Научная статья на тему 'UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA XALQARO BAHOLASH TIZIMINING SAMARADORLIGI'

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA XALQARO BAHOLASH TIZIMINING SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
31
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xalqaro baholash / xalqaro dastur / ta’lim sifatini baholash / PISA / birlik / klaster / testlet va buklet / xalqaro monitoring / innovastion taraqqiyot.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Sh.J. Sotiboldiyeva

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida xalqaro baholash tizimining samaradorligi, afzalliklari va umumiy tizimning yutuq va kamchiliklari ko‘rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA XALQARO BAHOLASH TIZIMINING SAMARADORLIGI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, e-s MAY 2024

www.in-academy.uz

UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA XALQARO BAHOLASH

TIZIMINING SAMARADORLIGI

SH.J. Sotiboldiyeva

Toshkent amaliy fanlar universiteti o'qituvchisi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13304481 Annotatsiya: Mazkur maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarida xalqaro baholash tizimining samaradorligi, afzalliklari va umumiy tizimning yutuq va kamchiliklari ko'rsatilgan.

Kalit so'zlar: Xalqaro baholash, xalqaro dastur, ta'lim sifatini baholash, PISA, birlik, klaster, testlet va buklet, xalqaro monitoring, innovastion taraqqiyot.

KIRISH

Davlatimiz innovastion taraqqiyot yo'lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo'lgan yoshlarni ijodiy g'oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning bilim, ko'nikma va malakalarini davlat ta'lim standartlari asosida shakllantirish hamda ilg'or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyatga egadir.

Bu borada O'zbekiston Respublikasida qo'yilayotgan amaliy qadamlarga xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi to'g'risida hukumat qarorining qabul qilinishi Ta'lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA-International Association for the Evaluation of Educational Achiyevement) nufuzli tashkilot bilan hamkorlik aloqalarining yo'lga qo'yilishini misol sifatida keltirish mumkin.

Qariyib 60 yildan ko'proq vaqt mobaynida IEA tashkiloti ta'limni qiyosiy o'rganish sohasida yetakchi tashkilot bo'lib kelmoqda. Mazkur tashkilot ta'lim tizimida davlat siyosati

va amaliyotning ta'sirini chuqurroq o'rganish maqsadida ta'lim sohasida keng miqyosli tadqiqotlar olib boradi. Bu tadqiqotlar ta'lim jarayonlari va natijalarini ko'rib chiqib, ta'lim sifatiga ta'sir etuvchi o'zaro bog'liq omillarni qiyosiy tahlil qiladi.

1958-yildan buyon ushbu tashkilot ta'lim sohasiga oid ko'plab mavzular bo'yicha o'ttizdan ortiq qiyosiy tadqiqotlarini o'tkazdi. Jumladan, matematika va tabiiy fanlar (TIMSS), o'qish (PIRLS), fuqarolik va fuqarolik ta'limi (ICCS), kompyuter va axborot texnologiyalari bo'yicha savodxonlik (ICILS) kabi yo'nalishlarda o'quvchilarning bilim va ko'nikmalari, umuman olganda ta'lim olish jarayonida erishgan yutuqlarini baholab kelmoqda

Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tajribalarni o'rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo'nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro loyihalarni amalga oshirish, zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Asosiy qism. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi «O'zbekiston

Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi PF-5712-son Farmonida 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg'or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o'quvchilarning o'qish, matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo'naltirilgan ta'lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan.

PISA (Programme for International Student Assessment) - o'quvchilarning savodxonligini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqot dasturi bo'lib, dasturning asosiy maqsadi 15 yoshli o'quvchi yoshlarning o'qish, (matnni tushunish), matematika va tabiiy fanlar bo'yicha savodxonlik darajalarini hamda ijodiy fikrlash ko'nikmalarini turli xil testlar yordamida baholashdan iboratdir. Ushbu loyihalar o'quvchi yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlashi, egallagan bilimlarini hayotda qo'llay olish layoqatiga baho berish va keyinchalik bu ko'nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Har uch yilda amalga oshiriladigan PISA dasturi mamlakatlarga ta'lim tizimining yutuq va kamchiliklari yuzasidan o'z vaqtida axborot berish, tegishli dasturlarning ta'sirini tahlil qilish imkoniyatini yaratib, ta'lim siyosati sohasida qarorlar qabul qilishni qo'llab-quvvatlaydi.

