Научная статья на тему 'TARIX DARSLARIDA IKKINCHI JAHON URUSHIGA OID MAHALLIY MANBALARDAN FOYDALANISHNING USLUBIY XUSUSIYATLARI'

TARIX DARSLARIDA IKKINCHI JAHON URUSHIGA OID MAHALLIY MANBALARDAN FOYDALANISHNING USLUBIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
308
52
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bag‘rikenglik / iymon-insof / or-nomus / Vatanga sаdoqat / issiq kiyim / oziq-ovqat / mudofaa / targ‘ibot ishlari / qahramonlik / mehr-oqibat / jangchilarga moddiy yordam uyushtirish. / толерантность / вера / честность / честь / верность Родине / теплая одежда / продукты / оборона / пропаганда / героизм / доброта / организация материального обеспечения бойцов.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Bozorova Nazokat Mamasoatovna

Maqolada Surxondaryo viloyati ahlining ikkinchi jahon urushidagi shijoatli faoliyati, ko‘rsatgan jasorati va urushga yuborgan moddiy yordami va maktab ta'limining tarix darslarida ikkinchi jahon urushi oid mahalliy manbalardan foydalanish usul va vositalari ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

МЕТОДИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ МЕСТНЫХ ИСТОЧНИКОВ О ВТОРОЙ МИРОВОЙ ВОЙНЕ НА УРОКАХ ИСТОРИИ

В статье обоснованы героические действия жителей Сурхандарьинской области в годы Второй мировой войны, их мужество и материальная поддержка, которую они направляли на фронт, а также методы и средства использования местных источников о Второй мировой войне на уроках истории.

Текст научной работы на тему «TARIX DARSLARIDA IKKINCHI JAHON URUSHIGA OID MAHALLIY MANBALARDAN FOYDALANISHNING USLUBIY XUSUSIYATLARI»

Bozorova Nazokat Mamasoatovna,

Termiz davlat universiteti "Jahon tarixi" kafedrasi o'qituvchisi

TARIX DARSLARIDAIKKINCHI JAHON URUSHIGA OID MAHALLIY MANBALARDAN FOYDALANISHNING USLUBIY XUSUSIYATLARI

UO'K: 37.018.94 DOI: 10.34920/SO/VOL_2022_ISSUE_6_9

BOZOROVA N.M. TARIX DARSLARIDA IKKINCHI JAHON URUSHIGA OID MAHALLIY MANBALARDAN FOYDALANISHNING USLUBIY XUSUSIYATLARI

Maqolada Surxondaryo viloyati ahlining ikkinchi jahon urushidagi shijoatli faoliyati, ko'rsatgan jasorati va urushga yuborgan moddiy yordami va maktab ta'limining tarix darslarida ikkinchi jahon urushi oid mahalliy manbalardan foydalanish usul va vositalari ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

Tayanch so'z va tushunchalar: bag'rikenglik, iymon-insof, or-nomus, Vatanga sadoqat, issiq kiyim, oziq-ovqat, mudofaa, targ'ibot ishlari, qahramonlik, mehr-oqibat, jangchilarga moddiy yordam uyushtirish.

БОЗОРОВА Н.М. МЕТОДИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ МЕСТНЫХ ИСТОЧНИКОВ О ВТОРОЙ МИРОВОЙ ВОЙНЕ НА УРОКАХ ИСТОРИИ

В статье обоснованы героические действия жителей Сурхандарьинской области в годы Второй мировой войны, их мужество и материальная поддержка, которую они направляли на фронт, а также методы и средства использования местных источников о Второй мировой войне на уроках истории.

Ключевые слова и понятия: толерантность, вера, честность, честь, верность Родине, теплая одежда, продукты, оборона, пропаганда, героизм, доброта, организация материального обеспечения бойцов.

BOZOROVA N.M. METHODOLOGICAL CHARACTERISTICS OF USING LOCAL SOURCES ABOUT THE SECOND WORLD WAR IN HISTORY LESSONS

In the article, the courageous activity of the people of Surkhandarya region during the Second World War, their bravery and the material support they sent to the front, and the methods and means of using local sources related to the Second World War in the history classes of school education are scientifically justified.

Key words and concepts: tolerance, faith, honesty, honor, loyalty to the Motherland, warm clothes, food, defense, propaganda, heroism, kindness, organizing material support for fighters.

Kirish.

O'zbekiston tarixini chuqur o'rganish, yosh-larni o'tmishimizning boy madaniy va ma'naviy merosi, jahon ilmiy tafakkuri va madaniyatiga qo'shgan hissasi bilan tanishtirish, madaniyat-imizning benazir allomalari nomlarini hurmat bilan tilga olish, ular bilan faxrlanish, milliy ift-ixor ruhini singdirishga yordam beradi. Shu bois, davlatimiz, millatimizning haqqoniy ilmiy tarixini yaratishi bugungi kun uchun g'oyat muhim va dolzarb masalaga aylangan.

Mavzuning dolzarbligi.

Tarix o'qituvchilarining dars jarayonlarida tayyorlash, bilim ko'nikmalarni boyitishda ikk-inchi jahon urushiga oid manbalardan bevosita foydalanishning zamonaviy metodik ta'lim soha-siga yo'naltirish mavzuning dolzarbligini tashkil etadi. Chunki, tarix fanidagi har bir dars, albatta, siyosiy xaritaga hamda manbalarga tayangan holda boshlanadi. Dars mavzusini bilimlar aso-sida bog'lashda metodik usullarning yanada takommillashtirish, uni zamonaviy ta'lim bilan bog'lash mavzuning zaruriyatini tashkil etadi

Ta'lim jarayonida tarix fanini o'qitishda, xalqimizning ma'rifatparvarlik, bag'rikenglik, mehmondo'stlik kabi an'analari, iymon-insof, mehr-oqibat, or-nomus kabi fazilatlarini chuqur o'rganish va ularni yoshlar qalbiga singdirish asosiy vazifa etib belgilangan.

