Научная статья на тему 'UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA CHIZMACHILIK FANINI CHUQURLASHTIRIB O‘RGANISH'

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA CHIZMACHILIK FANINI CHUQURLASHTIRIB O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
chizmachilik / qoida / mashg‘ulot / musobaqa / maqsad / tafakkur / sifat / qobiliyat / faoliyat / uyg‘un / o‘yin. / черчения / правило / тренировка / соревнование / цель / мышление / качество / умение / активность / гармония / игра.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — F.U.Toshpulatov

ushbu maqolada talabalarning umumiytalim maktablarida chizmachilik fanini sifatli o‘zlashtirishini ta’minlash uchun chizmachilik fani chuqurlashtirib o‘rganish yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IN-DEPTH STUDY OF DRAWING IN SECONDARY SCHOOL

в данной статье освещено углубленное изучение рисунка для обеспечения качественного овладения рисунком учащимися общеобразовательных школ.

Текст научной работы на тему «UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA CHIZMACHILIK FANINI CHUQURLASHTIRIB O‘RGANISH»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© F.U.Toshpulatov1^_

1Termiz davlat pedagogika instituti , Termiz, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqolada talabalarning umumiytalim maktablarida chizmachilik fanini sifatli o'zlashtirishini ta'minlash uchun chizmachilik fani chuqurlashtirib o'rganish yoritib berilgan.

MAQSAD: chizmachilik fanini chuqurlashtirib o'rganishning maqsadi, o'quvchilarga chizmachilik sohasida asosiy ko'nikmalar, malakalar va amaliyotlarni o'rgatish orqali ularni chizmachilikning har xil sohalarida muvaffaqiyatli bo'lishiga yordam berishdir. Bu maqsadlarni quyidagi yo'llarda amalga oshirish mumkin.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot olib borilayotgan fanni o'quvchilar qay darajada o'zlashtira olishlari va ularni bu fanni o'zlashtirishdagi qulayliklar va qiyinchiliklarni o'rganish uchun fanlarni chuqur o'rganadigan sinflardagi o'quvchilar soni 8-sinflarda 30, 9-sinflarda 25 nafar o'quvchidan ortiq bo'lmasligi tavsiya qilinadi. Chizmachilik chuqur o'rganiladigan sinflarda ta'limni ikki bosqichda tashkil qilish mumkin. Chizmachilikning asosiy prinsiplarini o'rganish: O'quvchilar chizmachilik fanini chuqurlashtirib o'rganish orqali, chizmachilikning asosiy prinsiplarini tushunishadi. Bu prinsiplar masalan, materiallar xossalari, qurilish vositalari va ularning ishlash prinsiplari, model qilish va dizayn qilish prinsiplari kabi ko'nikmalar hisoblanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: yig'ilgan materiallar o'rganilish natijasida ishtirok etish belgilaridan foydalanishga ta'sirini aniqlandi. Chizmachilik fani bilan bir qatorda o'rgatishning afzalliklari bo'yicha tahlil qilingan ilmiy maqolalar tasvirlar yasashda yo'l qo'yiladigan kamchiliklariga qaratilgan maqolalarga qaraganda ko'proq jalb qilish kontingentiga tayanadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llagan holda chizmachilik qonuniyatlar bilan o'quvchiga chizmachilik fanlari haqida bilim berish ularda ko'proq tassavvurni kengayishi va bilimni to'laqonli egallashga ko'maklashgan.

XULOSA: Chizmachilik fani uzoq tarixdan hozirgi kungacha rivojlanib keldi va bundan keyin ham rivojlanib boradi. Ob'ektlarni tekislikda perspektiv qonuniyatlar asosida tasvirlashning ishlab chiqilgan quyida keltirilgan ma'lumotlar ularning xususiyatlarini, afzalliklari va kamchiliklaridan kelib chiqqan holda, ulardan birini tanlash imkonini beradi, bu bizga qog'oz varag' ida, devor, shift tekisligida borliqni, muallif o'z asarida e'tiborga olgan holda mashg'ulot mavzusi va mazmuni yoritadi.

