Научная статья на тему 'URUG‘LI MEVALARNI SAQLASH TEXNOLOGIYASI'

URUG‘LI MEVALARNI SAQLASH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
60
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Urug‘li meva / sabzavot / nav / olma / nok / saqlash ombori / nisbiy namlik / harorat / foydali hajm.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Qobilov Soxibjon Sherovich, Xoliqov Muxridin Baxromjon O‘G‘Li

Mevalarni saqlashdagi asosiy vazifa ularning fizikaviy va kimyoviy tarkibini, ya’ni tashqi ko‘rinishi, rangi, mazasi hamda oziq-ovqatlik qiymati va boshqa xususiyatlarini saqlab qolishdan iborat. Mevalarni saqlashda bo‘ladigan biologik va fiziologik jarayonlarni chuqur o‘rganish va bu borada aniq fikrga ega bo‘lish mahsulotlarni sifatli qilib saqlashda muhim ahamiyatga ega.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «URUG‘LI MEVALARNI SAQLASH TEXNOLOGIYASI»

URUG'LI MEVALARNI SAQLASH TEXNOLOGIYASI 1Qobilov Soxibjon Sherovich, 2Xoliqov Muxridin Baxromjon o'g'li

1Farg'ona davlat universiteti Mevachilik va sabzavotchilik kafedrasi katta o'qituvchisi 2Farg'ona davlat universiteti Mevachilik va sabzavotchilik kafedrasi o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10938017

Annotatsiya. Mevalarni saqlashdagi asosiy vazifa ularning fizikaviy va kimyoviy tarkibini, ya'ni tashqi ko'rinishi, rangi, mazasi hamda oziq-ovqatlik qiymati va boshqa xususiyatlarini saqlab qolishdan iborat. Mevalarni saqlashda bo'ladigan biologik va fiziologik jarayonlarni chuqur o'rganish va bu borada aniq fikrga ega bo'lish mahsulotlarni sifatli qilib saqlashda muhim ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: Urug'li meva, sabzavot, nav, olma, nok, saqlash ombori, nisbiy namlik, harorat, foydali hajm.

Аннотация. Основная задача консервирования плодов — сохранение их физического и химического состава, то есть внешнего вида, цвета, вкуса, пищевой ценности и других свойств. Углубленное изучение биологических и физиологических процессов, связанных с хранением фруктов, и наличие четкого мнения по этому вопросу важно для сохранения хорошего качества продукции.

Ключевые слова: Семенной плод, овощ, сорт, яблоня, груша, склад хранения, относительная влажность, температура, полезный объем.

Abstract. The main task of preserving fruits is to preserve their physical and chemical composition, that is, their appearance, color, taste, nutritional value and other properties. In-depth study of the biological and physiological processes involved in the storage of fruits and having a clear opinion on this matter is important in keeping the products in good quality.

Keywords: Seed fruit, vegetable, variety, apple, pear, storage warehouse, relative humidity, temperature, useful volume.

Kirish

Hozirgi kunda aholi sonini ortib borishi ularni yilning har qanday faslida oziq-ovqat hususan meva va sabzavotlar bilan uzuluksiz ta'minlash zarurligini ko'rsatmoqda. Bu borada meva-sabzavotchilikni barqaror rivojlantirish samaradorligi, nafaqat qishloq aholisining turmush darajasiga, balki mamlakatni barcha aholisining ijtimoiy farovonligini ham oshirishga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Meva-sabzavotlarni mavsumdan tashqri davrlarda saqlash rejimini ishlab chiqish, rivojlangan davlatlar tajribasini o'rganish va amalyotga tadbiq etish orqali xalqimizni sifatli meva-sabzavotlar bilan ta'minlash imkonini beradi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi "O'zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5388 va 2019 yil 23 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5853 sonli farmonlari hamda 2018 yil 17 oktyabrdagi "Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3978, 2019 yil 14 martdagi "Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo'jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4239 qarorlari sohani tubdan rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi.