Tarix darslarini umumta'lim maktablarida o'qitishda ikkinchi jahon urushiga oid mahal-liy manbalardan foydalanish metodikasi, uzluk-siz ta'lim tizimining barcha bosqichlarida qo'llanilishi lozim. Tarix darslarning sifat va samaradorligini oshirishda, o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishini turli metodik usullar vositasida keng targ'ib qilishga qaratilgan.

Surxondaryo tarixini haqqoniy o'rganib, uning mohiyatini anglash o'quvchilarga ajdodlarning tarixiy an'analariga oid manbalari, ularning tar-ixan tarkib topganligini tushunib olishlariga yaq-indan ko'mak beradi.

Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoevning "Makta-bda o'qitish metodikasi o'zgarmasa, ta'lim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham o'zgarmaydi"1,

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida "Mamlakatda ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo'yicha videoselektor yig'ilishi ma'ruzasidan; 30 oktabr 2020 yil.

deb aytgan fikrining nechog'lik dolzarbligi ayon bo'ladi. Shu bois, davlatimiz, millatimizning haqqoniy ilmiy tarixini yaratish keng jamoatchil-igimiz uchun g'oyat muhim va dolzarb masalaga aylandi. Bu esa, yosh avlodning tarixiy ongini shakllantirish vazifasini bajarishni maqsadi ekan-ligini ko'rsatadi.

Mavzu bo'yicha ilmiy izlanishlarning qisqacha tahlili.

Umumta'lim maktablarida tarix darsla-rini o'qitishda ikkinchi jahon urushi yillari mahalliy manbalardan foydalanish metodi-kasi yo'nalishida respublikamiz tadkikotchi-lari A.Sa'diyev2, T.Toshpo'latov, Ya.G'afforov3, A.Asqarov4, Ya.Gaffarov, M.Gafforova5, shuning-dek, xorijlik olimlar Joyce Appleby, Lynn Hunt6, Bhuvan Garg7, R.P.Pathak8, J.Daniel9 tomonidan tadqiq etilgan.

Umumta'lim maktablarida tarix darslarida ikkinchi jahon urushi yillarida mavzusiga oid manbalardan foydalangan holda ta'lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati masalasida Z.Ahrorova10, S.Boboqulov, A.Jumayev11 singari olimlar tadqiqotlarida o'rganilgan.

Maqolaning ilmiy yangiligi shundan ibo-ratki, umumta'lim maktablarida tarix darslarida ikkinchi jahon urushi yillarida mavzusiga oid manbalardan foydalangan muammolari yuza-sidan turli soha olimlari tomonidan ilmiy ishlar olib borilgan bo'lsa-da, biroq bevosita mavzuni

2 Саъдиев А. Узбекистан халклар тарихини укитиш.

- Тошкент, 1993. Мактабда тарих укитиш методикаси. -Тошкент, 1998.

3 Тошпулатов Т., Fаффоров Я. Тарих укитиш методи-каси.(бакалавриат йуналишидаги талабалар учун укув кулланма). - Тошкент: УзМУ - Университет, 2002.

4 Аскаров А. Узбекистан мустакиллиги шароитида тарих фанининг вазифалари.- "Узбекистонда ижтимоий фанлар" 1992. № 7-8

5 Гаффаров Я, Гаффорова М. Узбекистан халклари тарихини укитиш усуллари. - Т.: 1996.

6 Joyce Appleby, Lynn Hunt, Margaret Jacob. TELLING THE TRUTH ABOUT HISTORY. W.W. Norton & Company. New York - London. 1994.

7 Bhuvan Garg. Teaching of history (Тарихни укитиш). India. New Delhi. Rajat publications, 2007.

8 Pathak R.P. Methodology of Educational Research. Atlantic. USA. 2008.

9 Daniel J. Tew. Pedagogy of Teaching History: Comparing the Chronologic and Thematic Approaches. USA. Western Oregon University, 2014.

10 Махмудхужа Бехбудийнинг педагогик карашлари ва маърифий - амалий фаолияти. Пед. номз. дисс. - 1997.

11 Ижтимоий педагогика. - Т.: 2019.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 6 (115)

dars jarayonida interfaol ta'lim modelidan foy-dalanish muammosi maxsus tadqiq etilmagan.

Tadqiqotning maqsadi umumta'lim makta-blarida tarix darslarini o'qitishda ikkinchi jahon urushi tarixiga oid mahalliy manbalardan foy-dalanish metodikasini tarix o'qitish metodikasi materiallari asosida ochib berishdan iborat.

Tadqiqotning obyekti sifatida umumiy o'rta ta'lim maktablarida tarix darslarini o'qitishda ikkinchi jahon urushi yillariga oid mahalliy man-balardan foydalanish metodikasiga doir o'quvchi va o'qituvchilarning o'zaro hamkorlik madani-yatini takomillashtirish jarayoni tanlandi.

Tadqiqotda tizimlilik, qiyosiy-mantiqiy tahlil-dan foydalanildi.

Tadqiqotning empirik manbaini anketa so'rovnomalari natijalari tashkil etdi.

Asosiy qism.

