Научная статья на тему 'UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA ANIQ FANLAR VA ULARNI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH'

UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA ANIQ FANLAR VA ULARNI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
matematika / metodika / interfaol metodlar / aqliy hujum metodi / sinkveyn metodi / venn diagrammasi / assessment metodi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ibragimova Nozima Ulug‘Bekovna

Interfaol metod – ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu maqolada matematika darslarida interfaol usullardan foydalanishning afzalliklari va ulardan foydalanish usullari haqida maʼlumot berilgan.Bugungi kunda darslarni o’quvchilar yaxshi o’zlashtirishi uchun turli yangi metodlar ishlab chiqish va darslarga tadbiq qilish kerak.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA ANIQ FANLAR VA ULARNI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH»

UZLUKSIZ TA'LIM TIZIMIDA ANIQ FANLAR VA ULARNI O'QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

Ibragimova Nozima Ulug'bekovna

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti,Boshlang'ich ta'lim metodikasi stajyor o'qituvchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11116868

Annotatsiya. Interfaol metod - ta'lim jarayonida o'quvchilar hamda o'qituvchi o'rtasidagi faollikni oshirish orqali o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu maqolada matematika darslarida interfaol usullardan foydalanishning afzalliklari va ulardan foydalanish usullari haqida ma'lumot berilgan.Bugungi kunda darslarni o'quvchilar yaxshi o'zlashtirishi uchun turli yangi metodlar ishlab chiqish va darslarga tadbiq qilish kerak.

Kalit so'zlar: matematika, metodika, interfaol metodlar,aqliy hujum metodi, sinkveyn metodi, venn diagrammasi,assessment metodi.

Abstract. Interactive method - serves to develop personal qualities, activating the acquisition of knowledge by increasing the activity between students and the teacher in the learning process. This article provides information about the advantages of using interactive methods in mathematics lessons and how to use them. Today, it is necessary to develop new methods and apply them to the lessons in order for students to master the lessons well.

Keywords: mathematics, methodology, interactive methods, brainstorming method, sinkwein method, venn diagram, assessment method.

Mamlakatimizning kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta'lim tizimi va uni samaradorligiga erishish orqali har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashga yo'naltirilgan.Rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimini tahlil qilish shuni ko'rsatadiki,ta'limda zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalardan keng foydalanilganda ta'lim oluvchilar fan asoslarini chuqur o'rganishi va ongli ravishda kasb-hunar sirlarini egallashadi.Mamlakatimizda olib borilayotgan ta' lim islohotlarining maqsadi ham shularga erishishdan iborat.Bunga erishishning en to'g'ri yo'li-zamonaviy ta'lim metodlarini bevosita va bilvosita ta'lim jarayoniga tatbiq etishdir.Bunda ta'limning zamonaviy metodlari hisoblangan interfaol metodlardan foydalaniladi.

Matematika so'zi qadimgi grekcha - mathema so'zidan olingan bo'lib, uning manosi «fanlarni bilish» demakdir. Matematika fanining o'rganish obyekti materiyadagi mavjud narsalarning fazoviy formalari va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iborat.Barcha fanlarni,xususan matematikani o'qitishda turli interfaol metodlarning o'rni beqiyos.Negaki, matematika aniq fanlar sirasiga kirganligi uchun undagi har bir masala va misolni aniq qonun-qoidalar asosida hal qilish lozim.Gersen ta'biri bilan aytganda,"Qiyin fan yo'q, faqat hazm etilishi qiyin bo 'Igan izohlargina bor, xolos".Ta'lim oluvchilarga ushbu matematik,mantiq va qoidalarni qiziqarli metodlar yordamida yetkazish esa bugungi kunning davr talabiga aylanib ulgurgan.Quyida ushbu metodlardan ayrimlari va ularni qo'llash bo'yicha ko'rsatmalar keltirib o'tamiz.

"Aqliy hujum"metodi-bu g'oyalar yaratish yo'li bo'lib,dars jarayonida guruh a'zolari bilan hamkorlikda qo'yilgan muammoni hal qilishadi.Bunda har bir guruh a'zosi muammoni hal qilish bo'yicha o'z fikrini bildiradi,zarur bo'lsa himoya qiladi.Matematika darslarida "Aqliy

hujum"metodidan foydalanish ijodiy qobiliyat,nostandart tafakkur va tanqidiy fikrlash ko'nikmalari shakllantiriladi.Masalan,geometriya kursidan oddiy bir masalani ko'rib chiqaylik:

1-masala:Bir to'g'ri chiziqda yotgan uchta A,B,C nuqtalar orqali hosil qilingan AB va BC kesmalarning uzunliklari mos ravishda,20 dm va 15 dm bo'lsa,AC kesma uzunligini toping.

