Научная статья на тему '“UNIVERSITET 3.0” – XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASINING O‘RNI: KONSEPSIYAGA BOSQICHMA-BOSQICH O‘TISH VA METODLARNI O‘RGANISH'

“UNIVERSITET 3.0” – XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASINING O‘RNI: KONSEPSIYAGA BOSQICHMA-BOSQICH O‘TISH VA METODLARNI O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
62
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
konsepsiya / xorijiy / xususiy / ta’lim / innovatsiya / standart / metod / fan / infratuzilma / professor.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Toshpulatova Ismigul Asqar Qizi, Tursunov Diyor

Usbu maqola oliy ta’lim muassasalarini “Universitet 3.0” konsepsiyasiga o‘tkazish va o‘qitish tizimida xorijiy davlatlarning metodik tajribalarini qo‘llash o‘rni to‘g‘risida yozilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“UNIVERSITET 3.0” – XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASINING O‘RNI: KONSEPSIYAGA BOSQICHMA-BOSQICH O‘TISH VA METODLARNI O‘RGANISH»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

"UNIVERSITET 3.0" - XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASINING O'RNI: KONSEPSIYAGA BOSQICHMA-BOSQICH O'TISH VA METODLARNI O'RGANISH 1Toshpulatova Ismigul Asqar qizi, 2Tursunov Diyor

Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktab menejmenti yo'nalishi talabasi 2Maktab menejmenti kafedarsi mudiri, dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.10159758 Annotatsiya. Usbu maqola oliy ta'lim muassasalarini "Universitet 3.0" konsepsiyasiga o'tkazish va o'qitish tizimida xorijiy davlatlarning metodik tajribalarini qo'llash o'rni to'g'risida yozilgan.

Kalit so'zlar: konsepsiya, xorijiy, xususiy, ta'lim, innovatsiya, standart, metod, fan, infratuzilma, professor.

Аннотация. В данной статье говорится о переходе высших учебных заведений на концепцию «Университет 3.0» и месте использования методического опыта зарубежных стран в системе образования.

Ключевые слова: концепция, зарубежное, частное, образование, инновация, стандарт, метод, наука, инфраструктура, профессор.

Abstract. This article is written about the transfer of higher education institutions to the "University 3.0" concept and the place of using the methodological experiences of foreign countries in the education system.

Keywords: concept, foreign, private, education, innovation, standard, method, science, infrastructure, professor.

Kirish."Universitet 3.0" konsepsiyasi - g'oya va tajriba asosida yangi shakllantirilgan universitet modeli sifatida ma'lum etiladi. Bu konsepsiya, avvalgi universitet modellari bilan muqobil ravishda o'zgartirishlar va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlaydi. Konsepsiya davlatlar, korporatsiyalar, akademik jamiyat va boshqa sohalardagi mavjud talabga javob berishga qaratilgan. Ushbu konsepsiya asosida universitet va institutlar talabalarni o'z ish bilimlari va kasblariga tayyorlashdan ko'ra, ularni shaxsiy va ijtimoiy rivojlantirishga ham e'tibor beradi.

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabr kunidagi PF-5847-son farmoniga muvofiq, "O'zbekiston Respublikasi Oliy Ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish" konsepsiyasi tasdiqlandi. Farmonga ko'ra:

S Oliy ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish,hududlarda davlat va nodavlat ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va sog'lom raqobat muhitini ta'minlash

S Respublikadagi kamida 10 ta oliy ta'lim muassasasini xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1000 ta o'rindagi oliy ta'lim muassasalari ro'yxatiga kiritish

S Oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayonini bosqichma bosqich kredit-modul tizimiga o'tkazish

S Xalqaro tajribalarda kelib chiqib,oliy ta'limning ilg'or standartlarini joriy etish va nazariy bilimni olishga yo'naltirilgan ta'limdan amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim tizimiga bosqichma-bosqich o'tish

S Oliy ta'lim muassasalarining akademik mustaqilligini ta'minlash S Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim,fan,innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog'liqligini nazarda tutuvchi "Universitet 3.0" konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

S Oliy ta'limning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish,xorijiy ta'lim va ilm-fan texnalogiyalarini jalb etish.