Tarix darsi bilan bog'liq bo'lgan o'quv jarayonida ijodkorlik muhitini vujudga keltirish lozim. O'quvchi tarixiy voqea-hodisalar, tar-ixiy sahna-manzaralarni chuqur anglashi uchun unda ijodkorlik ruhini uyg'otish kerak. Aks holda mavhum tasavvur bilan yoki yodlatish usuli orqali o'rgatishga o'xshagan metodlar zamon talabiga mutlaqo javob bermaydi. O'quvchilar faoliyatini muayyan tartib asosida tashkil etish, ya'ni oldingi darslarda o'tilgan mavzularni key-ingi darslar mazmuni bilan muntazam tarzda iloji boricha uzviyligini izlab topish zarur. Ijodkorlik ruhini uyg'otish deganda nima nazarda tutiladi? Bunda tarix darsida qo'llaniladigan ijodiy topshiriqlar orasida tarixning ma'lum bir mavzularida ijodiy ishlarni yozish muhim o'rinni egallaydi. Ijodiy ish yozdirish orqali bir vaqtning o'zida o'quvchilarda yozma nutqni rivojlantirish, tarixiy sanalar, voqealar, shaxslar va tarixiy joy-larni tasavvur qilib, uni yozma ifoda etish ijodiy hamda tarixiy tafakkurni shakllantiradi. Bu ijodiy topshiriqni bajarishda, o'quvchilarga o'qituvchi ikkinchi jahon urushida surxondaryoliklarning qo'shgan hissalari yoritilgan ma'lumotlar bilan tanishtirgan bo'lishi kerak.

Mahalliy tarixchi olimlarimiz tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar, arxiv fond materiallari, hujjatli filmlar, jurnal va gazetalar orqali yoritilgan ma'lumotlar ushbu ijodiy ishni tashkillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ijodiy ishni tashkil qilishdan avval o'qituvchi ushbu ma'lumotlarni tarix darsida ikkinchi

jahon urushi mavzusi yuzasidan o'tiladigan dars mashg'uloti jarayonida albatta yoritish lozim. O'quvchilarning ilmiy ishlarini tashkil qilish va uning samarali olib borishda har bir keltirilgan ma'lumotlar o'z tasdig'ini topgan ishonarli ilmiy ma'lumotlardan foydalangan holda olib boriladi.

"Bugun fashizmga qarshi kurashda halok bo'lgan minglab vatandoshlarimizning so'nmas xotiralarini yod etib, ularning ruhi poklariga hur-mat bajo keltirish - biz uchun ham qarz, ham farzdir"1. Darhaqiqat, Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek, "Ayni vaqtda mustaqil Vatanimiz ozodligi, el-yurt tinchligi yo'lida halok bo'lgan jasur harbiylarim-izning nomlarini ham hurmat va ehtirom bilan esga olamiz. Ularning oila a'zolari, farzandlariga e'tibor va g'amxo'rlik ko'rsatishni o'zimizning muqaddas burchimiz, deb bilamiz"2.

Insoniyat boshidan kechirgan urushlar orasida ikkinchi jahon urushi o'zining dahshati bilan alohida ajralib turadi. 2020 yil fashizm ustidan qozonilgan g'alabaning 75 yilligini dunyon-ing tinchliksevar mamlakatlari nishonlashdi. Urush tugaganiga yarim asrdan ko'p vaqt o'tgan bo'lsa-da, urushning kishilar qalbiga solgan jarohati, jabru sitamlari hali-hanuz unutilgani yo'q. O'zbekistonda istiqomat qiluvchi xalqlarn-ing ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki, ularning fashizm ustidan qozonilgan g'alabaga qo'shgan hissasini xolisona va adolat nuqtai-nazaridan o'rganish tarixiy xotira uchun ham, kelajak avlod uchun ham nihoyatda zarurdir.

Birinchi Prezidentimiz I.Karimov

ta'kidlaganidek, «Ikkinchi jahon urushiga qanday qaralmasin, bu urush qaysi g'oya ostida va kimn-ing izmi bilan olib borilgan bo'lmasin, o'z Vatani, el-yurtining yorug' kelajagi, beg'ubor osmoni uchun jang maydonlarida halok bo'lganlarni, o'z umrlarini bevaqt xazon qilgan insonlarni doimo yodda saqlaymiz»3. Haqiqatan ham bugungi yorug' kunlarimiz, ozodlik va erkimiz yo'lida shahid bo'lgan insonlarning xotirasi mangulikka daxldordir.

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 9 may Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi // Xalq so'zi. 2019 yil 10 may, 96 (7295)-son.

2 Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. - T.: O'zbekiston, 1996. - B. 81.

3 «Ilg'or Surxon uchun» gazetasi, 1941 yil 4 iyul soni.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 6 (115)

Urush yillarida barcha tinchliksevar xalqlar qatorida Surxon vohasi aholisi ham fashizmga qarshi kurashda alohida jasorat namunasini ko'rsatdi. Surxondaryolik jangchilar urushning dastlabki kunlaridanoq qo'lga qurol olib, Ros-siya, Ukraina, Belorussiya yerlarini dushmandan himoya qilishda ko'ksini qalqon qildi. Roppa-rosa 1418 kecha-kunduz davom etgan maz-kur urushning barcha janggohlarida vohamiz jangchilarining ko'rsatgan jasoratlari dush-man ustidan qozonilgan g'alabani ta'minlashda munosib hissa bo'lib qo'shildi. Urush yillari mobaynida viloyatimiz ham armiyaning asosiy harbiy arsenallaridan biriga aylandi. Viloyatimiz mehnat ahli urush davrining og'ir yo'qotishlari, yo'qchilik va yetishmovchiliklariga qaramas-dan alohida sabot va matonat bilan mehnat qildi, urush ortini mustahkamlash, iloji boricha ko'proq mahsulot ishlab chiqarish, urush tufayli viloyatimizga ko'chirilgan aholiga g'amxo'rlik qilish, jangchilarga moddiy yordam uyushtirish, mudofaani tashkil etish kabi barcha xayrli ish-larda faol ishtirok etishdi.

