Научная статья на тему 'KASB-HUNAR MAKTABLARIDA CHIZMACHILIK O’QITISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

KASB-HUNAR MAKTABLARIDA CHIZMACHILIK O’QITISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
111
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sinfdan tashqari ishlar / chizmachilikdan sinfdan tashqari ishlarning shakl va metodlari / chizmachilik to‘garagi / tematik kechalar / ekskursiya (sayohat). / extracurricular activities / forms and methods of extracurricular work in drawing / drawing circle / theme evenings / excursion (Trip).

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — B.K. Mo‘Minov

ushbu maqolada bo‘lajak chizmachilik fani o‘qituvchisining amaliy san’atining chizmachilik fani bilan bog’liqligi ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga maktab o‘quvchilarining estetik didini shakllantirishda san’atning roli ilmiy nuqtai nazardan qisqacha ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: chizmachilik, girix, bezak san’ati, ta’lim, maktab. Maqolada kasb-hunar maktablarida chizmachilik fanlarini o‘zlashtirishdagi muammo va kamchiliklar va ularni bartaraf etishda grafik dasturlardan foydalangan holda talabalarning murakkab bo‘lgan chizmalarni osonlik bilan ishlash qulayliklari haqida so‘z boradi o‘rganishdagi grafik dasturlarga misol bo‘la oladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FEATURES OF TEACHING DRAWING IN VOCATIONAL SCHOOLS

this article will consider the connection between the applied art of a future drawing teacher and the science of drawing. At the same time, the role of art in shaping the aesthetic taste of schoolchildren from a scientific point of view is briefly considered. Keywords: drawing, girth, decorative art, education, school.The article examines the problems and gaps in the development of drawing disciplines in vocational schools, as well as the ease with which students easily perform complex drawings using graphic programs to eliminate them.

Текст научной работы на тему «KASB-HUNAR MAKTABLARIDA CHIZMACHILIK O’QITISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №1

Original paper INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

D0l:10.24412/2992-9024-2024-1-95-100

KASB-HUNAR MAKTABLARIDA CHIZMACHILIK O'QITISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

© B.K. Mo'minov1^_

1 Termiz davlat pedagogika instituti, Termiz

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqolada bo'lajak chizmachilik fani o'qituvchisining amaliy san'atining chizmachilik fani bilan bog'liqligi ko'rib chiqiladi. Shu bilan birga maktab o'quvchilarining estetik didini shakllantirishda san'atning roli ilmiy nuqtai nazardan qisqacha ko'rib chiqilgan. Kalit so'zlar: chizmachilik, girix, bezak san'ati, ta'lim, maktab. Maqolada kasb-hunar maktablarida chizmachilik fanlarini o'zlashtirishdagi muammo va kamchiliklar va ularni bartaraf etishda grafik dasturlardan foydalangan holda talabalarning murakkab bo'lgan chizmalarni osonlik bilan ishlash qulayliklari haqida so'z boradi o'rganishdagi grafik dasturlarga misol bo'la oladi.

MAQSAD: kasb-hunar maktablarida chizmachilik fanlarini zamonaviy texnalaogiyalar yordamida grafik dasturlardan foydalanib chizmachilik fanlarini oson o'zlashtirish va tasavvurni kengaytirish.

MUHOKAMA VA NATEJALAR: kasb-hunar kollejlaridagi mutaxassislik yo'nalishiga u yerda o'rganiladigan grafika (chizmachilik) kursining mazmuni va nomlanishi ham mos bo'lishi kerak. Hozirgi kunda kollejlardagi ko'pchilik mutaxassislik yo'nalishlari uchun darsliklar va topshiriqlar to'plamlari nashr qilinib ulgirilmaganligi sababli bu ishlarni fan o'qituvchisi mutaxassislik kasbiy faoliyati xususiyatini hisobga olgan holda mustaqil ravishda bajarishiga to'g'ri kelmoqda.

XULOSA: kollejlarda talabalar individual topshiriqlarni chizmachilik kursi ta'limining hamma bosqichlarida bajaradilar. Ularni tanlashda oddiydan murakkabga o'tish tamoyiliga amal qilinadi

Kalit so'z: sinfdan tashqari ishlar; chizmachilikdan sinfdan tashqari ishlarning shakl va metodlari, chizmachilik to'garagi; tematik kechalar; ekskursiya (sayohat).

Iqtibos uchun: Mo'minov B. K. Kasb-hunar maktablarida chizmachilik o'qitishning o'ziga xos xususiyatlari // Inter education & global study. 2024. № 1. E. 95-100.