"Universitet 3.0" konsepsiyasi, xorijiy davlatlarda o'qitishning rivojlanishi va yangilanishi uchun muhim bir qadam hisoblanadi. Bu konsepsiyaga asosan, universitetlar o'quvchilarning talabalarini va qiziqishlarini qondirish, ularni ijtimoiy va texnologik o'zgarishlarga tayyorlash, tajribaviy o'qitish usullarini amalga oshirish va ishbilarmonlikni rivojlantirishga qaratilgan. Konsepsiya bilan o'qituvchilar o'quvchilarni faol qatnashishga, ularga o'z fikrlarini bildirishga, ijtimoiy va texnologik tajriba olishga imkoniyat beradilar. Bu konsepsiyada o'quvchilar o'z o'qitish jarayonlarini o'zlashtirishi va ularga yo'l-yo'lak yordam berilishi kuzatiladi. Shuningdek, bu konsepsiyada universitetlar o'quvchilarni ishbilarmonlik va innovatsiyalar rivojlantirishga yondashadi. Texnologiyalar va internetdan foydalanish ham juda muhim ahamiyatga ega. Bu konsepsiyada, universitetlar o'quvchilarga kompyuterlar, interaktiv doskalar, online platformalar va boshqa texnologiyalardan foydalanishni o'rganishga imkoniyat beradilar. Bu usul o'quvchilarning texnologik qobiliyatini rivojlantiradi va ularning yangi bilimlarni o'rganishda qiziqishlarini oshiradi. Konsepsiya jamiyatimiz uchun ham kerak bo'lgan majmuadir. Asosan, universitetlarimiz talabalarimizni ijtimoiy va texnologik o'zgarishlarga tayyorlash, ularning talabalarini va qiziqishlarini qondirish, tajribaviy o'qitish usullarini amalga oshirish va ish faoliyatini rivojlantirishga harakat qilmoqda. Bu esa jamiyatimizning rivojlanishi va innovatsiya yo'nalishlariga muhim ta'sir qiladi. Bundan tashqari, "Universitet 3.0" konsepsiyasi o'quvchilarimizning xorijiy davlatlarda o'qitish metodlarini o'rganish va ularni joriy qilish va o'qitish tizimiga moslashtirish imkoniyatini beradi. Bu esa, xorijiy davlatlarning tajribasidan foydalanib, o'qitish metodlarini rivojlantirish va joriy etilgan o'qitish tizimimizni yanada yaxshilashga imkoniyat yaratadi.

Universitet 3.0 asosida quyidagi muhim tamoyillar keltirilgan:

1. Kooperativ ta'lim: Universitetlar korporatsiyalar va sohada faoliyat yuritadigan tashkilotlar bilan birgalikda ta'lim berish imkonini yaratishadi. Bu usul orqali talabalar teorik bilimlarni amaliyotga aylantirib, yangiliklarga tezlik bilan moslashishadi.

2. Interdistsiplinarligi: Universitetlar turli fanlar orasidagi aloqalarni o'rnatib turadi. Bu usul orqali talabalar turli sohalarda mutaxassislikni o'rganishi va ularning boshqa fanlar bilan aloqalarni tartibga solishlari ta'minlanadi.

3. Shaxsni rivojlantirish: Universitetlar talabalarni har tomonlama shaxsiy rivojlantirish bilan shug'ullanadi. Bu usul orqali talabalar o'z o'zini tanishtiruvchi kurslarda, mentorlik dasturlarida va amaliyotda ishlab chiqishlarda qatnashadilar.

4. Texnologiyalar va innovatsiyalar: Universitetlar texnologik imkoniyatlardan foydalanib, yangi texnologik vositalar va innovatsion uskunalar orqali ta'lim beradilar. Bu usul orqali talabalar mualliflik, muammoli yechish, ijtimoiy tajriba olish va boshqa sohalarda qiziqishlari bo'yicha ma'lumotlarga ega bo'ladi.

5. Global integratsiya: Universitetlar xalqaro hamkorlik qilish, tarbiyalash dasturlarini global darajada rivojlantirishga intiladilar. Bu usul orqali talabalar xalqaro olimpiadalarga ishtirok etishi, chet elda tadqiqot ishlari olib borishi va boshqa mamlakatlardagi universitetlar bilan almashinuvda bo'ladi.

