Научная статья на тему 'URUSH XOTIRALARI'

URUSH XOTIRALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
145
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MA'RIFAT / FASHIZM / FRONT ORTIDA / EVAKUATSIYA / XALQ / MATONAT

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ahmedov T.B.

USHBU MAQOLADA IKKINCHI JAHON URUSHI UNING OQIBATLARI,MURG‘AK GO'DAKLARNING ERTA O'LIM TOPISHI, O'ZBEK XALQINING SHAHID KETGAN INSONLAR XOTIRASI DOIMO QADRLANISHI BATAFSIL KELTIRILGAN.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAR MEMORIES

This article details the aftermath of World War II, the early deaths of infants, and the Uzbek people's constant appreciation of the memory of those who were martyred.

Текст научной работы на тему «URUSH XOTIRALARI»

Ahmedov T.B.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san'atfakulteti "Haykaltaroshlik"ta'limyo'nalishi

4-kurs talabasi

URUSH XOTIRALARI

Annotatsiya: ushbu maqolada ikkinchi jahon urushi uning oqibatlari,murg'ak go'daklarning erta o'lim topishi, o'zbek xalqining shahid ketgan insonlar xotirasi doimo qadrlanishi batafsil keltirilgan.

Kalit so'zlar: Ma'rifat, fashizm, front ortida, evakuatsiya, xalq, matonat.

Ahmedov T.B.

4th year student faculty of fine arts, "Sculpture" National Institute of Art and Design named after

Kamoliddin Behzod

WAR MEMORIES

Abstract: This article details the aftermath of World War II, the early deaths of infants, and the Uzbek people's constant appreciation of the memory of those who were martyred.

Keywords: enlightenment, fascism, behind the front, evacuation, people, perseverance.

Haykal muallifi Ahmedov Tohirjon Boxodirjon o'g'li "Urush xotiralari "mavzusida asar yaratdim. Razmeri 67*61*50. 2021-yil Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sohibi.

Yaratuvchi asar yaratayotganda, o'sha muhitda his qilishi kerak. Bu asarda men ham beixtiyor o'sha kunlarni, o'sha davrni his qildim, shu kunlarga qadar qancha insonlar jonini fido qilganini o'ylasam, o'zgacha bir tuyg'uni his qildim, o'zgacha g'urur tuydim. Bundan ilhomlanib, men o'z ishimni yaratishga qaror qildim, unda odamlar bu narsalarni bilishini va o'zlarini shunday his qilishlarini xohlardim.

Garchi bu asar plastilindan yasalgan bo'lsa-da, uni o'z mahoratim bilan tomoshabinlarga ko'rsatishga qaror qildim. Urush qanday bo'lishini, qanday tugashini, qancha odamni o'ldirganini va qancha bolasini yetim qolganini tasavvur qilish qiyin. Ijodiy namunam kompozitsion jihatidan ko'p qirrali asar. Men ishimning asosiy ochib beruvchi jihati bo'lgan markaziy asosiy nuqtada yigitni tasvirlab berdim. Ko'rinib turibdiki, bola kuchli iltijo bilan yig'laydi, biz bolaning ko'zidagi qo'rquv bilan kurashishning hojati yo'q, biz bu dahshatli voqealarga qarshimiz, dunyo bolalari faqat fashizm balosidan qo'rqishadi.

Qo'g'irchoqning yer yuzida bo'lishi mumkin bo'lgan asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri shundaki, u urush tajribalari va dahshatlarini aks ettiradi va biz shuni tushunishimiz kerakki, bu urushdan yetkazilgan zararlarning aksariyati begunoh bolalarga ta'sir qiladi.

Keyingi qismda fondagi voqealar asarni to'ldiradi va shakllantiradi. Asosan, men urush dahshatlari qanday ko'rinishini va oqibatlari va dahshatlari nima ekanligini tushuntirdim.Keyingi qismda fondagi voqealar asarni yakunlaydi va shakllantiradi. Shahar va qishloqlarning vayron bo'lishi, tabiatning vahshiyligi, o'rmon va hayvonlarning ham birdik nobud bo'lishi aks ettiriladi .

Shunday qilib, qora kunlarning alomati bo'lgan urushning eng qorong'u kunlarini ochib beradigan jihatlardan biri qora tutunga to'la osmondagi bulutlarning yorqin aks ettirilgan.

Men o'z asarimda utgan voqealarning haqiqiy haqqoniy tarzda yaralishini istadim, har bir o'zbek farzandi va butun dunyo farzandlari ham shularni bilishini xoxladim. Biz shu kunlarga osonlikcha yetib kelmaganligimizni bilishlari va anglashlarini xoxladim va men bu ishda o'z xizmatimni samarali deb o'ylayman va men bundan hursandman. Bizning ulkamizga, yurtimizga ko'z tegmasin jonajon O'zbekistonimizning tinchligi abadiy bo'lsin.

