Научная статья на тему 'SOYA O ‘SIMLIGINING GEOGRAFIK TARQALISHI VA IQTSODIY AHAMIYATI'

SOYA O ‘SIMLIGINING GEOGRAFIK TARQALISHI VA IQTSODIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
sabzavot soya / dukkakdoshlar oilasi / oziq-ovqat / sanoat / geobotanika / yalpi hosildorlik.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — To‘Rayev Sohib, Baratov Javohir, Hamroyev Olim, Ergashev Azamat

Ushbu maqolada dukkakdoshlar oilasiga mansub sabzavot soya (Glycine maxim) o’smligining xorijiy va mahaliy navlari kelib chiqishi, geobotanik tarqalishi butun jahon oziq-ovqat sanoatida tutgan o’rni, biologik tasnifi, o’sishi va rivojlanishi, yetishtirilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SOYA O ‘SIMLIGINING GEOGRAFIK TARQALISHI VA IQTSODIY AHAMIYATI»

SOYA O 'SIMLIGINING GEOGRAFIK TARQALISHI VA

IQTSODIY AHAMIYATI

1To'rayev Sohib, 2Baratov Javohir, 3Hamroyev Olim, 4Ergashev Azamat

1,2,3,4Denov tadbirkorlik va pedagogika institute https://doi.org/10.5281/zenodo.11117018

Annotatsiya. Ushbu maqolada dukkakdoshlar oilasiga mansub sabzavot soya (Glycine maxim) o 'smligining xorijiy va mahaliy navlari kelib chiqishi, geobotanik tarqalishi butun jahon oziq-ovqat sanoatida tutgan o'rni, biologik tasnifi, o'sishi va rivojlanishi, yetishtirilishi haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: sabzavot soya, dukkakdoshlar oilasi, oziq-ovqat, sanoat, geobotanika, yalpi hosildorlik.

Hozirgi kunda bir qator donli ekinlar shular jumlasidan yasmiq, loviya, no'xot, marjumak, bug'doy, arpa, suli, makkajo'xori kabi ozuqaviy jihatidan yuqori o'rinlarda sanaladigan o'simliklar qatoriga sabzavot soya (Glycine hispida maxim) kabi muhim o'simlik ham qo'shilganligi hech kimga sir emas [1, 2]. Dunyo miqyosida yuqorida ta'kidlab o'tilgan o'simliklardan sira qolishmaydigan tarkibida makro va mikro elmentlarga boy bo'lgan soya o'simligining bugungi kundagi yalpi mahsuloti jahon miqyosida 276500 mln tonnani tashkil qiladi. Jahon bozorida ushbu yalpi mahsulotning ekin maydoni yer shari bo'ylab 111 mln gektar maydonni tashkil etadi. Hosildorligiga to'xtaladigan bo'lsak 24,8 s/ga to'gri keladi [3,4].

Boshqa davlatlar qatori O'zbekistonda ham so'ngi yillarda sabzavot soya o'simligini yetishtirishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Masalan, sabzavot soya ekinlari maydonini kengaytrish, tuproq-iqlim sharoitiga mos keluvchi, zararkunandalarga chidamli navlarni yaratish va uni yetishtirishni yanada takomillashtirish bo'yicha qator qarorlar qabul qilinmoqda. Bundan maqsad esa soyaning keng tarmoqda ishlatilishi hisoblanadi. Asosan sabzavot soya oziq ovqatda, texnikada, sut, qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda, konserva tayyorlashda keng foydalaniladi. Bundan tashqari chorva mollari va parrandalar uchun sifatli oziq vazifasida qo'llaniladi. Soyaning bunday ko'p sohada ishlatilishi uning tarkibi bilan bog'liq hisoblanadi. Ya'ni soya o'simligi tarkibida 30-52%, oqsil 17-27% moy, 20% gacha karbon suvlar mavjud hisoblanadi. Sabzavot soya o'simligining oqsili boshqa dukkakdoshlar oilasi vakillaridan ozroq farq qiladi, ya'ni suvda yaxshi eriydigan, yengil hazm bo'ladigan yuqori sifatli bo'lib tarkibida glitsin aminokislotalar ko'p bo'ladi va aminokislotalar tarkibi bo'yicha go'sht oqsiliga yaqin bo'ladi [6].

Sabzavot soya o'simligi oqsillarning asosiy 70% qismini globulinlar tashkil qiladi va qo'shimcha funksiyalarga ega bo'ladi. Sabzavot soya o'simligi oqsilining boshqa bir qismini albuminlar tashkil qiladi. Ular sutruktura va fermentativ funksiyalarni bajaradi [7, 8]. Sabzavot soya o'simligining ahamiyatli jihatlaridan yana biri donidan yog' olinishi hisoblanadi. Aniqlangan ma'lumotlarga ko'ra jahon miqyosida o'simliklardan olinadigan moyning 40% sabzavot soya o'simligi moyi hissasiga to'gri keladi[6]. Sabzavot soya tarkibidagi uglevodlarga to'xtaladigan bo'lsak, uglevodning asosiy qismini kraxmalsiz polisaxaridlar tashkil qiladi. Lekin uning tarkibida oligosaxaridlar ham mavjud hisoblanadi [9].

