Научная статья на тему 'USLUBIYAT FANINING TASHKILIY MADANIYAT ETIKASI'

USLUBIYAT FANINING TASHKILIY MADANIYAT ETIKASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
129
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
uslubiyat / fan / madaniyat / etika / rahbar / ma’naviyat / moddiylik / bilim / texnika / axloqiy / huquqiy / iqtisodiy / mehnat / tashkiliy / texnikaviy

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ohunjon Tursunqulov

Ushbu maqolada uslubiyat fanining tashkiliy madaniyati moddiy va ma’naviy boyliklari qolaversa, inson jamiyatda bilim va taraqqiyot darajasini boyitishi, boshqaruv madaniyatning ma’naviy madaniyatini bir qismi sifatida rahbar madaniyati bilan bog’liqligi haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «USLUBIYAT FANINING TASHKILIY MADANIYAT ETIKASI»

USLUBIYAT FANINING TASHKILIY MADANIYAT ETIKASI

Ohunjon Tursunqulov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada uslubiyat fanining tashkiliy madaniyati moddiy va ma'naviy boyliklari qolaversa, inson jamiyatda bilim va taraqqiyot darajasini boyitishi, boshqaruv madaniyatning ma'naviy madaniyatini bir qismi sifatida rahbar madaniyati bilan bog'liqligi haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: uslubiyat, fan, madaniyat, etika, rahbar, ma'naviyat, moddiylik, bilim, texnika, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy, mehnat, tashkiliy, texnikaviy

ETHICS OF ORGANIZATIONAL CULTURE OF METHODOLOGY

Ohunjon Tursunkulov Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: In this article, the organizational culture of methodological science, in addition to its material and spiritual resources, enriches the level of knowledge and development of a person in society.

Keywords: methodology, science, culture, ethics, leader, spirituality, materiality, knowledge, technique, moral, legal, economic, labor, organizational, technical

Madaniyat - bu insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratilgan moddiy va ma'naviy boyliklar majmuini ifodalashdan tashqari, o'zida jamiyatning taraqqiyot darajasini ham aks ettiradi, ya'ni jamiyatdagi bilim, me'zon va qadriyatlarning yig'indisi madaniyatda gavdalanadi. Boshqaruv madaniyati aynan ma'naviy madaniyatning bir qismi sifatida rahbar madaniyati bilan bog'liq. Boshqaruv madaniyati inson madaniyatining tarkibiy qismi bo'lish bilan birga qator o'ziga xos xususiyatlarga ham ega. Boshqaruvchi madaniyatli bo'lishi shart, chunki har bir muassasaning har bir bo'linmasi samarali ishlashi uchun uning xodimlari yuksak madaniyatga ega bo'lishlari kerak. Boshqaruv madaniyati darajasi xodimlar, ayniqsa, boshqaruvchi madaniyatini, boshqaruv jarayoni madaniyati, boshqaruv texnikasi, mehnat sharoitini aks ettiruvchi ko'rsatkichlar bilan baholanadi. Boshqaruv madaniyati unsurlarining turli-tumanligi boshqaruv jarayonida turli-tuman me'yorlarga jumladan, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, estetik me'yorlarga rioya qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Jamiyatda odamlarni boshqarish madaniyatiga doyir ilk diniy-falsafiy qarashlar qadimiy diniy-falsafiy asarlarda o'z badiiy hamda didaktik ifodasini topgan. Xususan

I fci^lS^^Bl 94 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

boshqarish madaniyatini o'ziga xos voqelik sifatida idrok etish "Avesto", "Tavrot", "Injil"larda keng tavsiflangan bo'lib, ayniqsa sharq xalqlarining ma'naviy merosi hisoblanmish "Avesto"da batafsil yoritib o'tilgan. Avestoda insonlarning o'rtasidagi zulm, adovat, nizolarni bilim va donolik bilan odilona hal etishlari asosiy burchlari ekanligi uqtirilgan.1