Kalit so'zlar: chizmachilik,qoida, mashg'ulot, musobaqa, maqsad, tafakkur, sifat, nobilivat. faolivat. uva'un. o'vin.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Iqtibos uchun: Toshpulatov F.U. Umumta'lim maktablarida chizmachilik fanini chuqurl ashtirib o'rganish // Inter education & global study. 2024. №5. B. 30-37.

УГЛУБЛЕННОЕ ИЗУЧЕНИЕ ЧЕРЧЕНИЯ В СРЕДНЕЙ ШКОЛЕ

© Ф.У. Тошпулатов1Н

1Термизский государственный педагогический институт, Термиз, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье освещено углубленное изучение рисунка для обеспечения качественного овладения рисунком учащимися общеобразователь -ных школ.

ЦЕЛЬ: цель углубленного изучения рисования — помочь учащимся добиться успеха в различных областях рисования, обучая их базовым навыкам рисования, компетенциям и практикам. Эти цели могут быть достигнуты следующими способами.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: количество учащихся в классах с углубленным изучением предметов - 30 в 8 классе, 25 в 9 классе с целью изучения степени освоения учащимися изучаемого предмета, легкости и трудностей в освоении изучаемого предмета. при освоении данного предмета рекомендуется иметь не более одного ученика. В классах, где рисование изучается углубленно, обучение может быть организовано в два этапа. Изучение основных принципов рисования: учащиеся поймут основные принципы рисования, углубленно изучая науку рисования. Этими принципами являются такие навыки, как свойства материалов, строительные инструменты и принципы их работы, принципы моделирования и проектирования.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: в результате исследования определено влияние собранных материалов на использование знаков участия. Исследовательские статьи, анализирующие преимущества обучения наряду с рисованием, рассчитаны на более высокий контингент вовлеченности, чем статьи, посвященные недостаткам рисования.Использование современных педагогических технологий, предоставление учащимся знаний о рисовальных дисциплинах с правилами рисования помогло им расширить воображение и в полной мере усвоить знания.

ВЫВОД: Наука рисования развивалась на протяжении долгой истории до наших дней и будет развиваться дальше. Представленная ниже информация, разработанная на основе перспективных законов, позволяет выбрать один из них, исходя из их характеристик, преимуществ и недостатков с учетом темы и содержания обучения.

Ключевые слова: черчения, правило, тренировка, соревнование, цель, мышление, качество, умение, активность, гармония, игра.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Для цитаты: Тошпулатов Ф.У. Углубленное изучение черчения в средней школе. // Inter education & global study. 2024. №5. B. 30-37.

IN-DEPTH STUDY OF DRAWING IN SECONDARY SCHOOL

© Fakhriddin U. Toshpulatov1H

1Termez State Pedagogical Institute, Termez, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: this article covers an in-depth study of drawing to ensure high-quality mastery of drawing by students of secondary schools.

AIM: The goal of Advanced Drawing is to help students achieve success in a variety of areas of drawing by teaching them basic drawing skills, competencies, and practices. These goals can be achieved in the following ways.

MATERIALS AND METHODS: the number of students in classes with in-depth study of subjects is 30 in the 8th grade, 25 in the 9th grade in order to study the degree of students' mastery of the subject being studied, the ease and difficulty in mastering the subject being studied. When mastering this subject, it is recommended to have no more than one student. In classes where drawing is studied in depth, training can be organized in two stages. Exploring the Basic Principles of Drawing: Students will understand the basic principles of drawing through an in-depth study of the science of drawing. These principles include skills such as properties of materials, construction tools and how they work, and principles of modeling and design.

DISCUSSION AND RESULTS: as a result of the study, the influence of the collected materials on the use of participation signs was determined. Research articles examining the benefits of learning alongside drawing tend to attract higher engagement rates than articles examining the disadvantages of drawing.

The use of modern pedagogical technologies, providing students with knowledge about drawing disciplines with drawing rules helped them expand their imagination and fully assimilate knowledge.

