Научная статья на тему 'VAVILOV SOY NAVIDAN YUQORI VA SIFATLI HOSIL YETISHTIRISHDA TUPROQ IQLIM SHAROITINING AHAMIYATI'

VAVILOV SOY NAVIDAN YUQORI VA SIFATLI HOSIL YETISHTIRISHDA TUPROQ IQLIM SHAROITINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
soya / soya uni / tuproq harorari / tuproq unumdorligi / tuproq ekologiyasi / tuproq agrotexnikasi.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Xushvaktova X.S., Hamroyeva M.K., Xalmuratov M.A., Muxtorova K.Sh.

Soya navlari respublikamizning barcha viloyatlarida asosiy va takroriy ekishga moslashgan va yetishtirish agrotexnikasining ahamiyati.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «VAVILOV SOY NAVIDAN YUQORI VA SIFATLI HOSIL YETISHTIRISHDA TUPROQ IQLIM SHAROITINING AHAMIYATI»

Udk: 633.853.52:631.531.1.

VAVILOV SOY NAVIDAN YUQORI VA SIFATLI HOSIL YETISHTIRISHDA TUPROQ IQLIM SHAROITINING

AHAMIYATI

*Xushvaktova X.S., 2Hamroyeva M.K., 3Xalmuratov M.A., 4Muxtorova K.SH.

1DTPI p.f.d., dotsent 2DTPI kafedra mudiri b.f.f.d. (PhD), dotsent 3DTPI b.f.n.

4DTPI 10-B-2020 guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11426313

Annotatsiya. Soya navlari respublikamizning barcha viloyatlarida asosiy va takroriy ekishga moslashgan va yetishtirish agrotexnikasining ahamiyati.

Kalit so'zlar: soya, soya uni, tuproq harorari, tuproq unumdorligi, tuproq ekologiyasi, tuproq agrotexnikasi.

Аннотация. Сорта сои, адаптированные к основному и повторному посеву во всех регионах нашей республики, и значение агротехники возделывания.

Ключевые слова: соя, соевая мука, температура почвы, плодородие почвы, экология почвы, агротехника почвы.

Abstract. Soybean varieties adapted to main and re-sowing in all regions of our republic, and the importance of agricultural cultivation technology.

Key words: soybean, soybean flour, soil temperature, soil fertility, soil ecology, soil agricultural technology.

Soya navlari respublikamizning barcha viloyatlarida asosiy va takroriy ekishga moslashgan va yetishtirish agrotexnikasi ishlab chiqilgan. Soya-bir yillik o'simlik bo'lib bo'yining balandligi 40-200 sm.gacha bo'lib, vegetatsiya davri 70-140 kunni tashkil qiladi. Biologiyasiga ko'ra bahorgi va yozgi ekin, navlariga qarab 1800-2600 0S effektiv harorat talab qiladi. Urug'larining unib chiqishi uchun minimal harorat 8-10 0S, optimal harorat 14-15 0S zarur.

Avvalo shuni aytish kerakki, planetamizdagi umumiy suv zahirasi 1454,3 million kub/kilometrligi va shundan 3 foizigina chuchuk suv ekanligi aniqlangan. Shu 3% suvdan ishlatilishi mumkin bo'lgani 0,3% ni tashkil qiladi. Shuning uchun undan ehtiyotkorlik va tejamkorlik bilan foydalanish eng muhim vazifa hisoblanadi. O'simlikning, qolaversa, qishloq xo'jaligi ekinlarining 80%, ba'zilarining esa 90% qismi suvdan iborat. 1 g quruq modda hosil qilish uchun 4-5 g suv kerak bo'ladi. Bunday qaraganda, o'simlikda suv keragidan ortiqcha bo'lib ko'rinadi, lekin turli ekinlarning suv sarfini ko'rib chiqqanimizda boshqacharoq fikrga kelamiz. Kuzgi bug'doy suvni ancha tejab sarflaydigan o'simlik bo'lib 1 g quruq modda hosil qilish uchun 450-600, bahorgisi esa yanada kamroq - 340-500 g, arpa 300-350, qo'noq esa 200-300 g suv sarflaydi. Qizil bedaning suv sarfi 310-900 g, lekin u olgan suvini sekin-astalik bilan sarflaydi. Sholi o'simligi doimo suvda tursa ham 600-800 g sarflaydi.

Ta'kidlash joizki, o'simliklar tuproqdan kerakli oziqa moddalarni olishi uchun asosiy vosita transpiratsiya hisoblanadi. Shuning uchun suv bilan ta'minlanganlik darajasiga ko'ra har xil tuproq sharoitlarida ekinlarni tanlab ekish kerak.

Aholining qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish uchun ekinlardan yuqori hosil olish, ayni paytda tayyorlangan xom ashyoning arzon va sifatli bo'lishiga erishishni, ularni yetishtirishga sarflanadigan suv va oziqa elementlaridan unumli foydalanishni taqozo etmoqda.