Sabzavot soya o'smligi bir qator zamonaviy tekshirish usullaridan so'ng olimlarning fikriga ko'ra sabzavot soya janubiy-sharqiy Osiyo va sharqiy Afrika, Avstraliya mintaqasidan

kelib chiqqan degan farazni olg'a sursa boshqa bir olimlar esa soyaning asl kelib chiqshini Xitoyning ba'zi hududlaridan, Koreya yarim orolidan Nepal, Hindiston va Yevropaning ba'zi hududlaridan kelib chiqqan deyiladi. Yuqoridagi olimlar farazlarini birlashtiradigan bo'lsak Sabzavot soyaning asl kelib chiqishi Xitoy provinsiyalariga va Koreya, Yaponiyaga to'g'ri keladi. Hozirgi kunda dunyo miqyosida Argentina ekin maydoni bo'yicha birnchilikni qo'ldan boy bermaydi. Ushbu mamlakatda soyaning ekin maydoni 19418,8 ming gektarni tashkil etadi . Hosildorlik jihatidan esa 25,3 s/ga ,yalpi hosildorlik esa 49309 mln tonnani tashkil qiladi. Boliviya ham Argentinadan qolishmaydigan ekin maydoniga ega hisoblanib, 1237700 ming gektar, hosildorligi 18,9 s/ga, yalpi hosildorligi 2347,2 mln tonnani tashkil etadi. Braziliyada ekin maydoni 27964,9 ming gektar, hosildorlik 29,3 s/ga, yalpi hosildorlik 81699,7 mln tonnani tashkil qiladi. Kanadada ekin maydoni 1819600 ming gektar, hosildorlik 28,5 s/ga, yalpi hosildorlik 598400 mln tonna hisoblanadi. Xitoy bu ko'rsatkichlar bo'yicha Rossiyadan oldinda turadi, ya'ni 6600 ming gektar ekin maydoniga,18,9,s/ga hosildorlikka, 125000mln tonna yalpi hosildorlikka ega hisoblanadi. Rossiyada ekin maydoni 1202900ming gektar, hosildorligi 13,6s/ga, yalpi hosildorlik 1636 mln tonna, AQShda 30700 ming gektarni, hosildorligi 29,1 s/ga, yalpi hosildorlik esa 89483 mln tonnani tashkil etsa, Ukrainada ekin maydoni 1351ming gektarni hosildorlik 20,5s/ga, yalpi hosildorlik 2774,3 mln tonnani tashkil etadi [6]. Sabzavot soya dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub, bir yillik o'tsimon o'simlikdir. Xalq xo'jaligida madaniy turi (Glycine Max) keng tarqalgan.

Xitoy, Hindi-Xitoy, Yaponiya, Koreya MDH da tarqalgan. Bu turlar bir-biridan o'sish davri, dukkagi, bargini kattaligi, urug'ining kattaligi, shakli, tupining shakli bilan farq qiladi [10]. Sabzavot soya o'smligining ildizi o'q ildiz tizmiga ega bo'lib, yaxshi rivojlangan ildiz sitemasi mavjud. Yon ildizlar ancha uzun bo'lib 2 m gacha chuqurlikka kirib boradi. Ildiz tizimida boshqa burchoqdoshlar vakillari singari tugunak bakteriyalar simbioz holda yashaydi. Sabzavot soya o'smligining poyasi dag'al ser tuk, tik o'sadigan, usti qirrali balandligi 25 sm dan 35 sm gacha boradi. Maysasi yashil rangda bo'lib, ikkita urug'palla barg bilan yer yuziga chiqadi. Shoxlanish poyaning pastki qismidan boshlanadi. Ikkilamchi yon shoxlari kam uchraydi.

Tupi zich, g'ovak tik poyasining rangi yashil bo'lib antotsion dog'lar bo'lshi mumkin. Poyasining diametri 4-22 mm bo'ladi, bargi uchtalik toq patsimon tuzilishga ega bo'lib, yon barglari mavjud. Barg shakli yirik, keng, urug'i har xil shakilda va kattalikda bo'ladi. Eng yirik barglari boshqa o'simliklar sin gari poyaning eng yuqori qismida yoxud poyaning quyi qismida bo'ladi. Poyaning uchki qismida birmuncha mayda va nozik barglar joylashgan bo'ladi. Bargning yuza qismi silliq yoki burushgan, rangi yashil, to'q va och yashil, sarg'ich yashil, kumush yashil rangli bo'ladi. To'liq yetilganda bargi sarg'ayib to'kiladi. Yon barglari bargning asos qismida joylashadi. Soya o'simligining guli qiyshiq, mayda 7-11 mm kalta tuklangan gul bandida joylashgan. Gulkosasi yashil rangda, toj barglari 5 ta yelkancha, qanotcha, rangi oq va binafsha bo'ladi. Gulida 10 ta changchisi va 1 ta urug'chisi bor. To'pguli shingil shaklda, barg qo'ltiqlarida joylashgan. To'pgulida 13-20 ta gul bo'ladi. Ayrim to'pgullar kalta bo'lib ularda 3-6 ta gul bo'ladi [11].

