UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA XALQARO BAHOLASH
DASTULARI
Hozirgi bozor iqtisodiyoti davrida rivojlanib borayotgan mamlakatlar o'z ta'lim tizimini rivojlantirish maqsadida xalqaro baholash dasturlarini ishlab chiqqan. Bu Xalqaro baholash dasturlari ta'lim tizimini mazmunan yangilash, innovatsion ta'lim muhitini yaratish, ta'lim sifatini orttirish hamda o'quvchilarning savodxonligini oshirishga katta yordam beradi.
Kalit so'zlar: Ta'lim sifati, PISA, PIRLIS, TIMSS, TALIS, kreaktiv, baholash, erkin fikrlash, savodxonlik darajasi, o'qish, mutaxassislar, bilim, ko'nikma, malaka.
UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA XALQARO BAHOLASH
DASTULARI
In today's market economy, developing countries have developed international assessment programs to improve their education systems. These international assessment programs will greatly help to update the content of the education system, create an innovative learning environment, improve the quality of education and increase student literacy.
Keywords: Quality of education, PISA, PIRLIS, TIMSS, TALIS, creative, assessment, free thinking, literacy, reading, professionals, knowledge, skills, qualifications.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti davrida rivojlanib borayotgan mamlakatlar o'z ta'lim tizimini rivojlantirish maqsadida xalqaro baholash dasturlarini ishlab chiqqan. Bu Xalqaro baholash dasturlari ta'lim tizimini mazmunan yangilash, innovatsion ta'lim muhitini yaratish, ta'lim sifatini orttirish hamda o'quvchilarning savodxonligini oshirishga katta yordam beradi. Xalqaro baholash dasturlari TALIS - Teaching and Learning International Survey PIRLS -The Progress in International Reading Literacy Study TIMSS - The Trends in International Mathematics and Science Study
Mehrangiz Ruystam qizi Qurbonova
Chirchiq davlat pedagogika instituti IV kurs talabasi
Ilmiy rahbar: Abdishukur Musayevich Shofqorov
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
PISA - Programme for International Student Assesment
kabi bir qator xalqaro dasturlar mavjud bo'lib, ular rivojlangan davlatlardagi ta'lim sifatini yanada oshirishdagi mezon sifatida keng qo'llanilmoqda.
ASOSIY QISM
Xalqaro baholash dasturlarining O'zbekistonda Respublikasiga ahamiyati.
So'nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo'lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o'z-o'zidan o'quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o'qituvchilarning har tomonlama ta'lim-tarbiyaga e'tiborini kuchaytirishni talab etadi. Yuqoridagi talablarning ta'lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta'lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg'or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi. Bunday ilg'or tajribalarni ta'lim tizimimizga jalb qilish o'quvchilarning bilim salohiyati oshirishga hamda kreaktiv o'ylashga katta yordam beradi.
O'zbekiston ta'lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishrirok etishi.
1.Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta'lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o'rni to'g'risida xulosalar chiqarish imkonini beradi.
2. Milliy ta'lim tizimini isloh qilish, ta'lim mazmunini, pedagog kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo'llaniladi.
3. Xalqaro tadqiqotlar ta'lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o'tkazishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
4. Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish imkonini beradi.
5. O'zbekistonda turli tashkilotlarning yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish orqali mahalliy mutaxassislarimizda monitoring tadqiqotlarini o'tkazish madaniyati rivojlanadi, ta'lim sifatini baholashning xalqaro standartlarga moslashuviga olib keladi.
6. Milliy ta'lim sifatini baholashdagi nazorat materiallarini xalqaro tadqiqotlarda qo'llaniladigan nazorat materiallari sifati darajasida ishlab chiqish imkonini beradi.
O'zbekiston 2021-yilda PISA xalqaro baholash mezoninida ishtirok etish ko'zda tutilgan.
PISA - o'quvchilarning ta'limiy yutuqlarini baholash bo'yicha xalqaro dasturdir. Bu dastur turli davlatlarda 15 yoshli o'quvchilarning savodxonligini (o'qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo'llash qobiliyatini
baholovchi dastur. Bu dastur 3 yilda bir marotaba o'tkaziladi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qo'llanilgan.
PISA - xalqaro baholsh mezoni beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha o'quvchilarning bilim sifati monitoring qilinadi. Tadqiqot yo'nalishlar:
- O'qish savodxonligi
- Matematik savodxonlik
- Moliyaviy savodxonlik
- Tabiiy-ilmiy savodxonlik
- Kompyuter savodxonligi
O'zbekiston quydagi uchta 1.o'qish savodxonligi, 2.matematik savodxonlik, 3.tabiiy-ilmiy savodxonlik yo'nalishlari bo'yicha ishtiroki etishi ko'zda tutilmoqda.
Bilimlarni qo'llay olish salohiyati.
PISA savolida o'quvchidan aniq bir ma'lumotni bilish talab qilinadigan savol berilmaydi.