CONCLUSION: The science of drawing has developed over a long history to the present day and will continue to develop. The information presented below, developed on the basis of promising laws, allows you to choose one of them based on their characteristics, advantages and disadvantages, taking into account the topic and content of training.

Key words: drawings, rule, training, competition, goal, thinking, quality, skill, activity, harmony, game

For citation: Fakhriddin U. Toshpulatov (2024) 'In-depth study of drawing in secondary school ' field-related learning competencies in training fine arts', Inter education & global study, (5), pp. 30-37. (In Uzbek).

Hozirgi kunda Respublikamizdagi umumta'lim maktablarining ko'pchiligida chizmachilik fanini o'rganish asosan fan dasturida ko'rsatilgan materiallarni o'rganish

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

bilan chegaralanib qolmoqda. Chizmachilikni o'quvchilarga chuqur o'rgatishning eng maqbul yo'li, bu chizmachilik chuqur o'rganiladigan maxsus sinflarning tashkil qilinishi hisoblanadi. Bunday maxsus sinflardagi o'qishlar o'quvchilarni biror tor mutaxassislik yo'nalishiga tayyorlashni ko'zlamaydi. Bunda ta'lim qobiliyatli va grafika fanlariga qiziqish bildirgan o'quvchilarni grafik tasvirlar nazariyasi bilan chuqurroq tanishtirish, ularning chizma bajarish va o'qish malakalarini rivojlantirishga yo'naltiriladi. Bunday tayyorgarlik keyinchalik o'quvchilarning kasb tanlashlarida ham yordam berishi mumkin.

Fanlarni chuqur o'rganadigan sinflardagi o'quvchilar soni 8-sinflarda 30, 9-sinflarda 25 nafar o'quvchidan ortiq bo'lmasligi tavsiya qilinadi.

Chizmachilik chuqur o'rganiladigan sinflarda ta'limni ikki bosqichda tashkil qilish mumkin. Birinchi bosqichda kursning asosi y mazmuni chuqurlashtirib o'rganiladi va uning amaliy qo'llanilish sohalariga ko'proq e'tibor qaratiladi. Ikkinchi bosqichda o'quv materialida o'rganiladigan nazariy yo'nalishlarni birmuncha kengaytirish, amaliy qo'llash sohalari bilan keng tanishish, mura kkab grafik topshiriqlar bajarish va olingan bilimlarni amaliyotda mustaqil qo'llash bilan bog'liq bo'lgan ijodiy xarakterdagi topshiriqlarni bajarish ko'zda tutiladi.

Bunday sinf (maktab)lardagi tarbiyaviy ishlar shaxsni har tomonlama rivojlantirish va kashga yo'naltirishni hisobga olib tashkil qilinishi zarur. Tarbiyaviy ishlar tarkibiga to'garak mashg'ulotlari, olimpiadalar, tanlovlar, fan va texnika namoyondalari, madaniyat xodimlari, ishlab chiqarish ilg'orlari bilan uchrashuvlarni o'tkazishlar ham kirishi kerak.

Bunday sinflardagi chizmachilik kursida proeksion, mashinasozlik, arxitektura-qurilish va texnik rasm bo'limlarini chuqurlashtirib o'rganish maqsadga muvofiq.

«Proeksion chizmachilik» bo'limi geometrik yasashlar va «Chizma geometriya elementlari»da o'rganiladigan qator mavzular: proyeksiyalash usullari, geometrik elementlarning proyeksiyalari, sirtlarning tekislik va to'g'ri chiziq bilan kesishishlari, sirtlarning o'zaro kesishishlarini o'rganishni hamda texnik detal chizmalarini bajarishni o'z ichiga oladi.

«Mashinasozlik chizmachiligi» bo'limi konstruktorlik hujjatlarini o'rganish, detal va yig'ish birligining chizmalarini bajarish, aksonometrik proyeksiyalarni o'rganish, eskiz va texnik rasmlarni bajarish, sxemalarni o'qish, texnologiya va kon struksiyalash hamda kompyuter grafikasi elernentlarini ko'rib chiqishni nazarda tutadi.

