Научная статья на тему 'UMUMTEXNIK FANLARNING TO‘GARAK MASHG‘ULOTLARIDA IJODIY MASALALAR ORQALI TALABALARNING FIKRLASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH'

UMUMTEXNIK FANLARNING TO‘GARAK MASHG‘ULOTLARIDA IJODIY MASALALAR ORQALI TALABALARNING FIKRLASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
To‘garak / umumtexnik / mutaxassis / ta’lim / ijodiy / tahlil / taqqoslash / qobiliyat / ko‘nikma / malaka. / Circle / general technical / expert / educational / creative / analysis / comparison / abilities / skills.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Inamidinova Dilarom Kiramidinovna

Maqolada umumtexnik fanlarning to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etishning ahamiyati yani talabalarning mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlaridan unumli foqdalanish zarurligi keltirilgan. Talabalar to‘garaklarda ilmiy-ijodiy ishlarning namunalari bilan yaqindan tanishish, ijodiy masalalarni bajarish, zamonaviy konstruksiyalarni loyihalash bo‘yicha tizimli tahlil qilish, taqqoslash va qaror qabul qilish bo‘yicha ijodiy fikrlashlari shakllanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF STUDENTS' THINKING SKILLS THROUGH CREATIVE PROBLEMS IN GENERAL TECHNICAL SCIENCES CIRCULAR CLASSES

The article emphasizes the importance of organizing group classes in general technical disciplines, as well as the need to maximize the use of students' extracurricular time. Students get acquainted in circles with samples of scientific and creative work, solve creative tasks, their creative thinking is formed for systematic analysis, comparison and decision-making on the design of modern structures.

Текст научной работы на тему «UMUMTEXNIK FANLARNING TO‘GARAK MASHG‘ULOTLARIDA IJODIY MASALALAR ORQALI TALABALARNING FIKRLASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH»

Scientific journal Construction and education ISSN 2181-3779, volume 3, Issue 2 2024

TA'LIM MUAMMOLARI

UDC 37.036

UMUMTEXNIK FANLARNING TO'GARAK MASHG'ULOTLARIDA IJODIY MASALALAR ORQALI TALABALARNING FIKRLASH QOBILIYATLARINI

RIVOJLANTIRISH

Inamidinova Dilarom Kiramidinovna, Namangan muhandislik-qurilish instituti, o'qituvchi, e-mail. 2006saidali@gmail.com

Аннотатция. Maqolada umumtexnik fanlarning to'garak mashg'ulotlarini tashkil etishning ahamiyati yani talabalarning mashg'ulotlardan tashqari vaqtlaridan unumli foqdalanish zarurligi keltirilgan. Talabalar to'garaklarda ilmiy-ijodiy ishlarning namunalari bilan yaqindan tanishish, ijodiy masalalarni bajarish, zamonaviy konstruksiyalarni loyihalash bo'yicha tizimli tahlil qilish, taqqoslash va qaror qabul qilish bo'yicha ijodiy fikrlashlari shakllanadi.

Аннотация. В статье подчеркивается важность организации кружковых занятий по общетехническим дисциплинам, а также необходимость максимально использовать внеурочное время учащихся. Учащиеся знакомятся в кружках с образцами научно-творческой работы, решают креативные задачи, формирутся у них творческое мышление на основе систематического анализа, сравнения и принятия решений по проектированию современных конструкций.

Annotation. The article emphasizes the importance of organizing group classes in general technical disciplines, as well as the need to maximize the use of students' extracurricular time. Students get acquainted in circles with samples of scientific and creative work, solve creative tasks, their creative thinking is formed for systematic analysis, comparison and decision-making on the design of modern structures.

Kalit so'zlar. To'garak, umumtexnik, mutaxassis, ta'lim, ijodiy, tahlil, taqqoslash, qobiliyat, ko'nikma, malaka.

Ключевые слова. Кружок, общетехнический, экспертный, образовательный, творческий, анализ, сравнение, способности, умения, навыки

Keywords. Circle, general technical, expert, educational, creative, analysis, comparison, abilities, skills.

Kirish. So'nggi yillar mobaynida Respublikamizda xalq ta'limi hamda oliy ta'lim tizimlarini va ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyalari joriy qilindi. 2020 yilning 23 sentyabridan e'tiboran yangi "Ta'lim to'g'risida" Qonun kuchga kirdi. Uning "Ta'lim sohasidagi asosiy prinsiplar" deb nomlangan 4-moddasida "bilimlilik, qobiliyatlilik va iste'dodning rag'batlantirilishi" qayd etilgan. Oliy ta'lim muassasalari bo'lajak mutaxassislarida ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish hamda rivojlantirish hamma davrlarda ham ta'limning muhim vazifalaridan hisoblanib kelgan.