Yuqorida bayon qilingan Respublikamiz dehqonchiligidagi bir qator muammolarga qaramay, keyingi yillarda tuproq unumdorligiga maqbul ta'sir ko'rsatuvchi soya o'simligini qaysi haroratda janubiy xududlarda o'sishi, rivojlanishi to'la o'rganilmagan. Lekin, boshqa davlatlarning tuproq-iqlim sharoitlarida olib borilgan ilmiy izlanishlarning natijalarini keltirishni maqsadga muvofiq deb hisobladik.

Soya o'simligi iqlim sharoitiga qarab vegetativ massa hosil etishi uchun ko'p miqdorda namlik talab etadi. Transpiratsiya koeffitsienti iqlim sharoitiga qarab o'zgarib boradi. Nam iqlimli xududlardp o'suvchi o'simliklarda transpiratsiya koeffitsienti kichik bo'ladi. Soya navlarining rivojlanish fazalarida suvga bo'lgan talabi har xil. Soya urug'i pishishi va o'sishi vaqtida o'z og'irligiga nisbatan 150 % suvni qabul qiladi. Soya ekilgandan keyin birinchi chin barg chiqarishi va shoxlanguncha ildizi jadal rivojlanadi yoki yer osti qismi tez rivojlanadi, ammo yer yuzidagi qismi sekin rivojlanadi. Shu sababli bu davrda suvning umumiy bug'lanishga sarfi minimal miqdorda bo'ladi. Bu vaqtda transpiratsiya koeffitsienti maksimal qiymatga ega va 915 ga teng bo'ladi, bu vaqtdan keyin shoxlab gullaguncha 457 ga, qiyg'os gullab-dukkaklash davrigacha 239 ga teng bo'ladi. Don tugish va pishishi davrida bu ko'rsatkich eng yuqori darajaga, ya'ni 989 ga teng bo'ladi.

Demak, Surxondaryo viloyatining bo'z tuproqlar sharoitida olib borgan izlanishlarimizda ekin sifatida ekilgan soya o'simligining Vavilov navini dominant belgilarini keyingi avlodga o'tishi bilan bir qatorda bilan xosildorligini ko'tarish uchun o'rganildi. Tajriba tizimi keltirilgan bo'lib, soya navlarining hosildorligiga tuproq va havo haroratining ta'siri borligi bo'yicha olingan ko'rsatkichlarni alohida tahlil qilmoqchimiz. Janubiy xudud xisoblanga Surxondaryo viloyatida soya o'simligini maqbul navlari va ushbu navlarga qaysi havo harorati ijobiy ta'sir ko'rsatishi va tuproq namligi va harorat kabi omillarni o'rganishni muhimligi shundaki, bu omillar soyaning Vavilov navida asosiy xosildorlikni belgilovchi ko'rsatkichlardan bo'lib xisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Mirziyoev Sh.M. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.04.2019 y. PQ-4292-son "O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to'g'risida"gi Qarori

2. Yormatova D. Donli ekinlar. Toshkent. Fan va texnologiya. 2014.

3. Лукомес. В.М. Инновациннке технологии возделывания масличных култур. Краснодар 2017 г.

4. Пенчуков В.М., Медяников Н.В. Структура урожая сои при различных нормах и способах посева. В кн. Селекция и агротехника сои. Новосибирск. 1982 г. С. 48-52.

5. Борешевская О.А. Увеличение сроков сева наросш. и развитие сои //. Итоги исследования по сое за годы реформирования и направления НИР на 2017-2010 гг. Сб. статей координ. Совета, - Краснодар, 2013, 195-197 с.

6. Кочегура А.В. Резултаты и перспетивы НИР по селексии сои // Итоги исследований по сое за годы реформирования и направления НИР на 2017-2010 гг. (Сб статей коор. -Краснодар, 2013, 7-15 с.

7. Баранов В.Ф. Консепсия полевой технологии возделивания сои. В кн. Селекция и агротехнология сортов сои северного экотипа. -Воронеж, 2019, 39-43 с.

8. Ugo Toro Korrea. Osobennosti vozdelbrvaniya novbix sortov soi. V kn. Seleksiya i agrotexnologiya sortov soi severnogo ekotipa. -Voronej, 2019, 60-64 s.

9. Massino I., Axmedova S., Xafizov I. Takroriy ekinlar parvarishi. O'zbekiston q/x j. 2007, №2, 9 b.

10. Yormatova D.Yo. O'simlikshunoslik. -T., 2021, 110-121 b.

11. Ёрматова Д.Ё., Сафаров К. Итоги изучения сои в Узбекистане. // Сб. статей корд. совет. Краснодар, 2008, 63-74 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.