«Arxitektura-qurilish chizmachiligi» bo'limida o'rganiladigan materiallarga arxitektura va o'zbek milliy amaliy san'ati buyumlarida uchraydigan geometrik yasashlarni bajarish, arxitektura- qurilish chizmalarini bajarish, arxitekturaviy kompozitsiya chizmalarini bajarish, arxitektura grafikasi va soyalar nazariyasi elernentlarini o'rganish, amaliy va grafik ishlarni bajarishlarni kiritish mumkin.

«Texnik rasm» bo'limida qalamda ishlash texnikasi, aksonometrik proyeksiya va perspektiva nazariyalarini chuqurlashtirib o'rganish, turli buyumlar shakllarini hisobga olgan holda texnik rasmlarini bajarish, buyumlarning shakliga ko'ra hajrnini tasvirda

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ko'rsatish, obyekt texnik rasmini konstruksiyalash elementlari bilan bajarish hamda kinematik sxemalar rasmlarini yasashlarni o'rganish mumkin.

Chizmachilik chuqur o'rganiladigan sinflardagi ta'lim jarayoni va mazmuni bo'yicha keltirilgan yuqoridagi metodik tavsiyalar maslahat xarakterida bo'lib, fan o'qituvchisi unga mahalliy sharoitlar va xususiyatlarni hisobga olib qo'shimcha va o'zgarishlar kiritishi ham mumkin.

Keltirilgan har bir bo'limning mavzularini o'rganishning o'ziga xos tashkiliy-metodik talablarini shu fanlarning dasturlaridan olib mahalliy sharoitga moslashtirish mumkin.Fakultativ mashg'ulotlar va ularni o'tkazish metodikasi. Fakultativ mashg'ulotlar o'quv-tarbiya jarayonining bir shakli bo'lib, ular maktabda umumta'lim bilimlarini chuqurlashtirishga, o'quvchilarning pol itexnik tayyorgarliklarini oshirishga xizmat qiladi. Maktablarda o'rganiladigan chizmachilik kursi o'quvchilarda grafik faoliyatning eng zarur minimumi bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishga mo'ljallangan.

Chizmachilik o'rganishga qiziquvchi o'quvchilarning grafik bilim, ko'nikma va malakalarini yanada chuqurlashtirish uchun maktablarda fakultativ mashg'ulotlarni tashkil qilish rejalashtirilgan. Chizmachilikdan fakultativ mashg'ulotlar sifatida quyidagi bo'limlarni o'rganish mumkin: chizma geometriya elementlari; mashinasozlik chizmachiligi; qurilish va topografik chizmachilik.

Fakultativ kurs yuqoridagi bo'limlarining har biri 70 soatga (haftasiga 2 soatdan) mo'ljallangan. Mashg'ulotlarni o'quvchilarning faolligini oshiradigan tur li xil metodlardan foydalanib tashkil qilish zarur. Fakultativ mashg'ulotlar uchun guruhlarga qatnash istagini bildirgan o'quvchilar ixtiyoriy ravishda tanlanib olinadi.

«Chizma geometriya elementlari» fakultativ kursini o'qitish metodikasi. Umumta'lim maktablarining chizmachilik fani dasturida to'g'ri burchakli proyeksiyalar va aksonometrik proyeksiyalar to'g'risida eng asosiy boshlang'ich ma'lumotlargina keltirilgan. Ushbu fakultativ kurs ularni kengaytirib, chuqur o'rganishga mo'ljallangan. Fakultativ kursda qo'shimcha pozitsion va metrik masalalarni yechish orqali o'quvchilarni chizmani qayta tuzish usullaridan foydalanib, geometrik jismlar bilan bog'liq tasvirlarni bajarishga o'rgatiladi.

