Научная статья на тему 'MATEMATIKA O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH'

MATEMATIKA O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

9067
642
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
matematika / metodika / interfaol metodlar / kubik metodi / sinkveyn metodi / venn diagrammasi / klaster metodi / son qatnashgan maqollar aytishuvi metodi / mathematics / methodology / interactive methods / cubic method / funnel method / Venn diagram / cluster method / numerical operator method

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Gulnara Ismanova

Interfaol metod – ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada matematika darslarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan interfaol metodlar haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Interactive method serves to develop personal qualities, activating the acquisition of knowledge by increasing the activity between students and the teacher in the learning process. This article discusses interactive methods that can be used in math lessons.

Текст научной работы на тему «MATEMATIKA O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-149-153

MATEMATIKA O'QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN

FOYDALANISH

Gulnara Ismanova

Boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchisi Andijon davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Interfaol metod - ta'lim jarayonida o'quvchilar hamda o'qituvchi o'rtasidagi faollikni oshirish orqali o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada matematika darslarida qo'llanilishi mumkin bo'lgan interfaol metodlar haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: matematika, metodika, interfaol metodlar, kubik metodi, sinkveyn metodi, venn diagrammasi, klaster metodi, son qatnashgan maqollar aytishuvi metodi.

ABSTRACT

Interactive method - serves to develop personal qualities, activating the acquisition of knowledge by increasing the activity between students and the teacher in the learning process. This article discusses interactive methods that can be used in math lessons.

Keywords: mathematics, methodology, interactive methods, cubic method, funnel method, Venn diagram, cluster method, numerical operator method.

KIRISH

Interfaol metodlarni qo'llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta'limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o'tkazish, o'quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma 'ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko'pligi, o'quvchilar tashabbus ko'rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo'lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo'lib, ular ta'lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o'ziga xos ahamiyatga ega.

Yangi pedagogik texnologiyaning afzalligi zamon sinovidan o'tib, interfaol darsning sifat va samaradorliginp oshirishda muhim omil ekanligi o'z isbotini topmoqda.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-149-153

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bu borada ancha-muncha tajriba to'plagan tadqiqotchilar pedigogik texnologiya darsining muvaffaqiyatlarini kafolotlavchi omil ekanligini ta'kidlab, pedagogik jarayonlarni ilmiy lohihalashtirish, uni amalga oshirish, loyihalashtirilgan ta'lim tarbiya jarayonini amaliyotga aniq va ketma-ket tatbiq qilish xususida o'z fikr-mulohazalarini ommaning diqqat-e'tiboriga havola etayotir.

Ta'lim oluvchilar, guruh a'zolarining majburiyatlarini bilishlari va bajarishlari

zarur:

- har bir a'zo o'rtoqlari fikrini eshitishi kerak;

- har bir a'zo ishda faol qatnashishi va hamkorlikda ishlashdan bo'yin tormasligi

kerak;

- har bir a'zo, zarurati bo'lganda yordam so'rashi kerak;

- har bir a'zo undan yordam so'rashganda, boshqalarga o'z yordamini berishi

kerak;

- har bir a'zo guruh ishining natijalarini baholashda ishtirok etishi kerak;

- har bir a'zo o'zining rolini yaxshi tushunishi va bajarishi kerak. Kubik metodi.

Kubik metodidan darsni mustahkamlash vaqtida foydalansa yaxshi natija beradi. 1-qadam: o'quvchilarga mavzu o'tilgandan so'ng unga biror tushuncha shakllanadi. Shakllangan tushunchani quyidagicha yozish taklif etiladi.

1. Tasvirlang;

2. Taqqoslang;

3. O'xshating;

4. Tahlil qiling;

5. Ishlating;

6. Foydali va zararli tomonlari. Masalan mavzu: "Prizma"

Asosi to'g'ri to'rtburchak, qarama qarshi yoqlari o'zaro teng va paralell bo'lgan prizma to'g'ri prizma deyiladi.

To'g'ri parallelopiped va to'rtburchakli prizma.

Sinf xonasi, gugurt quttisi, yashik, shkaf......

2 ta asos, 4 ta yoq, 4 ta yon qirra, 12 ta umumiy qirra, 8 ta uchi bor. Shkaf (kiyimlar saqlanadi), gugurt(gugurt donalari saqlanadi), xona (odam yashaydi)....

Gugurt - olov yoqish uchun foydali. Gugurt - bolalar uchun havfli. Sinkveyn metodi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-149-153

Sinkveyn fransuzcha so'z bo'lib "besh" degan ma'noni bildiradi. o'quvchilarga darsni mustahkamlash bosqichida biror fizik kattalik, asbob, hodisa nomi, fizik olimni quyidagicha besh qatorli misraga solishni taklif etish lozim.

Ot (1 so'z), Sifat (2 so'z), Fe'l (3 so'z).

Ibora (gap bilan ta'rifi beriladi).

Sinonim (1 so'z yoziladi, otga yozilgan so'z bilan ma'nosi bir xil bo'lsin).

Masalan mavzu: "Kesmaning yo'nalishi. Vektor "

Vektor

Erkin, nol nuqta

Yasash, yo'naltirish, qabul qilish.

Agar vektorning boshi va oxiri ustma ust tushsa bunday vektor nol vektor deyiladi.

Nur (chegaralangan).