ОСОБЕННОСТИ ОБУЧЕНИЯ РИСОВАНИЮ В ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ УЧИЛИЩАХ_

© Б.К. Муминов 1Н

1 Термезский государственный педагогический институт, Термез_

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

Научно-теоретический и методический журнал ISSN 2992-9024 (online)

Scientific theoretical and methodical journal

2024, №1

Original paper INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье будет рассмотрена связь прикладного искусства будущего учителя рисования с наукой рисования. При этом кратко рассмотрена роль искусства в формировании эстетического вкуса школьников с научной точки зрения. Ключевые слова: рисунок, обхват, декоративное искусство, образование, школа.

в статье рассматриваются проблемы и пробелы в освоении дисциплин рисования в профессиональных училищах, а также легкость, с которой учащиеся с легкостью выполняют сложные рисунки с использованием графических программ для их устранения.

ЦЕЛЬ: легкое освоение дисциплин рисования в профессиональных училищах с использованием графических программ по современным технологиям и расширить воображение.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: направление специализации в профессиональных колледжах также должно соответствовать содержанию и названию изучаемого там курса графики (рисования). В связи с тем, что в настоящее время учебники и сборники заданий по большинству специальностей в колледжах не издаются, эти работы учителю-предметнику приходится выполнять самостоятельно, учитывая характер профессиональной деятельности по специальности.

ВЫВОД: в колледжах студенты выполняют индивидуальные задания на всех этапах обучения курсу рисования. При их выборе соблюдается принцип перехода от простого к сложному

Ключевое слово: внеклассная работа; формы и методы внеклассной работы по рисованию, кружок рисования; тематические вечера; экскурсия (Путешествие).

Для цитирования: Муминов Б. К. Особенности обучения рисованию в профессиональных училищах // Inter education & global study. 2024. № 1.С. 95100.

FEATURES OF TEACHING DRAWING IN VOCATIONAL SCHOOLS_

© Bakhtiyar K. Muminov

1 Termez State Pedagogical Institute, Termez_

Annotation

INTRODUCTION: this article will consider the connection between the applied art of a future drawing teacher and the science of drawing. At the same time, the role of art in shaping the aesthetic taste of schoolchildren from a scientific point of view is briefly considered. Keywords: drawing, girth, decorative art, education, school.The article examines the problems and gaps in the development of drawing disciplines in vocational schools, as well as the ease with which students easily perform complex drawings using graphic programs to eliminate them.

Original paper

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

THE GOAL: to easily master the disciplines of drawing in vocational schools using graphic programs using modern technologies and expand the imagination.

DISCUSSION AND RESULTS: the direction of specialization in professional colleges should also correspond to the content and title of the graphics (drawing) course studied there. Due to the fact that currently textbooks and collections of assignments in most specialties are not published in colleges, these works have to be performed by a subject teacher independently, taking into account the nature of professional activity in the specialty.

CONCLUSION: in colleges, students' complete individual tasks at all stages of the drawing course. When choosing them, the principle of transition from simple to complex is observed

Keywords: extracurricular activities; forms and methods of extracurricular work in drawing, drawing circle; theme evenings; excursion (Trip).

Respublikamizdagi kasb-hunar kollejlarida 300 ga yaqin kasblar va mutaxassisliklar bo'yicha kichik mutaxassislar tayyorlanmoqda. Chizmachilik kursining boshqa fanlar bilan aloqalari, kasb-hunar kollejlari talabalarini politexnik tarbiyalashda va ularning kasbiy faoliyatida katta o'rin egallaydi. Shuning uchun ham kasb-hunar kollejlarining ko'pchilik mutaxassisliklarida chizmachilik fani alohida fan sifatida o'quv jarayoniga kiritilgan. Kasb-hunar kollejlarida tayyorlanadigan mutaxassisning malakaviy tavsifnomasiga asosan chizmachilik kursi quyidagi talablarga javob berishi zarur bo'ladi:

- kasb-hunar kollejlarida o'rganiladigan chizmachilik kursidagi materiallar umumta'lim maktablaridagi chizmachilik kursi materiallarini takrorlamasligi zarur;

- kurs oliy o'quv yurtlarida o'rganiladigan «muhandislik grafikasi» yoki oliy o'quv yurtlaridagi chizmachilik kursining «qisqartirilgan varianti» shakliga kelib qolmasligi kerak;

- kasb-hunar kollejlarida tayyorlanadigan mutaxassislik malakaviy tavsifnomasiga asosan kursda o'rganiladigan materiallar mazmuni bevosita kasbiy faoliyatga taalluqli bo'lishi zarur;

- kurs ilg'or metodika, yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan holda talabalar va o'qituvchi foydalanishi uchun qulay, ravon tilda yozilgan bo'lishi kerak;

- talabalarga o'rgatiladigan bilimlar hajmini belgilashda ularning grafik savodxonligini talab darajasiga chiqarishda asosiy e'tiborni in dividual grafik topshiriqlar soni va variantlarning yetarli bo'lishini ta'minlashga qaratish kerak;

- chizmachilik kursining mazmuni va nomlanishi mutaxassislik yo'nalishi va malakaviy tavsifnoma talablari ga mos bo'lishi kerak.

