Научная статья на тему 'KOMPETENSIYAVIY YONDOSHUV ASOSIDA “MUHANDISLIK VA KOMPYUTER GRAFIKASI” FANIDAN TO‘GARAK MASHG‘ULOTLARINI OLIB BORISH TEXNOLOGIYASI'

KOMPETENSIYAVIY YONDOSHUV ASOSIDA “MUHANDISLIK VA KOMPYUTER GRAFIKASI” FANIDAN TO‘GARAK MASHG‘ULOTLARINI OLIB BORISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
44
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
ko‘rinishlar / gorizontal proyeksiya / frontal / proyeksiya / profil proyeksiya / oktantlar / epyuralar / absissa / ordinata / koordinata o‘qlari / chiziq turlari / va bog’lovchi chiziqlar

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Safan Nabiyevich Sultonov, Oltiboy Rahmanovich Boboxonov, O’ral Sattorovich Xusanov, Baxtiyor Begmatovich Xolmatov

Ushbu maqolada G.Monj usuli asosida ortogonal proyeksiyada sakkizta choraklar joylashuvi, hamda sakkizta har bir choraklarda frontal, gorizontal, profil tekisliklarini alohida-alohida oktant va epyuralarining chizilish qoidasi bo‘yicha tushintirilib, o‘quvchilariga G.Monj usuli asosidan foydalanib ortogonal proyeksiyalarda gorizontal, frontal, va profil proyeksiyalovchi tekisliklarda nuqtaning ko‘rinish chizmasini chizish qoidasi tushintirilib, unda nuqtaning proyeksion ko‘rinishlarini chizish masalalarining yechilish texnologiyasi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KOMPETENSIYAVIY YONDOSHUV ASOSIDA “MUHANDISLIK VA KOMPYUTER GRAFIKASI” FANIDAN TO‘GARAK MASHG‘ULOTLARINI OLIB BORISH TEXNOLOGIYASI»

KOMPETENSIYAVIY YONDOSHUV ASOSIDA "MUHANDISLIK VA KOMPYUTER GRAFIKASI" FANIDAN TO'GARAK MASHG'ULOTLARINI OLIB BORISH TEXNOLOGIYASI

Safan Nabiyevich Sultonov sultonovsafar377@gmail .com Oltiboy Rahmanovich Boboxonov oltiboyboboxonovO [email protected] O'ral Sattorovich Xusanov xusanovural611 @gmail.com Baxtiyor Begmatovich Xolmatov [email protected] Termiz muhandislik-texnologiya instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada G.Monj usuli asosida ortogonal proyeksiyada sakkizta choraklar joylashuvi, hamda sakkizta har bir choraklarda frontal, gorizontal, profil tekisliklarini alohida-alohida oktant va epyuralarining chizilish qoidasi bo'yicha tushintirilib, o'quvchilariga G.Monj usuli asosidan foydalanib ortogonal proyeksiyalarda gorizontal, frontal, va profil proyeksiyalovchi tekisliklarda nuqtaning ko'rinish chizmasini chizish qoidasi tushintirilib, unda nuqtaning proyeksion ko'rinishlarini chizish masalalarining yechilish texnologiyasi yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: ko'rinishlar, gorizontal proyeksiya, frontal, proyeksiya, profil proyeksiya, oktantlar, epyuralar, absissa, ordinata, koordinata o'qlari, chiziq turlari, va bog'lovchi chiziqlar

TECHNOLOGY FOR CONDUCT OF COURSES IN "ENGINEERING AND COMPUTER GRAPHICS" ON THE BASIS OF A COMPETENT APPROACH

Safan Nabiyevich Sultanov sultonovsafar377@gmail .com Altiboy Rahmanovich Bobokhanov oltiboybobokhonovO [email protected] Ural Sattorovich Khusanov xusanovural611 @gmail.com Bakhtiyar Begmatovich Kholmatov [email protected] Termiz Institute of Engineering and Technology

Abstract: In this article, the location of eight quarters in the orthogonal

projection based on the G. Monge method, as well as the frontal, horizontal, profile planes in each of the eight quarters, are explained separately according to the rule of drawing the octants and epuras. the rule of drawing a view drawing of a point on the horizontal, frontal, and profile projection planes is explained, and the technology of solving the problems of drawing projection views of a point is explained.

