Научная статья на тему 'UROLOGIYA FANINI O’QITISHDA MUSTAQIL TA’LIMNING AFZALLIKLARI'

UROLOGIYA FANINI O’QITISHDA MUSTAQIL TA’LIMNING AFZALLIKLARI Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

28
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tibbiyot / oliy taʼlim / muassasa / pedagog / malakali mutaxassis / talaba-yoshlar / kelajak / kasbiy faoliyat / qiyinchilik / mustaqil taʼlim / urologiya ta’lim yoʼnalishi / tibbiy taʼlim. / медицина / высшее образование / вуз / педагог / квалифицированный специалист / студенческая молодежь / будущее / профессиональная деятельность / трудность / самостоятельное образование / урологическое образование / медицинское образование

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — A. R. Saliyev, Sh. Shamsiyev

Tibbiyot oliy taʼlim muassasa pedagoglari malakali mutaxassis sifatida talabayoshlarimizning kelajakdagi kasbiy faoliyatidagi qiyinchiliklariga tayyor boʼlishlarini taʼminlashda muhim oʼrinni egallashi, shuningdek, mustaqil taʼlim urologiya ta’lim yoʼnalishi bo’yicha tibbiy taʼlimning muhim jihati sifatida ekanligi muallif tomonidan yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Автор пояснил, что педагоги медицинских вузов, как квалифицированные специалисты, играют важную роль в обеспечении готовности наших студентов к задачам будущей профессиональной деятельности, а также к самостоятельному обучению важному аспекту медицинского образования в условиях области урологии.

Текст научной работы на тему «UROLOGIYA FANINI O’QITISHDA MUSTAQIL TA’LIMNING AFZALLIKLARI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

UROLOGIYA FANINI O'QITISHDA MUSTAQIL TA'LIMNING

AFZALLIKLARI

A. R. Saliyev, Sh. Shamsiyev

Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent, O'zbekistan

ANNOTATSIYA

Tibbiyot oliy ta'lim muassasa pedagoglari malakali mutaxassis sifatida talaba-yoshlarimizning kelajakdagi kasbiy faoliyatidagi qiyinchiliklariga tayyor bo'lishlarini ta'minlashda muhim o'rinni egallashi, shuningdek, mustaqil ta'lim - urologiya ta'lim yo'nalishi bo'yicha tibbiy ta'limning muhim jihati sifatida ekanligi muallif tomonidan yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: tibbiyot, oliy ta'lim, muassasa, pedagog, malakali mutaxassis, talaba-yoshlar, kelajak, kasbiy faoliyat, qiyinchilik, mustaqil ta'lim, urologiya ta'lim yo'nalishi, tibbiy ta'lim.

Автор пояснил, что педагоги медицинских вузов, как квалифицированные специалисты, играют важную роль в обеспечении готовности наших студентов к задачам будущей профессиональной деятельности, а также к самостоятельному обучению - важному аспекту медицинского образования в условиях области урологии.

Ключевые слова: медицина, высшее образование, вуз, педагог, квалифицированный специалист, студенческая молодежь, будущее, профессиональная деятельность, трудность, самостоятельное образование, урологическое образование, медицинское образование.

The author explained that the pedagogues of medical higher education institutions, as qualified specialists, play an important role in ensuring that our students are ready for the challenges of their future professional activities, as well as independent education -an important aspect of medical education in the field of urology.

Keywords: medicine, higher education, institution, pedagogue, qualified specialist, student-youth, future, professional activity, difficulty, independent education, urology education, medical education.

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

Bugungi kunda jamiyatimiz har tomonlama yangiliklar bilan o'zgarib borayotgan bir payitda, tibbiyot ta'lim sohasi ham tinimsiz rivojlanib bormoqda. Albatta, urologiya ham bunday yangiliklardan chetda qolganicha yo'q. Tibbiyot oliy ta'lim muassasa pedagoglari malakali mutaxassis sifatida talaba-yoshlarimizning kelajakdagi kasbiy faoliyatidagi qiyinchiliklariga tayyor bo'lishlarini ta'minlashda muhim o'rinni egallaydi.

Tibbiy oliy ta'lim muassasa talabalarining urologiya fani misolida mustaqil ta'lim olishlari muhimligini ta'kidlagan holda, biz pedagoglar yangi pedagogik usullar va tizimli yondashuv asosidagi manbaalardan jumladan, adabiyot, darslik va amaliy ko'nikmalardan to'g'ri foydalanishga yo'l ko'rsatishimiz zarur.

