Научная статья на тему 'URUG‘LI MEVALARNI SAQLASH USULLARI'

URUG‘LI MEVALARNI SAQLASH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
6
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ombor / sovitgich / nisbiy namlig / xandaq / saqlash rejimi va sharoiti / Warehouse / cooler / relative humidity / trench / storage mode and conditions

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — S.S.Tuxtamishev, M R. Yo‘ldoshova

Mevalarning inson hayotida qanchalik ahamiyatga ega ekanligi barchamizga ma’lum. Mevalar inson organizmini biologik faol moddalar bilan ta’minladi. Shuning uchun ham mevalarni salomatlik bulog’i deb atalishiga ham sabab shudur. Demak, mevalar insonni nafaqat turli xildagi organik moddalar bilan ta’minlaydi, balki uni uzoq umr ko‘rishida ham asosiy omillardan biridir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF STORING SEEDED FRUITS

We all know how important fruits are in human life. Fruits provide the human body with biologically active substances. That is why fruits are called a source of health. So, fruits not only provide a person with various organic substances, but are also one of the main factors in his longevity

Текст научной работы на тему «URUG‘LI MEVALARNI SAQLASH USULLARI»

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.921 www.in-academy.uz

METHODS OF STORING SEEDED FRUITS S.S.Tuxtamishev M.R.Yo'ldoshova

Gulistan State University https://doi.org/10.5281/zenodo.11365916

ARTICLE INFO

Received: 20th May 2024 Accepted: 27th May 2024 Online: 28th May 2024

KEYWORDS

Warehouse, cooler, relative humidity, trench, storage mode and conditions.

ABSTRACT

We all know how important fruits are in human life. Fruits provide the human body with biologically active substances. That is why fruits are called a source of health. So, fruits not only provide a person with various organic substances, but are also one of the main factors in his longevity.

СПОСОБЫ ХРАНЕНИЯ СЕМЕЧКОВЫХ ПЛОДОВ

С.С.Тухтамишев М.Р.Юлдошова

Гулистанский государственный университет https://doi.org/10.5281/zenodo.11365916

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 20th May 2024 Accepted: 27th May 2024 Online: 28th May 2024 KEYWORDS

Склад, холодильник,

относительная влажность, траншея,

режим и условия хранения.

Все мы знаем, насколько важны фрукты в жизни человека. Фрукты обеспечивают организм человека биологически активными веществами. Именно поэтому фрукты называют источником здоровья. Итак, фрукты не только обеспечивают человека различными органическими веществами, но и являются одним из главных факторов его долголетия.

URUG'LI MEVALARNI SAQLASH USULLARI S.S.Tuxtamishev M.R.Yo'ldoshova

Guliston davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11365916 ARTICLE INFO__ABSTRACT

Received: 20th May 2024 Mevalarning inson hayotida qanchalik ahamiyatga ega

Accepted: 27th May 2024 ekanligi barchamizga malum. Mevalar inson organizmini

Online: 28th May 2024 bioloqik faol moddalar bilan ta'minladi. Shuninq uchun

KEYWORDS

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.921 www.in-academy.uz

Ombor, sovitgich,nisbiy

namlig, xandaq, saqlash rejimi va sharoiti.

ham mevalarni salomatlik bulog'i deb atalishiga ham sabab shudur. Demak, mevalar insonni nafaqat turli xildagi organik moddalar bilan ta'minlaydi, balki uni uzoq umr ko'rishida ham asosiy omillardan biridir.

Kirish

Meva saqlanadigan omborlarningbir necha xili bor. Ayrimlarini qurishi arzonga tushsada ammo ular takomillashmagan va sovutgichsiz, boshqalari esa su'niy sovutgich bilan jixozlangan bo'ladi. Lekin har bir ombor izotermik bo'lishi kerak.

Birinchi hilga meva saqlanadigan erto'la ombor kiradi. Bularning kamchiligi issiq va iliq kunlarda haroratni pasaytirib bo'lmaydi. Bino havosi va qisman namligi shamollatish quvrlari hamda eshik yordamida tartibga solib turiladi. Qattiq sovuq bo'lganda havoni xonadagi isitish uchun o't yoqish mumkin. Havo quruq bo'lsa suv sepiladi.

Namlik miqdori ortib ketsa kimyoviy shimdiruvchilar so'ndirilmagan oxak, kaltsiy xlorid va boshqalardan foydalaniladi. sovitgichlarda oddiy ombordagilardan yaxshi saqlanadi. Sovitgich omborxonaning harorati termometrlarga qarab aniqlanadi. Termometrlar omborga kiraverishda erdan 10 santimetr va omborning o'rtasiga erdan 5 santimetr va 1,5-1,6metr baland qilib qo'yiladi.

