Научная статья на тему 'UMUM TA'LIM MAKTAB O'QITUVCHILARINING “TARBIYA” FANINI O'QITISHDAGI PEDAGOGIK MAHORATI'

UMUM TA'LIM MAKTAB O'QITUVCHILARINING “TARBIYA” FANINI O'QITISHDAGI PEDAGOGIK MAHORATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

67
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pedagog / mahorat / tarbiya / ma'naviy tarbiya / Vatanga sadoqat / milliy qadriyat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sevara Abdunosir Qizi Pardayeva

Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim o'qituvchilarining “Tarbiya” fanini o'qitishdagi pedagogik mahorati va shu bilan birgalikda darsni mazmunli, samarali tashkil etish uchun pedagoglardan talab qilinadigan malaka va mahorat talablari yoritilib berilgan. Maqola kirish qismi, asosiy qism, metodlar, munozara, natijalar qismi shuningdek, xulosadan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUM TA'LIM MAKTAB O'QITUVCHILARINING “TARBIYA” FANINI O'QITISHDAGI PEDAGOGIK MAHORATI»

UMUM TA'LIM MAKTAB O'QITUVCHILARINING "TARBIYA" FANINI O'QITISHDAGI PEDAGOGIK MAHORATI

Sevara Abdunosir qizi Pardayeva

DTPI Pedagogika fakulteti Pedagogika yo'nalishi talabasi

ANNOTASIYA

Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim o'qituvchilarining "Tarbiya" fanini o'qitishdagi pedagogik mahorati va shu bilan birgalikda darsni mazmunli, samarali tashkil etish uchun pedagoglardan talab qilinadigan malaka va mahorat talablari yoritilib berilgan. Maqola kirish qismi, asosiy qism, metodlar, munozara, natijalar qismi shuningdek, xulosadan iborat.

Kalit so'zlar: Pedagog, mahorat, tarbiya, ma'naviy tarbiya, Vatanga sadoqat, milliy qadriyat.

АННОТАЦИЯ

В данной статье освещены педагогические умения учителей общего среднего образования при преподавании предмета "Образование", а также требования к квалификации и умениям педагогов для содержательной и эффективной организации урока. Статья состоит из введения, основной части, методов, обсуждения, результатов и заключения.

Ключевые слова: Педагог, мастерство, подготовка, духовное воспитание, верность Родине, национальные ценности.

ABSTRACT

This article highlights the pedagogical skills of general secondary education teachers in teaching the subject of "Education", as well as the qualifications and skill requirements of pedagogues for meaningful and effective organization of the lesson. The article consists of an introduction, main part, methods, discussion, results and conclusion.

Keywords: Pedagogue, skills, training, spiritual education, loyalty to the Motherland, national value.

Kirish qismi. Bugun jadal rivojlanib borayotgan davrda, fan-texnika taraqqiyoti yosh avlod uchun juda katta imkoniyatlar yaratmoqda. O'sib kelayotgan yosh avlod oldiga tezkor qaror qabul qilish, tafakkurini rivojlantirish intellektual salohiyatini oshirish bilan birgalikda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga sodiq

375

bo'lishdek hayotiy talablarni qo'ymoqda. Bu borada yosh avlod o'z o'zligini anglash talab etiladi. Ma'lumki o'zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi va o'zligini chuqur anglagan millatdagina tarixiy xotira ustunlik qiladi. Bizning yurtimiz dunyodagi eng qadimgi madaniyat sivilizatsiyasi tashkil topgan hududlardan biri hisoblanadi. Tarixiy xotiraning muhim vasifasidan biri kishilarda o'zlikni anglash tuyg'usini tarbiyalash natijasida milliy g'urur va iftixorni vujudga keltirishdir. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qitiladigan "Tarbiya" fanini o'qitishda ajdodlarimizning ma'naviy merosidan foydalanish o'z navbatida kutilgan samarali natijalarga olib keladi. Mazkur "Tarbiya" fani bo'yicha o'quvchilarga sifatli ta'lim berish, ularni to'g'ri tarbiya yo'liga yo'naltirish, zarur bilim va hayotiy ko'nikmalarga ega bo'lishlariga, mustaqil hayotga moslashishlariga ko'mak ko'rsatish, turli vaziyatlarda huquqiy, ma'naviy mezonlarga asoslangan holda qaror qabul qilish ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan estetik jihatdan zamonaviy bezatilgan, qiziqarli va pedagogik-psixologik materiallarga boy dars jarayonini samarali tashkil etishni pedagogning mahoratiga yuklaydi[].

