Научная статья на тему 'SOYA O‘SIMLIGINING AHAMIYATI VA YER YUZIDA TARQALISH AREALINI O‘RGANISH'

SOYA O‘SIMLIGINING AHAMIYATI VA YER YUZIDA TARQALISH AREALINI O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
1
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
soya / oqsil / yog` / uglevod / vitamin / letsitin / xolin / nav / soya uni / soya moyi.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — M.K.Hamroyeva, Xolbozorova Madina Ravshan Qizi, Kadirova Gulshan Satarkulovna

Ushbu maqolada soya o`simligining biologiyasi, turli sohalardagi ahamiyati va yer yuzida tarqalish areali haqida ma`lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SOYA O‘SIMLIGINING AHAMIYATI VA YER YUZIDA TARQALISH AREALINI O‘RGANISH»

YAK: 633.853.52:631.531.1:581.19

SOYA O'SIMLIGINING AHAMIYATI VA YER YUZIDA TARQALISH AREALINI O'RGANISH

*M.K.Hamroyeva, 2Xolbozorova Madina Ravshan qizi, 3Kadirova Gulshan Satarkulovna

1DTPI ilmiy rahbar b.f.f.d. (PhD) dotsent, 2DTPI 12-B-2020 guruh 4-bosqich talabasi, 3DTPI

1B-M-2023 guruh 1-bosqich magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.11115211

Annotatsiya. Ushbu maqolada soya osimligining biologiyasi, turli sohalardagi ahamiyati va yer yuzida tarqalish areali haqida ma lumot berilgan.

Kalit so^zlar: soya, oqsil, yog\ uglevod, vitamin, letsitin, xolin, nav, soya uni, soya moyi.

So'nggi yillarda Respublikada noan'anaviy qishloq xo'jaligi ekinlarini joylashtirish va yetishtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2017-yilda Respublikada birinchi marta 12 ming gektardan ortiq maydonga soya ekilib, 14 ming tonna soya doni yetishtirildi va ushbu xomashyoni qayta ishlash hisobiga aholiga 2 ming tonnadan ortiq soya yog'i, parrandachilik korxonalariga 10 ming tonna yuqori ozuqali soya shroti yetkazib berildi. Ushbu statistik ma'lumotdan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Respublikada soya yetishtirish hajmlarini yanada ko'paytirish chora-tadbirlari to,g,risida"gi 10.02.2018 yilda qabul qilingan 105-sonli qarori ijrosini taminlanganligini korishimiz mumkin.

Soya-dukkakdoshlarga mansub bir yillik o'tsimon o'simliklar turkumi, dukkakli don va moyli ekin. Vatani - Xitoy. Dastlab O'zbekistonda 1975-yildan ekilgan. Poyasi dag'al, tik o'sadi, ammo yotib qoladigan navlari ham bor. Bo'yi 15 sm dan 2 m gacha, shoxlanadi, yon shoxlari 2-8 ta. Bargi sertuk, bandining uzunligi 8-2 sm. Guli mayda, oq yoki pushti, shingil gul,to'plamga yig'ilgan. Mevasi dukkak, sariq, qora, qo'ng'ir, sertuk. Har bir dukkagida 2-6 ta don bor, tarkibida 24-45% oqsil, 13-37 % yog', 20-32 % uglevodlar, vitaminlar bor.

Soya tarkibida to'la qimmatli nodir oqsil mavjud bo'lib, u oziqlik qimmati bo'yicha hayvon oqsilidan qolishmaydi. Uning tarkibida noyob biologik faol moddalar, letsitin, xolin, makro va mikroelementlar va boshqa qimmatli moddalar mavjud. Soya tarkibida laktoza va xolesterin uchramaydi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, kalloriyasi va asosiy oziqlik va biologik faol moddalar tarkibi bo'yicha ushbu mahsulot muqobil balanslangandir. Soyadan ishlab chiqariladigan asosiy mahsulotlar - bu soya uni va soya moyidir.

Soya uni qandolatchilik mahsulotlari, to'ldiruvchilar, go'sht, sut, pishloq o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Moyi esa oziq-ovqatda, mayonez, margarin ishlab chiqarishda ishlatiladi. RTFA (Rossiya tibbiy fanlar akademiyasi) oziq-ovqat instituti ma'lumotiga ko'ra soyadan tayyorlangan mahsulotlarni quyidagi kasalliklarda tavsiya etish mumkin: ateroskleroz, gipertoniya, yurak ishemiyasi, miokard-infarktni o'kazgandan keyingi tiklanish davrida, o't pufagining surunkali yallig'lanishi, qandli diabet, surunkali qabziyat,

yog'bosish, tayanch-harakat organlari kasalliklari (artrit, artroz), allergik kasalliklar. Chorva mahsuldorligini oshirish uchun hayvonlar soya yemi bilan oziqlantirilganda ularning sutkalik vazn ortishi ikki barobarga ko'payadi.