Mustaqillik tufayli tarixiy xotirani ulug'lash, inson qadr-qimmatini joyiga qo'yish kabi fazilatlar yangicha ahamiyat kasb eta boshladi. Jumladan, hukumatimiz tomonidan 9 - mayni «Xotira va qadrlash kuni» deb e'lon qilinishi ham yuqoridagi fikrimizning isbotidir. Bugun faxriylarimizni izzat-hurmat qilish, ularni qadrlash ham eng ezgu ishlardan biri sanaladi, shu boisdan ham xotira va qadrlash tuyg'ulari o'zaro hamohang bo'lib, olam-olam ma'no kashf etadi.

Urushning boshlanishi barcha katta yosh-dagi kishilar qatori o'spirinlarning ham qalbida fashizmga bo'lgan nafratni oshirgan edi. Ter-miz tumani pionerlar lagerida dam olayotgan V.Buryan, Juma Normuhammedov, Mirabdul-laev, Medvedov kabi o'spirinlar o'zlarini urushga jo'natishlarini so'rab ariza berdilar1.

Termizdagi 10-maktab o'quvchisi F.Knyazev o'zini urushga jo'natishlarini so'rab, shahar harbiy komissariatiga yozgan arizasida «Men vatanni ko'krak kerib mudofaa etishga tayyor-man. Tankni bilish va buni idora qilish meni g'oyat qiziqtiradi. Men chaqiriq komissiyasidan ushbu orzuimga etishishimni so'rayman», deb yozsa, uning hamshahari K.Marks nomli maktab bitiruvchisi Akanin esa «Men armiya safiga qabul

1 «Ilg'or Surxon uchun» gazetasi, 1941 yil 27 iyun soni.

qilinar ekanman, qo'lga qurol olib Vatanimni oxirgi tomchi qonim qolguncha mudofaa qil-ishga qasamyod qilaman» deb yozgan edi2.

Fashizm balosiga qarshi kurash yo'lida qonli janglar ketayotgan damlarda erkaklar bilan bir qatorda ayollar ham o'zlarini fashizmga qarshi kurashga mas'ul deb bildi va urushga jo'natishini so'rab harbiy komissariatlarga murojaat qila boshladi. Jumladan, Termiz shahar «Pravda» gazetasi nomli maktab o'qituvchisi F.Hakimov shahar harbiy komissariatiga o'zini harakatdagi armiyaning sanitariya drujinasiga qabul qilin-ishini so'rab ariza berdi3. Shuningdek, shero-bodlik Tillo Fayzieva, termizlik Vera Vyalochkina, Anna Shumixina, A.I.Fomina kabi o'nlab ayollarn-ing nomlari yurt ozodligi uchun janggohlarda jon olib, jon bergan jasur xotin-qizlar nomlari harbiy-tarixiy solnomalarda qayd etilgandir.

Arxiv ma'lumotlariga murojaat qiladigan bo'lsak, urush yillarida Surxondaryodan 50365 kishi urushga jo'nab ketgan. Shundan 35632 nafari mahalliy, 904 nafari kommunist, 4173 nafari komsomol edi. Shulardan 5718 nafari jan-glarda mardlik va jasorat ko'rsatganligi uchun orden va medallar bilan mukofotlangan. 7061 nafari urushda qahramonlarcha halok bo'lgan. Jumladan, Denov tumani bo'yicha 9540 kishi urushga ketgan, 534 nafari orden va medallar bilan mukofotlangan, 1709 kishi jangda qah-ramonlarcha halok bo'lgan. Sariosiyo tumani-dan 8020 kishi urushga ketgan, 420 kishi orden va medallar bilan mukofotlangan, 1311 kishi jangda qahramonlarcha halok bo'lgan. Shero-bod tumanidan esa 9828 kishi urushga ketgan, 840 nafari orden va medallar bilan mukofotlangan, 1233 kishi urushda qahramonlarcha halok bo'lgan. Boysun tumanidan 8020 kishi urushga ketgan, 764 nafari orden va medallar bilan mukofotlangan, 116 kishi jangda halok bo'lgan. Jarqo'rg'on tumanidan 3176 kishi urushga ketgan, 320 nafari orden va medallar bilan mukofotlangan, 1232 nafari qahramonlarcha halok bo'lgan. Termiz shahridan 7251 kishi urushga ketgan, 474 nafari orden va medallar bilan mukofotlangan, 1694 kishi qahramonlarcha halok bo'lgan. Shuningdek, muzrabot tumani-

2 «Ilg'or Surxon uchun» gazetasi, 1941 yil 2 avgust soni.

3 "Lenin bayrog'I" gazetasi, 1975 yil, 8 may.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 6 (115)

dan 33 kishi orden va medallar bilan mukofot-langan1.

Surxon vohasi aholisining urush yillarida mudofaani tashkil kilishda urush ortida tinmay mehnat qilishib, o'zlarining moddiy yordami bilan urushda fashizm ustidan g'alaba qozonish uchun katta hissa qo'shdilar. Urush boshlangan ilk oylardayok, jangchilarga yordam uyushti-rish harakati nihoyatda qizg'in tus oldi. Jum-ladan, viloyatning Sariosiyo tumani mehnatkash-lari 1941 yilning 10 sentabrigacha bo'lgan vaqt mobaynida jangchilarga issiq kiyimlar uchun 9 ta po'stin, 34 dona teri, 7 juft etik jo'natgan bo'lsa, sherobodlik saxiy insonlar esa 252 kg jun, 104 teri covg'a kildilar. Sariosiyo va sherobodliklar muruvvatidan ilhomlangan termizlik mexridaryo insonlar tashabbusi bilan ikki kunda jangchilarga issiq kiyimlar sifatida 51 dona fufayka, 32 dona paxtalik shim, 40 juft qo'lqop, 41 ta teri va 39 dona gimnastyorka jo'natildi2.