Beruniy jamiyatni boshqarish masalasiga to'xtalib o'tar ekan, "Idora qilish va boshqarishning mohiyati aziyat chekkanlarning huquqlarini himoya qilish, birovlarning tinchligi yo'lida o'z tinchligini yo'qotishdan iboratdir"2, deydi. Qomusiy olim va mutafakkirlarimiz, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino va Amir Temur kabi ajdodlarimiz taraqqiyotni maqsad va manfaatlar uyg'unligida ko'rganlar. Bu borada ayniqsa Forobiy qarashlari diqqatga sazovordir3

Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasi o'z mohiyatiga ko'ra murakkab jarayon sanaladi. Sababi mazkur jarayonning bevosita insonni boshqarish bilan bog'liqligida ko'rinadi. Shu bois hamma davrlarda ham rahbarlik faoliyatiga maxsus tayyorgarlikka ega malakali shaxslar tayinlanishgan. Boshqaruv tizimida va faoliyatida milliy va umuminsoniy axloqiy qadriyatlarniuyg'unlashtirishga intilish natijasida fuqarolarning huquqi, erki, farovonligi vabaxtini ta'minlanishiga olib keladi. Aksincha, boshqaruv tizimining tayziq, zo'ravonlik, zug'um, majburlash, zo'rlash, qo'rqitish, kamsitish kabi g'ayriaxloqiy illatlarga asoslanishi natijasida davlat ham, jamiyat ham, inson ham yuksak tanazzulga yuz tutishi barcha zamonlarda ham o'z isbotini topib kelmoqda. Rahbarning tashkiliy madaniyati darajasi xodimlar, ayniqsa, boshqaruv texnikasi, mehnat sharoitini aks ettiruvchi ko'rsatkichlar bo'yicha baholanadi. Rahbarning tashkiliy madaniyati unsurlarining turli-tumanligi boshqaruv jarayonida turli-tuman meyorlarga, jumladan, axloqiy, xuquqiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, estetik meyorlarga rioya qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Rahbarning tashkiliy madaniyati darajasi xodimlar, ayniqsa, boshqaruv texnikasi, mehnat sharoitini aks ettiruvchi ko'rsatkichlar bo'yicha baholanadi. Rahbarning tashkiliy madaniyati unsurlarining turli-tumanligi boshqaruv jarayonida turli-tuman meyorlarga, jumladan, axloqiy, xuquqiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, estetik me'yorlarga rioya qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Axloqiy meyorlar insonning axloq va odob sohasidagi xulqini tartibga soladi. Ular jumlasiga ijtimoiy burchni to'g'ri tushunish, kishi o'rtasida insoniy munosabat va o'zaro xurmat, vijdonlilik, xaqiqatgo'ylik, kamtarlik va boshqalar kiradi. Boshqaruv jaryonida axloqiy meyorlarga rioya qilish uning madaniyati yuqori darajasidan dalolat beradi. Estetik talablar va meyorlar ham boshqaruv jarayonida qo'llaniladigan texnikavositalari va uskunalari, ham boshqaruv xodimlarini o'rab turuvchi tashqi muhit uchun belgilanadi.

1 Авесто.-А.Махкамов таржимаси. -Т.: Шарк, 2001. -Б. 248.

2Абу Райхон Беруний. Танланган асарлар, 1-жилд. -Т.: Фан, 1968. -486 б.;

3 Форобий Абу Наср. Фозил одамлар шахри. -Т.: F.Fулом нашриёти, 1993. -Б. 160.;

ПЙГЙ^^И! 95 ISSN 2181-063Х/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Rahbar xodimlarning madaniyati ko'p omillarga bog'liq, umumiy madaniyat darajasi, ishbilarmonlik sifatlari, boshqaruv ilmini chuqur va har tomonlama bilish va uni o'z faoliyati jarayonida qo'llay olish bilan Harakterlanadi. Har bir rahbar o'z vazifasini bajarish jarayonida jamoaning boshqa a'zolari bilan munosabatda bo'lar ekan, ishbilarmon kishilar o'rtasida mavjud axloqiy qoidalarga bo'ysunadi.

