Научная статья на тему 'UMUMMUHANDISLIK FANLARIDA O‘QUV MASHG‘ULOTLARINI INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDAGI AHAMIYATI'

UMUMMUHANDISLIK FANLARIDA O‘QUV MASHG‘ULOTLARINI INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
65
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta`lim / globallashuv / interfaol usul / ta`lim texnologiyasi / dars / uzluksiz ta’lim / o‘qituvchi / o‘quvchi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — X.A.Akramova

Maqolada mamlakatimiz yoshlarida umumta`lim fanlarni yuqori darajada shakllantirish, bu jarayonda umumta`lim fanlarini o‘qitish sifatini ta`minlashda turli innovatsion metodlardan foydalanish orqali belgilangan natijalarga erishish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMMUHANDISLIK FANLARIDA O‘QUV MASHG‘ULOTLARINI INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDAGI AHAMIYATI»

UMUMMUHANDISLIK FANLARIDA O'QUV MASHG'ULOTLARINI INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING TA'LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDAGI AHAMIYATI

X.A.Akramova

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Akademik litsey o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7311599

Annotatsiya: Maqolada mamlakatimiz yoshlarida umumtalim fanlarni yuqori darajada shakllantirish, bu jarayonda umumtalim fanlarini o'qitish sifatini ta'minlashda turli innovatsion metodlardan foydalanish orqali belgilangan natijalarga erishish.

Kalit so'zlar: ta'lim, globallashuv, interfaol usul, ta'lim texnologiyasi, dars, uzluksiz ta'lim, o'qituvchi, o'quvchi.

Ta'lim sohasining XX asr so'nggi choragidan boshlab dunyo miqyosida shiddatli rivojlanishi uning inson va jamiyat taraqqiyotida dolzarb o'rin tutganidan dalolat beradi. Aynan ta'lim orqali asrlar davomida insoniyat jamiyatining madaniy merosi avloddan-avlodga o'tib keladi, professional bilim va saviyaga erishiladi, shuningdek, xalqning ma'naviy qiyofasi va umuminsoniy bag'rikenglik tamoyillari shakllantiriladi. Ta'kidlash kerakki, globallashuv sharoitida ta'lim saviyasi dunyo miqyosida tobora rivojlanib borayotgan fuqarolik jamiyatida insonlarning hayot faoliyatiga ham uzviy ta'sir o'tkazib, jumladan, sog'ligiga ahamiyat qaratish, siyosiy faollik, yangiliklarni o'zlashtirish tezligi, zararli g'oyalarni ongli tahlil qila olish qobiliyati va boshqalarda yorqin namoyon bo'ladi. Bunday tarixiy sharoitda dunyo miqyosida ta'limning ahamiyati izchil oshib, u nafaqat iqtisodiyotni, balki butun jamiyatni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishda eng muhim omillardan biriga aylandi. [1]

Zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o'quvchi (talaba)larga yetkazib berish asosida ma'lum faoliyat ko'nikma va malakalarni shakllantirish, faoliyatni nazorat qilish, ular tomonidan egallangan nazariy va amaliy bilimlar darajasini baholash o'qituvchidan yuksak pedagogik mahoratni, ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.

Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda o'quvchilarning o'quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi, ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo'llashga doir katta tajriba to'plangan

bo'lib, bu tajriba asosini interfaol metodlar tashkil etmoqda.

Uzluksiz ta'lim tizimi oldiga qo'yilgan muhim vazifalardan biri ta'lim-tarbiya jarayonida innovatsion muhitni yaratish sanaladi. Buning uchun avvalo, "innovatsiya" so'zining ma'nosini tahlil qilish lozim. "Innovatsiya" - inglizcha so'zdan olingan bo'lib, "in" - kiritish, "novatsiya" - yangilik degan ma'noni anglatadi. Shusababli o'qitishda innovatsion tajriba muhitni yaratish o'qituvchidan ko'p qirrali izlanish, boy tajriba va yuksak amaliy faoliyatni talab etadi.

Respublikamizda uzluksiz ta'limni joriy etish jarayonida ta'lim mazmuni yangilandi, o'quv dasturlari; va o'quv faktlari bo'yicha DTS- modernizatsiyalandi. Ushbu jarayon ta'lim-tarbiya jarayonining boshqa tarkibiy qismlari: o'qitish uslublari, vositalari va shakllarini innovatsiya kiritish orqali modernizatsiyalashni talab etmoqda.