Keywords: views, horizontal projection, frontal, projection, profile projection, octants, contours, abscissa, ordinate, coordinate axes, line types, and connecting lines

Kirish. Maqolada dars va to'garak mashg'ulotlarida ortogonal proyeksiyalarda nuqtalar topish mavzusiga doir masalalarni yechish uslubi dolzarb hisoblanib, talabalarning tasavvur qilish qobiliyatlarini yanada kengroq rivojlantirish maqsadida ma'lumotlar to'liq yoritib berildi.

Jahonda "Muhandislik va kompyuter grafikasi" ga bog'liq barcha fanlarni o'qitishda ta'lim larayoniga innovatsion texnologiyalarni qo'llash hamda shu orqali ta'lim sifatini oshirish, ta'lim oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, chizma geometriyadan amaliy topshiriqlarni, turli xil shartdagi misoliar, jumladan ortogonal proyeksiyalashga doir masalalar yechish murakkabligini hisobga olib dars samaradorligini oshirish va fanlararo bog'lanish asosida o'quvchi va talabalarni kasbga yo'naltirish kabi masalalarni qamrab olgan.

Adabiyotlar sharhi. Darsdan tashqari mashg'ulotning shakl va turlari juda ko'p bo'lib, ularni 2 guruhga ajratish mumkin:

1) auditoriyadan tashqari mashg'ulotlar;

2) maktabdan tashqari mash'ulotlar;

Auditoriyadan tashqari mashg'ulotlarga "Muhandislik va kompyuter grafikasi" fanidan to'garaklar, qiziqarli kechalar, fan haftaligi, viktorinalar, turli qiziqishlar asosida tanlovlar, devoriy gazeta chiqarishlar, qo'shimcha adabiyotlar bilan ishlash va hakozolar kiradi. Maktabdan tashqari mashg'ulotlarga turli xil ishlab chiqarish korxonalarida, sa'noat inshootlariga va boshqa ob'ektlarga ekskursiyalar, talabalar ijodkorlik uylaridagi tadbirlar, bosqichli olimpiadalar, konferensiyalar kiradi. Bular orqali barcha tayanch kompetensiyalar shakllanadi. Uy vazifalari va topshiriqlari darsdan tashqari bajariladigan grafik ish ko'rinishida talabalar musta'qil o'quv faoliyatini shakllantirishi va rivojlantirishi alohida ahamiyatga ega. Musta'qil o'quv faoliyatining asosiy turlaridan biri uy topshiriqlarini bajarilish: chizmani O'z.DTS asosida chizishi,chizmaning yozuvi va o'chamlarini davlat standarti asosida bajarilishi,yoki tajriba tarzida asta sekin namoyon bo'ladi. Uy vazifalarini bajarish shunisi bilan qiziqarliki, bunda talabalar chizma topshiriqlarini bevosita o'qituvchi ishtirokisiz bajaradilar.

Uyga vazifalar berishga yuzaki qarash, unga ikkinchi darajali munosobatda bo'lish ma'qul emas. Uy grafik ishining muvofaqqiyatli bajarilishi uchun chizmalarni

Davlat standarti qoidalari asosida chizishni o'rgatish darsning asosiy tashkiliy qismi bo'lgan eng muhim elementidir. Talabalar turli ko'rinishdagi xotiraga yoki tasavvurga ega bo'ladilar va shuning uchun ularning ayrimlari dars davomida chizmadagi o'quv materiallarini to'la o'zlashtira olmaydilar. Ularning ko'pchilligi o'qituvchi mavzuni chizib tushuntirgandan so'ng darslik va grafik ish topshirig'ini musta'qil o'qish va chizishga, uning asosiy g'oya va strukturasini ko'rib, eslab qolishga muhtoj bo'ladilar. Boshqa talabalar chizmani darsda chizib , uning murakkab elementlarini eslab qolish uchun ham o'qituvchilarning tushintirishlariga va chizmani uyda bajarishishga ehtiyoj sezadilar. Hatto talaba grafik ish chizmalarini darsda chizib o'zlashtirib olgan taqdirda ham unga uy topshirig'ini berish, faqat chizilgan variantni qayta ishlab chiqishga doir emas, balki boshqa variant chizmalari asosida kuzatishlar, uy grafik ishlari o'tkazish, ijodiy topshiriqlarni bajarish bo'yicha ham vazifalar berish foydali.

