Научная статья на тему 'UMUMIY FIZIKANI FIZIKA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARNI QO‘LLASHNING AVFZALLIGI'

UMUMIY FIZIKANI FIZIKA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARNI QO‘LLASHNING AVFZALLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
texnologiya / innovatsiya / metod / talaba / interferensiya / difraksiya / qutblanish / yorug’lik / to’lqin.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — I.M.Kokanbayev

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida qo’llaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar haqida so’z boradi hamda ularni amalda qo’llash bo’yicha Umumiy fizika kursining ”Optika” bo’limiga doir mavzular asosida amaliy taklif va tavsiyalar berib o’tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMIY FIZIKANI FIZIKA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARNI QO‘LLASHNING AVFZALLIGI»

UMUMIY FIZIKANI FIZIKA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARNI

QO'LLASHNING AVFZALLIGI I.M.Kokanbayev

F.-m.f.n.dotsent, Qo'qonDPI https://doi.org/10.5281/zenodo.10802250

Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'lim jarayonida qo'llaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar haqida so'z boradi hamda ularni amalda qo'llash bo'yicha Umumiy fizika kursining "Optika" bo'limiga doir mavzular asosida amaliy taklif va tavsiyalar berib o'tiladi.

Kalit so'zlar: texnologiya, innovatsiya, metod, talaba, interferensiya, difraksiya, qutblanish, yorug'lik, to'lqin.

Аннотация. В данной статье рассказывается о современных педагогических технологиях, используемых в образовательном процессе, и даются практические предложения и рекомендации по их практическому применению на основе тем раздела «Оптика» курса общей физики.

Ключевые слова: технология, инновация, метод, студент, интерференция, дифракция, поляризация, свет, волна.

Abstract This article talks about modern pedagogical technologies used in the educational process and gives practical suggestions and recommendations for their practical application based on the topics of the "Optics" section of the General Physics course.

Keywords: technology, innovation, method, student, interference, diffraction, polarization, light, wave.

Har bir qo'llanilgan texnalogiya o'quv jarayonining samarali va o'tilayotgan mashg'ulot bilan mos kelishligi ta'lim metodikasining diqqat markazida bo'lishi lozim. Hozirgi kunda zamonaviy pedagogik texnalogiyalarning qo'llanilish turlari bir nechta bo'lib, hammasi ham mashg'ulotlar (ma'ruza, seminar, amaliy, laboratoriya) ga mos kelishi, yoki moslashtirilganda qanday natijaga erishish mumkinligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, aniq fanlar ya'ni fizika fanining ma'ruza, amaliy, laboratoriya mashg'ulotlarida zamonaviy pedagogik texnalogiyalarning qo'llanilishi izlanuvchan pedagoglarga qay darajada qulaylik keltirayotganligi, katta auditoriyalarda (talabalar soni 60 ta) ham moslashtirilganda talabalar faoliyatini nazorat qilish mumkin ekanligini keltirib o'tmoqchimiz.

Gap yutuqlar haqida ketganda mashg'ulotga interfaol usullarni kiritish orqali erishiladigan muvoffaqiyotlarni ko'rib chiqish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Masalan: AQSh Milliy trenning markazining ma'lumotiga ko'ra;

Birinchidan, interfaol usul o'quvchining ongiga, tuyg'usiga, irodasiga ta'sir ko'rsatib, tafakkurini oshiradi.

Ikkinchidan, dars usullarida o'zlashtirish quydagicha:

Ma'ruza usulida 5%, o'zicha o'qish 10%, audio-video orqali o'qish 20%, ko'rgazma-namoyishlar orqali o'qish 30%, baxs-munozara orqali o'qish 50%,

Kichik guruhlarga bo'lib o'qish 60%, o'quv jarayonini amaliyot bilan bog'lash 75%, bir-birini, bola-bolani yakka tartibda o'qitish 90% ekanligini bilgan holda pedagogik texnalogiyalarning avzalik jihatlarini keltirib o'tmoqchimiz.

