Научная статья на тему 'UZLUKSIZ TA’LIM – KADRLAR TAYYORLASHNING MUHIM ASOSI'

UZLUKSIZ TA’LIM – KADRLAR TAYYORLASHNING MUHIM ASOSI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

597
61
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
uzluksiz ta’lim / maktab / shaxs / kadr / tizim. / continuing education / school / person / staff / system

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilnoza Orziqulovna Norboyeva, Javlon Sulaymonovich Yangiboyev

Ushbu maqolada uzluksiz ta’limning mazmun-mohiyati hamda uning bugungi kundagi yutuqlari yoritilgan. Uzluksiz ta’limning kadrlar tayyorlashdagi o’rniga to’xtalib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONTINUOUS EDUCATION IS AN IMPORTANT FUNDAMENTAL OF TRAINING

This article discusses the essence of continuing education and its current achievements. The role of continuing education in training has been highlighted.

Текст научной работы на тему «UZLUKSIZ TA’LIM – KADRLAR TAYYORLASHNING MUHIM ASOSI»

UZLUKSIZ TA'LIM - KADRLAR TAYYORLASHNING MUHIM ASOSI

Dilnoza Orziqulovna Norboyeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, Milliy g'oya: ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishi talabasi

Javlon Sulaymonovich Yangiboyev

Chirchiq shahar 5-maktab o'qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada uzluksiz ta'limning mazmun-mohiyati hamda uning bugungi kundagi yutuqlari yoritilgan. Uzluksiz ta'limning kadrlar tayyorlashdagi o'rniga to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar: uzluksiz ta'lim, maktab, shaxs, kadr, tizim.

CONTINUOUS EDUCATION IS AN IMPORTANT FUNDAMENTAL

OF TRAINING

Abstract: This article discusses the essence of continuing education and its current achievements. The role of continuing education in training has been highlighted.

Keywords: continuing education, school, person, staff, system

НЕПРЕРЫВНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ- ВАЖНАЯ ОСНОВА

ПОДГОТОВКИ

Аннотация: В этой статье обсуждается сущность непрерывного образования и его текущие достижения. Была подчеркнута роль непрерывного образования и обучении.

Ключевые слова: непрерывное образование, школа, человек, персонал, система.

Bugungi kunda ta'lim tizimi davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan muhim sohalardan biri hisoblanadi. Ta'lim tizimini tubdan isloh qilish, uni jamiyatga kerakli va yetuk kadrlar tayyorlashdagi asosiy sohaga aylantirish zarurligi barchamizga ma'lum. Ta'lim tizimi O'zbekistonda boshqa davlatlar ta'lim tizimidan turli xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, yurtimizda yo'lga qo'yilgan uzluksiz ta'lim barcha rivojlangan mamlakatlarni o'ziga jalb qilmoqda.

Uzluksizta'lim - o'zaro mantiqiy izchillik asosida bog'langan hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va bir birini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat yaxlit ta'lim tizimi. O'zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash tizimining asosi, ta'lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri. 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi yangi O'zbekiston Respublikasi Qonuni alohida tamoyil sifatida qayd etilgan. [1]. Uzluksiz ta'lim milliy modelning asosiy tarkibiy qismlaridan biri Uzluksiz ta'lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun zarur shart sharoitlar yaratadi. Uzluksiz ta'limning yutug'i shundaki unda hech bir yosh bo'sh qolmaydi. Ularning barchasi ta'lim sohasiga qamrab olinadi. Uzluksiz ta'lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta'lim standartlari asosida, turli darajalardagi ta'lim dasturlarining izchilligi asosida ta'minlanadi. Uzluksiz ta'lim quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi: maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'lim.

Uzluksiz ta'limning faoliyat ko'rsatish tamoyillari quyidagilardan iborat: ta'limning ustuvorligi — uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta'lim va yuksak intellektning nufuzi;

ta'limning demokratlashuvi — ta'lim va tarbiya uslublarini tanlashda o'quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta'limni boshqarishning davlat jamiyat tizimiga o'tilishi;

ta'limning insonparvarlashuvi — inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta'limga bo'lgan turli tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta'minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o'zaro munosabatlarining uyg'unlashuvi;

ta'limning ijtimoiylashuvi — ta'lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma'naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;

ta'limning milliy yo'naltirilganligi — ta'limning milliy tarix, xalq an'analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg'unligi, O'zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta'limni milliy taraqqiyotning o'ta muhim omili sifatida e'tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash;

ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo'naltirilganligi;

iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta'limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.

Uzluksiz ta'lim tizimining imkoniyatlari va natijalri juda kengdir. Uzluksiz ta'lim orqali yoshlarni bilimli va savodxon bo'lib yetishishlari, eng muhimi, jamiyat uchun kerakli kadr bo'lib yetishishlari asosiy maqsad qilib olingan. Uzluksiz ta'limning har bir bosqichi rivojlantiruvchi va orqaga qaytmasdir. Bu nima degani? Bu uzluksiz ta'lim orqali kadrlarni shakllantirishda barcha imkoniyat va xalqaro ta'lim standartlaridan foydalanishdir.