Bugungi kunda interfaol metodlar o'z mohiyatiga ko'ra ta'lim oluvchilarda o'quv-bilish faolligini oshirish, ularni kichik guruh va jamoada ishlash, o'rganilayotgan mavzu, muammolar bo'yicha shaxsiy qarashlarni dadil, erkin ifodalash, o'z fikrlarini himoya qilish, dalillar bilan asoslash, tengdoshlarini tinglay olish, g'oyalarni yanada boyitish, bildirilgan mavjud mulohazalar orasidan eng maqbul yechimni tanlab olishga rag'batlantirish imkoniyati egaligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Ta'lim va tarbiya jarayonida o'qituvchi (pedagog) lar tomonidan interfaol metodlarning o'rinli, maqsadli va samarali qo'llanilishi ta'lim oluvchi (o'quvchi, talaba) larda muloqatga kirishuvchanlik, jamoaviy faoliyat yuritish, mantiqiy fikrlash, mavjud g'oyalarni tahlil qilish, turli qarashlar orasidagi mantiqiy bog'liqlikni topa olish qobiliyatlarini tarbiyalash uchun keng imkoniyat yaratadi.

Yuqorida qayd etilganidek zamonaviy sharoitda ta'lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo'li - bu mashg'ulotlarning interfaol metodlar yordamida tashkil etish deb xisoblashmoqda. Xo'sh, interfaol metodlarning o'zi nima? Ular qanday didaktiv imkoniyatlarga ega? Ta'lim jarayonida interfaol metodlarning o'rinli, maqsadga muvofiq qo'llanilishi qanday samaralarni kafolatlaydi?

Yuqoridagi savollarga javob topishda eng to'g'ri qadam tayanch tushunchalar -"interfaol", "interfaol ta'lim''' va "interfaollik" atamalarining lug'aviy ma'nosi bilan tanishishdir.

"Interfaol" tushunchasi ingliz tilida "interact" (rus tilida "interaktiv") ifodalanib lug'aviy nuqtai nazardan "inter"-o'zaro, ikki taraflama, "act"-harakat qilmoq, ish qurmoq ma'nolarini anglatadi.

Interfaollik esa ta'lim jarayoni ishtirokchilarining bilim, ko'nikma, malaka hamda muayyan ahloqiy sifatlarni o'zlashtirish yo'lida birgalikda o'zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklaridir.

Mantiqiy nuqtai nazardan interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy sub'ektlarning suhbat (dialog), o'zaro hamkorlikka asoslangan va harakat faoliyatning olib borishlarini

ifodalaydi. Ta'lim sohasida faoliyat yuritayotgan xar bir mutaxassis yaxshi biladiki, an'anaviy ta'lim ham suhbat (dialog) ga asoslangan va bu suhbat quyidagi o'zaro munosabat shakllarida tashkil etiladi:

O 'qituvchi-o'quvchi

An'anaviy ta'limdagi suhbat ishtirokchilari

O'qituvchi-o'quvchilar guruhi (jamoasi)

An'anaviy ta'limda ham tabiiy ravishda suhbat asosini axborot tashkil etadi. Ammo axborot uzatishning asosiy manbai o'qituvchining tajribasi bo'lib, bu jarayonda u yetakchilik, dominantlik qiladi, ya'ni u damning asosiy vaqtida bilimlarni og'zaki tarzida o'quvchi (talaba) larga yetkazib berishga intiladi. Faollik ko'rsatish o'qituvchigagina xos bo'lib, o'quvchi (talaba) lar bu vaziyatda sust tinglovchi bo'lib qoladi. Ularning asosiy vazifasi o'qituvchini tinglash, zarur o'rinlarda yozish, savollar bilan murojaat qilinganida javob qaytarish, kam xolatlarda ruxsat etilgandagina so'zlashishdan iborat.