Talabalarning "Muhandislik va kompyuter grafikasi" fanidan musta'qil ravishda chizmani chizish vazifalarini yengillashtirish uchun ularga chizmaning tarqatma material ko'rinishidagi zarur tavsifli chizma topshiriqlari qanday bajarishi bo'yicha namunalar berilishi mumkin bo'ladi. Chizmalarni Davlat standarti talablari asosida chizishning tizimlashtirilgan namunalari bilan to'la tanishtirish talabalarning uyda grafik ish vazifalarini bajarishda musta'qil izlanish faoliyatlari samaradorligini oshiradi.

Muhokama. Iqtidorli talabalar chizma topshiriqlarini bajarish borasida, uy vazifalarining to'g'ri chizilishi va uning sifatli bajarishda boshqalardan ajralib turadi. Ularni turli tanlovlar va olimpiadalarga tayyorlash hamda ularning fanga nisbatan individual talablarini qondirish muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Bunda o'qituvchi va talaba hamkorligining dars va darsdan tashqari vaziyatlardagi yangi ko'rinishlari namiyon bo'ladi. Uy topshiriqlariga tasavvur qilish qobiliyati bilan bajariladigan eksperemental yoki uy sharoitida bajarilishi mumkin bo'lgan tadqiqot elementlarini kiritish kerak.

Bunda topshiriqlarga ayrim geometrik shakllar yoki detallar uch o'lchamli bo'lgani uchun ularning ikki proyeksiyasi shaklning tuzilishi va o'lchamlari haqida to'liq ma'lumot bermaydi, shu sababli uchinchi proyeksiyalar tekisligidan foydalanishga to'gri keladi. Buning uchun uchinchi profil (W) proyeksiya tekisligini H va V tekisliklarga perpendikulyar qilib olamiz, bu tekisliklar o'zaro XO, OY, OZ chlziqlar (koordinata o'qlari) bo'yicha kesishadi fazodagi A nuqtadan H , V va W tekisliklarga perpendikulyar chiziqlar (proyeksiyalovchi nurlar) o'tkazib, shu nuqtaga tegishli bo'lgan gorizontal A', frontal A" va profil A'" proyeksiyalarni topamiz. A nuqtadan W tekislikgacha bo'lgan masofani X, Y va Z bilan belgilaymiz. So'ngra H tekislikni OX o'q' atrofida va W tekislikni OZ, o'q atrofida shaklda ko'rsatilganidek strelka yo'nalishi bo'yicha aylantirib, V tekislik bilan jipslashtiramiz, natijada uch

proyeksiya tekisliklar sistemasidagi chizma hosil bo'ladi. A nuqtaning epyurini yasash shaklda ko'rsatilgan. Fazoda o'zaro perpendikulyar bo'lgan H, V va W proyeksiya tekisliklari bir-birini kesib o'tishi natijasida fazoni 8 qismga bo'ladi. Fazoning sakkizdan bir qismi oktant deyiladi.

Nuqtalar Koordinatalar

X Y Z

A 50 50 50

B 70 -42 65

C 80 -30 -20

D 60 -22 -40

Misollar: shakldan foydalanib A(A'A''), B(B'B"), C(C'C'') va D(D'D'') nuqtalarning berilgan koordinatalari asosida fazodagi vaziyatlari va epyuri chizilsin. Koordinatalar jadvalda mm hisobida berilgan