Uzluksiz ta'limning dastlabki bosqichi bu - bog'cha, ya'ni maktabgacha ta'lim muassasasi hisoblanadi. Bugungi kunda maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati tubdan isloh qilinib, ularning faoliyat jarayonlari xalqaro standartlatga mos ravishda yangilandi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida rus va ingliz tillarini o'rgatish tizimli ravishda yo'lga qo'yildi. Uzluksiz ta'limning keying bo'g'ini bu maktabdir.

Maktab- umumiy o'rta ta'lim bosqichi. Ushbu bosqich hozirda 11 yilni tashkil etadi. Bunda bolalar dastlab 9 yilni maktabda o'rta maxsus ta'lim fanlari bilan o'z bilim va ko'nikmalarini rivojlantirib borishadi. Keying 2yil esa o'quvchi yoshlar kasbga yo'naltirilgan holda ta'limni davom ettirishadi bunda 10-11 sinflarni ixtiyoriy ravishda akademik litseylarda davom ettirihlari ham mumkin. Har bir jarayon davlat ta'lim standartlariga mos ravishda olib boriladi.

O'n bir yillik ta'limdan so'ng o'quvchi yoshlar oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirishadi. Oliy ta'lim muassasalarida ta'limni yetuk professor-o'qituvchilar olib borishadi. Oily ta'lim ikki bosqichga bo'linadi: bakalavriatura va magistratura. Bakalavriaturada ta'lim jarayoni to'rt ylni tashkil etadi. Bunda har bir yil puxta o'ylangan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Davlat ta'lim standartlariga mos ravishda olib boriladi. To'rt yil mobaynida talaba yoshalar o'z soalari bo'yicha amaliy hamda nazariy bilimlarga ega bo'lishadi. Keyingi bosqich magistraturadir. Bu jarayon ikki yil davom etadi. Uzluksiz ta'limning keying bosqichlari ham shu tarzda davom ettiriladi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, har bir bosqich har bir jarayon o'zining xalqaro tajribaga tayanganligi va individual yondasha olishi bilan ajralib turadi. Bu kabi ta'limning uzluksizligi kadrlar tayyorlashning katta yutuqlaridan biridir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Milliy Enseklopediyasi. Toshkent.-2005.

2. Хржиев, Р. Б., & Норбоева, Д. О. (2021). Ёшлар ижтимоий хдётининг когнитив асослари. Academic Research in Educational Sciences, 2(2), 544-555.

3. Hojiyev R.B., Xolmo'minov G.B., Sharipov M.L. (2020) Raising a Harmoniously Developed Generation is a Priority of Democratic Reforms in

Uzbekistan // European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, №8(5). 1-3.

4. Хажиев, Р.Б. (2014) Факторы развития общественной активности у студентов и молодежи. Молодой ученый, №20, С. 532.

5. Hojiyev R. B., Adilov Z. Y. (2017) The source of developing intеllеctual ability. Молодой ученый, №22 (4), С. 389-393.

6. Хажиева, М.С., Хажиев, Р. Б. (2015) Роль молодежи в реализации социальной активности толерантности. Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов. №2, 30-32.

7. Khodjiev, R.B. (2015) The Conceptions on Developing Student Youth Social Activity.Austrian Journal of Humanities and Social Sciences, №1-2, P. 52.

8. Икрамов Р.А., Хожиев Р.Б. (2020). Воспитание гармонично развитого поколения является приоритетом государственной молодежной политики. Вестник науки и образования. № 14 (92). Часть 1. С. 88-90.

9. Maksuda Khajieva, Rasulbek Khajiev (2015). The Role of the Tolerance in Society and its Philosophical Interpretation. Young scientist. Vol. 2. P. 159-161.

10. Umid Abdalov, Rasulbek Hadjiyev (2015). The Role of Community in the Development of Society of Citizenship. Young scientist. Vol. 2. P. 107-109.

11. Makhmudova, N.D., Hojiyev R.B. (2014). The scientific inheritance of great ancestors who worked in the mamun Academy. Сборники конференций НИЦ Социосфера. Issue 45, С. 34-35.

12. Хажиева, М.С., Хожиев Р.Б. (2014). Хусайн воиз кошифийнинг гуманистик гоялари. Сборники конференций НИЦ Социосфера. С. 148-150.

13. Хажиева, М.С., Хожиев Р.Б. (2014). Толерантлик ва унинг хусусиятлари. Сборники конференций НИЦ Социосфера. С. 39-40.

14. Атажанова, Р. Р. (2020). Рабочая тетрадь по изобразительному искусству как средство повышения крэативного мышления самостоятельной работы учеников в младших классах. Academic Research in Educational Sciences, 1(2), 201-204.

15. Халилов Р. Ш., Атажанова Р. Р. (2018). Использование рабочей тетради в обучении изобразительной деятельности в начальном классе. Молодой ученый, № 7 (193). 196-199.

16. Атажанова, Р. Р., & Атаева, Н. Р. (2020). Роль изобразительной деятельности во всестороннем развитии дошкольников. Academic Research in Educational Sciences, 1 (4), 450-454.

17. Rakhimovna, A. R. (2020). Art workbook as a means of improving the efficiency of independent work of pupils in younger classes. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (5), 54-56

18. Норбоева, Д. О. (2021). Аёл - оила кургонининг курикчиси. Academic Research in Educational Sciences, 2(2), 101-106.

19. Норбоева, Д. О. (2020). Фукаролик жамияти - демократия кузгуси. Academic Research in Educational Sciences, 1 (4), 460-467.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.