Научная статья на тему 'UYUSHMAGAN YOSHLARNI GLOBALLASHUV SHAROITIDA KASBGA YOʼNALTIRUSH MUAMMOLARI'

UYUSHMAGAN YOSHLARNI GLOBALLASHUV SHAROITIDA KASBGA YOʼNALTIRUSH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

325
67
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
globalizatsiya / kasb / uyushmagan yoshlar / yoshlar daftari.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ibodatxon Isroiljon Qizi Mutalibxanova

Ushbu maqolada globallashuv sharoitida yuzaga kelayotgan uyushmagan yoshlarni kasbga yo’naltirish muammolari juda serqirra va keng qamrovli, tasavvurga sig’dirib bo’lmaydigan darajada murakkab, ayni zamonda, juda dolzarb va keskinligi va uni bartaraf etish yo’llari haqida mulohaza etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UYUSHMAGAN YOSHLARNI GLOBALLASHUV SHAROITIDA KASBGA YOʼNALTIRUSH MUAMMOLARI»

UYUSHMAGAN YOSHLARNI GLOBALLASHUV SHAROITIDA KASBGA YO'NALTIRUSH MUAMMOLARI

Ibodatxon Isroiljon qizi Mutalibxanova

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada globallashuv sharoitida yuzaga kelayotgan uyushmagan yoshlarni kasbga yo'naltirish muammolari juda serqirra va keng qamrovli, tasavvurga sig'dirib bo'lmaydigan darajada murakkab, ayni zamonda, juda dolzarb va keskinligi va uni bartaraf etish yo'llari haqida mulohaza etilgan.

Kalit so'zlar: globalizatsiya, kasb, uyushmagan yoshlar, yoshlar daftari.

KIRISH

Biz bugun tez sur'atlar bilan o'zgarib borayotgan o'ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Chunki XXI asr boshqa davlatlar singari O'zbekistonning ham oldiga yechimini topishi zarur bo'lgan bir qator muammolarni qo'ydi. Bu muammolar bevosita yoshlar bilan chambarchas bog'liq. Chunki yoshlar ertangi kunning poydevori desak mubolag'a bo'lmaydi. Mazkur masalani benihoya dolzarbligi yashayotgan davrimizning o'ziga xosligi bilan ham uzviydir, bir so'z bilan aytganda, "globalizatsiya" (globallashuv) deb atalayotgan jarayonlar sodir bo'layotgan zamonda yashamoqdamiz. Shunday ekan, uyushmagan yoshlarni kasbga yo'naltirish masalasi ham endilikda nafaqat milliy, balki global xarakter ham kasb etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ishimizning mazkur qismida diqqatimizni aynan globallashuv sharoitida yoshlar siyosati va uyushmagan yoshlarni kasbga yo'naltirish muammolariga qaratamiz.

Mehnat bozorini zamonaviy ehtiyojlariga mos kadrlar bilan ta'minlash har bir davlat uchun muhim masala hisoblanadi. Bu esa o'z navbatida yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirish ishlarini qay darajada tashkil etilishiga bog'liq. Muammoni hal qilishimizda yoshlar daftari haqida tushunchaga ega bo'lishimiz lozim.

March, 2022

611

"Yoshlar daftari"- bu har bir sektor hududi kesimida 18 dan 30 yoshgacha bo'lgan ijtimoiy-huquqiy, psixologik qo'llab-quvvatlashga, shuningdek, bilim va kasb-hunarlarni o'rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor bo'lgan hamda ishsiz yoshlar qayd etiladigan manzilli ro'yhat.

Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O'tgan vaqt ichida yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi.

Qishloq xo'jaligining tashkiliy sektorida aholining atigi 15 foizi band ekanligini, shu bilan birga qishloq tumanlaridagi agrosanoat korxonalarining aksariyati to'xtab qolganligini va ushbu soha tomonidan aholini qamrab olish darajasi juda past ekanligini e'tirof etishdan boshqa ilojimiz yo'q. Agrar sohadagi kamchiliklar o'ta murakkab va og'ir nomutanosiblikning vujudga keltirganligi, ya'ni mamlakat aholisi o'z daromadlarining 60 foizdan ko'prog'ini oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishga sarflashga majbur bo'layotganini tan olish lozim, bu esa boshqa mehnat sig'imi yuqori bo'lgan sohalar rivojiga salbiy ta'sir etmoqda.

NATIJA VA MUHOKAMA

Uyushmagan yoshlarga nisbatan olib boriladigan madaniy, ma'rifiy, tarbiyaviy ishlarning samaradorligiga yerishish va ularda ertangi kunga ishonch hissini tug'dirish maqsadida fikrimizcha, quydagi ishlarni amalga oshirish lozim:

Birinchidan, kundan kunga kuchayib borayotgan inflyatsiyani jilovlashga qaratilgan chora-tadbirlarni jadallik bilan amalga oshirish, ushbu maqsadda tomorqalarda mahsulot ishlab chiqarish va qoramol sonining kamayib borayotganligi sabablarini chuqur o'rgangan holda qishloq yoshlariga moddiy-texnik yordam berish ko'lamini kengaytirish, marketing tadqiqotlari asosida sug'oriladigan yerlarda qishloq xo'jalik yekinlarini joylashtirishni qaytadan ko'rib chiqish, ko'p ukladli agrar iqtisodiyotni, jumladan, paxta yetishtirishga ixtisoslashgan kompleks mexanizatsiyalashgan

davlat agrosanoat birlashmalarini barpo yetish;

March, 2022

Ikkinchidan, aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo'lgan, jumladan un, o'simlik yog'i, kir sovuniga savdo ustamasini cheklash yo'li bilan chakana narx belgilash amaliyotini joriy yetish va shu yo'l bilan kishilarning, jumladan uyushmagan yoshlarni ijtimoiy jihatdan qo'llab-quvvatlash;

Uchinchidan, ta'lim va sog'likni saqlash, huquqni muhofaza qilish sohalarida korrupsiyaga qarshi va adolat muhitini yaratish maqsadida boshlangan xatti-harakatlarni kundan-kunga kuchaytirish va mantiqiy yakun topishiga xalqni ishontirish;

To'rtinchidan, cheklangan ishlab chiqarish resurslarini viloyatlarning alohida tanlangan tumanida yemas, balki barcha qishloq joylarini kompleks rivojlanishiga xizmat qiladigan iqtisodiy munosabatlarni yo'lga qo'yish.

Beshinchidan, kollejlar sharoitini ta'lim sohasidagi yangi vaziyat nuqtai nazaridan o'rganib chiqish va ularning mos keladigan binolarida sanoat korxonalari, jumladan, tikuvchilik, poyafzal, mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning filiallarini tashkil etish;

XULOSA

Chindan ham ushbu globallashuv tufayli yuzaga chiqayotgan muammolar juda serqirra va keng qamrovli, tasavvurga sig'dirib bo'lmaydigan darajada murakkab, ayni zamonda, juda dolzarb va keskindir.

REFERENCES

1. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 19.01.2021-y., 09/21/23/0056-son)

2. Jumayev N. Tarix falsafasining nazariy asoslari. - Toshkent: Ma'naviyat, 2008. -B221.

3. Google sayti.

March, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.