Maktabda chizma geometriya elernentlarini o'rganish o'quvchilarning fazoviy tasavvurlari, kuzatuvchanligi va mantiqiy fikrlashlarining o'sishiga yordamlashadi, bundan tashqari katta tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Chizma geometriya elementlari fakultativ kursida «Kirish», «Metrik masalalar» va «Pozitsion masalalar» bo'limlari o'rganiladi. «Mashinasozlik chizmachiligi» fakultativ kursini o'qitish metodikasi. Bu fakultativ kurs yordamida o'quvchilarga ko'pchilik ishlab chiqarish kasblari uchun zarur bo'lgan qo'shimcha texnik va grafik bilimlarni o'rgatish ko'zda tutilgan. «Mashinasozlik chizmachiligi» fakultativ kursi o'quvchilarning politexnik bilimlari va ilmiy dunyo qarashlarini kengaytiradi. Bu kursda yangi mavzular yetarlicha ko'p bo'lsa ham, ularning ayrimlari o'quvchilarga ma'lum darajada avvaldan tanish. Shuning uchun ham o'qituvchi dastur materialini hamisha yangi materiallar bilan to'ldirib borishga harakat

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

qilishi kerak.

Fakultativ kurslarni o'rganishda kasb-hunar kollejlarining o'quv qo'llanmalari va topshiriqlar to'plamlaridan foydalanish mumkin. «Qurilish va topografik chizmachilik» fakultativ kursini o'qitish metodikasi. Bu kurs arxitektor, quruvchi va topograf kasblariga qiziquvchi hamda chizmachilikning ushbu bo'limlarini chuqur o'rganishga harakat qiladigan o'quvchilarga mo'ljallangan. Mashg'ulotlarda qurilish chizmalarining mashinasozlik chizmalaridan farqlari o'rganilib, o'quvchilarning qurilish chizmalari bo'yicha bilimlari umumlashtiriladi.

Chizmachilikdan sinfdan tashqari ishlar. O'qituvchining maktabdagi ishi faqat dars o'tish bilan chegaralanib qolmasligi kerak. O'quv jarayonining asosiy shakli bo'lgan eng mukammal dars ham, sinfdan tashqari ishlar bilan to'ldirilishi kerak. O'qituvchi agar dars bilan chegaralanib qolsa, fan bo'yicha o'quvchilar bilishi zarur bo'lgan hamma materiallarni o'rgatishga ulgurmaydi. Ayniqsa, chizmachilikning ba'zi mavzulariga o'quv dasturida juda kam vaqt ajratilgani vaqt tanqisligini yanada keskinlashtiriladi. Sinfdan tashqari mashg'ulotlar o'quvchi shaxsining va imkoniyatlarining to'laroq ochilishiga imkoniyat y aratadi.

Chizmachilik bo'yicha sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning hamma shakllari ixtiyoriylik prinsiplari asosida tashkil qilinishi kerak. Sinfdan tashqari tadbirlar paytida o'quvchilarda mehnat ko'nikmalari va nazariy bilimlarining shakllantirishga harakat qilish kerak. Bunda o'quvchilarning yosh xususiyatlari va bilim saviyalarini e'tiborga olgan holda mashg'ulot mavzusi va mazmuni tanlaniladi.

Chizmachilikdan sinfdan tashqari ishlarning shakl va metodlari. Buning asosiy shakllari sifatida o'quvchilar bilimlarini chuqurlashtirilishga mo'ljallangan to'garak va fakultativ mashg'ulotlar, olimpiadalar, Chizmachilikdan qiziqarli o'yin va tanlovlar, dasturning ayrim mavzulariga bag'ishlangan ekskursiyalar, devoriy gazeta va byulletenlar chiqarish, korxona va konstruktorlik byurolari xodimlarini taklif qilib ma'ruza va suhbatlar o'tkazish, chizmachilik yoki boshqa fanlardan ham ko'rgazmali qurollar tayyorlash kabilarni ko'rsatish mumkin.