Asosiy qism. Tarbiya-aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asisida yosh avlodni har tomonlama kamol topdirishga, ularning ongini, ma'naviy axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon. O'qituvchi har tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalashda javobgar shaxs bo'lib, ma'naviy va axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o'rnak bo'la oladigan shaxs bo'lmog'i darkor. Pedagogik mahoratini namoyon eta olish yetuk o'qituvchi sifatida malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o'zini munosib hissasini qo'shmogi zarur. Pedagogik mahoratga ega bo'lish o'qituvchi uchun ta'lim-tarbiya harakatlarini samaradorligini ta'minlovchi zamin bo'lib qolmasdan, ayni vaqtda uning jamiyatdagi obro'sini ham oshiradi, o'quvchilarda o'qituvchiga nisbatan hurmat yuzaga keladi. Hozirgi kunda darsliklar, kommunikatsion axborot texnologiyalari qanchalik rivojlangan boim asin, pedagogik amaliyot, ta'lim - tarbiya ishlarining muvaffaqiyati baribir o'qituvchining bilimiga, uning kasbiy mahoratiga bog'liq. Shu nuqtai - nazardan respublikamiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov "Tarbiyachilarning o'ziga zamonaviy bilim berish, ularning Ta 'lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo 'Imaydigan dolz arb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, ta'lim - tarbiya tizimini o'zgartirishdagi asosiy muammo shu yerda. O'qituvchi o 'quvchilarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz.Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o'zi anashunday bilimga ega bo 'lishi kerak" - deb ta'kidlaydi. Pedagogik mahorat o'qituvchilar va tarbiyachilarga pedagogik kreativlik, pedagogik texnika, ta'lim-tarbiya jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarni o'zaro hamkorligi, muloqot olib borish taktikasi, nutq madaniyati tafakkuri, tarbiyachining ma'naviy va ma'rifiy shuningdek

376

tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va amalga oshirish, bu jarayonda xulq-atvorni va hissiyotni jilavlay olish xususiyatlarida namoyon bo'ladi.

K.D.Ushinskiy o'qituvchining mashaqqatli mehnatini tariflab shunday deydi: "Hali yetilmagan va fikri hayoli tarqoq bo'lgan o'ttiz yoki qirqta o'quvchini ongini butun dars davomida mashg'ul qilib turish uchun o'qituvchi o'z so'zlari va bergan masalalari to'grisida ko'p bosh qotirishi serdiqqat bo'lishi kerak. Mana shu sababdan bilimi bo'lgan har bir kishi o'qituvchi bo'lishga layoqatli bo'lavermaydi. Jamiyat tomonidan hamma vaqt ham yetarlicha ta'rif qilinmaydigan bu vazifani inson bilan ado qilish uchun zo'r matonat va mahorat talab qilinadi", - deb takidlab o'tadi Ushinskiyning bu so'zlaridan aynan mahoratli pedagoglarni qadrlashini ko'rishimiz mumkin. Mahoratli pedagoglarni sinf jamoasida, auditoriyada va turli jamoalarda o'zining munosib o'rnini topishini ko'rishimiz mumkin.

Metodlar qismi. Avvalo pedagoglar Tarbiya fani bo'yicha o'quvchilarga ta'lim berar ekan. "Tarbiya" fani uchun umumiy o'rta ta'limning Davlat Ta'lim Standarti bilan tanishib chiqadi. Ushbu davlat ta'lim standartining maqsadi- ma'naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. Davlat ta'lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat:

• "Tarbiya" fanining o'qitish jarayoniga umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida o'quvchilarni tarbiyalashning samarali shakli va usullarini joriy etish;

• "Tarbiya" fani bo'yicha o'quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy va pedagogik axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilarning malakasiga qo'yiladigan talablarni belgilash;

• "Tarbiya" fani orqali kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash;

• "Tarbiya" fani va uning pirovard natijalari, o'quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibkni belgilash

Yoshlarni intellektual salohiyatini namoyon etishi va shu bilan birgalikda yoshlarni Vatanga sadoqat tuyg'usi bilan ta'lim-tarbiyani yaxlitlikda tashkil etishi pedagogning mahoratiga bog'liq.

Munozara qismi. Biz maktab muammosiga eng yuqorida turuvchi masala deb qarashimiz kerak. Chunki maktab faqatgina ta'lim beradigan maskan emas. Tarbiya maskani ham demakdir. Maktab yuksak ma'naviyatli shaxslarni voyaga yetkazishda o'rni beqiyosdir. Maktabni shu bilan birgalikda bolalarni yoshligidan kasbga o'rgatuvchi dargoh deb qarashimiz darkor. Shuning uchun pedagog o'qituvchilar ham xatti-haraktini shunga monand amalga oshirishi kerak. Kelajakda yosh avloddan qanday shaxslar yetishib chiqishi albatta pedagogning pedagogik mahoratiga bogliq. Yoshlik insonning porloq kelajagi uchun tinimsiz harakat qiladigan, o'z chiroyini

377

hech qachon yo'qtmaydigan bahor kabidir. Bu davrda har bir berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o'zining salohiyatini oshirib borgan, jamiyatda munosib o'rin egallashga kirishgan yoshlarning kelajagi ham go'zal va yaxshi bo'ladi. Agar yoshlar o'z muvaffaqiyatlari bilan yurt ravnaqiga hissa qo'shayotgan tengdoshlaridan ibrat olsalar, jamiyat taraqqiyoti uchun o'zlarining ham mas'ulligini ham anglab yetadi. Yoshlarning kelajagi butun bir millatning shirin tashvishidir. Yoshlarni intellektual salohiyatini namoyon etishi va shu bilan birgalikda yoshlarni Vatanga sadoqat tuyg'usi bilan ta'lim-tarbiyani yaxlitlikda tashkil etishi pedagogning mahoratiga bog'liq.