Mustaqil ta'lim olishda tajribali professor-o'qituvchilarning ma'ruzalaridan, shuningdek, bilim, ko'nikma va malakalaridan o'z vaqtida foydalanishimiz ahamiyatlidir.

Urologiya - tibbiyotning ixtisoslashgan sohasi sifatida, so'nggi bir necha o'n yilliklarda sezilarli darajada rivojlandi, yangi usullar, texnologiyalar va davolash usullari doimiy ravishda o'z o'rnini topmoqda. Ushbu yutuqlarga erishish uchun tibbiyot oliy ta'lim talabalari eng zamonaviy usulda bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirib borishlarining o'zi ayni davri hisoblanadi. Tajribali professor-o'qituvchilar tomonidan an'anaviy didaktik o'qitish tibbiy ta'limning muhim jihati bo'lib qolsa-da, mustaqil ta'lim o'quv jarayonining muhim tarkibiy qismi sifatida tobora ko'proq e'tirof etilmoqda va talabalar mustaqil soha egasi sifatida tezroq mustaqil faoliyat "sahna"siga chiqishlariga imkoniyat yaratiladi.

Bir qator tadqiqotlar tibbiy ta'limda mastaqil ta'limning muhimligini ko'rsatdi. Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, mustaqil ta'lim strategiyalari bo'lajak tibbiyot xodimlarida o'quv natijalarini yaxshilaydi va klinik ko'nikmalarni ko'proq o'zlashtirishiga sabab bo'ladi.

Xuddi shunday, distantsion ta'lim sifatida (A.N.Korneyev, Ye.V.Tolokonnikovalar), "Дистанционное обучение: будущее развития образования", O'quv uslubiy tavsiyanoma 2019 yil) mustaqil ta'lim bo'yicha bilimlarni egallash va klinik ko'rsatkichlarga ijobiy ta'sir qiladi degan xulosaga kelinganligi manbalarda yaqqol ma'lum bo'lib turibdi.

Tibbiyot ta'lim muassasasi talabalari urologiya fanini mustaqil o'rganish uchun foydalanishlari zarur bo'lgan asosiy kitob va manbalar ham belgilab berilishi, bizlarning mustaqil ta'limga to'g'ri yo'naltirishimizni bir usuliJ:

ular:

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

- "Campbell Walsh Wein Urology" (12th edition), urologiyaning barcha jihatlarini qamrab olgan keng qamrovli va nufuzli darslik;

- "Smith and Tanagho's General Urology" (19 th edition) nomli boshqa keng qo'llaniladigan darsligi urologiya bo'yicha qisqaroq, ammo to'liqroq yoritilgan;

- Hinmans Atlas of Urologie Surgery Revised Reprint, (4 th edition, Smith, Joseph A.), urologik muolajalar bo'yicha bosqichma-bosqich qo'llanmani taqdim etadigan jarrohlik atlasi;

- "Journal of Urology" Ba "European Urology", bu sohadagi ikkita etakchi jurnal, urologiya sohasidagi so'nggi tadqiqotlar va ishlanmalarga kirish imkonini beradi.

Albatta, tibbiy ta'limda amaliy mashg'ulotlar uzoq vaqtdan beri samarali pedagogik texnika hisoblanadi. Bu talabalarni bilimlarini real hayot "sahna"larida qo'llashga undaydi, tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam berishiga sabab bo'ladi. Urologiya talabalar uchun amaliy tadqiqotlar to'plamining diqqatga sazovor namunalaridan biri "Medical students curriculum - American Urological Association" asosiy o'quv dasturi misolida bo'lib, turli xil urologik sharoitlarni qamrab oluvchi bemorlarga oid amaliy vaziyatlar to'plami sifatida taklif qilish muhim.

Mustaqil ta'limda, tajribali ma'ruzachilarsiz talabalar "sahna"ga tez etib bora olmaydilar. Mustaqil ta'lim juda muhim bo'lsa-da, uni tajribali professor-o'qituvchilarning o'z tajribasi va malakali ko'rsatmalari bilan to'ldirish shart. Misol tariqasida, 30 yildan ortiq tajribaga ega bo'lgan professor-o'qituvchilar tinglovchilarga bebaho bilim, klinik tajriba va ko'plab hayotiy misollar bilan mavzularni yoritib berish imkoniyatiga ega. Ularning ma'ruzalarini tinglash nafaqat bilim beradi, balki talabalarga urologik amaliyotning nyuanslarini tushunish va zarur nuqtai nazarni rivojlantirishga yordam beradi, buni chetda qoldirib bo'lmaydi, ya'ni video ko'rinishdagi ma'ruzalar qayta ko'rib chiqilishi - mavzuni qaytadan va to'g'ri tushunish hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, mustaqil ta'limni qo'llash urologiya ta'lim yo'nalishi bo'yicha tibbiy ta'limning muhim jihati hisoblanadi. Adabiyotlar, darslik va amaliy ko'nikmalar kombinatsiyasi tajribali professor-o'qituvchilarning zarur tavsiyaviy ko'rsatmalari bilan birgalikda, tibbiyot ta'lim talabalariga mustahkam va har tomonlama to'g'ri o'zlashtirish tajribasini beradi. Bizr" Toshkent tibbiyot akademiyasida ta'lim beruvchilar sifatida

