Научная статья на тему 'UMUMIY FIZIKАDА TIZIMLI TАHLILNI АMАLGА ОSHIRISH USULLARI'

UMUMIY FIZIKАDА TIZIMLI TАHLILNI АMАLGА ОSHIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

217
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMIY FIZIKАDА TIZIMLI TАHLILNI АMАLGА ОSHIRISH USULLARI»

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

UMUMIY FIZIKADA TIZIMLI TAHLILNI AMALGA OSHIRISH

USULLARI

Abdullaev N.K, Xolboyev Y.X.

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent, O'zbekiston

nabdullayev9094@mail.ru

Fizik tizim-bir-biri bilan o'zaro bog'langan elementlar majmuasi bo'lib, fizik tadqiqotlar obyektidir [1]. Bunda tizimning elementi sifatida fizik jism yoki boshqa fizik tizimlar tushuniladi. Fizik tizimning atrof-muhit bilan ta'sirlashuvi, shuningdek, fizik tizimning alohida tashkil etuvchilarining o'zaro bog'lanishi fundamental fizik ta'sirlar orqali amalga oshiriladi (gravitatsiya, elektromagnit ta'sir, kuchli ta'sir, kuchsiz ta'sir) yoki fundamental (ishqalanish, elastiklik, og'irlik va b.)likka keltiruvchi o'zaro ta'sirlar orqali amalga oshiriladi. Atrof-muhitdan aniq fizik tizimni tanlash qaralayotgan masalaning maqsad va vazifasiga bog'liq bo'ladi.

Tizimli tahlil o'zida murakkab muammolarni o'rganish va hal etish metodologiyasini kasb etadi [2]. Bugungi kunda bu metodologiya amerikalik tadqiqotchilar va institutlar tomonidan keng o'rganilgan. Tizimli tahlilning eng asosiy tushunchalaridan biri bu tizim tushunchasidir. Butun tizim o'zi hosil bo'lgan tarkibiy qismlariga faol ravishda ta'sir ko'rsatadi va o'zining tabiatiga egadir.

Mexanik tizimlar £-erkinlik darajasi bilan aniqlanuvchi tizimlardir. Ularning holati umumlashgan koordinata va umumlashgan impulslar bilan aniqlanadi [3]. Mexanika masalalari mexanik tizimlarning xossalarini, xususan, vaqt bo'yicha evolyutsiyasini aniqlashga qaratilgan bo'ladi. Mexanik tizimlarga ko'pincha, moddiy nuqta, garmonik ossilyator, matematik mayatnik, fizik mayatnik, buraluvchi mayatnik, absolyut qattiq jism, deformatsiyalanuvchi jism, absolyut elastik jism misol bo'la oladi.

Umumiy fizikani nomutaxasislik yo'nalishlarida o'qitishda, ularni fanga qiziqtirish uchun o'qitish strukturasini, mazmunini, uning mavzulari bayonini tizimli tahlil asosida o'rganib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Tizimli tahlil asosida nomutaxasislik yo'nalishlarida umumiy fizikani ularning yo'nalishlariga moslashtirilgan holda o'qitish sifati va samaradorligini ta'minlaydi. Quyidagi jadvallarda biologiya va kimyo ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mavzular ta'lim yo'nalishlariga takommilashtirilgan.

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

1-jadval

№ Umumiy fizika Biologiya

1 Mexanika. Moddiy nuqta kinematikasi. Harakat qonunlari. Fizik va 566pulsli jarayonlarning uzviy bog'liqligi. Jonli mavjudodlarning harakat tezliklari. O'simliklarning o'sish tezligi. Tezlanishning tirik organizmga ta 'siri.

2 Moddiy nuqta dinamikasi. Kuch va massa, zichlik. Ishqalanish kuchi. Arximed kuchi. Turli organizlarning massalari. O'simlik va hayvonlar tarkibiga kiruvchi suyuqliklar zichligi. Baliqlarning suzishi.

3 Kuch va jism 566impulsi. Harakat miqdorining saqlanish qonuni. Meduza va sakkizoyoqlilar harakati. Reaktiv harakat.

4 Ish va quvvat, energiya. Yurakning ishi, ergometriya.

5 Sodda mexanizmlar. Inson qo'l va oyoq suyagi tuzilishi.Pastgi jag'faoliyati. Hayvon panjasi.

6 Tebranma harakat. Mexanik to 'lqinlar. Yuraksikli. Tovush to'lqinlari, eshitish organi tuzilishi, eshitish bo'sag'asi.

2-jadval:

№ Umumiy fizika Kimyo

1 Modda molekulalarining o'zaro ta 'siri va potensial energiyasi. MKN ning asosiy qoidlari. Nisbiy molekulyar massa. Atom to'g'risidagi ta'limotning rivojlanishi. Kimyo va ekologiya. Atom - molekulyar ta 'limot. Dalton, Lavuadze, Lomonosov ishlari.