Ta'lim sifatini baholashga yo'naltirilgan PISA kabi xalqaro tadqiqotlar O'zbekiston ta'lim tizimida ilk marta o'tkazilayotganligi sababli ularni to'g'ri, samarali va ob'ektiv o'tkazish muhim ahamiyat kasb etadi.

PISA-o'quvchilarning o'qish (matnni tushunish), matematika va tabiiy fanlardan bilim darajalarini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bo'lib, o'quvchilarning maktab davrida orttirgan bilim va ko'nikmalarini aniqlashga mo'ljallangan.

PISA-ni so'ngi yillardagi vazifalarining asosiy jihati nimalardan iborat?

Bu proektda test sinovlari o'quvchiga qiyinchilik tug'dirmaydi, bunda o'quvchining bilimlari asosiy o'rin tutmaydi, faqatgina bolaning ongini ishlatishni talab qiladi.

PISA -bu eng katta Xalqaro o'quvchilar bilimining tadqiqot qilish programmasi.

PISA- natijalari butun dunyo yoshlarining qanday bilim va ko'nikmalarga ega ekanligini ko'rsatadi.

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 21ST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

Umumta'lim fanlari bo'yicha kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o'quv topshiriqlarini ishlab chiqishda xalqaro tajribadan foydalanish,

Timss (Trends in Mathematics and Science Study) -matematik va tabiiy-ilmiy ta'lim sifatini tadqiqot etadigan xalqaro monitoringdan iborat.

2020 yil PISA sinov baholashlari va 2021 yilda asosiy baholash tadqiqotlari bo'lib o'tishi belgilangan. Mazkur yillardagi olingan tahlillar natijalari 2022 yilda yakunlandi va xalqaro hisobotlar tayyorlandi.

Umumiy o'rta ta'lim maktablari xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik darajasini o'rganish va amaliy tavsiyalar berish maqsadida, (Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi) Milliy markaz va xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorligida 2019 yil davomida xalqaro tadqiqotlarga mos, o'quvchilarning ijodiy fikrlash salohiyatlarini aniqlashga qaratilgan sinov materiallari bazasini shakllantirish va Respublikamiz hududlaridagi maktablarda tayyorgarlik sinovlarini o'tkazish rejalashtirilmoqda. Mazkur sinovlar kamchiliklarimizni tahlil qilish va ularni yaxshilash bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.

PISA tadqiqoti o'ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan:ta'lim sohasidagi eng yirik, keng ko'lamli xalqaro monitoring tadqiqotlaridan biri sanaladi;

tadqiqotda umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan 15 yoshli o'quvchilar ishtirok etadi;

tadqiqotda o'quvchilarning "hayotga tayyorlik" darajasi, ya'ni ularning maktabda egallagan bilim va ko'nikmalarini hayot qo'llay olish layoqati baholanadi;

tadqiqotda o'quvchilarning matematika, o'qish (matnni tushunish), tabiiy yo'nalishdagi fanlar va global muammolarni hal etish sohasidagi funkstional savodxonligi baholanadi;

tadqiqotda ishtirokchi mamlakatlar ta'lim tizimining o'ziga xosligi bo'yicha ma'lumot olish imkonini beradigan kontekst axborot to'planadi.

O'zbekistonning PISA tadqiqotida ishtirok etishi uchun quyidagilar muhim ahamiyatga ega:

O'zbekistonda umumta'lim maktablari

bitiruvchilarining ta'lim olishni davom ettirishga qay darajada tayyorligini aniqlash;

mamlakatdagi umumiy o'rta ta'limni takomillashtirish yo'nalishlarini aniqlash;

o'quvchilarning ta'lim sohasidagi yutuqlari, shuningdek, turli mamlakatlarning ta'lim tizimlari haqidagi qiyosiy ma'lumotlarni olish.