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

talabalarimizga malakali va samimiy, professional shifokor, qolaversa, urolog bo'lishlari uchun zarur yordam va maslaxatlarni taklif qilish bilan birga mustaqil ta'limni qo'llab-quvvatlagan holda talabalarni to'g'ri yo'naltirishimiz zarur.

REFERENCES

1. Аляев, Ю.Г. Урология. Российские клинические рекомендации /Под ред. Ю.Г. Аляева, П.В. Глыбочко, Д.Ю. Пушкаря. - М.: ГЭОТАР-Медиа, 2016. -496

2. Аляев, Ю.Г. Медикаментозное лечение симптомов нижних мочевых путей у мужчин. Роль уроселективности в выборе препарата / Ю.Г. Аляев,

3. З.К. Гаджиева, Л.М. Рапопорт, Ю.Б. Казилов // Андрология и генитальная хирургия. - 2014. - № 1. - С. 6-15. 3. Аполихин О.И., Комарова В.А., Никушина А.А., Сивков А.В. Болезни предстательной железы в Российской Федерации: статистические данные 2008-2017 гг. Экспериментальная и клиническая урология. 2019;(2):4-13. https://doi.org/10.29188/2222- 8543-2019-11-2-4-12

4. Ефимов А. С. Малая энциклопедия врача-эндокринолога. — 1-е изд. — К.: Медкнига, ДСГ Лтд, Киев, 2007. — С. 78-81. — 360 с. — («Библиотечка практикующего врача»). — 5000 экз. — ISBN 966-7013-23-5.

5. Клиническая эндокринология. Руководство / Под ред. Н. Т. Старковой. — 3-е изд., перераб. и доп. — СПб.: Питер, 2002. — С. 187—200. — 576 с. — («Спутник Врача»). — 4000 экз. — ISBN 5-272-00314-4.

6. Knobel M. Etiopathology, clinical features, and treatment of diffuse and multinodular nontoxic goiters. J Endocrinol Invest. 2016 Apr;39(4):357- 73.

7. Schroder F.H., Hugosson J., Roobol M.J. et al. Prostate-cancer mortality at 11 еаге of followup. N Engl J Med 2012;366:981-90.

8. Ferlay, J., et al., Cancer incidence and mortality worldwide: sources, methods and major patterns in GLOBOCAN 2012. Int J Cancer, 2015. 136(5): p. E359-86.

9. Haas, G.P., et al., The worldwide epidemiology of prostate cancer: perspectives from autopsy studies. Can J Urol, 2008. 15(1): p. 3866-71.

10. Bell, K.J., et al., Prevalence of incidental prostate cancer: A systematic review of autopsy studies. Int J Cancer, 2015. 137(7): p. 1749-57.

11. Soloway MS. Do unto others—why I would want anesthesia for my prostate biopsy. Urology. 2003; 62:973-975. 6. Emiliozzi P, Scarpone P, DePaula F, et al. The

с.

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

incidence of prostate cancer in men with prostate specific antigen greater than 4.0 ng/ml: a randomized study of 6 versus 12 core transperineal prostate biopsy. J Urol. 2004;171:197-199.

12. Shadmanov, A. K., Khalmatova, B. T., & Shadmanov, M. A. (2023). Simulation Education and its Role in Improving the Quality of Medical Education. JOURNAL OF EDUCATION AND SCIENTIFIC MEDICINE, 7(1), 8-11.

13. Shadmanov, A. (2022). Credit-modular training in the system of medical staff training in Uzbekistan: on the example of the Tashkent medical academy.

14. Шадманов, А. К., Азизова, Ф. Л., Саломова, Ф. И., Шеркузиева, Г. Ф., & Салиев, А. Р. (2021). Имконияти чекланган болаларни укитиш ва тарбиялашнинг гигиеник шароитларини назорат килиш"/"Мониторинг гигиенических условий обучения и воспитания детей с ограниченными возможностями.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.