An'anaviy ta'limdagi Ыг tomonlamalik oliy ta'lim tizimidagi faqat ma'mza mashg'ulotlarida emas, amaliy va seminar darslarida ham ustivorlik qiladi. Unga ko'ra "yetkazib beruvchi" rolida endi o'qituvchi emas, balki o'quvchi (talaba) namoyon bo'ladi. O'quvchi (talaba) asosan, o'zi o'zlashtirgan bilimlarni namoyish etadi, o'qituvchi esa uning fikrlarini tinglaydi, zarur o'rinlarda savollar bilan murojaat qiladi. O'quvchi (talaba) lar guruhi (jamoasi) bu vaziyatda butunlay sust ishtirokchi, tinglovchi bo'lib qoladi. Bir qarashda o'quvchi (talaba) yoki o'qituvchi tomonidan o'zlashtirilayotgan axborotlarning qabul qilinishi talabalar guruhi (jamoasi) uchun bilimlarni o'zlashtirish imkoniyatini yaratayotgandek taassurot uyg'otadi. Biroq, pisixologik tadqiqot natijalarining ko'rsatishicha shu tarzda qabul qilingan bilim (ma'lumot) кг juda tez unitiladi.

Xususan, psixologik olimlarning o'rganishlariga ko'ra shaxsning tabiiy a fizikologik - psixologik imkoniyatlari muayyan shakllarda o'zlashtirilgan bilimlarni turii darajada saqlab qolish imkonini beradi. Ya'ni shaxs; manbani o'zi o'qiganida 10%; ma'lumotni eshitganida 20%; sodiï bo'lgan voqea, hodisa yoki jarayonni ko'rib, ular to'g'risidagi ma'lumotlami eshitganida 50%; ma'lumot / (axborat) lami o'zi uzatganida (so'zlaganida, bilimlarini namoyish etganida) 80%; o'zlashtirilgan bilim (ma'lumot, axborat) lami o'z faoliyatiga tadbiq. etganida 90% hajmdagi ma'lumotlami yodda sqlash imkoniyatiga ega,

Shunga ko'ra interfaol o'qitish "ta'lim jarayonining asosiy ishtirokchilari -o'qituvchi, o'quvchi va o'quvchilar guruhi o'rtasida yuzaga keladigan xamkorlik, qizg'in bahs - munozaralar, o'zaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil etiladi, ulardan erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish,

muammoli vaziyatlarda yechimlarni birgalikda izlash, o'quv materiallarni o'zlashtirishda o'quvchilarning o'zaro yaqinliklarini yuzaga keltirish, "o'qituvchi -o'quvchi -o'quvchilar guruhi" ning o'zaro bir - birlarini hurmat qilishlari, tushunishlari va qo'llab - quvvatlashlari, samimiy munosabatda bo'lishlari, ruhiy birlikka erishishlari kabilar bilan tavsiflanadi".

O'qituvchi ta'lim jarayonida interfaol ta'lim yordamida o'quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, o'z - o'zini nazorat, o'z - o'zini boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil hamda tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarini ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, o'z nuqtai nazarlarini himoya qilish muammoning yechimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muaffaq bo'ladi.

Eng muhimi, interfaol metodlarni qo'llash orqali o'qituvchi o'quvchilarning aniq, ta'limiy maqsadga erishish yo'lida o'zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etish, yo'naltirish, boshqarish nazorat va tahlil qilish orqali xolis baholash imkoniyatini qo'lga kiritadi.

Foydalanigan adabiyotlar:

1. Sh.M.Mirziyoyev "Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz" T.:O'zbekiston 2017.

2. Innovatsion pedagogik texnologiya asoslari. M.Kamoliddinov, B. Vahobjonov. O'quv-uslubiy qo'llanma. Toshkent, "Talqin" 2010.

3. Maktabgacha talimda metodika fanlarini o'qitish texnologiyasi. N. N. Djamilova. O'quv qo'llanma. Toshkent 2017.

4. "Learning vocabulary by means of visualization". / Ed. LV Bankevich. Leningrad: Publishing Mouse of Leningrad University, 1984.

5. Madiev F. M., Khaydarov S. Z. SHAKHRISABZ CITY-ARCHITECTURAL HISTORICAL RESPONSIBILITIES //Zbior artykulow naukowych recenzowanych. - С. 58.

6. Саидова Н., Хайдаров Ш. ВЛИЯНИЕ НА СОСТОЯНИЕ ГОРОДА, ХАРАКТЕРИСТИКА И ВИДЫ ОТХОДОВ, ОБРАЗУЮЩИХСЯ НА ПРЕДПРИЯТИЯХ ПО ПРОИЗВОДСТВУ КИРПИЧА //НАУЧНАЯ ДИСКУССИЯ СОВРЕМЕННОЙ МОЛОДЁЖИ: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ. - 2019. - С. 37-39.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.