Boysun tumani Yangiobod qishloq ken-gashiga qarashli «Qizil karvon» jamoa xo'jaligi a'zolari jangchilarga issiq kiyimlar yig'ish fondiga 20 ta teri, 3 dona junlik shim, «Plug» va «Ibrat» jamoa xo'jaligining sahovatli insonlari esa 80 ta teri, 3 kg jun, 20 dona ko'ylak topshirdilar3.

Boysunliklar himmatidan ibrat olgan Termiz tumanining Boldir qishloq kengashiga qarashli «Voroshilov» nomli jamoa xo'jaligi a'zolari esa 35 kg jun, va 4707 kg qo'y terisi topshirib alo-hida o'rnak ko'rsatdilar. Umuman, 1942 yilning 31 dekabrigacha bo'lgan vaqt mobaynida viloyat harbiy komissariata omborxonasiga jangchilarga issiq kiyimlar uchun 55 ta paxtalik shim, 108 juft paypok, 11 juft qo'lqop, 565 ta dastro'mol, 116 ta yozlik ko'ylak, 27 dona odeyal va 19 dona po'stin topshirildi4.

Dushman ustidan g'alaba kozonishda viloyat maktab o'quvchilarining ham alohida hissasi bor. Ular urush ortida turib, ishlab chiqarish korxonalari va qishloq xo'jalik dalalarida mehnat qilishdan tashqari, jangchilarga ko'plab issiq kiyimlar va oziq-ovqatlar to'plab jo'natishda alo-hida jonbozlik ko'rsatdilar. Jumladan, 1941 yil-

1 "Leninskaya znamya" gazetasi. 1943 yil 5 oktabr. № 194

2 Tursunov S. va boshq. Xotira - barhayot, qadr - mangu. -T. "Fan" nashriyoti, 2010 yil - B.10-11.

3 «Ilg'or Surxon uchun» gazetasi, 1941 yil 3-iyul, 5-avgust, 9-oktabr sonlari.

4 S.Tursunov, Q.Rashidov. Boysun. - "Akademnashr", 2011. - B.108-110.

ning 10 avgustida Sherobod tumanidagi Stalin nomli o'rta maktab o'quvchilari M.Ashurboeva va B.Hamroevlarning tashabbusi bilan jangchilarga sovg'a jo'natildi. Termiz shahridagi K.Marks nomli maktab o'quvchilari esa jangchilarga umu-miy miqdori 7000 so'mlik bo'lgan issiq kiyimlar to'plab topshirdilar. Ayniqsa, Termiz shahrida istiqomat qiluvchi 11 yoshli Nadya Oleynikovan-ing jangchilarga g'amxo'rligi alohida diqqa-tga sazovordir. Nadya urushga ketgan otasidan qora xat oladi va uning murg'ak qalbida shafqa-tsiz urush o'z qora soyasini soladi. Dushmanga nisbatan cheksiz nafratda bo'lgan Nadya otasi uchun yig'ibb yurgan pulga 30 dona igna, 15 dona ip hamda bir necha kilogramm o'rik, jiyda va mayiz sotib olib jangchilarga sovg'a sifa-tida jo'natdi. Sovg'alar solingan qutichaning ustiga esa o'z qo'li bilan: «Otam uchun la'nati fashistlardan qasos olinglar», deb yozib qo'ydi. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar o'quvchilarda vatanparvarlik tuyg'usini uyg'otishda katta aha-miyat kasb etadi.

O'qituvchi ushbu ma'lumotlarni taqdi-mot orqali, ya'ni ko'rsatmalilik metodi asosida o'quvchilarga havola qilsa, darsning sifati va samaradorligini yanada oshirishga erishadi. Dars davomida o'qituvchi urush ortida turib urushga katta hissa qo'shgan surxondaryolik mehnat-kashlar va ularning mehnat faoliyati yoritilgan ma'lumotlarni ham keltirib o'tishi muhimdir.

Urushga ko'plab issiq kiyimlar va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish haraka-tini jadallashtirishda, urushdan-urush ortida mehnat qilayotgan mehnatkashlarga yozil-gan maktublarning ahamiyati sezilardi. Jumladan, 1-Ukraina urush jangchilari Jarqo'rg'on yoshlariga urushdan turib maktub yo'lladilar. Jarqo'rg'onlik yoshlarga qarata yozilgan, mak-tubda jang ortida bunyodkorlik ishi bilan shug'ullanayotganlarni yana ulkan mehnat zafar-lariga erishishlari, urushga ko'plab moddiy yor-dam uyushtirishda ishtirok etishni uqtirib o'tgan edi. O'tkazilgan bu yig'inlar jangchilarga yanada ko'proq yordam berish harakatini qizdirib yubor-ishda muhim ahamiyat kasb etdi. Ana shunday yig'inlar Termiz tumani Paxtaobod qishloq ken-gashiga qarashli "Qizil Sharq" jamoa xo'jaligida ham bo'lib o'tdi. Yig'ilish tugagandan keyin jamoa xo'jaligi a'zolarining tashabbusi bilan 1 ta jun palto, 3 dona jun shim, 5 kg jun, 28 ta qo'y terisi va 16 ta echki terisi to'planib jangchi-

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 6 (115)

larga issiq kiyimlar topshirish, urushga jo'natildi. Sherobod tumani Xo'jabulg'on, Xurramsho va Gegirdak qishloq kengashlariga qarashli jamoa xo'jaliklari, tuman MTS hamda boshqa ko'plab korxonalar qo'shma yigilishi qarorlaridan ilhom-langan sherobodliklarning sa'y-harakatlari nati-jasida jangchilar uchun 245 kg jun, 201 dona teri, 30 bosh qo'y va echki hamda 155 juft etik to'plab topshirildi.