I-OKTANT va EPYURAda II- OKTANT va EPYURAda

III-OKTANT va EPYURAda IV-OKTANT va EPYURAda

Yechish: A nuqta shakldagi birinchi oktantda joylashib koordinata boshidan X ning miqdori 20 mm masofada nuqta belgilaymiz, bu nuqtani Ax deb ifodalaymiz. Xuddi shuningdek, OY o'qqa 25 mm masofada nuqta qo'yib Ay va OZ o'qi bo'yicha 30 mm masofadagi nuqtani Az deb belgilaymiz. Ax, Ay, Az nuqtalardan H, V va W tekisliklar bo'yicha, X, Y, Z o'qlarga perpendikulyar chiziqlar (proyeksiyalovchi nurlar) chiqaramiz. Bu proyeksiyalovchi nurlarning kesishgan nuqtalari A', A" va A"' fazodagi nuqtaning gorizontal, frontal va profil proyeksiyalari bo'ladi. Shu nuqtalardan H, V va W tekisliklarga perpendikulyarlar chiqarib, ularning kesishgan nuqtasini, ya'ni A nuqtaning fazodagi holatini topamiz. A nuqtaning epyurini yasash uchun koordinatalar sistemasining o'qlariga A nuqtaning koordinatalari bo'yicha uning gorizontal A' va frontal A" proyeksiyalarini qo'yamiz (shaklning epyuri). Bular OX ga perpendikulyar bo'lgan bog'lovchi chiziqda bo'lib, A' nuqta OX o'qining

pastki qismida va A'' nuqta yuqorigi qismida bo'ladi. Gorizontal proyeksiya A' dan A'Y to'g'ri chiziq o'tkazib, uni ordinata o'qi OY bilan kesishguncha davom ettiramiz va bu nuqtani A'Y bilan belgilaymiz. Shaklning epyurida ko'rsatilganidek, A'Y nuqtani koordinata boshi O atrofida aylantirib ordinata o'qining ikkinchi holati OY bilan tutashtiramiz, A'Y va A', A'z chiziqning davomida A"' ni belgilaymiz. Topilgan nuqta A nuqtaning profil proyeksiyasi bo'ladi.

II, III va IV oktantlarda B, C, D nuqtalarning H, V va W tekisliklardagi proyeksiyalarini aniqlash va epyurini chizish ham shunday usulda bajariladi. "Muhandislik va kompyuter grafikasi" fani darsida olgan bilimlari yetarli bo'lmaydi. O'qituvchi dars davomida yangi pedagogik texnologiyalar, tarqatma materiallar, ko'gazmali qurollardan foydalanib, zamon talablari darajasida dars o'tsalar talabalarning to'laqonli bilim olishlari uchun yetarli bo'ladi. Talabalarning fanga qiziqishi, avvalo dars jarayonining tashkil etilishiga bog'liq. Shu bilan birga yaxshi tashkil etilgan auditoriyadan tashqari tashkil etilgan tadbirlar orqali ham talabalarning "Muhandislik va kompyuter grafikasi" faniga qiziqishlarini ancha oshirish mumkin.

I.Yakka tartibda: darslik, o'quv qo'llanma va qo'shimcha adabiyotlar, jurnallar, chizg'ich anjomlari to'plami, referatlar tayyorlash va masalalar yechish; sirtqi olimpiadalarda ishtirok etish; uy sharoitida eksperemental topshiriqlarni bajarish;qo'lda chizg'ich asboblari yordamida chizish maqsadga muvofiq bo'ladi.

II. Guruhlarda "Muhandislik va kompyuter grafikasi" fan to'garaklari; "Chizma geometriya", "Muhandislik grafikasi", "Yosh loyihachi", "Yosh muhandislar" fan to'garaklari va ilmiy izlanishlar orqali amalga oshirish.

III. Ommaviy: "Muhandislik va kompyuter grafikasi" fan olimpiadalar, viktorinalar, kechalar, devoriy gazetalar tanlovi.

Yakka tartibda o'tkaziladigan auditoriyadan tashqari mashg'ulotlar.

Bunda talaba bilan individual tarzda nazariy va amaliy ishlar olib boriladi. Bunday mashg'ulotlar davomida talabalarga keng va chuqurroq bilim beriladi.Talaba fan olimpiadalarga tayyorlanadi yoki oliy o'quv yurtiga kirishga tayyorlanib boriladi. Bu esa ko'zlangan maqsadga erishishga yaqindan yordam beradi va talaba fanga qiziqib, sevib o'qiydi.

Kichik guruhlarda o'tkaziladigan auditoriyadan tashqari mashg'ulotlar.

Bunday mashg'ulot o'tkazishgda maxsus reja tuziladi va munta'zam ish olib boriladi. Bunda talabalar soni 6-8 nafar bo'lishi mumkin. Guruh bo'lib o'tkaziladigan mashg'ulotga; "Yosh muhandislar" to'garagi; "Muhandislik va kompyuter grafikasi" xonasini jihozlash bo'yicha ishlar; olimpiadalarga tayyorgarlik; guruh bo'lib devoriy gazeta chiqarish; guruh bo'lib oliy ta'lim muasasalariga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rish va hakozo.