Hozirgi kunda Sabzavot soya o'simligining erta pishar, o'rta pishar, kech pishar navlari mavjud. Erta pishar navlari 90-100 kun, o'rta pishar navlari 110-120 va kech pishar 130-140 kun ichida pishib yetiladi. O'simlikning vegetatsiya davri o'sish va rivojlanish, unib chiqish, shonalash, g'ujlanish, gullash, pishish, kabilarni o'z ichiga oladi. Sabzavot soya o'smligining doni bo'rtishi va unib chiqish uchun qumq vazniga nisbatan 130-160 % suv talab qiladi. Don bo'rtgandan keyin 2-3 kun ichida murtaklar rivojlanadi. Sabzavot soya o'simligining urug'palla

barglari urug' ekilgandan 7-8 kun o'tib yer yuziga chiqadi. Dastlabki bir hafta mobaynida murtak ildizchasi va urug'palla poyachasi urug' hisobidan oziqlanib o'sadi. Soya o'simligi boshlang'ich vegetatsiya davrida sekin rivojlanadi. Unib chiqqan soya 20-25 kun mobaynida 15-20 sm gacha o'sadi. Sabzavot soyaning uch qo'shaloq bargi o'simlik unib chiqqandan 5-7 kundan so'ng hosil bo'ladi. Keyingilari 4-6 kunda paydo bo'ladi [10].

Sabzavot soyaning gullash fazasi naviga, turli iqlim sharoitiga va ekish muddatiga qarab, to'liq unib chiqqandan keyin 35-40 kunda boshlanadi. Gullash birinchi bo'lib, poyasining pastki asosiy shoxlaridan boshlanadi va yuqoriga qarab ochilib boradi. Meva tugishi ham shu tartibda ro'y beradi. Gullashidan to dukkaklari yetilib pishguncha 40-60 kun o'tadi. Doni esa 15-20 kunda to'liq pishib yetiladi. Donli ekinlar orasida soya suvga nisbatan talabchan o'simlik hisoblanadi. sabzavot soyadan yuqori hosil olish uchun uning namga bo'lgan talabini to'liq qondirish kerak. Bir gektar yerga ekilgan sabzavot soya vegetatsiya davrida 3200 m dan 5500 m gacha suv sarflaydi [7]. Sabzavot soyaning transperatsiya koeffitsenti yetishtirilgan sharoitiga qarab 400 dan 600 gacha o'zgarib turadi. Donli ekinlar ichida faqatgina soya yuqori nam sharoitda ham o'sa oladi. Gullashi, dukkak hosil qilishi, dukkaklarni to'lishish fazalarida butun vegetatsiya davrida sarf boladigan suvning 60-70% foydalanadi. Shuning uchun gullash va dukkak hosil qilish davrida o'smlikning suvga bo'lgan talabi qondirlmasa hosil keskin kamayib kettadi [8]. Sabzavot soya o'simligi qisqa kun o'simligi hisoblanib, yorug'lik o'smlik o'sishida katta ahamyatga ega yorug'lik yetishmasligi o'simlikning vegetatsiya davri cho'zilib ketishiga sabab bo'ladi [9]. Soya o'simligining ko'pgina navlari uchun 13-16 soatlik yorug'lik uzunligi qulay hisoblanadi. Har xil sabzavot soya navlarining yorug'likka talabi har xil bo'ladi. Masalan, ertapishar navlari yoruglikka kamroq talabchan, o'rtapishar va kech pishar navlari esa ancha talabchan bo'ladi. Sabzavot soya issiqsevar o'simlik, urug' yerga ekilgandan keyin, uning unib chiqishi, gullashi va pishishi uchun zarur shart-sharoitlardan biri bu haroratdir [11].