Personal ya'ni xodimni boshqarishda quyidagi tamoyillarga suyanish muhimdir:

- jinsi, irqi, millati, tili, kelib chiqishi, mansabi, mulkiy mavqei, yashash joyi, e'tiqodi, jamoat birlashmalariga a'zoligi va boshqa holatlaridan qat'iy nazar davlat tomonidan fuqarolarning huquq va erkinlliklari kafolatlanishi;

- fuqarolarning ijtimoiy, irqiy, milliy yoki qaysi dinga mansubligi belgilari bo'yicha ular huquqlarini cheklashning har qanday shakllarini ta'qiqlash tamoyili;

- erkak va ayollar uchun huquq va erkinliklar tengligi ta'minlanishi, ularning o'z salohiyatlarini namoyish etishlari uchun bir xil imkoniyatlar yaratilishi;

- davlat ishlarini boshqarishda fuqarolarning ishtirok etishi huquqi tengligining kafolatlanishi;

- fuqarolarning mehnat qilish qobiliyatidan erkin foydalanish, faoliyat turi va kasb tanlash huquqining tengligi e'tirof etilishi; fuqarolarning davlat xizmatida ishlash uchun teng imkoniyatga ega ekanligi qonuniy asosda tan olinganligi"4.

Shuningdek, boshqarishning eng muhim talablaridan biri sifatida kasb mahorati va omilkorlik xususiyatlari talab qilinishi ta'kidlanadi. "Kasb mahorati insonning kasbiga doir bilim, malaka va ko'nikmalarni yuqori darajada egallagani, unda kasbga doir psixologik tajriba mavjudligini bildiradi"5. Har bir jamoada xayrihohlik, insonga xurmat muhiti mavjud bo'lishi kerak. Boshqaruv madaniyati sansalorlik, mansabparastlik, shavqatsizlik, qo'pollikka ziddir. Boshqaruv tizimida, shuningdek, davlat meyorlariga rioya qilmaslik, va'dabozlik, faoliyatga noto'g'ri baho berish va boshqa xususiyatlarga yo'l qo'yib bo'lmaydi.

Amaliy faoliyatda fandan foydalanish. Mehnatga ijodiy yondashish, tadbirkorlik, javobgarlik, tashabbus va mustaqillik, xo'jasizlikka, byuroktatizm, qonun buzuvchilikka, murosasizlik, vijdoniylik, kamtarlik va oddiylik boshqaruv xodimlari madaniyatini ifodalaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Авесто.-А.Махкамов таржимаси. -Т.: Шарк, 2001. -Б. 248

2. Абу Райхон Беруний. Танланган асарлар, 1-жилд. -Т.: Фан, 1968. -486 б.;

3. Muhammadjonova L.A., Ortiqova D.O., Abidjanova F.A., Masharipova G.K. Professional etika va etiket. Darslik. - T.: "Adabiyot uchqunlari" 2018.

4 Давлат хизмати персоналини бошкариш. Укув кулланма / КХ. Абдурахмонов, Д.Н. Рахимова ва б.—Т.: Академия, 2002.-Б. 64.

5 Уша манба. -Б.65.

ПссЩ^^Н! 96 ISSN 2181-063Х/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

4. M. KaxHarova, N Agzamova. Etika Uchebnoe posobie. Rizograf imeni Nizami. 2018 god.

5. L.Muhammadjonova, F.Abidjanova. Etiket. O'quv qo'llanma. T.: Universitet. O'zMU, 2018.

6. Nurmatova M., Muhammadjonova L., Ma'naviyatning axloqiy asoslari.- T.: Unversitet, O'zMU. 2013

7. Nazarov Q. Aksiologiya - qadriyatlar falsafasi. -T.: O'FMJ, 2004.

8. Nurmatova M. Shaxs kamolotida axloqiy va estetik qadriyatlar uyg'unligi. T.: Universitet, 2009.

9. OopoÖHH A6y Hacp. Oo3nn ogaMnap maxpn. -T.: F.FynoM HampneTH, 1993. -E. 160.

97

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.