Bunda 100 kg tirik vaznga erishish uchun oziqlantirish davri 10-15 kunga qisqaradi, mahsulot sifati esa ortadi. Yem-xashak maqsadida soyaning kunjarasi, shroti, uni va ko'katidan foydalaniladi. Kunjaraning tarkibida 38,7 % protein, 5,5 % moy mavjud. Soya kunjarasi va uni buzoqlar ratsionida sut o'rnini bosadi. 1 t soya donidan tarkibida 40 % protein va 1,4 % moy bo'lganda 750-800 kg shrot olish mumkin va u chorva uchun qimmatli konsentratlangan yem hisoblanadi. Soyaning ko'kati ham qimmatli yem-xashakdir. Uning eng yuqori ozuqalik qimmati gullash va donning to'lishi davrida yig'ib olinganda kuzatiladi. Soya ko'katining bir ozuqa birligiga 145-301gr protein to'g'ri keladi. Uning ko'katida karotin, oqsil va kaltsiy miqdori boshoqli ekinlarnikiga nisbatan ancha ko'p.

Soya pichani ham qimmatli hisoblanadi: uning 1 kg da 0,47-0,54 ozuqa birligi, 110-150 g protein mavjud, Soya poxoli xam em-xashak sifatida ishlatilishi mumkin. Unda 2-4,8 % protein, 1,5-2,9 % moy mavjud. Sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish uchun soyaning oziq-ovqat sanoati va chorvachilikda ishlatilmaydigan chiqindilaridan turli maxsulotlar - qurilish plitalari, matolar, sun'iy o'g'itlar, soya moyi ishlab chiqarish qoldiqlaridan bo'yoq, sovun, laq qora bo'yoq, rezina maxsulotlari ishlab chiqarish mumkin. Texnika ekini sifatida soya sovun, lak-bo'yoq, to'qimachilik kimyo va sanoat tarmoqlarida qo'llaniladi. Soyadan plastmassa, plyonka, linoleum, texnik moy va boshqa ko'pgina maxsulotlar tayyorlanadi. Soya yetarlicha yuqori sifatga ega, ya'ni oqsil va moyga boy bo'lsa-da, bugungi kunda O'zbekistonda qishloq xo'jaligiga keng tadbiq etilmagan. Uning turli navlarida 57% gacha parxez oqsil, yengil hazm bo'luvchi to'yinmagan moy va 30% gacha uglevodlari (asosan mono-va disaxaridlar) mavjud, ularda biologik faol moddalar va vitaminlar: A, B1, V2, V3, V6, E, S, D, Q RR va boshqalar, shuningdek Mr, Mo, Mg, V kabi mikroelementlar mavjud. Soyaning donidan qandli diabet kasalliklari uchun parhez taomlar tayyorlanadi. Soyaning asosiy oqsili - glitsinin yaxshi hazmlanadi, suvda yaxshi eriydi, achib qatiqqa aylanadi, oqsili almashtirilmaydigan aminokislotalarga boy.

i

>/f AN

rT. ' M<

7 -

L JÍ

i__ a

Hozirgi kunda O'zbeksitonda soyaning 24 navi yetishtiriladi. Soya o'smligi bir qator zamonaviy tekshirish usullaridan so'ng olimlarning fikriga ko'ra soya janubiy-sharqiy Osiyo va sharqiy Afrika, Avstraliya mintaqasidan kelib chiqqan degan farazni olg'a sursa boshqa bir olimlar esa soyaning asl kelib chiqishini Xitoyning ba'zi hududlaridan, Koreya yarim orolidan Nepal, Hindiston va Yevropaning ba'zi hududlaridan kelib chiqqan deyiladi. Yuqoridagi olimlar farazlarini birlashtiradigan bo'lsak, soyaning asl kelib chiqishi Xitoy provinsiyalariga va Koreya, Yaponiyaga to'g'ri keladi. Hozirgi kunda dunyo miqyosida Argentina ekin maydoni bo'yicha birinchilikni qo'ldan boy bermayapti. Ushbu mamlakatda soyaning ekin maydoni 19418,8 ming

