib, ma'ruza mashg'ulotlarini namoyish tajribalarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Namoyish tajribalar fizikadan ma'ruza mashg'ulotlarining uzviy qismi hisoblanadi. Virtual konstruktor dasturlar asosida namoyish tajribalarni takomillashtirish fizika o'qitish samaradirligini oshirishga xizmat qiladi.

Bundan ko'rinib turibdiki, pedagogika oliy ta'lim muassasalarida fizikadan nazariy va amaliy mashg'ulotlarni mazmuni bakalavr ta'lim yo'nalishining o'quv rejasidagi mutaxassislik fanlarining mazmuniga singdirilish zarurligi aniqlandi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Kurbanov M. Turakhonov F. (2021). Analysis of software with the opportunity to model physical processes in specialized schools / American journal of social and humanitarian research. AJSR, ISSN: 2690-9626. Vol.2, No.10. Pp. 313-321.

2. Turakhonov F. (2021). Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirishning metodikn asoslari / Pedagogik mahorat ilmiy-nazariy va metodik jurnal. - Buxoro. 6-son. -B. 105-109.

3. Kurbanov M. (2008). Fizikadan namoyish eksperimentlarining uslubiy funktsiyalarini kengaytirishning nazariy asoslari. Monografiya. Fan.

4. Kurbanov M. Turakhonov F. (2023). Fizika o'qitishda zamonaviy namoyish tajribalarga qo'yilgan talablar. Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515

5. To'raxonov Fozil Bobonazarovich, Omonqulova Umida Husanovna (2024) fizikani namoyish tajribalar yordamida takomillashtirishning metodik asoslari. Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515

6. Xamidov V.S., Karimov X.N. Vebga yo'naltirilgan adaptiv tizimlarini yaratish// pedagogika jurnali//2017. Vbipusk №6, 99-106 betlar.

7. Imamov E.Z., Karimov X.N. O'qitishning kredit tizimiga o'tishda talabalarning psixologik fiziologik muammolari//Hozirgi zamon aniq va texnik fanlar muammolari va uning yechimlari// "Respublika ilmiy-nazariy anjuman". Nukus-2018, 21-23 betlar.

8. Э.З.Имамoв Х.Н.Каримoв, C.C.Халилoв, А.Э.Имамoв. // Будущее за o6y4eH^M с активным npo^ccoM самooбразoвания стyдентoв. //«Science and innovation» international scientific journal.

9. X.N.Karimov, M.M.Asfandiyorov, M.A.Axmadov. //Zamonaviy yondashuvlar asosida fizika o'qitishni rivojlantirish.// Engineering problems and innovations. 2023. -P. 113-115

10. Kh.N.Karimov. // Methods of self-education in teaching students physics using ictinformation and computer technologies. // International Interdisciplinary ResearchJournal, 11(2), -С. 471475.

11. B.B.Turdiqulov, O'S.Nazirov, Yu.N.Karimov. // Atom va molekulalarning yorug'likni yutishi va nurlanishi // UIF = 8.1 | SJIF = 5.685. 2022. -C. 1252-1258.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.