O'zbekiston 2023 yil yanvar-iyul oylarida xorijga qiymati 672,9 mln AQSh dollarlik meva-sabzavotlar eksport qilindi. Bu ko'rsatkich 2022 yil mos davriga nisbatan 22,4 foizga ko'paydi va

jami eksportdagi ulushi 4,5 foizni tashkil etdi. Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (41,8 foiz), Pokiston (14,6 foiz), Qozog'iston (12,0 foiz) hamda Qirg'iziston (9,1 foiz) hissasiga to'g'ri kelgan. Sifatli meva-sabzavotlarni eksport bozoriga yetkazib berishda ularni saqlash tadbirlarini to'g'ri yo'lga qo'yish muhim ahamiyatga ega.[1]

Mevalar yilning ma'lum bir davrida yetishtiriladi va insonning oziqlanishi uchun zarur bo'lgan bir qator moddalar; vitaminlar, mineral tuzlar, uglevodlar, organik kislotalar va boshqa moddalarning asosiy manbai hisoblanadi.

Mevalarning sifatli saqlanishi uchun saqlash mobaynida ularda qanday jarayonlar borishini va bu jarayonlarning borishiga tashqi muhitning qaysi omillari ta'sir qilishini bilish zarur.

Mevalar saqlash jarayonida turlari va navlariga bog'liq xolda saqlash rejimi tanlanadi. Hatto bir turga mansub mevalar saqlash omborlarida saqlash jarayoni navlari bo'yicha alohida namlik va harorat ta'lab etadi.

Olmaning saqlashga chidamliligi uni saqlashda pishib yetilish xususiyati bilan aniqlanadi. Olmaning ertapishar navlari kam muddatga, kechki navlari esa 7-8 oygacha saqlanishi mumkin. Olma saqlash uchun yashiklarga joylashtiriladi. Bunda olma qog'ozga o'ralsa yaxshi saqlanadi. Olma yashiklarga joylashtirilganda ular orasiga qog'oz yoki qirindi solinsa ham bo'ladi.

Yashiklar omborga devor tomondan 25-30 sm, yashiklar orasida ikki metrli yo'l qoldirilib joylashtiriladi. Eng yuqoridagi yashik bilan ombor shipining orasida 50-60 sm qolishi kerak.

Olma solingan yashiklar taxlarga shaxmat usulida uchtadan va juft-juft qilib joylashtiriladi. Taxlarga navi, sorti, sifati, katta-kichikligi bir xil bo'lgan mahsulot joylangan yashiklar terib qo'yiladi. Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, uncha pishmagan olma past haroratda pishib yetilmaydi, aks holda ular qattiqlashib, ta'mi va xushbo'yligi o'zgarmaydi. Shu sababli, omborda havoning haroratini olmaning pishganligiga qarab o'zgartirib turish lozim.

Olmaning sovuqqa chidamli navlari -1-20 S haroratda saqlanadi. Bunday olmalar issiq haroratda uzoq vaqt saqlanmaydi. Renet Simirenko, Golden delishes, Boyken, Renet Kichunova, Sari sinap, Rozmarin kabi olma navlari sovuqqa chidamli hisoblanadi. Olmaning sovuqqa chidamsiz navlari 2-40 S da saqlanadi. Mart, Suvoroves, Aprel, Jonatan, Starking, Antonovka, Renet shampan, Oddiy antonovka navlari sovuqqa chidamsiz navlar jumlasiga kiradi.

Olmani saqlashda havoning nisbiy namligi 85-95 % bo'lishi maqbul hisoblanadi. Omborni sovitishga saqlash haroratiga yetguncha havoni jadal aralashtirib turish orqali erishiladi, bunda taxlar orasida havo oqimining tezligi 0,2-0,3 m/sek bo'lishi tavsiya qilinadi.

Olmani omborda saqlash vaqtida gaz muhitini boshqarish muhim hisoblanadi. Bunda ayniqsa past haroratga chidamsiz olmani saqlashda foydalanish yaxshi samara beradi.

Odatda olma daraxtining pastki shoxlaridan yig'ilgan mevalar yaxshi saqlanadi. Shu sababli ular alohida terib olinadi va saqlashga ham alohida joylanadi.

Olma uzilgandan so'ng 4-8 soatdan kechiktirmasdan meva omboriga olib kelinishi kerak. 1-jadval.

