Научная статья на тему 'UNIVERSITET TALABALARI IJODINI RIVOJLANTIRISHDA KREATIVLIKNING O’ZIGA XOS JIHATLARI'

UNIVERSITET TALABALARI IJODINI RIVOJLANTIRISHDA KREATIVLIKNING O’ZIGA XOS JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kreativ ta’lim jarayoni / kreativ ta’lim / kreativlik paradigmasi / ijodkorlikka tayyorgarlik / T.Lyubartning investitsion nazariyasi / ijodkor shaxsni tarbiyalash. / creative education process / creative education / creativity paradigm / preparation for creativity / T. Lubart’s investment theory / education of a creative person.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shodiyeva R.

Ushbu maqolada talabalar tafakkurida ijodiy fikrlash jarayonining mexanizmlari ochib berilgan. Shuningdek, talabalar ongida kreativ fikrlashning bir qator xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Qolaversa, kreativ ta’lim jarayonini shakllantirishning o’ziga xos omillari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIFIC ASPECTS OF CREATIVITY IN CREATIVITY DEVELOPMENT OF UNIVERSITY STUDENTS

This article reveals the mechanisms of the process of creative thinking in students’ thinking. Also, a number of features of creative thinking in students’ minds have been scientifically analyzed. In addition, the specific factors of the formation of the creative educational process are highlighted.

Текст научной работы на тему «UNIVERSITET TALABALARI IJODINI RIVOJLANTIRISHDA KREATIVLIKNING O’ZIGA XOS JIHATLARI»

Shodiyeva R.

Ijtimoiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi "Alfraganus University " nodavlat oliy ta'lim tashkiloti

UNIVERSITET TALABALARI IJODINI RIVOJLANTIRISHDA KREATIVLIKNING O'ZIGA XOS JIHATLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada talabalar tafakkurida ijodiy fikrlash jarayonining mexanizmlari ochib berilgan. Shuningdek, talabalar ongida kreativ fikrlashning bir qator xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Qolaversa, kreativ ta'lim jarayonini shakllantirishning o'ziga xos omillari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: kreativ ta'lim jarayoni, kreativ ta'lim, kreativlik paradigmasi, ijodkorlikka tayyorgarlik, T.Lyubartning investitsion nazariyasi, ijodkor shaxsni tarbiyalash.

Shodiyeva R. teacher

Department of Social Sciences "Alfraganus University" is a non-governmental higher education

organization

SPECIFIC ASPECTS OF CREATIVITY IN CREATIVITY DEVELOPMENT OF UNIVERSITY STUDENTS

Abstract. This article reveals the mechanisms of the process of creative thinking in students' thinking. Also, a number of features of creative thinking in students' minds have been scientifically analyzed. In addition, the specific factors of the formation of the creative educational process are highlighted.

Key words: creative education process, creative education, creativity paradigm, preparation for creativity, T. Lubart's investment theory, education of a creative person.

KIRISH. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, kreativlik - bu imkoniyatlarni reallikka aylantiruvchi individual va madaniy fenomendir. Bugungi kunda zamonaviy ta'lim jarayonida auditoriyalarda darsni tashkil etish shakllari takomillashib bormoqda. Xususan, biz auditoriya talabalariga bilimlarni odatda, obyektiv ravishda yetkazayapmiz, har doim ham talabalarga kashfiyotlar qilish jarayonini va ular dunyoni qanday o'zgartirishni boshdan kechirishlariga, his etishiga, o'ylab ko'rishiga imkon bermaymiz. Bugungi kunda ta'limning ma'nosi nafaqat faoliyat maqsadlariga ko'ra, balki umuminsoniy qadriyatlarga ko'ra doimiy ravishda o'zini o'zi namoyon qililashga qodir, "mukammallikka intiluvchi" erkin va ijodkor shaxsni tarbiyalashdan iborat (Морозов А.В., 2004. - C.64-67).

METODOLOGIYA. Tadqiqotlar tahlilidan foydalanib, kelajakda turmush tarzi tobora murakkablashib borishini va muammolar yangi va oqlangan (elegant) yechimlarni talab qilishini taxmin qilish mumkin. Pol Torransning fikricha, "Agar odamda bilim yoki tajribaga asoslangan muammoning yechimi bo'lmasa, ozgina kreativlik talab etiladi". (Urban K.K., 1990. - P.99-113). Fikrimizcha, auditoriyada kreativlikni o'rgatishda asosiy narsa kreativ daholarni yetishtirish emas va kreativlikni o'rgatishdan manfaatdor bo'lgan talabalar ilmiy, texnologik, adabiy, san'at yoki boshqa biron bir inqilobga erishishga intilishlari shart emas. Aslida, talabalar bu yo'nalishga ulkan hissa qo'shishlari mumkin, masalan, urug'larni qadash va bu imkoniyatni rad etmaslik kerak; tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, o'qituvchilar ko'p yillar o'tib ham keng tan olingan kreativ qobiliyatlarni rivojlantirishda asosiy rol o'ynaydi. Shunday qilib, auditoriyada kreativlikni o'rgatish zamonaviy talabalarni rivojlantirishga olib keladigan sa'y-harakatlarning bir qismidir. Ammo, kreativlikka o'rgatish an'anaviy maktabning ko'nikma va bilimlarni egallash kabi maqsadlariga ziddir.