PISA tadqiqoti haqida qo'shimcha ma'lumotlarni O'zbekistonda mazkur tadqiqotni o'tkazishga mas'ul hisoblangan

Nima uchun PISA tadqiqotlari har uch yilda bir marotaba o'tkaziladi va nega aynan 15 yoshli o'quvchilarning bilim darajalari aniqlanadi?

PISAning asosiy vazifasi - mamlakatlarni ta'lim siyosatiga oid ma'lumotlar bilan ta'minlash va qarorlar qabul qilishda ularni qo'llab- quvvatlashdan iborat.

Tadqiqotning har uch yilda o'tkazilishi esa mamlakatlarga siyosiy qarorlarni va tegishli dasturlarning ta'sirini hisobga olish uchun ma'lumot va

tahlillarni o'z ichiga olgan holda, o'z vaqtida axborot berish imkoniyatini yaratib beradi.

Agar tadqiqotni o'tkazish davriyligi qisqa muddatda amalga oshirilsa, o'zgarishlar va yangilanishlar uchun etarli vaqt hamda kerakli ma'lumotlarni to'play olmaslik muammosini vujudga keltiradi.

Tadqiqot doirasi 15 yoshli o'quvchi yoshlar orasida o'tkazilishiga asosiy sabab aksariyat Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (IHTT) a'zo davlatlarda ushbu yosh majburiy ta'lim bosqichining yakuniy davri hisoblanadi.

PISA dasturining o'ziga xosligi. PISA xalqaro baholash dasturi butun dunyoda keng qamrovli va muntazam ravishda o'tkazib kelinayotgan dastur sifatida o'ziga xos ahamiyatga ega.

PISA xalqaro baholash dasturida qariyib 80dan ortiq davlatlar ishtirok etishgan. Tadqiqotni har uch yilda bir marotaba o'tkazilishi esa, davlatlarga o'z ta'lim tizimida kelajakda erishish ko'zda tutilgan asosiy maqsadlarni aniqlab olish imkoniyatini yaratib beradi.

Shuningdek, dastur 15 yoshdagi o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini baholash bo'yicha yagona xalqaro baholash loyihasi hisoblanadi.

Dasturda quyidagi masalalarga e'tibor qaratiladi:

Davlat siyosati masalalari: "Maktablar o'quvchi yoshlarni katta hayot yo'liga o'tishiga munosib ravishda tayyorlay olishyaptimi?, "Ayrim turdagi o'quv dasturlari boshqalariga nisbatan

samaraliroqmi?","Maktablar muhojirlar yoki og'ir ijtimoiy sharoitga ega o'quvchilar kelajagini yaxshilanishiga yordam beradimi?" kabi ba'zi bir savollarga javob topishdan iboratdir.

Savodxonlik: PISA muayyan maktab o'quv dasturlarining ustunligini o'rganish o'rniga, o'quvchilarning asosiy mavzularda bilim va ko'nikmalarini qo'llay olish qobiliyati, muammolarni tahlil qilish, sharhlash va samarali hal qilish, fikrlash, muloqot qilish imkoniyatlarini ko'rib chiqadi.

PISA va TIMSS o'rtasidagi asosiy farq. PISA va TIMSS dasturlarining asosiy farqi eng avvalo ularning turli xil yosh va sinflar toifasida o'tkazilishidan iboratdir. Masalan, PISA 15 yoshli o'quvchilarning bilimlarini baholashga qaratilgan bo'lsa, TIMSS esa muayyan yoshdagi o'quvchilarning emas, balki to'rtinchi va sakkizinchi sinf o'quvchilarining bilim va ko'nikmalarini baholaydi. Shu bilan birga, TIMSS baholashlari o'quv dasturlariga asoslangan bo'lsa, PISA esa, o'quvchilar egallagan bilim va ko'nikmalarini real muammolarni hal qila olishlarini baholashga qaratiladi. TIMSS aynan maktab bilimlarni o'zlashtirish darajalarini baholasa, PISA bilim va ko'nikmalarni maktabda, uyda va jamoatchilik orasida qo'llay olish darajalariga alohida e'tibor qaratadi. PISAni boshqarish