Ommaviy tarzda o'tkaziladigan auditoriyadan tashqari mashg'ulotlar.

Bu turga parallel auditoriyalar, maktab, maktablararo o'tkaziladigan ilmiy konferensiyalar va kechalar, olimpiadalar, yosh muhandislar klubi, viktorinalar, "Muhandislik va kompyuter grafikasi" haftaligi, kinofilmlar ko'rsatish, biror ilmiy tashkilotga yoki ishlab chqarish korxonasiga ekskursiyalar uyushtirish va hakozolar kiradi. "Muhandislik va kompyuter grafikasi" to'garagining ish faoliyati yuqorida qayd etilganidek turli-tuman bo'lishi mumkin. Tadqiqot jarayonida "Muhandislik va kompyuter grafikasi" fani to'garagining quyidagi vazifalarda: murakkab shakllarning proyeksiyalarini chizish, oliy ta'lim muasasalariga kirish testlarining variantlarini yechish, eksperemental tadqiqotlar o'tkazish, chizmalarni Davlat satandarti talablari asosida chizishni o'rganish, chizg'ich asboblaridan to'g'ri foydalanib chizish, turli xildagi murakkab detallarning ikki ko'rinishi asosida uchinchi ko'rinishini topish va uni chzish, didaktik o'yinlar uyushtirish, muhandis olimlar ijodini o'rganish kabi ko'rinishlarni sinovdan o'tkazish orqali talabalarda tayanch kompetensiyalar rivojlanadi.

"Muhandislik va kompyuter grafikasi" to'garagi uchun mavzularni tanlash eng dolzarb muammo hisoblanadi. To'garak auditoriyasida turli xildagi geometrik figuralar maketlari, mashina mexanizm detallari, ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar, va ko'rgazmali qurollar, turli xildagi chizg'ich asboblari, monitor va boshqa jihozlar bo'lishi kerak. To'garaklarda talabalarga oldindan ma'lum bo'lgan maketlar yaratilsa ham, bu talaba uchun amaliy yangilik hisoblanadi.

Ma'lumki, ko'pchillik bolalarda, fan va texnikaga bo'lgan qiziqish bolalar bog'chasidanoq uyg'onadi va u keyinchalik maktabda dars jarayonida shakllantirilib boriladi. Radio eshitirishlari va televizion ko'rsatuvlardan olinadigan ma'lumotlar hamda o'qituvchilarning mashinasozlik chizmalari va texnikaga oid hikoyalari asosida talabalar bir qancha tushunchalarga ega bo'ladi.

To'garak sinfdan tashqari mashg'ulotlarning eng asosiy shakllaridan biridir. Sinfdan tashqari ishlar orasida to'garak o'zining uzoq davomiyligi, ko'p qirraligi bilan boshqa mashg'ulotlardan ko'ra samarali va ahamiyatlidir. To'garakka o'quvchilar ixtiyoriy ravishda qatnashadi. Bugungi kunda davlatimizning qator maktablarida to'garaklar faoliyat yuritib kelmoqda."Texnika taraqqiyotini yanada rivojlantirishning chora-tadbirlarida geometriya, matematika, informatika va chet tili kabi muhim va talab yuqori bo'lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o'rganish'' ustivor vazifa sifatida belgilangan. Shu bois maktab, litsey va oliygohlarda to'garaklar muhim ahamiyatga ega bo'lib muammoli grafik masalalarni yechishda katta ahamiyat kasb etadi.

Xulosa va tasavvurlar: Birinchi toifadagi usullar "Ananaviy usullar" deb, ular yordamida talaba yoshlarga bilimlarni berish "Chizib etkazib berish" tamoyiliga asoslanadi. Ularga: proyeksion chizmalar namoyishi, axborotli-retseptiv yoki ilyustrativ tushintirish, reproduktiv, muammoli bayon, "chizma asosida

tushintirish","ko'rsatib berish","namoyish","ma'raza taqdimoti""savol-javob", "bahs -munozara" va boshqalar kiradi.