Adabiyotlar tahlilicha, xorijiy psixologlar kreativlik muammosida to'rt jihatni ajratib ko'rsatadilar: 1-kreativ jarayon (qobiliyat sifatida), 2-kreativ mahsulot, 3-kreativ shaxs va 4-kreativ muhit (KnpMKOBa A.B., 1996. - C.188). Darhaqiqat, rus olimlaridan biri L.S. Vygotskiy kreativlikning rivojlanishini shaxsning butun aqliy jarayonlarni o'z ichiga olgan yaxlit rivojlanishi sifatida tushunishni "Inson shaxsiyatiga biryoqlama qarash vujudga kelgan va negadir hamma iqtidor va iste'dodni faqat intellekt bilan bog'liq holda tushunadi. Lekin inson nafaqat talantli fikrlashi, balki talantli tuyg'uga ega bo'lish ham mumkin" (Harris C., 1995. - P. 66).

Darhaqiqat, oliy ta'lim pedagogikasi sohasidagi kreativlikni tadqiq qilish kreativ shaxsda o'z-o'zini tarbiyalash va ijodkor individuallikni rivojlantirishga erishish uchun ta'lim va tarbiya ijodiy jarayonini tashkil etish va boshqarishning optimal shakllarini aniqlashga imkon beradi. XX asr oxiri XXI asr boshlarida A.V. Morozov., D.V. Chernilevskiy kabi tadqiqotchilarning ijodkorlik muammosini hal qilishga qiziqishi bilan bog'liq: ijod ommaviy xarakterga ega bo'lishi mumkinmi va u qanday namoyon bo'ladi? degan savolga javob izladilar. Ularning fikricha, yangi tipdagi o'qituvchi bu pedagogik faoliyat jarayonida o'quvchilarning ijodiy individualligini shakllantirish va rivojlantirishga tayyor bo'lgan o'qituvchi-tadqiqotchi, o'qituvchi-ijodkordir. Shunga binoan, innovatsion ta'lim mavjud tizimga shunchaki qo'shimcha bo'lishi mumkin emas. U uning ichki organizmiga ham, ijtimoiy tizimostiga ham kirib borishi kerak.

MULOHAZA VA NATIJALAR. Darhaqiqat, talabalar kreativ talantni turli yo'llar bilan qo'llab-quvvatlashlari mumkin. Ular, gaplashmasdan ijobiy munosabatni ko'rsatishi mumkin, ba'zan bundan ortig'ini ham qila oladilar. Ular muayyan munosabat va faoliyatlar bilan kreativlikni qo'llab-quvvatlashlari mumkin. Shu jihatdan olib qaraganda, o'qituvchi, oxir-oqibat, talabalar uchun namunadir. Qolaversa, o'qituvchi gapirmasdan, kreativlikning qimmatini, qadrli narsa ekanligini ko'rsatishi mumkin. Bu qadr-qiymatni aniqlash jarayoni.

Baholash yoki tanqid bular qarama-qarshi tushunchalardir. Birovni yoki nimanidir baholashda juda ehtiyotkor bo'lishi kerak (Doolittle J. H., - 1995. -Р.155).

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, kreativ talaba faoliyatida yangilikka bo'lgan ehtiyoj, ishning eng mukammal usullarini izlash ustunlik qiladi. Shuni ta'kidlash kerakki, talabaning kreativligi nafaqat o'z-o'zini namoyon qilishda, balki o'z qobiliyat va imkoniyatlaridan to'liq foydalana oladigan tarzda ta'lim jarayonini tashkil etishi jarayonida ham o'zini namoyon etadi. Fikrimizcha, talabaning ijodiy faoliyati pedagogik jarayonda yuzaga keladigan muammolarni hal qilishga qaratilgan faoliyatda yanada faollashib boradi. Xususan, V.A. Zagvyazinskiy ijodkorlik pedagogik jarayonning ajralmas sharti, obyektiv kasbiy zarurat ekanligiga ishonch hosilganligini ma'lum qiladi. Shunga binoan, kreativlik har bir insonga xosmi yoki u faqat ayrim shaxslarga xosmi, degan savol tug'iladi.