Ombor havosining nisbiy namligini xrometr yordamida kuzatiladi. U omborning o'rtasiga o'rnatiladi. Mevalarning joylashtirishdan oldin ombor ahlat va chirindilardan tozalangan, shamollatilgan va dizinfektsiyalangan, oltin gugurt tutatilgan, devorlari temir kupaoining 5foizli eritmasi purkalgan bo'lishi kerak. Undan tashqari devor va shiplari oqlanib bino ichi meva qo'yish uchun tagliklar bilan jixozlanadi.Shamollatish quvrlari tayyorlab qo'yiladi.

Asosiy qism.

Mevalar piramida shaklida to'kma qilib saqlanadigan bo'lsa, uch qavatli maxsus so'kchaklar quriladi. Bu qavatlar orasi 70 santimetr, so'kchaklar orasi 70 santimetr, ular orasidagi yo'l 800 santimetrbo'ladi. Devorga yaqin so'kchaklarning kengligi 0,75 santimetr, bino o'rtasidagilarning kengligi 1,5 metr, uzunligi odatda 10 metr. Bunday so'kchaklarga olma va behini piramida shaklida balandligi 0,5 metr, asosining kengligi 0,75 metr va uzunligi 0,75metr qilib bir-biridan 20 santimetr oraliqda joylansa 500 kilogramm meva ketadi .

Agar hosil qutilarda saqlansa, ular taxlab qo'yiladi. Bu holda 3-sonli meva qutilarda bir kvadrat metrga 400 kilogramm urug'li mevalarni joylash mumkin. Shuning uchun mevalar to'kma qilib, piramida shaklida saqlanganda, qutilarda saqlangandaga nisbatan ko'p joy talab qiladi.

Qutilar devordan 40 santimetr uzoqlikda saqlanadi, 1,8-2 metrli asosiy o'tish joyi va har bir juft tax orasida 60-70santimetrli yondan yo'l qoldiriladi.

Qutilarni taxlab qo'yish usuli juda ko'p: to'g'ri burchakli, shaxmat usuli, ikkitadan, uchtadan, to'rttadan, beshtadan taxlanadi.

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.921 www.in-academy.uz

Olma joylangan qutilar ikkitadan yonlamasiga ustkisini tagiga reyka qo'yib taxlanadi. Qutilar orasida keng tirqishlar qoladi. Yoni bilan taxlansa, har taxga 5-8 ta, oddiy yoki to'g'ri taxlansa 10 ta olma joylangan yoki 12-16ta nok qo'yiladi.

Taxning balandligi 2-2,5metrdan oshmasligi, shungacha 40-50santimetr etmasligi kerak.

Meva joylangan g'alvirlar tagi bilan katakka qo'yiladi, bunda ikkitadan qilib 6-8ta olma ustma-ust qilib joylanadi.

Mevalarni saqlash vaqtida ularni holatini muntazam kuzatib borish zarur, buning uchun qutilar ochilib tekshiriladi va zararlangan mevalar saralanib olib tashlanadi.

Yuqorida qayd etilganlardan tashqari mevalarni o'ra yoki erto'larda saqlash mumkin.Ular quruq, balandligi 0,5-1,5metr chuqurlikda, devorning ichkari tomoniga nishab qilib kavlanadi. Osti va devorlariga yumshoq somon to'shalib, mevalar o'ra chetlaridan 0,5-0,75santimetr baland qilib, piramida shaklida joylanadi. Ustiga yoyilib, so'ng tuproq tortiladi va bostiriladi. Shunday holatda mevalar bahorgacha saqlanadi .

Erto'lada urug'li mevalar somon ustiga joylab saqlanishi ham mumkin. Bunda ular 0,5 metrdan baland bo'lmagan piramida shaklida yoki yonlamasiga taxlangan qutilarga saqlanadi. Erto'lani shipi bilan idishlar orasida havo xarakatlanishi kerak.

Erto'lalarda mevalarni mevalar uchun mo'ljallangan maxsus qutilarda ham saqlash mumkin. Bunda harorat 0 dan past va Q5-Q6 dan yuqori bo'lmasligi kerak. Harorat mazkur chegaradan ko'tarilib ketsa shamollatish amalga oshiriladi, sovutgich omborlarda harorat juda past bo'lgan hollarda esa mevalar usti somon yoki boshqa quruq materiallar bilan yopiladi.