Agar yuqorida aytilgan sinfdan tashqari ishlar qisman bo'lsa -da amalga oshirilsa, ishonch bilan aytish mumkinki, o'qituvchi faoliyati o'quvchilar jamoasining shakllanishi, ularning fanga bo'lgan qiziqishlarini ortishi va natijada o'quvchilar grafik tayyorgarligi sifati yaxshilanishiga olib keladi. Ayrim o'qituvchilar Chizmac hilikdan sinfdan tashqari ish deb faqat past o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlashni tushunadilar. Bu xato tushunchadir. O'quv dasturidagi asosiy mavzular mazmunini sinfdan tashqari ishlarga o'tkazish mumkin emas. Chunki, bu holda dars ahamiyati pasayib, ayrim o'quvchilarning darsga mas'uliyatsiz yondashuvi rag'batlantirilganga o'xshab qoladi. Shuning uchun fanga qiziqishi bo'lmagan va darsda faol qatnashmaydigan o'quvchilarni to'garak ishiga jalb qilish ham maqsadga muvofiq emas. Sunday o'quvchilarga faqat zarur hollarda dars paytida individual yordam ko'rsatish zarur. Individual mashg'ulotlar o'qituvchi uchun ham foydali bo'lib, u o'quvchining o'zlashtirmaslik sabablarini aniqlashga yordamlashadi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Mashg'ulotlarning xilma-xil bo'lishi o'quvchilar qiziqishini orttiradi. Sxema, plan, grafik, texnik rasm, shrift kabilarni bajarish bo'yicha o'quvchilarning amaliy ko'nikmalarini rivojlantirishga alohida e'tibor qilish kerak. To'garak mashg'ulotlarida haddan tashqari qiyin topshiriqlarni berish, o'quvchilarni fanga bo'lgan qiziqishlarini pasaytiradi. Psixolog N.D.Dobrinin bu haqda «juda oson narsa, qiziqarli emas, haddan ortiq qiyin ham ... qiziqarli emas, lekin qiyin bo'la turib, bajarish mumkin bo'lgani qiyinchilikni yengish imkoniyati borligi sababli zavqlid ir» deb yozgan. Chizmachilik bo'yicha qiziqarli misol va topshiriqlar V.A.Rassoxinning «Zanimatelnbie zadachi po proyeksionnomu chercheniyu», I.Volkovning «Zanimatelnoye chercheniye», A.Pugachevning «200 golovolomog po yayeryayeniyu», I.Rahmonovning «Chizmachilikdan didaktik o'yinlar» kitoblarida berilgan.

To'garak mashg'ulotlarida darslar uchun topshiriq namunalarini tuzish, ko'rgazmali qurollar tayyorlash, maktab xonalari va maydoni interyerini jihozlash, turli stendlar tayyorlashni ham bajarish mumkin. Modellashtirish va konstruksiyalashtirish bo'yicha topshiriqlar ham o'quvchilar uchun qiziqarli hisoblanadi.

Tematik kechalar. Maktabda doimiy faoliyat ko'rsatadigan chizmachilik to'garagi bo'lsa, sinfdan tashqari hamma ishlarni jonli va qiziqarli qilib o'tkazish mumkin. Bu kechalarda uning tashkilotchilari to'garak faollaridan tashqari boshqa o'quvchilar ham ishtirok qilishlari mumkin. Masalan, to'garak qatnashchilarining kuchi bilan o'quv yili davomida bir nechta tematik kechalar tayyorlab o'tkazi sh mumkin.

Bu kechalarda fanga qiziquvchi boshqa o'quvchilarni ko'plab jalb qilish bilan ommaviylikni ta'minlash mumkin. Tematik kechalarda «O'zbekistonda grafikaning rivojlanish tarixi», «Grafikaning turmushda va mehnat faoliyatida ishlatish sohalari» kabi mavzular o'quvchilar uchun qiziqarli bo'ladi. Kechaga bag'ishlab chizmachilik to'garagi faoliyati bo'yicha stend chiqarish mumkin. Ayniqsa kechalarga kashfiyotchi yoki ratsionalizator ishchilar, injener- texnik xodimlar taklif qilinsa yanada yaxshi bo'ladi.

Ekskursiya (sayohat)lar. O'quvchilarni politexnik tayyorlashda chizmachilik bo'yicha sayohatlarning ahamiyati karta. Sayohat vaqtida o'quvchi nazariya va amaliyot o'rtasida bog'lanishlarni amalda ko'radi. Bunday sayohatlarni chizmachilikning ma'lum bo'limlari yoki mavzularini o'rganishdan keyin doimiy ravishda o'tkazib borish kerak. Bundan tashqari obzor (umumlashtiruvchi) sayohatni uyushtirish ham mumkin.