Tahlil va natijalar. Xorijiy davlatlar o'rtasidagi o'qitish metodlarini o'rganishda tajriba o'rni juda katta bo'ladi. Bu davlatlar o'z o'qitish tizimlarini va metodlarini yillar davomida rivojlantirgan va ularga bir qadam yetish uchun turli tajribalar o'tkazgan. Birinchi bo'lib, xorijiy

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

davlatlarda amaliyotga asoslangan o'qitish metodlari paydo bo'lgan. Bu metodlar bilan o'qitish jarayonida amaliyotga oid masalalar, misollar va mashg'ulotlar o'quvchilarga ko'rsatiladi. Bu usul o'quvchilar uchun nazariy bilimlarni amaliyotga o'tkazishda juda samarali bo'ladi.Ikkinchi bo'lib, xorijiy davlatlarda kooperativ o'qitish metodlari ham keng tarqalgan. Bu metodda o'qituvchilar va o'quvchilar birgalikda faoliyat yuritadilar va bir-biriga yordam berish, fikr almashish va muammolarni jamoatchilik bilan hal qilishni o'rganishadi. Bu usul o'quvchilarning ijtimoiy qatnashuvini oshiradi va ularning ishbilarmonlik va hamkorlik qobiliyatini rivojlantiradi. Shuningdek, xorijiy davlatlarda texnologiyalar va internetdan foydalanish o'qitish jarayonida juda muhim ahamiyatga ega. Bu davlatlarda o'quvchilar kompyuterlar, smartfonlar, interaktiv doskalar va boshqa texnologiyalardan foydalanishni o'rganishadi. Bu usul o'quvchilarning texnologik qobiliyatini rivojlantiradi va ularning yangi bilimlarni o'rganishda qiziqishlarini oshiradi.

Xorijiy davlatlarda o'qitish metodlarini o'rganishda tajriba o'rni shuningdek, o'qituvchilar va o'quvchilar bilan hamkorlikning muhim ahamiyati bor. Bu davlatlarda o'qituvchilar o'quvchilarga yondashish, ularning talabalarini tushunish va ularga eng samarali o'qitish usullarini topishga harakat qiladilar. O'quvchilar esa o'z fikrlarini, talabalarini va qiziqishlarini o'qituvchilarga bildirish orqali o'z o'qitish jarayonlariga ta'sir qilishlari mumkin. Jamiyatimizda ham xorijiy davlatlarning tajribasidan foydalanib, o'qitish metodlarini rivojlantirishga harakat qilinmoqda. Xorijiy davlatlarning tajribasini o'rganishda xorijiy o'qitish metodlarini o'rganish, ularni joriy qilingan o'qitish tizimiga moslashtirish va o'quvchilarning talabalarini va qiziqishlarini qondirishda muhim ahamiyatga ega.

Aynan, "Universitet 3.0" konsepsiyasini ta'limda joriy etish ham, dastlab professor o'qituvchilar tomonidan xorijiy metod sifatida o'rganila boshlangan. 2019-yildagi farmonga muvofiq esa o'qitishda qo'llash rasmiy tasdiqlandi. Chunki, xorijiy davlatlar universitetlarida bunday ta'lim tizimi joriy etilgan va o'z samarasini yetarlicha ko'rsata olgan.Ya'ni endilikda,talabalar universitetda faqatgina bilim olish emas,bilimni qo'llay olish va faoliyatga to'g'ridan to'g'ri yo'naltirishadi. Bu esa,universitet statusini oshirish bilan bir qatorda, sifatli ta'limni ham ta'minlay oladi, qolaversa, tadbiq qilingan yangi metodik usullar talabalarning fanga bo'lgan qiziqishini orttirib, o'zining shaxsiy g'oya-fikrlarini to'liq moliyalashtirish eshiklarini ochadi. Natijada, universitetlarning moliyaviy mustaqilligi ta'minlanishi va davlat budjetiga sezilarli darajada ijobiy o'zgarish olib keladi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, " Universitet 3.0" konsepsiyasi ta'lim muassasalarini har tomonlama yangiliklarga kirishga chaqiradi va talabalarni yangi sohalarda rivojlantirishga turtki bo'ladi. Xorijiy davlatlarning xususan, AQSH, yevropa mamlakatlari ta'lim tizimidagi metodlarni o'rganish bizning ham o'qitish tizimimizga o'z afzalliklarini o'tkazib turadi va 2030-yilgacha tuzilgan rejalarni amalda qoniqarli natija olishga yordam beradi.

REFERENCES

1. Wikipedia.org - sayti

2. Lex.uz - huquqiy yangiliklar sayti

3. Qo'chqorova G.D (dotsent ToshUIT Farg'ona filiali) - "Universitet 3.0" konsepsiyasi asosida ilmiy izlanishlari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.