Mevalarni saqlash vaqtida suv bug'lanishi va nafas olishi natijasida og'irligi kamayadi, bu mevalarning tabiiy kamayishi hisoblanadi. Mevalarning tabiiy kamayishi ombor turiga ko'ra har xil o'lchamlarda bo'ladi. Quyida olmani saqlashda ombor turiga ko'ra tabiiy kamayish me'yor-o'lchami keltirilgan

(1-jadval).

Urug'li mevalarning tabiiy kamayish me'yorlari

(dastlabki og'irlikka nisbatan foiz hisobida).

Mevalar va ularni saqlash joyi Oylar

IX X XI XII I II III IV V

Olma oddiy omborda 2,5 1,8 1,5 1,3 1,0 0,5 0,4 0,3 0,3

Sovutgichda 1,5 1,0 0,8 0,6 0,5 0,4 0,3 0,2 0,2

Urug'li mevalarni saqlashning xalq usullari.

Buning uchun quti tubiga yuqa (3-4 santimetr) qalinlikda daryo qumi sepiladi, so'ng bir qator olma mevalari teriladi va xokozo.

Qum tuprog'i va boshqa narsalardan toza bo'lishi va 30 foizgacha namlikkacha quritilgan bo'lishi kerak. Shu tarzda olma mart oyigacha saqlanadi.

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.921 www.in-academy.uz

Ba'zida saqlash uchun mayda yog'och payrahalari va qirindilaridan foydalaniladi. Ularning namligi 12 foizdan yuqori bo'lmasligi kerak. Namligi yuqori bo'lgan payrahalar albatta quritilishi lozim.

Avval quti tagiga qog'oz yoziladi, keyin bir qatlam payraha solinadi va bir qator mevalar teriladi va xokozo.

Quti to'lgandan so'ng ustiga yana payraha qatlami solinib, ustidan qog'oz bilan yoriladi. Shu holatda mevalarni yanvar oxiri fevral boshlarigacha saqlasa bo'ladi.

Samarqand viloyatining ba'zi tumanlarida olmani vaqti-vaqti bilan sug'orib turiladigan xandaqlarda saqlash qo'llaniladi.

Buning uchun bir tomonga qiya qilib chuqurligi 0,5-1metr, eni 0,7-0,8metr, uzunligi ixtiyoriy xandaq qaziladi.

Xandaqning uzunligi bo'yicha chuqurligi va eni 20-25santimetr ariqcha kavlanadi va xandaqlarning oxirida suv oqib tushishi uchun 1-1,5metr diometri 0,5-0,6metrli o'ra kavlanadi.

Olmani joylashdan oldin xandoq tubiga tok zangidan to'qilgan bo'yra tashlanadi va ustidan poxol yozilib, so'ng mevalar teriladi.

Xandoqqa saralangan olma mevalar uyum qatlami 0,4-0,5metr balandlikda bo'lib, ustidan 40-50 santimetr qalinlikda sholi poxoli bosiladi.

Mevalarni saqlash davrining 1-2xaftasida kunora har bir tonnaga 0,3-0,4metr3 suv hisobida sepib turiladi. Shu muddatda mevalar soviydi va ularda mavjud mikoorganizmlar hamda ko'pchilik ifloslar yuvilib ketadi.

Keyinchalik har xaftada va undan ham ko'p oraliqda suv quyib turiladi. Qish davrida xandaq ustidan 30-40santimetr qalinlikda poxol yopiladi. Issiq kunlari (oktyabr, noyabr, mart, aprel) xandaqqa to'g'ridan-to'g'ri quyosh nuri tushmasligi uchun bostirmalar qo'yiladi. Saqlash jarayonida tekshirish maqsadida xandaqning ba'zi erlari ochiladi va mevalar xolati kuzatib boriladi.

Urug'li mevalarni saqlash rejimi va sharoiti. Urug'li mevalarning navlari saralash sharoitida o'ziga xos bo'lib ko'pincha olma yoki nok uchun, alohida saqlash rejasi tavsiya etiladi. Urug'li mevalarni saqlashda 0Q10Sga yaxshi xarorat bo'lishi mumkin. Ammo etilmagan navlar uchun bunday xaroratda saqlanganida to'liq pishmaydi. Ya'ni etilish faolligini saqlab qoladi, rangi. Ta'mi va xushbo'yligi yaxshi bo'lmaydi. Undan tashqari, ba'zi navlar mevalari 00Sda uzoq saqlanishi natijasida to'liq etilish xususiyatini yo'qotadi, oqibatda po'sti va etida qorayishi ko'payadi.