Ta'lim jarayonida talabalar mashg'ulotlarda egallagan nazariy bilim, ko'nikma va malakalarini amaliyotga tadbiq etishlari uchun zarur ma'lumotlarni o'rganish, zamonaviy kompyuter dasturlari hamda internet tizimlaridan foydalanishni o'rganish ko'nikmalari shakllanishi lozim. Bunda talabalarning mashg'ulotlardan tashqari vaqtlaridan unumli foydalanish maqsadida to'garaklar tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Talabalar to'garaklarda ilmiy-ijodiy ishlarning namunalari bilan yaqindan tanishadilar, zamonaviy konstruksiyalarni loyihalash bo'yicha tizimli tahlil qilish, taqqoslash va qaror qabul qilish bo'yicha ijodiy fikrlashlari shakllanadi. Shu bilan birga to'garak mashg'ulotlarida zamonaviy mashina va mexanizmlarni o'rganishda tajribalari hamda ijodiy ishlarga qiziqishlari orqali ilmiy izlanishlar va sohaga nisbatan qiziqishlari ortadi. Ularning kasbiy faoliyatga tayorlash bilan bir qatorda

Scientific journal Construction and éducation ISSN2181-3779, volume 3, Issue 2 2024

TA'LIM MUAMMOLARI

olgan bilim, ko'nikmalarini amaliyotga tadbiq etishlari va samarali foydalana olish malakalari shakllanadi. Yakunlangan to'garak ishlarining ijodiy natijalari jamoatchilik va o'quv yoki ishlab chiqarish jarayoniga (maqola, ixtiro va turli ko'rik tanlovlar) tadbiq etadilar. To'garak jarayonida yakunlangan ijodiy ishlari natijalari uchun Intellektual mulk agentligi talablari asosida ixtiro va foydali modellarga talabnoma rasmiylashtirish bo'yicha bilimlarga ega bo'ladilar. Kasbiy faoliyatlarida turli xil yondoshuvlar bo'yicha masalalarga mustaqil yechim topish va amaliyotga qo'llash orqali ijodiy fikrlash qobiliyatlarini namoyish etishni o'rganadilar.

Oliy ta'lim muassasalarida Umumtexnik fanlarni o'qitish samaradorligini oshirish, xususan, mazkur fan bo'yicha bo'lajak mutaxassislarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish bilan bog'liq bo'lgan quyidagidek masalalarni hal etishga harakat qilindi:

- ijodiy faoliyatning badiiy, ilmiy, texnik kabi turlari orasida Umumtexnik fanlarni o'rganishdagi ijodkorlikning o'ziga xos jihatlarini o'rganish;

- o'quv jarayonida muayyan fan bo'yicha bo'lajak mutaxassislarda ijodiy faoliyat tajribasini shakllantirish va rivojlantirish masalalarini o'rganish;

- Umumtexnik fanlarni o'qitishda bo'lajak mutaxassislarda shu fan bo'yicha ijodiy qobiliyatlarni o'stirishning ilg'or pedagogik tajribasini o'rganish;

- Umumtexnik fanlar darslarida bo'lajak mutaxassislarni texnik ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashda ishlatiladigan masalalarning ijodiy salmog'ini belgilovchi omillarni o'rganish.

Umumtexnik fanlarda ba'zi masalalar murakkabroq bo'lganligi bois darsdan tashqari mashg'ulotlarda qo'shimcha topshiriq bilan ishlash muhimdir. Bu bo'lajak mutaxassislar tomonidan masalalar echimini tasavvur qilish orqali iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda ijodiy fikrlashga yordam beradi.

Bo'lajak mutaxassislarning kelgusi kasbiy faoliyatida muqarrar bo'lgan o'zgarishlarga qiyinchiliksiz moslashish va mustaqil bila olish, sohaga oid turli omillardan foydalana bilish, tashabbuskorlik va tadbirkorlik, muammolarni hal qila olish, muomala madaniyati va hamkorlikda ishlash kabi ko'nikmalarini egallagan bo'lishi kerak.

Bo'lajak mutaxassislarni ijodkorlik qobiliyatlari rivojlanishida ular dastlabki bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlari kerak. Bunda oddiydan murakkabga o'tish nazariyasi orqali amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.

Bo'lajak mutaxassislarni dastlabki ijodorlik qobiliyatlari maktabda "Chizmachilik" fani orqali shakllanib borganligini misol keltirishmiz mumkin. O'quvchilar berilgan ijodiy topshiriqlarni bajarish orqali detal bo'yicha tasavvurga ega bo'ladilar. Quyida keltirilgan 1-chizmada, a dagi detal shakli belgilangan (chiziqqa nuqtalar qo'yilgan) chiziq bo'yicha o'zgartirish talab qilinsa, 1-chizma, b dagidek ko'rinishga o'tadi.

1-chizma.

Masalan, 2-chizma, a dagi detalning vazni (og'irligi)ni kamaytirish maqsadida uning shakli (geometriyasi) qisman o'zgartiriladi. Natijada 2-chizma, b,s, d lardagi ko'rinishga keladi. Yoki yana boshqacha o'zgartirish yo'li izlanadi.