Kasb-hunar kollejlaridagi mutaxassislik yo'nalishiga u yerda o'rganiladigan grafika (chizmachilik) kursining mazmuni va nomlanishi ham mos bo'lishi kerak. Hozirgi

For citation: Bakhtiyar K. Muminov. (2024) 'Features of teaching drawing in vocational schools', Inter education & global study, (1), pp. 95-100. (In Uzbek).

Original paper

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

kunda kollejlardagi ko'pchilik mutaxassislik yo'nalishlari uchun darsl iklar va topshiriqlar to'plamlari nashr qilinib ulgirilmaganligi sababli bu ishlarni fan o'qituvchisi mutaxassislik kasbiy faoliyati xususiyatini hisobga olgan holda mustaqil ravishda bajarishiga to'g'ri kelmoqda. Kollejlardagi chizmachilik kursi o'qituvch isi oldida bitiruvchilarini qurilish, mashinasozlik, og'ir va yengil sanoat tarmoqlari, servis va xizmat ko'rsatish sohalari kabi yo'nalishlardagi ishlab chiqarish chizmalari bilan tanishtirish, ularni o'qish va bajarishga o'rgatish vazifasi turadi. Ushbu sohalarning hammasida texnik va ishlab chiqarish hujjatlari sifatida chizmalar muhim o'rin egallaydi. Kasb-hunar kollejlarining chizmachilik o'qituvchilari kursni zamonaviy talablar darajasida tashkil qilishlari, talabalarni kasbiy faoliyatga to'g'ri tayyorlashlari uchun ulardan ta'lim metodikasini egallash bilan birgalikda politexnik bilimlarni ham yetarlicha chuqur bilishlik talab qilinadi.

Chizmachilik kursidagi nazariy ma'lumotlarning ahamiyatini to'g'ri baholamasdan o'qitish metodlaridagi bir xillik ayniqsa o'quvchi va talabalarning fanni o'zlashtirishlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ayrim o'qituvchilar chizmachilik kursi asosan amaliy mashg'ulotlardan iborat deb hisoblab, kurs materiallarini tizimli ravishda bayon qilib bormaydilar, o'quvchilarning shu bo'limdagi har xil topshiriqlarni bajarishlari uchun zarur bo'lgan materiallarni bayon qilmaydilar, u yoki bu mashina detallarini tasvirlashda qo'llash uchun qabul qilingan shartliliklarning ma'nolarini asoslab bermaydilar va h. Odatda bunday o'qituvchilar doskada biror chizmani bajarishda uni qisqacha sharhlab boradilar. Talabalar shu chizmani ish daftarlariga ko'chirib oladilar va keyinchalik individual topshiriqlarni bajarishda undan foydalanadilar. Bunday bir xil uslubning uzoq qo'llanilishi talabalarda faqat chizma bajarish texnikasining takomillashishiga olib keladi, ularning fazoviy tasavvur qilish qobiliyatlari rivojlanmaydi.

Kasb-hunar kollejiarida chizmachilikdan topshiriqlar tuzish va tanlashda topshiriqni bajarishdan maqsad ko'rsatilishi, individual topshiriq mazmuni aniq belgilanishi, topshiriqni bajarish muddati (katta hajmli topshiriqlar uchun oraliq muddatlar ham) ko'rsatilishi, grafik ishlarga sarflanadigan vaqt o'quvchilarning vaqt budjetiga mos kelishi, individual topshiriqlar variantlari taxminan bir xil murakkablikda bo'lishi; o'quvchilarning topshiriqni bajarishga tayyorgarlik darajalari e'tiborga olinishi; topshiriqlar tayyorlanadigan mutaxassislik yo'nalishiga va texnikaning zamonaviy darajasiga mos kelishi kerak. Shu ko'rinishda tuzilgan va bajarish jarayoni tashkil qilingan topshiriqlar talabalarni obyekt to'g'risidagi ma'lumotlarni grafik axborot kompleksi ko'rinishida va aksincha ifodalashni o'rgatadi.

Kasb-hunar kollejlari uchun chizmachilik kursidan topshiriqlarni tanlashda quyidagi shartlarni bajarilishiga e'tibor qilish kerak:

- talabalarning kasbiy faoliyatida zaruriyati;

- ularning fazoviy tasavvurlari va mantiqiy fikrlashlarining rivojlanishiga xizmat

qilishi;

- mutaxassislik yo'nalishi bo'yicha grafik tasvirlarni savodli bajarishga tayyorlashi.