Makondo
(Gabriyel Garsiya Markesning "Tanholikning yuz yili" romanidan parcha)
Makondo aholisi ham texnika asri ixtirolaridan bahramand bo'la boshladilar. Ular Auriliano Tristi poyezdda olib kelgan generatorning to'tovsiz tum-tumiga ko'nikishlari qiyin bo'lgan bo'lsa ham, generatordan quvvat olayotgan lampochkalarga tunlari uxlamay, termulib chiqishardi. Savdogar Don Bruno Krespi teatrda namoyish qilgan, har bir tamoshasi uchun chipta ikki sentavodan sotilgan jonli tasvirli filmlardagi bir filmda o'lib, qishloq ahlining qayg'usiga sababchi bo'lgan qahramonning boshqa filmda Arab savdogari qiyofasida paydo bo'lishi ularning g'azabini keltirib, teatrdagi o'rindiqlarning chilparchin bo'lishiga olib keldi. Shahar hokimi Don Bruno Krespi iltimosiga ko'ra o'tkazgan yig'ilishida filmlar ko'ngil ochish vositasi ekani, ular odamlarning bu darajada ehtiroslariga arzimasligi haqida ma'ruza qildi. Qishloq aholisi bu ma'ruzadan keyin o'zlarini lo'li ayolning hiylalariga aldangan odamlardek his qilib, o'z tashvishlari ham yetib turganda hayoliy mavjudotlarning muammolarini tamosha qilib, ular uchun ham jon kuydirish niyatlari yo'qligini bildirdilar va boshqa filmlarni ko'rishga kelmaslikka qaror qildilar.
1. Filmlarning qaysi jihati aholining jahli chiqishiga sababchi bo'ldi?
2. Nima uchun Makondo aholisi filmlarga boshqa kelmaslikka qaror qildilar?
3. Matn oxirida berilgan "hayoliy mavjudotlar" deganda nima nazarda tutilgan?
Siz Makondo aholisining filmlar haqidagi fikriga qo'shilasizmi? O'z fikringizni
o'zingizning filmlar haqidagi fikringiz va qishloq aholisi fikrini taqqoslash orqali izohlang.
2009 yilda o'tqizilgan o'qish savodxonligi bo'yicha PISA test namunasi.
XULOSA
Xulosa qilib shuni takidlash keraki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasi umum ta'lim tashkilotlarining PIRLS, TIMSS, PISA va TALIS xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ko'rish va ularda ishtirokini ta'minlash vazifalari belgilab berilgan. Shuningdek, "Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi"ga ko'ra, o'quvchilarni baholash xalqaro PISA dasturi reytingida O'zbekistonning 2030-yilga kelib, 30 ta ilg'or mamlakatlar qatoriga kirishiga erishish ko'zda tutilgan. Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2021-yildagi xalqaro baholash jarayonlariga munosib tayyorgarlik ko'rish, 348 ta Tayanch maktablarni tashkil etish va 6000 nafar o'qituvchilarning malakasini oshirish vazifalari belgilab qo'yilgan. Mazkur vazifalardan kelib chiqqan holda Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq ta'limi vazirligining qarori asosida Respublika bo'yicha Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko'rishga yo'naltirilgan.Qarorga ko'ra, Tayanch maktablari - hududdagi umumiy o'rta ta'lim muassasalarini ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko'rishga yo'naltirish bo'yicha asosiy metodik bazaga ega bo'lgan, doimiy harakatdagi o'quv mashg'ulotlar, seminar-treninglar, davra suhbatlarini tashkil etish, xalqaro baholash dasturlariga oid ilg'or xorijiy tajribalarni ommalashtirish ishlarini amalga oshiradigan muassasalar hisoblanadi. O'zbekiston PISA xalqaro baholash dastiriga qatnashishi YaIMning o'sishiga olib keladi. PISA bo'yicha to'plangan bahoning 50 ballga o'sishi har yillik Yalpi ichki mahsulot (YalM) ning 1% ga o'sishini ta'minlaydi. Bu esa mamlakatimizning yanada bozor iqtisodiyotiga kirib borishiga va ichki buyjetning oshishiga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" 2019 - yil 29 - apreldagi PF-5712 son Farmoni .
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 - yil 8 - dekabrdagi "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora - tadbirlari to'g'risida"gi 997-son qarori.
3. A.A.Ismailov, N.A.Karimov, G.O.Tog'ayeva "TIMSS 2019 xalqaro tadqiqotining Baholash qamrov doirasi" qo'llanma, "Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazining matbaa bo'limi", Toshkent, 2021- yil
4. A.A.Ismailov, X.R.Ahmedov, Q.A.Karimberdiyev "PISA 2018 xalqaro tadqiqotining O'qish savodxonligi qamrov doirasi" qo'llanma, "Ta'lim sifatini baholash bo'yicha
xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazining matbaa bo'limi", Toshkent, 2021- yil.
5. www.tdi.uz - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi veb sayti.
6. www.uzedu.uz -O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi veb sayti.