Olimlarning ma'lumotlariga ko'ra erta pishar navlarining pishib yetilishi uchun 1800-2000 CO, o'rtapishar navlar uchun 2600-2800 C0 va kechpishar navlar uchun 3000-3200 C0 xarorat kerak hisoblanadi. Urug'ning unib chiqishi uchun minimal xarorat 8 C0, 12-14 C0 da urug'lar bir tekis, qiyg'os unib chiqadi. Soyaning issiqqa bo'lgan talabi, unib chiqqandan pishish fazasi boshlanguncha oshib boraveradi. Masalan, ekilgandan unib chiqqungacha bo'lgan davrga qaraganda gullash davrida xaroratni ko'proq talab qiladi yoki gullashdan ko'ra meva hosil qilish fazasida issiqlik ko'proq kerak. Faqatgina pishish fazasida xaroratni nisbatan kamroq talab qiladi. Sabzavot soyani tuproq unumdorligi turlicha bo'lgan yerlarda o'stirish mumkin. Sabzavot soya kislotali, kuchli sho'rlangan yoki botqoqlangan tuproqlardan tashqari, boshqa yerlarda ham o'saveradi. Sabzavot soya o'stirish uchun tuproq muhiti pH 6,7- 7,0 qulay hisoblanadi. Sabzavot soya turli tuproqlarda o'sa olishdan qat'iy nazar, uning mexanik tarkibi yengil, unumdor, g'ovak, chirindilarga boy, tuproqqa ekilganda hosildorlik va uning sifati yaxshi bo'ladi [9].

Sabzavot soya ko'p miqdorda yer ustki massasi hosil qilishi tufayli mineral o'g'itlarga talabi ham yuqoridir. Ilmiy izlanishlar natijalaridan olingan ma'lumotlarga ko'ra gektaridan bir tonnadan va shunga muvofiq yer ustki massasi xosil qilish va to'plash uchun soya tuproqdan 8085 kg azot, 30-35kg P2O, 36-40kg K2O va 60-70 kg kalsiy o'zlashtiradi. Sabzavot soyaning vegetatsiya davomida oziq elementlarga bo'lgan talabi fazalar bo'yicha har xildir. Bizning tajribalarimizga ko'ra, Sabzavot soya azot, fosfor va kaliyni gullash fazasidan, dukkaklarning to'lishish davrigacha eng ko'p miqdorda o'zlashtiradi [10]. O'simlik o'z navbatida fosforli o'g'itlarga ham vegetatsiyaning boshlarida talabchan bo'ladi. Chunki bu vaqtda bo'g'imlar, shoxlar va gullar shakllanayotgan bo'ladi [11].

Dunyo miqyosida o'z o'rniga ega bo'lgan dukkakdoshlar oilasiga mansub Sabzavot soya o'simligi doni tarkibida almashinmaydigan aminokislotalar mavjudligi uning ozuqaviy ahamiyatini belgilab beradi. Ushbu oqsillar faqatgina hayvon oqsillariga xos deb qaralar edi. Tekshirishlar natijasida esa ushbu oqsillar tarkibi jihatdan Sabzavot soya o'simligi oqsillari bilan almashtirish mumkinligi tajribalarda o'z aksini topdi. Bundan tashqari Sabzavot soya o'simligining iqdisodiy jihatdan muhimligi mamlakatimizda ushbu o'simlikning serhosil, har xil abiotik ta'sirlarga chidamli navlarini yaratishni talab qiladi.

REFERENCES

1. Yormatova D., Ergasheva X. Sabzavot soya navlarni yetishtirish me'yorlari. Janubiy donchilik va dehqonchilik instituti. Donli ekinlardan inteensiv texnologiya asosida yuqori xosil yetishtishi agrotexnologiyasi. Konferensiya. 2012., 34-36 b.

2. Tilba, V.A. Sovershenstvovanie priyomov vozdelbrvaniya i pererabotki soi na osnove innovatsionnbix elementov / V.A. Tilba // Dalnevostochnbiy agrarnbiy vestnik. - 2012 - № 3 (23). - S. 9-13.

3. Saiko-Isao. Kultura soevbix bobov./per. syaponskogo/. 1931.-75s.

4. Karimov I.A. Qishloq xo'jaligi taraqqiyoti - to'kin hayot manbai. T.: O'zbekiston.

5. Бабич А.А. Соя на корм-М, 1994г-С 35-40.

6. Бабич А.А. Новое в технологии возделывания сои: способы посева, густота стояния растения - Зерновое хозяйство 1998г С 38-44.

7. Бабучкин А.Н. Агроклиматическое описание Среднеязии - Труды. Таш.Г.У. 1994г. с 2530.

8. Беликов И.Ф. Вопроси биологии и возделования сои - В кн: Биология возделывания сои. Владивосток 1991г с 12-25.

9. Беликов И.Ф.О некоторых биологических особенностях сои в связи с густотой ее посева -Доклады А Н. 1994 г с 13-19.

10. Вавилов П.П., Посыпанов Г.С. Бобовые культуры и проблема растительного белка - М: Россельхозиздат 1983г с 45-50.

11. Yormatova D. Uzbekistonda soya yetishtirish - Toshkent: Uzbekiston, 1983Y б 20-40.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.