Ikkinchi toifadagi usullar noananaviy yoki "interaktiv usullar" deb nomlanib, talabalarning bilim egallashlarida "Faollashtirish" tamoyiliga suyanadi. O'qitish usullari "Muammoli dars", "Aqliy hujum", "Kichik guruhlar bilan ishlash", "Davra suhbati", "Klaster usuli", "Bumerang", "Qora qutti", "Bahs munozara", "Qarama-qarshi munosobat", "Zakovatli zukko", "Zig-zag", "Charxpalak", "Zinama zina" va boshqa ko'pdan-ko'p usullar kiradi.

Uchinchi toifadagi usullar "Ilg'or yoki zamonaviy usullar" deyilib, ta'lim-tarbiya jarayonini "Jadallashtirish va samaradorligini oshirish" tamoyilidan kelib chiqiladi. Ularga "Yo'naltirilgan matn", "Dasturlashtirish", "Texnologik xarita usuli", "Modulli o'qitish usuli", "Intellekt karta" va "loyihalash usuli" hamda barcha usullarning afzallik tomonlarini o'zida mujassamlashtirilgan "Pedagogik texnologiya" usuli kiradi. Natijalarning akademik litseylarda qo'llanilayotgani hamda yaratilgan yahgi avlod o'quv adabiyotlarni yaratishda takomillashtirilgan metodik tizim va dars loyihalaridan foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O'zbeqiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'grisida»gi farmoni.

2. Sh.Murodov, L. Hakimov, P.Odilov va M.Jumayev "Chizma geometriya kursi" Texnika oliy o'quv yurtlari uchun darslik. —T.1998: «O'qituvchi».

3. K.M.Qobiljonov,I.T.Ismoilov va M.Sh.Isayeva "Chizmachilik va chizma geometriya asoslari"O'quv qo'llanma.Toshkent."O'qituvchi"-1983 yil.

4. Ural Sattorovich Xusanov (2022). CHIZMA GEOMETRIYA -TEXNIKAVIY BILIMLARGA YO'L. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2 (5), 590-595.

5. Types and Forms of Independent Work in the Organization of Educational Activities of Students on the Subject "Descriptive Geometry and Engineering Graphics" Safar Nabievich Sultonov Teacher, Termez Institute of Engineering and TechnologyCopyright (c) 2022 Author (s). This is an open-access article distributed under the terms of Creative Commons Attribution License (CC BY).Toviewacopyofthislicense,visitttps://creativecommons.org/licenses/by/4.0/ Volume 5, Issue 3, Mar 2022 | 733 International Journal on Integrated Education e-ISSN : 26203502 p-ISSN : 26153785

6. P. Ismoilov, O.R.Boboxonov va S.S.Sultonov "Muhandislik va kompyuter grafikasi fanining Chizma geometriya bo'limi uchun mashq va masalalarning

yechimi bilan berilishi bo'yicha uslubiy qo'llanma." Toshkent-2023.; "VNESHINVESTROM" .104-b.

7. A.A.Allanazarov,O.R.Boboxonov,S.S.Sultonov va O.N.Qarshiyev "Muhandislik va kompyuter grafikasi" Uslubiy ko'rsatma. Termiz-2022.; "IRFON-PRINT"

8. A.A.Allanazarov,O.R.Boboxonov,S.S.Sultonov va O.N.Qarshiyev "Muhandislik va kompyuter grafikasi" Uslubiy qo'llanma. Termiz-2022.; "IRFON-PRINT"

9. www.ziyonet.uz - O'zbekiston Respublikasi ta'lim portali.

10. P.Ismoilov, D.Jo'rayev. Muhandislik va kompyuter grafikasi. TMTI. Darslik. Toshkent // "Vneshinvestprom"2022 y.

11.P.Ismoilov, D.Jo'rayev. Muhandislik va kompyuter grafikasi. TMTI. O'quv qo'llanma. "Surxon-nashr" 2022 y.

12. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sci ences VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact FactorSJIF 2022: 5.947Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 "CHIZMA GEOMETRIYA" FANI MAVZULARINING ISHLAB CHIQARISHDAGI AHAMIYATI" Boboxonov Oltiboy Raxmonovich, Termiz muhandislik texnologiya instituti "Muhandislk va kompyuter grafikasi" kafedrasi assistenti

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.