Masala yechimini keltirishda A,B va C nuqtalarning joylashuv tartibi keltirilmagan.Bu esa masala yechini topishda turli tanqidiy xulosalar keltirib chiqadi.1-holda:B nuqta A va C kesmalar orasida bo'lsa BC kesma uzunligi BC=AB+BC=20+15=35 dm ko'rinishida topiladi.

2-hol:C nuqta A va B nuqtalar orasida joylashgan bo'lsa,AC=AB-BC=20-15=5 dm ifoda orqali topiladi.

A nuqta B va C nuqtalar orasida joylasha olmaydi chunki,AB>BC ya'ni 20 dm>15 dm

Bitta masala yechimini keltirish orqali,turli xildagi bir-biriga tanqidiy holatlar hosil bo'ladi.Bu esa o'quvchilarda mantiqiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantiradi.

Sinkveyn fransuzcha so'z bo'lib "besh" degan ma'noni bildiradi. O'quvchilarga darsni mustahkamlash bosqichida biror matematik atama,mavzu yoki matematik olim quyidagicha besh qatorli misraga solishni taklif etish lozim.

l.Ot (1 so'z);

2.Sifat (2 so'z);

3.Fe'l (3 so'z);

4.Ibora (gap bilan ta'rifi beriladi);

5.Sinonim (1 so'z yoziladi, otga yozilgan so'z bilan ma'nosi bir xil bo'lsin).

Masalan mavzu: "Bo'luvchi va karralilar".

1. Bo'luvchi.

2.Juft,toq.

3.bo'linadi,bo'linmaydi,qo'shiladi.

4.Agar sonning raqamlar yig'indisi 3ga bo'linsa,bu son 3 ga bo'linadi.

5.Juft sonlar (2ga bo'linadi).

Sinkveyn metodidan foydalanish o'quvchilarni chuqur mulohaza qilishga o'rgatadi va fanlar orasida bevosita aloqa o'rnatishga yordam beradi.Bu esa berilgan mavzuga oid bilim,ko'nikma va malakalarni shakllantirishga yordam beradi.

Har qanday samarador bo'lish da'vosini qilishi mumkin bo'lgan dars rejasi, u ma'ruzami, amaliy darsmi yoki boshqa biror-bir xilga mansubmi - to'rt asosiy elementni o'z ichiga qamrab olishi lozim:

1. Qiziqtiruv - motivatsiya; 2.Taqdimot - prezentatsiya;

3.Amaliyot - praktika; 4.Natija - o'zlashtirish darajasini tekshirish.

Shu o'rinda o'zlashtirish darajasini tekshirish metodlaridan ayrimlariga to'xtalib o'taylik.Dastur bo'yicha keltirilgan boblar,mavzular yuzasidan haftalik,oylik va kunlik nazorat o'tkazib turish ta'lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

«Assessment» - bu o'zlashtirish jarayonini nazorat qilish.Mazkur metod ta'lim oluvchilar bilim darajasini baholash,nazorat qilish,o'zlashtirish ko'rsatkichi va amaliy ko'nikmalarini tekshirishga yo'naltirilgan.Ushbu metod orqali ta'lim oluvchilarning bilish faoliyat turi turli yo'nalishlar (test,amaliy ko'nikmalar,muammoli vaziyat mashqi,qiyosiy tahlil,simptonlarni aniqlash) bo'yicha tashhis qilinadi va baholanadi.Masalan,Uchburchaklar mavzusini oladigan bo'lsak,I.Test:1.Uchburchakning ichki burchaklar yig'indisi nimaga teng.

A)1800 B)3600 C)900

2.Uchburchakning burchagiga ko'ra nechta turi mavjud?

A)5 ta B)4ta C)3 ta

II.Simpton:1.Uchburcha tomonlari yig'indisi -

2.Uchburchak burchagidan chiqib,uni teng ikkiga bo'luvchi kesma-

3.Uchburchakning uchigan chiqib,tomoniga perpendikulyar kesma-

III.Muammoli vaziyat:Uchburchakning balandliklari qayerda joylashadi?

IV.Amaliy ko'nikma:1.Uchburchakning tomonlari 3 m,25 dm va 400 cm bo'lsa uning

perimetrini toping.

2.To'g'ri burchakli uchburchakning o'tkir burchaklari 4:5 nisbatda bo'lsa ularni toping.

REFERENCES

1. Alixonov S. Matematika o'qitish metodikasi

2. Sh.K. Shayakubov, R.X. Ayupov Interfaol Ta'lim Usullari

3. David J. Nicol & Debra Macfarlane-Dick (2006): Formative assessment and self-regulated learning

4. Ибрагимова Н,Собирова М Рол конференции и математических вечеров в повышении креативности учащихся в школе, International journal of advanced research in education technology and management,2023

5. Ibragimova N, Sobirova M Maktabda planimetriyadan ijodiy mashqlar bajarishda o'quvchi ijodiy qobiliyatini o'stirish, Zamonaviy matematikaning nazariy asoslari va amaliy masalalari,5-sho'ba,2022 y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.