Kollejlarda talabalar individual topshiriqlarni chizmachilik kursi ta'limining

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №1

Original paper INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

hamma bosqichlarida bajaradilar. Ularni tanlashda oddiydan murakkabga o'tish

tamoyiliga amal qilinadi har bir grafik topshiriq talabalarning tayyorgarlik darajasini

hisobga olib imkoni boricha uni qiziqib bajarish lariga yo'naltirilgan bo'lishi kerak.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Toshpulatov F. U., Mominov B. K., Mamatkulov I. C. Determination of Sections of General Surfaces of the Second Order on Predetermined Circles //The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research. - 2020. - Т. 2. - №. 11. - С. 21-26.

2. Baxtiyor M., Ilxomjon M. GRAPHIC PROGRAMS USED IN THE LEARNING PROCESS, AS WELL AS THE CAPABILITIES OF AUTOCAD AND 3D MAX GRAPHICS PROGRAMS //Universum: технические науки. - 2021. - №. 11-5 (92). - С. 92-94.

3. Mo'minov B. K., Sulaymonovna X. S. UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA HAYKALTAROSHLIKNI SAMARALI O'ZLASHTIRISHDA O'QUVCHILARNING BADIIY DIDI VA IJODIY QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH //Scientific Impulse. -2022. - Т. 1. - №. 4. - С. 181-183.

4. Mo'minov B. Development of Students' Artistic Taste and Creative Ability in Effective Mastery of Sculpture in High Schools //Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences. - 2022. - Т. 1. - №. 5. - С. 133-135.

5. Karamatovich M. B. THE PLACE AND SIGNIFICANCE OF FINE ARTS TODAY //Zbior artykutow naukowych recenzowanych. - С. 105.

6. Mo'minov B., Dauletov A. Classes of electronic document circulation systems and mathematical models of processing //Central Asian Journal of Education and Computer Sciences (CAJECS). - 2022. - Т. 1. - №. 2. - С. 6-16.

7. OybekovnaA. N. et al. BO'LAJAKCHIZMACHILIK FANI O'QTUVCHILARINING GRIX NAQISH KOMPOZITSYALARINI TUZUSHDA GEOMETERIK YASASHLARNING O'RNI VA AMALIY AXAMIYATI //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2022. - Т. 2. - №. 2. - С. 202-205.

8. Abdullayevna R. M. QIRQIM VA KESIM BAJARISHDA O'QUVCHILARDA TIPIK XATOLARGA YO'L QO'YMASLIK KO 'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH //Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities. - 2022. -Т. 10. - №. 12. - С. 520-524.

9. Karamatovich M. B., Oybekovna A. N. KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA BINO VA INSHOOTLARNI BEZASHDA ISHLATILADIGAN GEOMETRIK (GIRIH) NAQSHLARNI BO 'YASH USULLARI. - 2023.

10. Mo'minov B. K. et al. SIRTLAR HOSIL BO 'LISHI VA ULARNI CHIZMADA BERILISHI. SIRTLARDA NUQTA TANLASH. - 2023.

11. Mo'minov B. K., Ataqulova N. O. BOSHLANG 'ICH SINFLARDA «TASVIRIY SAN'AT FANINI O 'QITISH METODLARI //Scientific Impulse. - 2022. - Т. 1. - №. 4. - С. 174180.

Original paper

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

12. Faxriddin U. T., qizi Maxmudova X. N. TALABALARGA CHIZMACHILIK FANINING QURILISH CHIZMACHILIGI BO 'LIMINI O 'RGATISHDAGI BA'ZI BIR TAVSIYALAR //Международная конференция академических наук. - 2022. - Т. 1. - №. 15. - С. 18-23.

13. Toshpulatov F. CHIZMACHILIK FANINI TABIIY HODISALAR BILAN AMALIY BOG'LIQLIGI //Физико-технологического образование. - 2022. - Т. 1. - №. 1.

14. Toshpulatov F. Qadimiy grix va o 'simliksimon (Islimiy) naqsh е!етеп^апптд geometrik tahlili //Физико-технологического образование. - 2022. - №. 4.

15. Urolovich T. F. et al. SAN'AT INSON MEHNAT JARAYONINING AJRALMAS QISMI SIFATIDA //Новости образования: исследование в XXI веке. - 2023. - Т. 1. - №. 6. - С. 592-594.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Mo'minov Baxtiyor Karomatovich, o'qituvchi [Муминов Бахтияр Кароматович,

преподаватель] [Bakhtiyar Karomatovich Muminov, teacher]; manzil: O'zbekiston, Surxondaryo, Qumqurg'on, Oqsoy maxallasi A.Navoyi ko'chasi, 39 [адрес: Узбекистан, Сурхандарьинская, Кумкурганская, Аксайская Махалля Улица А.Навои, 39] [address: Uzbekistan, Surkhandarya, Kumkurganskaya, Aksai Mahalla, A.Navoi Street, 39]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.