Kreativlikni rivojlantirish uchun keng qo'llaniladigan usullar orasida gumanistik usullarni ta'kidlash zarur. Ijodkorlikni o'z-o'zini anglash sifatida tushungan holda, mutaxassislar o'z sa'y-harakatlarini insonning o'ziga bo'lgan munosabatini o'zgartirishga yo'naltiradilar: o'zining "muhim boshqasi" bo'lish, ularning fikricha, kreativlik uchun motivatsiyani oshiradi. Xususan, bugungi kunda ijtimoiy muvaffaqiyatga qaratilgan kreativlikni rivojlantirish usullari keng tarqalmoqda. Jumladan, R.Sternberg va T.Lyubartning investitsion nazariyasi ijodiy muvaffaqiyat uchun insonning sintetik, analitik va amaliy qobiliyatlari mutanosib bo'lishi kerak degan fikrga asoslanadi. Ular tomonidan kreativ ta'limning quyidagi strategiyalarini taklif qilishgan:

1) taqlid qilish tamoyilidan foydalanish;

2) shubhalarni rag'batlantirish;

3) xato qilishga ruxsat berish;

4) oqilona xavfni rag'batlantirish;

5) o'quv rejasiga ijodiy vazifalarni kiritish;

6) muammoni topish qobiliyatini rag'batlantirish;

7) ijodiy fikrlash uchun vaqt berish (Дружинин В.Н., 2008. - C. 368).

Har bir shaxs uchun kreativlikning ahamiyati va yuksak qadriyati butun

insoniyat inkor etib bo'lmaydi va hech kimni shubhalanmaydi. Bir tomondan, bu universal tarixiy evolyutsion omil bo'lsa, boshqa tomondan, bu shaxsga nafaqat muammolarni hal qilish va yangi vaziyatlarda yo'nalish topish, balki atrof-muhitni, o'z hayotini, kelajagini faol ravishda o'zgartirish imkoniyatini beradigan individual potentsialdir. Umumiy fikr qanday bo'lishidan qat'iy nazar, kreativlikka hayotning ko'plab sohalarida, xususan, bugungi kun bolalari, ertangi kattalar muvaffaqiyat qozonishini ta'minlash uchun mas'ul bo'lgan ta'lim tizimida ahamiyat berish zarur. Kreativlik tushunchasini o'quv dasturlarining kirish so'zlarida uchratish mumkin, lekin aniq fan ishlanmalarida kamroq; talabala rning amaliy faoliyatida yoki o'quv vaziyatlarida kreativlikni rivojlantirish g'oyasini amalga oshirish kamdan-kam uchraydi.

XULOSA. Kreativlikni yangi imkoniyatlarni ko'rish jarayoni deb xulosa qilish mumkin. Biroq, bu qat'iy mantiqiy jarayon emas, chunki u bizning bilimimiz, shaxsiyatimiz, his-tuyg'ularimiz, intuitsiyamizning turli jihatlaridan kelib chiqadi. Ko'pincha kreativ fikrlashning ikkita asosiy usuli bor deb taxmin qilinadi. Shuningdek, umumlashtiruvchi fikrlash - g'oyalarni tasavvur qilish va yaratish, g'oyalarni amalga oshirish uchun asos va motivatsiya yaratadish jarayoni. Ikkinchisi, maqsad, qiymat va amaliy natijalarga erishish uchun hukm chiqarish va g'oyalarni baholash bilan bog'liq. Kreativlik talabalarning o'ziga bo'lgan bahosini, motivatsiyasi va muvaffaqiyatini oshiradi. Kreativlik jamiyat taraqqiyoti va yangilanishining eng muhim manbalaridan biridir. Xatolarda o'rganish mumkin, chunki ular yechim uchun faol qidiruvni ifodalaydi. O'ziga ishonch, o'zini ijobiy idrok etish muhim shartlar hisoblanadi, shuningdek, ijodiy faoliyat natijasidir. Boshda qolgan g'oyalar unchalik ahamiyatli emas: ularga boshqa vaziyatda e'tibor qaratish kerak. Agar g'oya yaxshi bo'lsa, uni amalda transformatsiya qilish va amalga oshirish orqali yaqqol namoyon bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Морозов А.В. Креативность преподавателя высшейшколы // Высшее образование сегодня. - 2004. - №3. - С. 64-67.

2. Urban K. K. Recent trends in creativity research and theory in Western Europe // European Journal for High Ability. - 1990. - №1. - Р. 99-113

3. Кирьякова А.В. Теория ориентации личности в мире ценностей: монография / А.В. Кирьякова. - Оренбург: 1996. - C.188.

4. Harris C. R. Developing creativity for Third World gifted. - NY: Gifted and Talented International, 1995. - P.60.

5. Doolittle J. H. Using riddles and interactive computer games to teach problem solving. In D. F. Halpern & S. G. Nummedal (Eds.) / J. H. Doolittle // Psychologists teach critical thinking [Special Issue], Teaching of Psychology. -1995. - № 22. - Р.155.

6. Дружинин В.Н. Психология общих способностей / В.Н. Дружинин. - 3-е изд. - СПб.: Питер, 2008. - C. 368.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.