O'quvchilarga yuqoridagi ma'lumotlar o'qituvchi tomonidan dars jarayonida og'zaki hikoya tarzida yoki axborot texnologiyalari yor-damida taqdimotlar orqali yetkaziladi va ijodiy yozma ish yozish vazifasi beriladi.

Ijodiy yozma ishlar uchun tanlanadigan mav-zular ham albatta ma'lum talablardan kelib chiqishi lozim. Jumladan, misol tariqasida quy-idagicha mavzuni tanlash maqsadga muvofiq: «Men ikkinchi jahon urushi tarixi haqida nima-larni bilaman? (masalan, Surxondaryoliklarn-ing urushga qo'shgan hissasi). Bunday mavzuni yoritishda, tabiiyki, o'quvchi 1941-1945 yil-lardagi voqealarga xayolan tashrif buyurishi, janggohlarda bo'layotgan urush jarayoni, vohan-ing ijtimoiy-iqtisodiy holati, vohada yashagan aholining urush yillaridagi turmush tarzi, voha-dan qancha kishilar jangga ketganligi, urush ortida turib mehnat qilgan kishilar soni haqida ma'lumotlarni keltirishi kerak. Masalan, urush yillarida qahramonlik ko'rsatgan sherobodlik Tillo Fayzieva, Vera Vyalochkina, Anna Shumix-ina, A.I.Fomina kabi o'nlab ayollarning nomlari yurt ozodligi uchun janggohlarda jon olib, jon bergan jasur xotin-qizlar nomlari harbiy-tarixiy solnomalarda qayd etilgan1.

Shu mazmunda tarix darslari doirasida ijodiy yozma ishlar uchun mavzular rang-barang bo'lishi o'quvchining qiziqishini oshiradi, misol uchun, "Mahallamiz faxri", «Surxon vohasi ayolla-rining urush ortida ko'rsatgan qahramonliklari", "Urush noming o'chsin jahonda". Bu mavzu-larni yoritishda o'quvchi albatta tarixning o'sha davrini tasavvur qilib, o'sha davr ruhini sezib, ma'lum darajada o'zini o'sha davr mulozimi sifatida ko'rsatishi lozim bo'ladi. Buning uchun o'quvchilar 1941 yilning 15 oktabriga qadar, viloyat bo'yicha 800 nafar xotin-qiz "Urushga ketgan yigitlarning o'rnini olish kerak" degan

1 Surxondaryo viloyati DA, 553 - fond, 1 - ro'yxat, 6- ish,

1 - varaq.

chaqiriq bilan chiqqanligi2, urushning dastlabki oylarida MTSi qoshida tashkil qilingan qisqa muddatli traktorchilar tayyorlash kursini Sherobod tumanidan 83 nafar, Jarqo'rg'on tumanidan 62 nafar, Boysun tumanidan 70 nafar xotin-qiz traktor boshqarish sirlarini o'rganganligi haqi-dagi ma'lumotlar keltirilgan3.

Tarix darslarida o'quvchilar faolligini oshirish maqsadida o'qituvchi albatta yana bir jihat -sinfdagi muhitni to'g'ri baholashni inobatga olishi kerak. Aynan shu o'rinda dars mazmuni-dan kelib chiqib, muammoli vaziyatni yuzaga keltirish maqsadga muvofiqdir. Ta'kidlash joizki, muammoli vaziyatni o'quv mashg'ulotlarining barchasida shakllantirish mumkin. Dars jaray-onida muammoli vaziyatni shakllantirish o'qituvchiga bog'liqdir. Muammoli vaziyat-ning ahamiyati shundaki, o'quvchilar diqqatini bir joyga muammoga qaratadi va o'quvchilarni izlanish, fikrlashga o'rgatadi. Muammoli vazi-yatni yaratganda o'qituvchi o'quvchilar o'z diqqatlarini nimalarga qaratishlari kerakligini aytishi maqsadga muvofiqdir. Buning uchun o'qituvchi:

1. «Siz yashab turgan mahallangizda urushga o'z hissasini qo'shgan qahramonlardan kim-larni bilasiz?» degan savolni qo'yib muammoli vaziyatni yaratadi va o'quvchilarning fikrla-rini eshitadi. Barcha fikrlarni eshitgach, savolga yakuniy xulosa e'lon qilinadi.

2. Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan kishilarni qahramonliklarini tahlil qiling. Nima uchun fashizm yengildi? Bu savol bilan o'qituvchi ikkinchi muammoli vaziyatni vujudga keltiradi. O'quvchilar yechim jarayonida o'qituvchi bilan birga harakat qilib, muammo yuzasidan fikr-mulohazalarini bayon etib, muammoning yechi-miga o'z hissalarini qo'shadilar.

3. Ikkinchi jahon urushi jangohlaridan yara-dor bo'lib qaytgan qahramonlar haqida nima-larni bilasiz? (Ularning urushdan keyingi faoliyati haqida so'zlab bering).