Dunyo dunyo bo'libdiki insonlar tomonidan urushlar muntazam ravishta bo'lib turgan. Urushlar mamlakat iqtisodiyoti, ijtimoiy muhit va taraqqiyotga jiddiy zarar berishi hammaga ayon. Shuningdek, urushlar millionlab murg'ak go'dak va bolalarning eng shirin davridan, ya'ni bolalaligidan va kelajagidan mahrum qiladi. Bolalarni ana shunday bebaho damlardan mahrum qilgan shunday urush o'chog'i 1939 - yilda boshlandi. Bu urush XX asr fojiasi sifatida insoniyat tarixiga kirdi .Odamlar bu urushni "Ikkinchi jahon urushi"deb ataganlar.Ikkinchi jahon urushi eng daxshatli va qonli to'qnashuv edi. Bu qonli urushning asosiy sababchisi bu fashistlar edi. Ular o'zlarini oliy irq hisoblab va dunyoga hukmronligini urnatmoqchi bo'lishgan. Ularning hukumat boshlig'i

Adolf Gitler bo'lib, u jamiyki xalqning mislsiz kulfatlarini yog'dirgan ko'ngillarni xira va dillarni vayron qilgan shaxs edi. Bu urush boshlangandan tugagunga qadar butun xalq, elat qattiq azob uqubatda qoldi, ko'plab oilalarning ajdodlari nobud bo'lib hammaning yostig'ini quritdi, eng asosiysi esa dunyoni o'zgartirdi.

Urush yillari hammaga ham og'ir edi ayniqsa bolalarga chunki ularning urushda zarracha bo'lsada aybi bo'lmasa ham ular eng ayanchli qurbonlarga aylandi. Bolalarning ko'pchiligi urush qurshovida qolib o'lib ketishardi, tirik qolganlari esa ochlikka chidolmasdan azobda qolishardi. Aslida bolalar o'lim va azob uchun emas, balki hayot uchun tug'iladi. Ammo urush bu hayotni olib ketadi .

Bizga ma'lumki O'zbekiston bu urushda qatnashmagan bo'lsa ham 19411945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida ko'p millatli xalqimiz jang maydonlarida va front ortida ulkan jasorat va matonat ko'rsatib, fashizm ustidan qozonilgan g'alabani ta'minlashga munosib hissa qo'shdi. Urushda qatnashgan 1,5 milliondan ortiq o'zbeklarning yarim milliondan ortig'i shahid ketdi ,133 mingga yaqin odamlar esa bedarak yo'qoldi, 60 mingdan ziyodi nogiron bo'lib qaytdi.O'sha juda og'ir va suronli davrda yurtimiz frontning asosiy ishchi bazasi ta'minotiga aylandi, bu yerdagi sanoat korxonalari harbiy sohaga moslashtirilib, ularning faoliyati front ehtiyojlari uchun yo'naltirildi. O'zbekistonga evakuatsiya qilingan yuzdan ziyod korxona va fabrikalarni qayta tiklashda fuqarolarimiz bor kuch va matonatlarini safarbar etdi. Urush ichida qolgan hududlardan yurtimizga 1 million nafardan ortiq kishi ko'chirib keltirildi. Ularning 200 ming nafari bolalar edi. Xalqimiz ularga boshpana berib, so'nggi burda nonini ham baham ko'rib, ota-onasidan ajralgan bolalarni o'z farzandlari qatori tarbiyasiga olib, butun dunyoga haqiqiy insonparvarlik fazilatlarini namoyish etdi.Afsuski, O'zbekiston xalqining bu qonli urush davrida front ortida kechgan og'ir va mashaqqatli hayoti, urush yillarida xalqimiz tomonidan amalga oshirilgan buyuk ishlarni, uning kuchli iroda va qahramonligini, o'sha davr haqiqatini kelgusi avlodlarga aniq misollar asosida yetkazish, ularni vatanparvarlik va jasorat ruhida tarbiyalash borasida bunday manbalar g'oyat muhim ahamiyatga ega edi. Ammo bularning barchasini kimgadur ko'rsatish uchun asosiy dalil va shu kabi hujjat yo'q bo'lsada O'zbekistonning eng yangi tarixi va biz erishgan olamshumul yutuqlar mard matonatli xalqimiz har qanday qiyinchilik, to'siq va sinovlarni o'z kuchi va irodasi bilan yengib o'tishga qodir, deb baralla aytishga to'la asos beradi. Ularning bu kabi fidokorona mehnatlari aslo unutilmaydi. Chunki biz ularni 9- may sanasida mangu xotirlaymiz. Minglab O'zbekiston xalqi va poytaxtimiz mehmonlari "Mungli ona" xaykali ostiga gullar qo'yadilar va bu orqali Ikkinchi Jahon urushida qurbon bo'lganlar xotirasini yodga oladilar. Bu kunda yoshlar va yoshi ulug' kishilar, bolalar va yoki kattalar xotira maydonlarini ziyorat qilishga xarakat qiladilar. Ona xaykali yokidagi "Mangu olov" yonida zar harflar bilan "Sen har doim qalbimdasan"

degan so'zlar bitilgan .Bu orqali biz mustaqilligimiz sababchisi bo'lgan insonlarni hech qachon unutmaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar: l.O'zbekiston tarixi:/Muallif:Q.Rajabov, A .Zamonov.

2.Nafasov T.Qashqadaryo qishloqnomasi T.2009 yil.

3.B.Xodjayev, J.Abdullayev. -Toshkent: "Turon-Iqbol " 2017.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.