Olma sifatining uni saqlash usuliga bog'liqligi

Olmaning gomologik navi Saqlash usuli Mevaning sifati, %

standart mevalar chiqindilar

Simirenko nazorat 89,3 11,7

Polietilen qoplar, konteynerlar 100 -

Rozmarin nazorat 97,5 2,5

Polietilen qoplar, konteynerlar 100 -

Olmani saqlashdan oldin ular maxsus bo'lmalarda sovitiladi. Har kuni meva ombori bo'lmasi sig'imining 10-15 % olma bilan to'lg'aziladi. Bo'lma 7-10 kun deganda butunlay to'lg'aziladi. Bo'lmalarda havo asta-sekin sovitilib 4-60 S ga yetkaziladi, keyin esa nav uchun kerakli bo'lgan harorat darajasida qoldiriladi.

Oliy va birinchi navli olmalar uzoq muddatga, ikkinchi va uchinchi navli olmalar 2-3 oy saqlashga qo'yiladi. Ular yashik, karton quti va konteynerlarda saqlanadi. Mevalarni konteynerlarda saqlash omborning 1 m3 hajmidan samarali foydalanishni ta'minlaydi. Bunda 1 m3 foydali hajmda mevalar yashiklarda saqlanganda uning zichligi 250-300 kilogramm, konteynerlarda 400 kilogrammni tashkil qiladi.

Nokning saqlashga chidamli navlarini 4-5 oy, kuzgi navlarini esa 1,5-2 oy saqlasa bo'ladi. Nok olmaga nisbatan tez urinib qoladi, shu sababli uni uzishda va yashiklarga joylashda ehtiyotkorlik bilan ishlash talab qilinadi.

Nok odatda pishib yetilish oldidan uzilib, toza va quruq yashiklarga joylashtiriladi. Yashiklar tagiga qog'oz yoyib qo'yiladi, qog'ozning ikkinchi uchi nokning ustiga yopiladi. Qog'oz ustiga qirindi sepiladi yoki karton yopiladi. Nokni shaxmat usulida joylashtirib qator orasiga qirindi sepish ham mumkin. Yashiklar xuddi olma singari taxt qilib qo'yiladi.

Gaz muhiti boshqarilib turiladigan omborlarda nok 300-350 kilogrammli konteynerlarda saqlanadi.

Nokni saqlashda harorat 1-20 S gacha bo'lishi maqbul hisoblanadi. Ko'pincha bu haroratda o'ta kechpishar navlardan terilgan mevalar juda sekin yetiladi va saqlash muddatining oxirigacha rangini yo'qotmay qattiq holda bo'ladi. Bunday noklarni savdoga jo'natishdan avval 4-7 kun davomida 15-200 S da saqlab yetiltirish lozim. Xulosa va tavsiyalar:

- Saqlash omborida havoning nisbiy namligi 85-90 % bo'lishi kerak. Shunga e'tibor berish kerakki, omborda havo haroratining tez-tez o'zgarib turishiga yo'l qo'ymaslik lozim, aks holda mevalar tez yetilib qolishi mumkin bunday nokni uzoq vaqt saqlab bo'lmaydi. Nokni boshqariladigan gaz muhitida uzoq vaqt saqlash mumkin. Bunda kislorodning miqdori navlar bo'yicha 2-3 %, karbonat angidridning miqdori 1-5 % gacha bo'lishi ularning sifatli saqlanishini ta'minlaydi.

- Olma navining xilma-xilligi uni saqlashni ancha mushkullashtiradi. Chunki har bir nav uchun ma'lum saqlash tartibi talab qilinadi. Saqlash davrida olmani ko'zdan kechirib turish kerak. Olma joylashtirilgan yashiklar har oyda bir ikki marta qarab chiqiladi. Saqlanadigan olmada nuqson bo'lsa, ular qaytadan sortlarga ajratiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi "O'zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5388 farmoni.

2. Shaumarov X.B., Islamov S.Ya. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi. - T.: ToshDAU, 2011.

3. Bo'riev X.Ch., Jo'raev R., Alimov O. Dala ekinlari mahsulotlarini saqlash va ularga dastlabki ishlov berish. - T.: UzME., 2004.

4. Bakhromjon o'g'li K. M. Treatment of Winter Wheat Seed Materials with Pesticides //Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences. - 2023. - Т. 14. - С. 18-21.

5. Anvarjonovich D. Q., Ogli X. M. B. The effect of grain moisture on grain germination during grain storage //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - T. 11. - №. 5. - C. 418-421.

6. https://kun.uz/uz/news/2023/08/23/ozbekiston-qiymati-6729-mln-dollarlik-meva-sabzavotlarni-eksport-qildi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.