Zamonaviv ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologivalarning dolzarb muammolari va vutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

2 Avogadro doimiysi. Avogdro qonuni. Modda miqdori va molyar massa. Modda miqdori. Mol. Avogadro doimiysi. Avagadro qonuni. Molyar massa.

3 Atomistik dunyoqarashning rivojlanishi. Atom tuzilishi. Tomson modeli. Rezerford tajribasi va formulasi. Atomning planetar modeli. Atom tuzilishi. Atom tuzilishi haqidagi nazariyalar. Radioaktivlik. Yadro reaksiyalari.

4 Elektron spini. Atom sistemasini xarakterlovchi kvant sonlar. Pauli prinsipi. Mendeleyev davriy sistemasiningfizikaviy tushuntirilishi. Atom orbitallar, kvant sonlar. Energetik pog'onalarda elektronlarning to'lib borish tartibi. Pauli prinsipi. Klechkovskiy qoidasi. Gund qoidasi.

5 Yadroning bog'lanish va solishtirma bog'lanish energiyalari. Yadroviy kuchlar. Yadro modellari. Kimyoviy bog'lanish turlari. Ion, metall, vodorod bog'lanishlar.

6 Elektrolitlar. Elektrolitik dissotsatsiya. Elektrolitlarda elektr toki. Elaktroliz uchun Faradey qonunlri. Elektroliz haqida ma 'lumot. Suyuqlanmalar va eritmalar elektrolizi. Elektroliz qonunlari.

REFERENCES

[1] В.Н.Романов.// Системный анализ. Санк-Петербург, СЗГЗТУ, 2006.

[2] В.Н.Чернышов, А.В.Чернышов.// Теория систем и Системный анализ: Учеб. пособие. Tамбов: ТГТУ, 2008.

[3] P.E.Wellstead.// Introduction to physical system modeling, Hamilton, 2005.

[4] N.Q.Abdullayev.// Fizikada tizimli tahlil asoslari: Monografiya. Renessans press, 2021.

[5] Rakhimov, S., Seytov, A., Nazarov, B., Buvabekov, B., Optimal control of unstable water movement in channels of irrigation systems under conditions of discontinuity of water delivery to consumers. IOP Conf. Series: Materials Science and Engineering 883

Zamonaviv ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va vutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

(2020) 012065, Dagestan, 2020, IOP Publishing D01:10.1088/1757-899X/883/1/012065 (№5, Scopus, IF=4,652)

[6] А. Kabulov, I. Normatov, A. Seytov and A. Kudaybergenov, "Optimal Management of Water Resources in Large Main Canals with Cascade Pumping Stations," 2020 IEEE International IOT, Electronics and Mechatronics Conference (IEMTRONICS), Vancouver, BC, Canada, 2020, pp. 1-4, DOI: 10.1109/IEMTRONICS51293.2020.9216402 (№ 6, Scopus, IF= 9.936).

[7] Shavkat Rakhimov, Aybek Seytov, Nasiba Rakhimova, Bahrom Xonimqulov. Mathematical models of optimal distribution of water in main channels. 2020 IEEE 14th International Conference on Application of Information and Communication Technologies (AICT), INSPEC Accession Number: 20413548, IEEE Access, Tashkent, Uzbekistan, DOI: 10.1109/AICT50176.2020.9368798 (AICT) pp. 1-4,(№ 6, Scopus, IF=3,557)

[8] А.V. Kabulov, A.J. Seytov, A.A. Kudaybergenov, Classification of mathematical models of unsteady water movement in the main canals of irrigation systems, International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology Vol. 7, Issue 4 , April 2020, ISSN: 2350-0328, India, pp. 13392- 13401.(№ 6, Web of science, IF=3,98)

[9] Sh.Kh.Rakhimov, A.J. Seytov, A.A. Kudaybergenov, Optimal control of unsteady water movement in the main canals. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology Vol. 7, Issue 4 , April 2020, India, ISSN: 23500328, pp. 13380-13391. (№ 6, Web of science, IF=3,98).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.