Scientific Journal Construction and education ISSN 2181-3779, volume 3, Issue 2 2024

TA'LIM MUAMMOLARI

2-chizma.

Detalga kiritilgan o'zgartirishni chizma orqali amalga oshirishni chizmani qayta ijodiy loyihalash deyish mumkin. Detal shaklini fikran o'zgartirib, uni qayta ijodiy loyihalangan holatini tasavvur qilish ijodiy fikrlashni o'stiradi. Chizmada ijodiy loyihalash elementlarini kiritish orqali turli muammolarni yyechish mumkin bo'ladi.

Texnik ijodkorlik faoliyatiga xos ko'nikma va malakalarning ko'pi odatda o'rta umumiy ta'lim maktablarining 8 - 9-sinflarida o'qitiladigan "Chizmachilik" fanida rivojlantiriladi.

Asosiy qism. Quyida ana shu yo'nalishda o'zimiz amalga oshirgan ayrim tajribalar tafsilotini bayon etib o'tishni lozim topdik.

1-rasm.

2-rasm

Chizmachilikka xos topshiriqlar grafik topshiriqlar deb ataladi. Shartli ravishda ular o'quv-grafik topshiriqlar va ijodiy-grafik topshiriqlar deb nomlanuvchi ikkita turga bo'lib o'rganiladi.

Scientific journal Construction and education ISSN 2181-3779, volume 3, Issue 2 2024

TA'LIM MUAMMOLARI

O'quv-grafik topshiriqlar bitta va faqat bitta to'g'ri yechimga ega bo'ladi va ular odatda fan asoslarini o'rganish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Chizmachilik fanining ijodiy masalalarini turlarga bo'lib, mukammal sanab berish rossiyalik mashhur chizmachilik fani o'qituvchisi V.A. Gerver tomonidan amalga oshirilgan. U chizmachilik bo'yicha ijodiy masalalarni 3 ta turga bo'lib, ularning birinchisini "Chizmachilik bo'yicha o'quvchilarni loyihalash faoliyatiga tayyorlashning hammada birdek rivojlanishini ta'minlovchi ijodiy masalalar" deb atagan va bu turga quyidagidek masalalarni kiritgan.

Qiyofani modellashtirish bo'yicha berilganliklarida chalaliklari mavjud bo'lgan masalalar:

- texnik rasmi asosida ob'yekt chizmalaridagi yetishmovchi chiziqlarni aniqlash (1 va 2 - rasmlar);

- modelni yetishmovchi chiziqlari bor bo'lgan chizma asosida bitirish;

- qirqimga tegishli kesim elementi va kesuvchi tekislikning vaziyatiga ko'ra "yumaloq" detal chizmasini bajarish;

- tashqi va ichki konturlar hamda o'qining vaziyatiga ko'ra "yumaloq" detal chizmasini bajarish;

- asosiy ko'rinishi va boshqa ko'rinishlarining gabaritlariga ko'ra detal chizmasini

yasash;

- bitta chala ko'rinishi va boshqa ko'rinishlarining gabaritlariga ko'ra detal chizmasini

yasash;

- qirqimi va ko'rinishlarining gabaritlari bo'yicha model chizmasini bajarish;

- kesimi va bosh ko'rinishi gabaritlariga ko'ra model chizmasini bajarish;

- tavsifi bo'yicha model chizmasini yasash;

- yoyilmadan model tayyorlash.

Texnik rasmi asosida ob'ekt chizmasidagi yetishmovchi chiziqlarni aniqlashga oid ijodiy grafik topshiriqlarning namunalari.

Detalning texnik rasmini tugatib qo'ying.

Xulosa. Ijodiy-grafik topshiriqlar o'quv-grafik topshiriqlardan farqli ravishda bir qancha to'g'ri yechimga ega bo'ladi va o'quvchidan imkon qadar ko'proq yechim paydo qilib berish talab etiladi. Bunday topshiriqlarning yechimlarini izlash jarayoni o'quvchilarda ijodkorlik ko'nikmalari va malakalarini shakllantiradi va rivojlantiradi.

ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2018 yildagi 736-son "Talaba va o'quvchilarning o'qishdan bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida Qarori

2. Жарков Н.В., Финков М.В., Прокди Р.Г. АутоСАД 2015. - Спб, Наука и Техника, 2015. - 624 с.

3. Inamidinova, D. K., & Soliev, D. (2022). Innovative technologies in teaching students of technical higher education. Journal of Pharmaceutical Negative Results, 2423-2427.

4. Kiramidinovna, I. D. (2021). Improving the mechanism of formation of students'creative abilities.

5. Kiramidinovna, I. D., & Diyora, A. (2023). Importance of formation and development of creativity skills among students in teaching general technical subjects. international journal of social science & interdisciplinary research ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429, 12(03), 39-41.

6. Kiramidinovna, I. D. ., & Dilmurod's daughter, A. D. . . (2022). Use of Modern Information Technologies in Education. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(12), 101-104. Retrieved from.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.