Bunda mavzuni yoritishda, tabiiyki, o'quvchi o'z tumani, mahallasida istiqomat qilayotgan urush faxriylari xonadoniga, muzeylarga tashrif buyurishi hamda ularning urushda ko'rsatgan

2 Surxondaryo viloyati DA, 553 - fond, 1 - ro'yxat, 6- ish, 2-3 - varaq.

3 Surxondaryo viloyati DA, 553 - fond, 1 - ro'yxat, 64 -ish, 18 - varaq.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 6 (115)

qahramonliklari haqida ma'lumotlarni keltirishi kerak. Natijada, u bir vaqtning o'zida boshqa tarixdan olgan bilimlarini ham qayta tiklash, esga olish, o'zaro bog'lash amallarini ishga soladi. Shu mazmunda tarix darslari doirasida ijodiy yozma ishlar uchun mavzular rang-barang bo'lishi o'quvchining qiziqishini oshiradi. Masalan, urush vaqtida yarador bo'lib qaytib kelgan jangchilarning keiyngi faoliyatida qanday kasb yoki hunar egasi bo'lganliklari albatta, hozirgi kunda umumta'lim maktablarida ta'lim olayo-tgan yoshlarga qiziqarli bo'lib, bu savollarga javob olishda o'qituvchining izlanuvchanligi muhimdir.

Bu mavzularni yoritishda, o'quvchi albatta tarixning o'sha davrini tasavvur qilib, o'sha davr ruhini sezib, ma'lum darajada o'zini o'sha davr mulozimi sifatida ko'rsatishi lozim bo'ladi.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning

ta'kidlashicha, "Bugun safimizda omon bo'lib, hayotimizga fayz bag'ishlab kelayotgan urush qatnashchilari, muhtaram faxriylarimizga muno-sabat haqida alohida so'z yuritishni istardim. Ularning umri g'animat ekanini unutmaslik, ayni hayot bo'lgan paytida ularga e'tibor va g'amxo'rlik ko'rsatish, og'irini yengil qilish, qadr-lash va e'zozlash barchamiz uchun, avvalo, huku-mat va hokimiyat rahbarlari uchun ham qarz, ham farz, desak, hech qanday xato bo'lmaydi"1. Surxondaryolik 3769 nafar jangchilar mam-lakatning orden va medallari bilan mukofot-langan bo'lsa, 6 nafar surxondaryolik azamat Sovet ittifoqi qahramoni, 3 nafar Surxon elin-ing bahodirlari esa Shuhrat ordenining to'la nis-hondori bo'ldilar. Shuningdek, urushdan nogi-ron bo'lib qaytgan Xoliyorov Boboqul, Pardaev Toshtemir, Boymurodov Rajab, Shaymardonov Haydar, Hasanov Eshbo'ri, Noboev Murodlarlar ham ko'plab orden va medallar bilan taqdirlan-ishgan2.

Tarix darslarida ijodkorlik ruhini uyg'otishda xarita bilan ishlash ham yaxshi samara beradi. Buning uchun xarita bilan ishlash, xarita orqali u yoki bu voqealar rivojini kuzatishni o'rgatish shogirdlar qalbida tarixiy hodisalarga nisbatan sinchkovlik tuyg'usini uyg'otadi. Quyida xar-

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirzi-yoyevning 2018 yil 9 may Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 09.05.2018.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2 Surxondaryo viloyati DA, 553 - fond, 1 - ro'yxat, 7- ish, 8- varaq.

ita orqali ijodiy ishni tashkil qilish uchun top-shiriqlardan namunalar keltiriladi.

Ikkinchi jahon urushi bo'lib o'tgan hudud-lar xaritasini ishlash. Ushbu jarayonda o'qituvchining asosiy vazifasi nimadan ibo-rat bo'ladi? Avvalo, o'quvchilar mustaqil holda xarita ishlaganda uni turli rasmlar, illustrasiya va izohlar bilan tasvirlashlariga alohida aha-miyat beriladi. Ikkinchidan, xarita tuzishda o'quvchilarga geografiya fanidan xarita tuz-ishga qo'yiladigan talablarni eslatish va zaru-rat tug'ilganda, ularni tushuntirish lozim. Tarix darsi mashg'ulotlarida o'quvchilarning ijodkorlik ruhini rivojlantirishda sinfda bahs, munozara va eng samaralisi, debatlar tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Debatlar o'quvchilarni tanqidiy fikr-lash, turli masalalarni o'rganish va o'zlari haq ekanligiga boshqalarni ishontirishga o'rgatadi.

Bu holda o'qituvchiga qo'yiladigan talab aso-san o'tkaziladigan debatning mavzusi aniq, tas-diqlovchi tugallangan fikr shaklida bo'lishini tashkil etish va ta'minlashdan iborat bo'ladi. Misol tariqasida, tarix darslarida quyidagi mav-zularda debat o'tkazish mumkin:

1. Ikkinchi jahon urushida Surxondaryoliklar o'z hissasini qo'shdilar.

2. Urushda ishtirok etgan barcha xalqlarning birdamligi urushning g'alaba bilan yakunlanish-iga sabab bo'ldi.

3. Urush ortida kishilarning mehnati jangchilar qahramonliklariga sabab bo'ldi.

Tarix darslarida debat o'tkazish uchun o'quvchilar va o'qituvchining o'zi ham maxsus tayyorgarlikka ega bo'lishi hamda debatning mavzusi oldindan e'lon qilinishi shart. Albatta, o'quvchilarning tarixiy ong, tarixiy xotirasini shakllantirishda ularning ijodiy fikrlashi, mustaqil bilim egallash ko'nikmalarini rivojlantirish juda muhim. Shu o'rinda, o'quvchilarning o'zlarida mavjud bilim, ko'nikma va malakalarni turli vazi-yatlarda qo'llash orqali yangi ma'lumotlarni o'zlashtirishda darsda tashkil etilishi mumkin bo'lgan didaktik o'yinlar ham katta rol o'ynaydi. Bunday o'yinlar asosan jamiyat hayotidan oli-nadi.

Empirik o'rganish natijalari.