PISA boshqaruvi. PISA dasturining faoliyati PISA boshqaruv kengashi qarori asosida, loyihada ishtirok etayotgan davlatlarning ta'lim sohasidagi boshqaruv organlari mas'ulligida ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan dastur asosida tashkil etiladi.PISAda rasmiy ishtirokchi maqomiga ega bo'lmagan, lekin qatnashadigan mamlakatlar PISA yig'ilishlarida

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, 0-8 may 2004 www.in-academy.uz

kuzatuvchi sifatida ishtirok etishlari mumkin. Kengashdagi mamlakatlar vakillari ularning ta'lim vazirliklari tomonidan, kengash raisi esa PISA boshqaruvi kengashi tomonidan tanlab olinadi. IHTTning ta'lim maqsadlari asosida boshqaruv kengashi PISA uchun ustuvor yo'nalishlarni belgilaydi hamda ularning har birlari PISA tadqiqotlarini amalga oshirish davomida o'zaro hurmat ruhida va vijdonan yondashuvlariga e'tibor qaratadi.

IHTT kotibiyati. IHTTkotibiyati PISA tadqiqotini amalga oshirilishi hamda uzluksiz boshqaruv jarayonini tashkil etish uchun mas'ul hisoblanadi. Bunda PISA jamoasi so'rovnomalarni amalga oshirilishini nazorat qiladi, PISA boshqaruv kengashinomidan ma'muriy jarayonlarni boshqaradi, mamlakatlar o'rtasida xalqaro kelishuvlar o'rnatadi va PISA boshqaruvi kengashi hamda PISA konsorstiumi o'rtasida vositachilik vazifasini bajaradi.

PISA Milliy loyiha boshqaruvi menejerlari. IHTT kotibiyati, PISA boshqaruv kengashi va xalqaro pudratchilar hamda Milliy loyiha menejerlari bilan ish faoliyatlarini olib boradi. PISA milliy loyiha menejerlari mamlakatlarning o'z hukumatlari tomonidan tayinlanadi.

PISA fanlar bo'yicha ekspert guruhlari. PISA mavzuga oid masalalar bo'yicha ekspert guruhlariga ega bo'lib, ular sinovlarning uchta asosiy yo'nalishlari -o'qish, matematika va tabiiy fanlar savodxonligi, shuningdek, zarur bo'lgan hollarda boshqa fan masalalari bo'yicha vakolatlarga ega. Ushbu guruhlar har bir soha bo'yicha malakali ekspertlardan tashkil topgan. Ular har bir PISA test-so'rovining nazariy asoslarini yaratadi.

PISA so'rovnomasi bo'yicha ekspertlar guruhi. Test-so'rovi bo'yicha ekspertlar guruhi PISA kontekstiga oid so'rovnomalar tuzishda yetakchilik qilishi va metodik yordam berishi nazarda tutilgan. Test-so'rovi bo'yicha mutaxassislar guruhining a'zolari PISA boshqaruv kengashi tomonidan tanlanadi.

PISA tadqiqotlarini amalga oshirishning moliyaviy manbai. PISA unda ishtirok etayotgan davlatlarning badallari hisobidan moliyalashtiriladi.

Tadqiqotni o'tkazish jarayoni

Barcha o'quvchilar uchun bir xil test savollari berilmaydi. PISA tadqiqotlarida qo'llaniladigan test savollari odatda mamlakat ta'lim tizimi samaradorligini baholash uchun ishlab chiqiladi. Tadqiqot savollari o'quvchilarni individual baholash uchun mo'ljallanmagan. Shu sababli, har bir o'quvchiga bir xil namunadagi savollar to'plami tarqatilishi talab etilmaydi. Shunday qilib, PISA test materiallari to'plami testda qatnashgan o'quvchilar orasida tasodifiy tanlov tarzida taqsimlanadi.