Natijalar qismi. Donishmandlarning fikricha, tarbiyaning boshi- odob, yo'li insoniylik, bekatlari-to'g'riso'zlik, mehnatsevarlik, xushxulqlik, mardlik, mas'ullik, manzili esa baxt-saodat vodiysi sanaladi. Ha, go'zal tarbiya o'zida barcha insoniy fazilatlarni birlashtirib, kishining hayot yo'llarini nurafshon etadi. Bundan ko'rinadiki, adob-axloq meyorlarini o'zlashtirgan o'quvchining xulq-atvorida ma'naviy barkamollik va go'zal odob durdonalari shakllanadi. Bu esa, o'z navbatida, jamiyatimizda yuksak ma'rifatli insonlarning ko'payishiga xizmat qiladi. Yuqorida aytib o'tganimdek yoshlarda intellektual salohiyat bilan Vatanga sadoqat tuyg'ularini ta'lim-tarbiya jarayonida uyg'un olib boradigan bo'lsak, bugungi yosh avlod qay yurtda bo'lsa ham, boshqa insonlar majbur qilmasa ham, qilayotgan ishlaridan mukofot kutmasdan, o'z Vatanini himoya qila oladigan yosh avlodni voyaga yetkazishga va shuningdek ertangi kunda o'z yurtiga manfaati tegadigan shaxslar yetishib chiqadi deb ayta olamiz. Chunki ham Vatanga sadoqati, ham intellektual salohiyati mavjud bo'lgan yoshlarda ertangi kunda hech qachon yomonlik chiqmaydi. Biz pedagoglarning maqsadimiz ham shu- har tomonlama yetuk va barkamol bo'lgan shaxslarni tarbiyalash.

Xulosa. Dunyoga kelgan har bir inson-davlat uchun eng noyob boylikdir. Chunki insonda o'ziga xos boshqalarga o'xshamaydigan qobilyatlar yashiringan bo'ladi. Xuddi shu qobilyati yuzaga chiqsa, undagi iste'doddan butun jamiyat manfaatdor bo'ladi. Insondagi iste'dodni kashf qilishning vositasi - ta'lim. Tabiiy resurslar dunyo miqyosida deyarli adog'iga yetmiqda. Endilikda mamlakatlarning e'tibori inson aql-zakovatini "zabt etish"ga qaratilgan. Inson omili yuksalib jahon iqtisodiyoti tobora bilimga asoslangan sohalar ixtiyoriga o'tmoqda. Hozirgi jarayonlarda ko'proq bilim olib, ilg'or fikrlarni ilgari surish - muvaffaqiyat asosidir. Shunday ekan biz yoshlar bor imkoniyatimizni ilm yo'lida sarflashimiz darkor. Inson omili yuksalgani saying davlat ham taraqqiy etib boradi. Kreativ fikrlash yangi g'oyalar orqali insonlar hayotini yaxshilash, insonlar va imkoniyatlarni bir biri bilan boglash mahoratli pedagoglar tomonidan amalga oshiriladi. Pedagoglarni boshqa

378

pedagoglardan ajratib turadigan yagona farq ularni kreativligidir. Pedagoglar doim muvaffaqiyatlarga intilib harakat qilmog'i darkor. Shundagina ular rivojlanib borayotgan zamon bilan hamnafas pedagoglar bo'lib rivojlanib boraveradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Republikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni 2020-yil 23-sentyabr O'RQ-637-son

2. Umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilari uchun "Tarbiya" fani KONSEPSIYASI. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi qarori.

3. "Tarbiya" fani uchun umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartini tasdiqlash to'g'risida"gi Ozbekiston Xalq Ta'lim Vazirligining 2020-yil 14-oktabr 235-sonli Buyrug'i.

4. Karimov I.A. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotming poydevori. -Toshkent, 1997,7 - bet

5. XOLIQOV A. PEDAGOGIK MAHORAT Toshkent "IQTISOD-MOLIYA" 2011

6. TARBIYA Baxt va muvaffaqiyat sirlari. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 7-sinf o'quvchilari uchun darslik. Toshkent "Ozbekiston"-2020

7. "Tarbiya" fanini o'qitishda buyuk ajdodlarimiz merosidan foydalanish Halimova Dilbar "Toshkent"-2020

8. TARBIYA 9. Baxt va muvaffaqiyat sirlari. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 9-sinf o'quvchilari uchun darslik. Toshkent "Ozbekiston"-2020

9. Худойкулов, Х. Ж. (2021). Комил инсон фазилатлари. Т.:"Инновация-Зиё.

10. HAMROKULOVA, S. PROBLEMS OF IMPROVING THE MECHANISMS OF ENVIRONMENTAL EDUCATION IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS. ЭКОНОМИКА, 222-226.

379

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.