Aksincha, "Baykal", "Oq rozmarin", "Golden Delishes" navlari esa -1,50S ortiqcha sovutishga chidaydi va asta-sekin xarorati ko'tarilish bilan iste'mol sifatlarini saqlanib qoladi. Olma mevalari ortiqcha sovuq xolatiga chidamli bo'lib, bir maromda sovutishni ko'taradi. Keskin sovutishda va yuqori xaroratida shkastlanish samarasi oshadi.

References:

1. Bo'riev X. Ch, Jo'raev R. J, Alimov O. A. «Meva - sabzavotlarni saqlash va ularga dastlabki ishlov berish». Toshkent: «Mehnat», 2002. 51-68 b.

2. Bo'riev X.Ch., Rizaev R.M. "Meva uzum maxsulotlari biokimyosi va texnologiyasi" Toshkent "Mexnat" 1996 94-97 b.

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.921 www.in-academy.uz

3. Тухтамишев, С. С., У. Шокирхужаева, and З. С. Искандаров. "УНИВЕРСАЛЬНАЯ МАШИНА ДЛЯ ОЧИСТКИ ДЫНИ ОТ КОЖУРЫ И РАЗРЕЗАНИЯ ЕЕ НА КОЛЬЦЕВЫЕ ДОЛЬКИ." Евразийский журнал академических исследований 4.1 (2023): 110-118.

4. Tukhtаmishеv, S., R. Xudаybеrdiyеv, and G. Tukhtаmishоvа. "MЕCHАNIZЕD АPPАRАTUS FОR CUTTING MЕLОN FRUIT INTO АNNULАR SLICЕS." Science and innovation 2.A1 (2023): 252-255.

5. Tuxtamishev, S. S., & Rayimov, F. T. (2024). OLXO 'RI MEVALARINI QURITISH VA TSUKAT TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI. Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления, 1(7), 53-57.

6. Tuxtamishev, S. S., and SH H. Qo'shbaqova. "BUG'DOY DONINING UYUMLARINI SAQLASH TARTIB VA USULLARI." Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления 1.8 (2024): 130-132.

7. Тухтамишев, С. С., У. Шокирхужаева, and З. С. Искандаров. "УНИВЕРСАЛЬНАЯ МАШИНА ДЛЯ ОЧИСТКИ ДЫНИ ОТ КОЖУРЫ И РАЗРЕЗАНИЯ ЕЕ НА КОЛЬЦЕВЫЕ ДОЛЬКИ." Евразийский журнал академических исследований 4.1 (2023): 110-118.

8. Tukhtamishev, Sayitkul. "WEIGHT-DIMENSIONAL AND VOLUMERIAN INDICATORS AND PHYSICAL AND MATHEMATICAL PROPERTIES CHARACTERISTIC FOR CENTRAL ASIAN VARIETIES OF MELONS." Journal of Agriculture & Horticulture 3.11 (2023): 9-12.

9. Тухтамишев, С. С., Г. К. Тухтамишова, and M. У. Рахмонкулов. "ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНЫЕ МЕТОДЫ ДЛЯ ОПРЕДЕЛЕНИЯ РАЗРУШАЮЩЕГО КОНКРЕТНОГО НАПРЯЖЕНИЯ УПРУГО-ВЯЗКИХ МАТЕРИАЛОВ РАСТИТЕЛЬНОГО ПРОИСХОЖДЕНИЯ." Евразийский журнал технологий и инноваций 2.1 Part 2 (2023): 210216.

10. Рахматов, О. О., et al. "ПРОИЗВОДСТВО ВЫСОКОКАЛОРИЙНЫХ ПИЩЕВЫХ ПРОДУКТОВ ИЗ УЗБЕКСКИХ СОРТОВ ДЫНЬ." Научно-практические пути повышения экологической устойчивости и социально-экономическое обеспечение сельскохозяйственного производства. 2017.

11. Кабулов И., Юлдошева Д., Унгаров А. ПАХТАНИ ЕТИШТИРИШ АГРОТЕХНИКАСИ, ТЕРИМГА ТАЙЁРЛАШНИ ТАШКИЛЛАШТИРИШ ТАРТИБИ //Евразийский журнал академических исследований. - 2024. - Т. 4. - №. 1 Part 2. - С. 88-92.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.