Bu faqatgina bir tilda o'qitiladigan davlatlar bilan ko'proq taqqoslanishiga hamda natijada o'qish, matematika, tabiiy fanlar va muammoni hal qilishda o'quvchilarning ko'rsatkichini adolatliroq baholashga olib keldi. Jarayonlardagi bu o'zgarish natijasida . Amerika Qo'shma Shtatlari. PISA-2006 tadqiqot doirasida AQShda PISA tadqiqoti savollarini nashr

etishda xatolik mavjud bo'lib, natijada sahifalar raqamlari o'zgarishiga va o'qish savodxonligi bo'yicha ham qo'llanmalarni noto'g'ri talqin etilishi holatlari kuzatilgan hamda o'quvchilarda test savollariga javob berishda noqulayliklarni keltirib chiqargan.

Tadqiqot natijalari: PISA ballari PISA tomonidan sinovdan o'tkazilgan umumiy vakolatlarni ko'rsatish uchun mo'ljallangan har bir fan doirasida ishlab chiqilgan ma'lum miqyoslarda joylashtirilishi mumkin.

Bu o'lchovlar PISA test savollarini guruhlarda ifodalovchi ikki darajaga bo'linadi: 1-daraja bosqichida faqatgina asosiy ko'nikmalardan murakkabgacha va har bir bosqichda qiyinchilik darajasiga qarab o'sib boradi. Testda o'quvchilarning natijasi tekshirilganda uning o'qish (matnni tushunish),

matematika va tabiiy fanlar bo'yicha olgan natijasi mos o'lchovga joylashadi. Misol uchun, PISA testida eng oddiy savollarni to'g'ri to'ldirish uchun zarur bo'lgan mahoratga ega bo'lmagan talaba 1-darajali sinfga kiradi, biroq o'quvchilarning ushbu ko'nikmalari yuqori darajada bo'lishi kerak. Har bir fan bo'yicha testda ishtirok etayotgan mamlakatning bali o'sha mamlakatdagi barcha o'quvchilarning o'rtacha ballaridan iborat bo'ladi. Har bir fan testida davlatlardan qatnashayotgan o'quvchini baholash o'sha davlatning barcha o'quvchilar balining o'rtachasini bildiradi. Mamlakatlarning o'rtacha bali 500 ballni tashkil etadi va standart og'ish esa 100 ballni tashkil etadi. IHTT davlatlari o'quvchilarining taxminan uchdan ikki qismi 400 dan 600 gacha ball to'plagan.Ishtirokchi mamlakatlar PISA reytingida qanday baholanadi?

PISA o'qish (matnni tushunish), matematika va tabiiy fanlar bo'yicha natijalarga ko'ra ishtirokchi mamlakatlarni baholaydi. PISA barcha fanlarga umumiy ball bermaydi, aksincha, u har bir fan sohasi uchun baho beradi va har bir hudud uchun o'rtacha ball darajasini belgilaydi. Biroq, har bir mamlakatga har bir fan bo'yicha aniq bir daraja berish mumkin emas.

PISA testlari va natijalarining ishonchliligini ta'minlash uchun qanday qadamlar qo'yiladi? PISAning shaffofliligiga ishonish, faqat vaqt o'tishi bilan rivojlanib, bundan keyin ham davom etadigan statistik model haqida emas, balki, tadqiqotni loyihalashtirish, amalga oshirish va tahlil qilishning barcha texnik jihatlariga tatbiq etiladigan qat'iylik asosida amalga oshiriladi. Xususan, testlarni ishlab chiqishda, baholashning ishonchliligi ularni ishlab chiqish, tanqid qilish, tahlil qilish, ko'rib chiqish va tanlashda qo'llaniladigan tartiblarning qat'iyligi bilan bog'liq.

Ekspertlar uchun bu masala yuzasidan barcha jihatlarni hisobga olinganligini ta'minlash va ushbu jihatlarga etarlicha mos muvozanatda bo'lgan test materiallari to'plamini tanlab olishda ekspert fikrini berishdan iborat. PISAda bu ish xalqaro ekspertlardan tashkil topgan maslahat guruhlari bilan ishlaydigan baholash mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu materialni tanlash jarayonida ishtirok etuvchi mamlakatlar va iqtisodchilar ham muhim rol o'ynaydi.

O'quvchilar PISA dasturida yolg'on ishlatishlari mumkinmi? PISA- dunyodagi eng ilg'or xalqaro, yuqori

"¿J PPSUTLSC-2024

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

sifatli va yuqori samarali ta'limni baholash dasturi hisoblanadi va shuning uchun PISA ma'lumotlarining 100% to'g'ri va haqiqiy ekanligi juda muhimdir.