Har-bir mashg'ulotlarida axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlari, didaktik materiallarnini qo'llash bilan birga mavzularga mos holda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan aqliy hujum, bir-biridan so 'rash, B/BX/B jadvali - Bilaman/ Bilishni

hoxlayman/Bilib oldim, Venn diagrammasi, Insert va boshqa pedagogik texnologiyalarni qo'llash ta'lim samaradorligini oshirishga hizmat qilmoqda. Talabalarga, yuqoridagi texnalogiyalarning darslarda qo'llanilishi, katta auditoriyalarda talabalarni kichik guruhlarga bo'lib faoliyat ko'rsatishlarini nazorat qilish imkonini bersa, talabalarga esa kichik guruhlarda ishlash jarayonida muloqat madaniyatini rivojlanishi, o'zaro fikr almashinish, bir-birini tinglash, ko'nikmasini shakllantirmoqda.

Buning misolida umumiy fizikaning "Optika" bo'limidagi mavzularni o'qitishda ma'ruza mashg'ulotlaridagi zamonaviy pedagogik texnalogiyalarning qo'llanilish namunalarini keltirmoqchimiz. Bizga ma'lumki ma'ruza mashg'uloti katta auditoriyalarda o'tkaziladi. Ma'ruza mashg'uloti davomida ko'p holatlarda o'qituvchining diqqat markazi yangi bilim berishga qaratilgan bo'ladi. Bu holat o'qituvchining faqatgina so'zlovchi, talabalar esa tinglovchi bo'lib, ma'ruza darslaridagi faoliyatlari susayishiga olib keladi. Biz pedagoglar yuqoridagi holatlarni o'zgartirish maqsadida ya'ni talaba faqatgina tinglovchi emas, ba'lki ishtirokchi bo'lishi mumkinligini zamonaviy pedagogik texnalogiyalarni qo'llanilish misolida ko'rsatmoqchimiz. Masalan: yorug'lik difraksiyasi maruzasi oxirida hamda, Rengen nurlarining difraksiyasi mavzulari oxirida Venn diagrammasini qo'llash natijasida talabalar kichik guruhlarda ishlash imkoniyatiga, o'zlashtirgan bilimlarni tahlil qilishga, tizimli fikrlash mushohada qilish, solishtirish taqqoslash, yangi bilim olishda esa diqqatlarini jamlashga erishadi.

Huddi shunday, Masalan: Optika bo'limidagi "Yorug'likni qutblanishi. Malyus va Bryuster qonunlari" ma'ruza mashg'ulotida, yangi darsni boshlashdan oldin B/BX/B jadvalidan foydalanilanib yangi mavzuga munosabatini, talabalar kutuvini oydinlashtirib olish, mashg'ulot o'tkazilgandan so'ng esa, talabalarning yangi mavzuni o'zlashtirish darajalarini aniqlashtirib olish mumkin bo'ladi. Amaliy va labaratoriya darslarida o'qituvchi tomonidan mavzularga mos holda "Tezkor savollar", "Aqliy hujum", "Muommoli savollar" tuzib kichik gruxlarga tarqatish bilan talabalarning fanga qiziqishini orttirishda yaxshi samara beradi.

Yuqoridagi ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnalogiyalar qo'llanilishi natijasida talabalar mustaqil izlanuvchan, fikrlarini qo'rqmasdan mazmunli ifodalashni, o'zlariga bo'lgan ishonchni, ortiribgina qolmasdan ba'lki ilmiy ijodiyot olib borish ko'nikmasiga tayyorlanadilar.

B/BX/B jadvali

№ Mavzu savoli Bilaman(+) Bilishni hoxlayman(-) Bilib Oldim(+)

1 Tabiiy yorug'likni bilasizmi?

2 Qutblangan yorug'likni bilasizmi?

3 Yorug'likning qutblanishi deganda nimani tushinasiz ?

4 Qutblangan yorug'lik ni qo'llanilishini bilasizmi?

REFERENCES

1. L.V.Golish, D.M.Fayzullaeva. Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish. Innovatsion ta'lim texnologiyalar markazi. Toshkent. TDIU. 2010 y.

2. I.M. Kokanbayev. Optika. "Poligraf Super Servis" MChJ. Farg'ona. 2023 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.