gektarni tashkil etadi. Hosildorlik jihatidan esa 25,3 s/ga, yalpi hosildorlik esa 49309 mln tonnani tashkil qiladi. Boliviya ham Argentinadan qolishmaydigan ekin maydoniga ega hisoblanib, 1237700 ming gektar, hosildorligi 18,9 s/ga, yalpi hosildorligi 2347,2 mln tonnani tashkil etadi. Braziliyada ekin maydoni 27964,9 ming gektar, hosildorlik 29,3 s/ga, yalpi hosildorlik 81699,7 mln tonnani tashkil qiladi. Kanadada ekin maydoni 1819600 ming gektar, hosildorlik 28,5 s/ga, yalpi hosildorlik 598400 mln tonna hisoblanadi. Xitoy bu ko'rsatkichlar bo'yicha Rossiyadan oldinda turadi, ya'ni 6600 ming gektar ekin maydoniga,18,9,s/ga hosildorlikka, 125000mln tonna yalpi hosildorlikka ega hisoblanadi. Rossiyada ekin maydoni 1202900ming gektar, hosildorligi 13,6s/ga,yalpi hosildorlik 1636 mln tonna, AQShda 30700 ming gektarni, hosildorligi 29,1 s/ga, yalpi hosildorlik esa 89483 mln tonnani tashkil etsa, Ukrainada ekin maydoni 1351ming gektarni hosildorlik 20,5s/ga, yalpi hosildorlik 2774,3 mln tonnani tashkil etadi. Xitoy, Hindi-Xitoy, Yaponiya, Koreya MDH da tarqalgan. Shuningdek, Ozbekistonning turli viloyatlarida, xususan Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Denov, Sho'rchi va boshqa tumanlari ekin maydonlarida ekilmoqda.

Ushbu adabiyotlar sharhidan shuni xulosa qilish mumkunki, dunyo miqyosida o'z o'rniga ega bo'lgan dukkakdoshlar oilasiga mansub soya o'simligi doni tarkibida almashinmaydigan aminokislotalar mavjudligi uning ozuqaviy ahamiyatini belgilab beradi. Ushbu oqsillar faqatgina hayvon oqsillariga xos deb qaralar edi. Tekshirishlar natijasida esa ushbu oqsillar tarkibi jihatdan soya o'simligi oqsillari bilan almashtirish mumkinligi tajribalarda o'z aksini topdi. Bundan tashqari soya o'simligining iqdisodiy jihatdan muhimligi mamlakatimizda ushbu o'simlikning serhosil, har xil abiotik ta'sirlarga chidamli navlarini yaratishni talab qiladi.

REFERENCES

1. M.Sattarov, R.Saitkanova, N.Otamirzayev, B.Qodirov, H.Idrisov, N.Tuyg'unov, B.Qalandarov, M.Ahtamov, M.Hayitov, M.Raxmanov" Samarqand viloyatida soya yetishtirish agrotexnologiyasi bo'yicha tavsiyanoma" Toshkent -2017.

2. Matniyazova, H. K., Nabiyev, S. M., Abzalov, M. F., Kholiqova, M. A., & Yuldashev, O. H. (2019). Some Physiological Indicators of Domestic and Foreign Soybean Varieties under Different Water Regimes. International Journal of Science and Research, 8(9), 389-392.

3. J. Shavkiyev1, A. Azimov1, S. Nabiyev1, S. Khamdullayev1, B. Amanov Kholikova, M.A, Matniyazova, H., & Yuldashov, U. Comparative Performance And Genetic Attributes Of Upland Cotton Genotypes For Yield-Related Traits Under Optimal And Deficit Irrigation Conditions

4. Azamatovna, K. M., Khudoybergenovna, M. K., & Sayfullayevna, I. G. (2020). Morpho-economical Indicators of Some Local and Foreign Soybean Varieties Planted as Main Crops. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(05).

5. Xoliqova, M. A., Matniyazova, H. X. (2020). Asosiy ekin sifatida ekilgan ayrim mahalliy va xorijiy soya navlarininghosildorlik ko'rsatkichlari. Academic research in educational sciences, (1), 291-296

6. Xoliqova, M. A., Matniyazova, X. X., & Hamroyev, R. J. (2021). Soya o'simligining ahamiyati va takroriy ekin sifatida ekilgandagi afzalliklari. Academic research in educational sciences, 2(1), 1007-1014.

7. Xolikova, M. A., Matniyazova, X. X., & Ismagilova, G. S. (2020). Takroriy ekin sifatida ekilgan soya navlarining maysa davridagi morfologik kursatkichlari. Academic research in educational sciences, (2), 162-167.

8. Xoliqova, M. A., & Matniyazova, H. X. (2019). Soya o'simligining botanik va biologik tasnifi hamda ahamiyati. "Barqaror rivojlanishda uzluksiz ta'lim: Muammo va yechimlar" Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ilmiy ishlar To'plami, 2, 318-319

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.