Shu maqsadda, mamlakatamizda olib borilayotgan ishlar xalqaro baholash tizimi barchasi rivojlangan mamlakatlarning tadqiqot ishlariga asoslanib olingan. Bu tizming rivojlantirishdan maqsad bolalarda o'z shaxsini anglash, mustaqil fikrlash, olgan bilimlarini hayotida qo'llay olish, tafakkur uyg'oqligi ularni ixtirochi, ijodkorlikga o'rgatishdan iboratdir.

Shu o'rinda o'quvchilarni xalqaro darajada baholash asosida o'qitishda o'qituvchi tomonidan yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan xatolar:

□ O'qituvchi har doim hammadan aqlli bo'ladi va unga hech qachon, hech kim mutlaqo teng kela olmaydi!" prinsipida o'qitishga yondashish;

□ O'quvchining har bir yutug'ini oddiy bir narsa deb hisoblab, unga ahamiyat bermaslik.

□ O'quvchini kamsitish orqali uning ruhini tushirish.

□ O'quvchi qoniqarli darajada javob bermasa, uni qaltis qiyos bilan kamsitish.

□ O'quvchi bir marta xato qilgan bo'lsa, uning xatosi oqibatlarini aytib uni doim qo'rqitish.

□ O'quvchi o'zi hammasini bilishi shart deb, unga hech qachon yordam bermaslik.

□ O'quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini mutlaqo inobatga olmay, hammaga bir tekisda munosabatda bo'lish.

□ O'quvchining takliflariga mutlaqo e'tibor bermaslik, fikriga past nazar bilan qarash.

□ O'quvchidan o'tilmagan narsalarni bilishini talab qilish.

□ Testlar natijasini, kimning nima ishi bor, deb, sir saqlash.

Aslida qanday bo'lishi kerak?

□ Qiziquvchanlik, taajjublanish, shubhalanish, sergak turish, ajablantirish orqali o'quvchilarga yordam berish.

□ Shunday maqsadlar va topshiriqlar beringki, ular o'quvchi uchun arzigulik va qiziqarli bo'lishi.

□ O'quvchiga muhlat berib, sifat va miqdor talabini qo'yish. Talab qilish orqali rag'batlantirish.

□ Nazariy va amaliy darslarni kengroq mehnat doirasiga o'tish.

□ O'quvchining ilk qadamlariga dalda berish.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

□ O'quvchiga iloji boricha ish-harakati uchun imkoniyatlarni kengaytirish.

□ O'quvchining harakatlanishiga to'sqinlik qilmaslik va o'ta og'ir o'qitish bilan qiynamaslik.

□ O'quv maqsadlarini aniq ifodalab berish, o'quvchilar o'zi ham tekshira olishi mumkin bo'lishi.

□ O'quvchi mustaqil o'rganishiga imkon yaratish, o'quvchi keyinchalik ham mustaqil ishlay olishi.

□ Xatolar va yanglishlardan saboq olishga sharoit yaratish va yaxshi niyatda tanqid qilish.

□ O'quv yutuqlarini muvaffaqiyat hissiga aylantirish.

www.in-academy.uz

□ O'quvchidan biror narsani noto'g'ri qilish qo'rquvini olib, uni o'rgangan narsalarini to'g'ri qo'llay olishiga ishontirish.

□ O'zaro ishonch hissini vujudga keltirish, negaki qo'rquvdan o 'quvchi shaxsiga salbiy ta'sir ko'rsatishini hisobga olgan holda darslarni tashkil etishi kerak.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Hozirgi vaqtda PIRLS ta'rifiga ko'ra, "o'qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma'no hosil qila olish qobiliyati hamdir". [5, 7]

PIRLS tadqiqoti tomonidan o'qish savodxonligiga berilgan ta'rif IEA xalqaroassotsiatsiyasining 2001-yildagi tadqiqotiga asoslangan bo'lib, unda o'qish savodxonligi "tushunish va shaxs tomonidan qadrlanadigan va/yoki jamiyat tomonidan talab etiladigan barcha yozma til shakllaridan foydalana olish qobiliyati" deb izohlangan. [6, 4]