Sayohatlar tashkilotchisi sifatida chizmachilik to'garagi a'zolari qatnashishi ham mumkin. Buning uchun ular avval o'qituvchi rahbarligida sayohat rejalashtirilgan joy bilan tanishib, o'rganadilar va sayohat rejasini tuzadilar. Sayohatlarni oliy o'quv yurtlari, loyihalash institutlari va texnik byurolarda o'tkazish maqsadga muvofiq.

Olimpiada. O'quvchilarni chizmachilikdan fan olimpiadalariga jalb qilish o'zining samarali ekanligini amalda ko'rsatgan. Olimpiadaga qatnashish o'quvchilar o'rtasida musobaqa kayfiyatini uyg'otib, ularni fanga bo'lgan qiziqishini oshiradi. Olimpiada masalalari maktab turi uc hun fan o'qituvchisi tomonidan o'quvchilarning bilim darajasi

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

va qiziqishlarini hisobga olgan holda tuziladi. Bunda oldingi yillarda tuman va viloyat turlari masalalaridan ham foydalanish tavsiya qilinadi.

Masalalarni tuzishda bitta topshiriq konstruksiyalash yoki loyihalash xarakterida bo'lib unga ko'proq ball ajratilishi va g'olib o'quvchining shu topshiriqni bajarishiga alohida e'tibor qilish tavsiya etiladi. Masalalarning ko'pchiligi o'quvchilar yechishi (bajarishi) mumkin darajada bo'lishi maqsadga muv ofiq.

Buning bilan olimpiada qatnashchilarning hammasi ma'lum ballar to'plashi mumkin bo'ladi. Aks holda o'quvchilarda o'z kuchiga ishonchsizlik hissi paydo bo'lib, fanga bo'lgan qiziqishlari pasayishi mumkin.

Qiziqarli o'yinlar. Har xil to'garak mashg'ulotlari bilan bir qatorda chizmachilikdan qiziqarli o'yinlarni o'tkazib borish ham o'quvchilarda fanga qiziqishlarini orttiradi. Qiziqarli o'yinlarni tashkil qilishda I.Rahmonovning «Chizmachilikdan didaktik o'yinlar» kitobidan foydalanish mumkin. Undagi tur li xil o'yinlar o'quvchilar uchun qiziqarli tuzilgan. Sinfdan tashqari mashg'ulotlar paytida o'quvchilar har xil rebuslar, topshiriqlardan iborat stend tayyorlashlari ham mumkin.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Uralovich T. F. Conducting classes on fine arts based on information and communication technologies //International Engineering Journal For Research & Development. - 2021. - Т. 6. - С. 3-3.

2. Toshpo'Latov F. U. et al. Bolalarni o 'yin texnologiyalari asosida kasb-hunarga qiziqishlarini shakllantirishda rivojlantiruvchi o 'yinlar //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 4. - С. 487-491.

3. Toshpulatov F. Use of geometric patterns and their types from eliminations of drawing and applied art in architectural facilities //Физико-технологического образование. -2022. - Т. 1. - №. 1.

4. Tashimov N. E., Toshpulatov F. U. Activating Students in Building Intersection Line by Quadratic Transformations Method //www. auris-verlag. de.-2018.-2018. - 2018.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Toshpulatov Faxriddin Urolovich, dotsent v.v.b [Тошпулатов Фахриддин Уролович, доцент в.в.б], [Toshpulatov U. Fakhriddin, Associate Professor]; manzil: O'zbekiston, 117036, Surxandaryo, Termiz, Tuproqqurg'on/Umit 2/35 uy [адрео: Узбекистан, 117036, Сурхандарьинская, Термез, Тупрок,к,урюн/ Умит 2/35 дом], [address: Uzbekistan, 117036, Surkhandarya, Termez, Tuproqqurg'on/umit 2/35 House]; https://orcid.org/0009-0007-2368-9524 toshpulot@terdpi.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.