Pedagogik tadqiqotlarda taklif etilayotgan metodikaning samaradorligi tajriba-sinov ish-lari yakunida qayd etilgan ko'rsatkichlarni o'zaro qiyoslash orqali asoslandi. Natijalarni qayta

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 6 (115)

tahlil etishga oid matematik-statistik metodlarda ilgari surilayotgan g'oyaga ko'ra, qayta tahlil aynan tajriba va nazorat guruhlari tajriba-sinov-ida qatnashayotgan talabalarning tajriba yakuni-dagi ko'rsatkichlari o'rtasidagi farqni belgilash orqali tadqiqot samaradorligiga baho berildi.

Yuqoridagi ta'kidlardan quyidagilarni xulosa qilish mumkin:

1. Tarix darslarida o'quvchilarning faolligini oshirish masalasi yoshlar ikkinchi jahon urushi tarixiga oid bo'lgan mahalliy manbalarga qiziqi-shi, jumladan, o'z tarixiga bo'lgan muhabbat tuyg'ularini shakllantirish muammolari va ularn-ing yechimiga yo'naltiriladi, o'qituvchi shogir-dlarining har qanday hayotiy voqeaga shaxsiy fikri, xulosasi hamda munosabatini ifodalashini shakllantirib rivojlantira boradi.

2. Tarix darslarida ijodkorlik muhitini yarat-ishda muammoli vaziyatlar alohida ahamiyatga ega. Muammoli o'qitish o'qituvchidan mahorat talab qiladi va tabiiyki, o'quvchini ham shunga undaydi. Muammoli vaziyatni vujudga keltirish, ikkinchi jahon urushiga oid mahalliy manba-lar bilan ishlashda muammoni hal qilish uchun

o'quvchilarning faol ishtirokini ta'minlash, mus-taqil fikr yuritishga jalb qilish, o'qituvchining o'zidan ham ijodkorlikni talab etadi. Bunday jarayonda o'quvchilar izlanishlar, o'rganishlar natijasida manbalardan unumli foydalanish orqali mustaqil fikrlash va mustaqil tafakkur yuritishni o'zlashtira oladilar.

Xulosalarimizga binoan quyidagi amaliy tak-liflarni berishimiz mumkin:

1. Tarix fani o'qituvchisi, eng avvalo, har bir fuqaroni, ayniqsa, yoshlarimizni xalq o'tmishining mazmuni va mohiyatini anglash, boy ma'naviy va madaniy merosimizni qadr-lash, uni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash ko'nikmalarini egallashiga ustuvorlik berishi shart.

2. Tarix darslarida ijodkorlik muhitini yarat-ishda muammoli o'qitish jahon urushiga oid mahalliy manbalar bilan ishlashda muammoni hal qilish,

o'quvchilar izlanishlar, o'rganishlar natijasida manbalardan unumli foydalanish orqali mustaqil fikrlash va mustaqil tafakkur yuritishni ta'minlash lozim.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida "Mamlakatda ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo'yicha videoselektor yig'ilishi ma'ruzasidan; 30 oktabr 2020 yil.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 9 may Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi // Xalq so'zi. 2019 yil 10 may, 96 (7295)-son.

3. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. - T.: O'zbekiston, 1996. - B. 81.

4. Саъдиев А. Узбекистон халклар тарихини укитиш. - Тошкент, 1993. Мактабда тарих укитиш методикаси.- Тошкент, 1998.

5. Тошпулатов Т., Fаффоров Я. Тарих укитиш методикаси.(бакалавриат йуналишидаги талабалар учун укув кулланма). - Тошкент: УзМУ - Университет, 2002.

6. Аскаров А. Узбекистон мустакиллиги шароитида тарих фанининг вазифалари.-"Узбекистонда ижтимоий фанлар" 1992. № 7-8

7. Гаффаров Я, Гаффорова М. Узбекистон халклари тарихини укитиш усуллари.Т., 1996.

8. Joyce Appleby, Lynn Hunt, Margaret Jacob. Telling the truth about history. W.W. Norton & Company. New York - London. 1994.

9. Bhuvan Garg. Teaching of history (Тарихни укитиш). India. New Delhi. Rajat publications, 2007.

10. Pathak R.P. Methodology of Educational Research. Atlantic. USA. 2008.

11. Daniel J. Tew. Pedagogy of Teaching History: Comparing the

12. Chronologic and Thematic Approaches. USA. Western Oregon University, 2014.

13. Мах,мудхужа Бех,будийнинг педагогик карашлари ва маърифий - амалий фаоли-яти.Пед.номз.дисс. 1997.

14. Ижтимоий педагогика. Т.,2019.

15. «Ilg'or Surxon uchun» gazetasi, 1941 yil 4 iyul soni.

16. «Ilg'or Surxon uchun» gazetasi, 1941 yil 27 iyun soni.

17. "Lenin bayrog'i" gazetasi, 1975 yil, 8 may.

18. "Leninskaya znamya" gazetasi. 1943 yil 5 oktabr. № 194

19. Tursunov S. va boshq. Xotira - barhayot, qadr - mangu. T. "Fan" nashriyoti, 2010 yil -B.10-11

20. «Ilg'or Surxon uchun» gazetasi, 1941 yil 3-iyul, 5-avgust, 9-oktabr sonlari.

21. S.Tursunov, Q.Rashidov. Boysun. "Akademnashr", 2011. - B.108-110.

22. Surxondaryo viloyati DA, 553 - fond, 1 - ro'yxat, 6- ish, 1 - varaq.

23. Surxondaryo viloyati DA, 553 - fond, 1 - ro'yxat, 6- ish, 2-3 - varaq.

24. Surxondaryo viloyati DA, 553 - fond, 1 - ro'yxat, 64 - ish, 18 - varaq.

25. Surxondaryo viloyati DA, 553 - fond, 1 - ro'yxat, 7- ish, 8- varaq.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.