Respublikamizda o'qituvchilar va o'quvchilar uchun 4 nomdagi metodik qo'llanmalar yaratilgan bo'lib, ularda PISA va PIRLS dasturlari haqidagi umumiy tushunchalar, namunaviy topshiriqlar, ularni bajarish bo'yicha tavsiyalar va baholash mezonlari o'z aksini topgan. "Xalqaro tadqiqotlarda boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligini baholash", "Xalqaro tadqiqotlarda o'quvchilarning o'qish savodxonligini baholash", "Xalqaro tadqiqotlarda o'quvchilarning matematik savodxonligini baholash", "Xalqaro tadqiqotlarda o'quvchilarning tabiiy fanlar bo'yicha savodxonligini baholash" deb nomlangan ushbu qo'llanmalar o'n ming adadda chop etilib, barcha umumta'lim muassasalariga yetkazib berildi.

XULOSA

PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun nima qilish kerak?

Yaxshi natijalar ko'rsatish uchun hech bo'lmaganda 2 maqsadga ega bo'lish kerak: birinchisi, o'qituvchilar va ular ishlaydigan, foydalanadigan materiallarni tayyorlashdir. Zero xalqaro tadqiqotlarda bejizga maktablarda ta'lim sifati o'qituvchilarning kasbiy darajasiga bog'liq, deb aytishmaydi. Demak, o'qituvchilarni tayyorlashga va yangi o'quv materiallarini yaratish kerak.

Xalqaro tadqiqotlardagi natijalarni yaxshilash uchun o'qituvchilarni maqsadli tayyorlash va ta'lim jarayonida o'qitish metodikasi va ustuvor tamoyillarni o'zgartirish zarur. Buning uchun biz o'qituvchilarni tayyorlashimiz, rivojlantiruvchi ta'limning yanada faol tizimini tatbiq etishimiz va o'qituvchilarni ta'lim jarayonida yanada muvaffaqiyatli foydalana oladigan materiallar bilan ta'minlashimiz kerak. eng muhimi va ta'lim tizimida, PISA va PIRLS tadqiqotlari topshiriqlari xususiyatlarini ochib beruvchi materiallar bilan to'plamlarni chop etdingiz. Endi esa bu vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirib, paydo bo'layotgan muammolarni hal qilish ustida ishlash kerak.

Xalqaro TIMSS baholash dasturlaridagi test topshiriqlarining nazariyasi 60-70 tadan topshiriqlarni

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT.MM.Y20M WWW.in-aCademy.UZ

o'z ichiga olib har bir o'quvchini 1000 ballik shkala bo'yicha baholab boriladi. Har bir savolga 1 baldan beriladi. Agar o'quvchi topshiriqni bajarganda matematika fanidan eng yuqori natijaga erishish uchun topshiriqda berilgan savollarga izoh yozish yoki tushuntirib yozish orqali javobni to'liq bajarish zarur bo'ladi.

ADABIYOTLAR:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 2019-yil 29-apreldagi PF-5217 sonli Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish choratadbirlari to'g'risida" 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish choratadbirlari to'g'risida" 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori.

4. Matchonov S. va boshqalar. O'qish kitobi. 4-sinflar uchun darslik. - Toshkent. Yangiyo'l polygraph service. 2020. 216b

5. Ina V.S.Mullis va Michail O. Martin. PIRLS -2021 baholash qamrov doirasi. Toshkent. Ta'lim sifatini baholash o'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi matbaa bo'limi. 2021. 97 b

6. Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi. Xalqaro tadqiqotlarda boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligini baholash.Boshlang'ich sinf o'qituvchilari, metodistlar va soha mutaxassislari uchun metodik qo'llanma. Toshkent. «Sharq» nashriyot-matbaa Aksiyadorlik kompaniyasi. 2019. 92 b.

7. Boshlang'ich ta'limga raqamli texnologiyalarni tatbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari. Xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjuman materiallari. 2021-yil 1-2-aprel. Buxoro-2021. -290 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.