Sinkveyn metodidan foydalanish o'quvchilarni chuqur mulohaza qilishga o'rgatadi.

Venn diagrammasi.

«Diagramma vena» qiyosiy taxlilda juda qo'l kelib, mavzuni sharxlab, ikki muammoni bir-biriga muqoyasa qilib o'tishda qulay usuldir. Bu usul ikki doira shaklidagi aylana chiziqlarning qo'shilishi holatida bo'lib doiralarning ikki tarafiga tanlangan mavzuning faqat o'ziga xos individual xususiyatlari yozilib, o'rtada ikki doiraning qo'shilishi natijasida paydo bo'lgan bo'shliqda esa tanlangan ikki mavzuga xos turli fikrlar, xususiyatlar g'oyalar ko'rinishi izohlab boriladi. Bir qarashda oddiydek tuyulgan bu usul o'quvchilarning fikrlash qobiliyatini oshiradi, xotirani kuchaytiradi. U yoki bu mavzu ustida mustaqil ishlashga undaydi. Ikki mavzuning umumiy va individual, ya'ni faqat o'ziga xos tomonlarini tez farqlaydi. Mavzu tez va uzoq vaqt esda qoladi. «Diagramma vena» o'quvchini hushyorlikka, sezgirlikka chorlaydi. O'quvchilar 4—5 tadan uch guruhga, jami 15 taga ajratiladi. 1-guruh doiraning o'ng tomoni, 2-guruh doiraning chap tomoni, 3-guruh ikki doiraning qo'shilishidan paydo bo'lgan bo'shliq ustida ishlaydi. Mavzuni keng qamrovli o'zlashtirib olishga ko'maklashadi. Guruxdagi qolgan o'quvchilar esa kuzatuvchilardir, ya'ni «Diagramma vena» ustida ishlayotgan 3 guruhning harakatlarini kuzatadilar. Hatto baholashlari ham mumkin. Dars, mavzu, harakatlar uzoq vaqg esda saqlanib qoladi. «Diagramma vena» turli xil g'oya, fikrlar kurashi va hujumini, munozaralarni keltirib chi-qaradi. O'quvchilarni o'ylantiradi, mustaqil fikrlashga undaydi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-149-153

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Bu metod o'quvchini kattaliklarni qiyoslashga undaydi. quyidagiday doiralar chiziladi. Ikkita kattalik taqqoslanadi. Bir xil jihatlari o'rtada (aylanalar kesishgan qismida yoziladi. O'ziga xos jihatlari aylanada yoziladi.

Klaster metodi.

Klaster inglizcha so'z bo'lib (kluster) bosh, bir shingil, popuk ma'nosini anglatadi. Klaster - bu ma'lum mavzu bo'yicha erkin va ochiq fikrlashning notekis shaklidir.

1-qadam: Yangi mavzuning asosiy tushunchasi aylana (elips) shaklidagi chizma ichida yoziladi. Masalan yangi mavzu "Kvadrad" bo'lsa quyidagicha daftarlariga chizish va yozish taklif etiladi.

2-qadam: o'quvchilarga kvadrat deganda ko'z oldingizga kelgan fikrlarni chiziqchalar yoniga yozish taklif etiladi. (Bunda o'quvchi rasmini chizsa ham ruxsat beriladi).

3-qadam: Taqdimot o'tkaziladi. Bunda o'quvchilar tomonidan yozilgan fikrlar umumlashtirib aytib beriladi. (Guruhdan 1 o'quvchi spiker aytib beradi). Bu fikrlarni doskada bo'r yoki plakatda flomasterlar bilan yozish mumkin.

4-qadam: Yangi mavzu o'rganiladi.

5-qadam: Darsni mustahkamlash bosqichida o'quvchilarga quyidagi topshiriq beriladi. qizil rangli ruchkalaringizni (yashil, qora bo'lsa ham bo'ladi) olib yangi o'rganilgan tushunchalar bilan boyiting.

Son qatnashgan maqollar aytishuvi

Maqsad:

Son qatnasshgan maqollar orqali O'zbek xalq maqollari degan boy merosimizdan foydalangan holda o'quvchilarni milliy g'urur,axloqiy his tuyg'ularni hakllantirish, ma'naviy tuyg'ularini rivojlantirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalab ,Vatan va Vatanga muhabbat tushunchalarini o'quvchilar ongiga sindirish. ularning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o'stirish va sonning dunyodagi roli haqida tushuncha berib, ko'nikma va malaka hosil qilish.

XULOSA

Har bir o'quvchi kamida 10 ta son qatnashgan maqol aytishi kerak . Aytish tartibi: navbatma navbat, bitta bittadan maqol aytiladi. 10 tadan kam maqol aytgan o'quvch o'yinni tark etadi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-149-153

REFERENCES

1. Ikromov J., Mirzaahmedov M. va boshqlar. Matematika. O'rta maktabning 5-6-sinflari uchun o'quv qo'llanma. - T.: O'qituvchi, 2002.

2. Mirzaahmedov M., Rahimqoriev A. Matematika 6-sinf. Umumiy o'rta ta'lim maktablari 6-sinfi uchun darslik. - T.: O'qituvchi, 2007.

3. Колмогоров А.Н. Математика - наука и профессия. - М., 1998.

4. Селевко Г.К. Современные образовательные технологии. - М., 1998.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.