Научная статья на тему 'TA’LIMDA XALQARO TAJRIBALAR'

TA’LIMDA XALQARO TAJRIBALAR Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1046
121
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PISA / PIRLS / TIMSS / TALIS / TADQIQOT / XALQARO / TA'LIM

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Qudratova Sh.B., Qudratov T.B.

Ushbu maqola ta’lim tizimini rivojlantirishda rivojlangan mamlakatlarning tajribalaridan foydalanish, PISA, PIRLS, TIMSS va TALIS dasturlarida ishtiroki haqida.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIMDA XALQARO TAJRIBALAR»

ISSN 2223-4047

Вестник Maeucmpamypu. 2021. № 1-3 (112)

UDC 378

Sh.B. Qudratova, T.B. Qudratov TA'LIMDA XALQARO TAJRIBALAR

Ushbu maqola ta'lim tizimini rivojlantirishda rivojlangan mamla-katlarning tajribalaridan foydalanish, PISA, PIRLS, TIMSS va TALIS dastur-larida ishtiroki haqida.

Kalitso'zlar: PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS, tadqiqot, xalqaro, ta'lim.

Ta'lim sohasi tubdan yangilanayotgan O'zbekistonda ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqot-larda, PISA, PIRLS, TIMSS va TALIS dasturlarida ishtirok etib, xalqaro reytinglarda yuqori o'ringa ega davlatlar tajribasini o'rganish muhim ahamiyatga ega. Bu borada Rossiya Federasiyasida ham o'ziga xos tajriba shakllangan. 2022 -yilda O'zbekiston Xalqaro o'quvchilarni baholash dasturida (Program for International Student Assessment, PISA) ishtirok etadi. O'zbekistonni ushbu xalqaro dasturga tayyorgarlik ko'rishiga Rossiya ta'lim akademi-yasining Ta'limni rivojlantirish strategiyalari instituti Ta'lim sifatini baholash markazi ko'maklashmoqda. 24-25 avgust kunlari Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Jahon bankining READ dasturi doirasida Xalq ta'limi vazirligi va Rossiya Ta'lim strategiyalarini rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda «Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish — inson kapitalini rivojlantirish omili» mavzusida Rossiya ta'lim akademi-yasi Ta'limni rivojlantirish strategiyalari instituti Rossiya ta'lim sifatini baholash markazi rahbari Galina Kovaleva ishtirokida xalqaro onlayn vebinar o'tkazilgandi.

Respublika xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni o'rnatish, o'quvchi-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh av-lodning ijodiy g'oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo'llab-quvvatlash hamda rag'batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o'rinlarda Ta'lim inspeksiyasi deb ataladi), Xalq ta'limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Moliya vazirligining:

a) quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni (keyingi o'rinlarda xalqaro tadqiqot-lar deb ataladi) tashkil etish:

Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) — boshlang'ich 4-sinf o'quvchilarining matnni o 'qish va tushunish daraj asini baholash uchun;

Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) — 4 va 8-sinf o'quvchilarining matemat-ika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan o'zlashtirish darajasini baholash uchun;

The Programme for International Student Assessment (PISA) — 15 yoshli o'quvchilarning o'qish, ma-tematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash uchun;

The Teaching and Learning International Survey (TALIS) — rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'qitish va ta'lim olish muhitini hamda o'qituvchilarning ish sharoitlarini o'rganish uchun;

b) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazini (keyingi o'rinlarda Milliy markaz deb ataladi) tashkil etish to'g'risidagi takliflariga rozilik berilsin.

Mazkur qaror ijrosi joylarda tegishlicha amalga oshirilmoqda.

Davlat rahbari bir necha kun ilgari imzolagan "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilga-cha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmonida inson kapitalini shakllantirishning asosiy bo'g'ini bo'lgan tizimda amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar va ularni hayotga tatbiq etish yo'llari atroflicha belgilab berildi. Jumladan, unda mamlakatimizning 2030 yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) - o'quvchilarning ta'lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo'yicha xalqaro dastur reytingida jahonning 30 ta ilg'or mamlakati qatoriga kirishiga erishish vazifasi qo'yilgan.

Mamlakatingiz ushbu tadqiqotlarda ilk marotaba ishtirok etayotgani uchun hozircha aniq natijalar yo'q va bir narsa deyish qiyin. Lekin bu bo'yicha o'z taxminlarimni aytishim mumkin. Matematika va tabiiy fanlar bo'yicha natijalar o'qish savodxonligi bo'yicha ko'rsatkichlardan yuqori bo'ladi deb o'ylayman.

© Qudratova Sh.B., Qudratov T.B., 2021.

ISSN 2223-4047

BecmnuK Maeucmpamypu. 2021. № 1-3 (112)

Foydalanilgan adabiyotlar

l.Lex.uz 2.inFocom.uz

3.0'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi

QUDRATOVA SHAHNOZA BAXTIYOR QIZI - Guliston davlat universiteti Ta'lim va tarbiya nazaryasi (Bishlang'ich ta'lim), 1-bosqich magistranti.

QUDRATOV TOSHTEMIR BEKTEMIROVICH - Guliston davlat universiteti Tarix yo'nalishi 1-bosqich magistranti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.