Научная статья на тему 'UCHINCHI RENESSANS POYDEVORI QURILISHIDA KLASTERLAR'

UCHINCHI RENESSANS POYDEVORI QURILISHIDA KLASTERLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

177
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
klaster va kooperatsiyalar / Uchinchi renessans / oliy ta’lim tashkilotlari / raqobatbardosh kadrlar / sanoat klasterlari / Texnopark. / clusters and cooperatives / the third renaissance / universities / competitive personnel / industrial clusters / technopark

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Maryambibi Djumaniyazovna Abdullayeva

ushbu maqolada davlatimiz rahbarining shaxsiy tashabbuslari bilan ―klasterlik instituti‖ hamma sohani qamrab olayotgani, shu jumladan qishloq xo’jaligida yer maydonlari to’liq xususiy klaster va kooperatsiyalarga berilishi natijasida paxtachilikda hosildorlik bir yilda o’rtacha 10 foizga oshganligi, g’allachilik, chorvachilik va meva-sabzavotchilik bo’yicha 500 ga yaqin klaster va kooperatsiyalar faoliyat yuritayotganligi haqida fikr yuritiladi. Bugungi kunda klaster tizimi maktabgacha ta’lim tizimiga zamon talablariga mos keladigan malakali pedagog-kadrlarni tayyorlash va rivojlantirishga yangicha yondashuvlarni amalga oshirish maqsadida oliy ta’limga ham joriy etilayotganligi hamda undan kutilayotgan natijalar haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IN THE CONSTRUCTION OF THE THIRD RENESSANCE FOUNDATION CLUSTERS

this article states that on the personal initiative of the head of state, the "cluster institute" covers all areas, including the transfer of agricultural land entirely to private clusters and cooperatives, which has resulted in an average increase in cotton yields of 10 percent per year, and now, in the grain, livestock, fruit and vegetable sectors, about 500 clusters and cooperatives operate. Today, the cluster system is being implemented in higher education in order to introduce new approaches to the training and development of qualified teachers in pre-school education system in accordance with modern requirements and expected results.

Текст научной работы на тему «UCHINCHI RENESSANS POYDEVORI QURILISHIDA KLASTERLAR»

UCHINCHI RENESSANS POYDEVORI QURILISHIDA

KLASTERLAR

Maryambibi Djumaniyazovna Abdullayeva

TVCHDPI "Maktabgacha ta'lim" kafedrasi o'qituvchisi

Annotatsiya: ushbu maqolada davlatimiz rahbarining shaxsiy tashabbuslari bilan "klasterlik instituti" hamma sohani qamrab olayotgani, shu jumladan qishloq xo'jaligida yer maydonlari to'liq xususiy klaster va kooperatsiyalarga berilishi natijasida paxtachilikda hosildorlik bir yilda o'rtacha 10 foizga oshganligi, g'allachilik, chorvachilik va meva-sabzavotchilik bo'yicha 500 ga yaqin klaster va kooperatsiyalar faoliyat yuritayotganligi haqida fikr yuritiladi. Bugungi kunda klaster tizimi maktabgacha ta'lim tizimiga zamon talablariga mos keladigan malakali pedagog-kadrlarni tayyorlash va rivojlantirishga yangicha yondashuvlarni amalga oshirish maqsadida oliy ta'limga ham joriy etilayotganligi hamda undan kutilayotgan natijalar haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: "klaster va kooperatsiyalar", "Uchinchi renessans", "oliy ta'lim tashkilotlari", "raqobatbardosh kadrlar", "sanoat klasterlari", "Texnopark"

В СТРОИТЕЛЬСТВЕ ТРЕТЬЕГО ФОНДА ВОЗДЕЙСТВИЯ

КЛАСТЕРЫ

Аннотация: в этой статье говорится, что по личной инициативе главы государства, «кластерный институт» охватывает все сферы, включая передачу земель сельскохозяйственного назначения полностью частным кластерам и кооперативам, в результате которого урожайность хлопка увеличивалась в среднем на 10 процентов в год, и сейчас, в зерновом, животноводческом, фруктовом и овощном секторах действует около 500 кластеров и кооперативов.

На сегодняшний день, кластерная система внедряется в высшем образовании с целью внедрения новых подходов к подготовке и развитию квалифицированных педагогов в системе дошкольного образования в соответствии с современными требованиями и ожидаемыми результатами.

Ключевые слова: «кластеры и кооперативы», «третье возрождение», «вузы», «конкурентоспособные кадры», «промышленные кластеры», «технопарк».

IN THE CONSTRUCTION OF THE THIRD RENESSANCE FOUNDATION CLUSTERS

Abstract: this article states that on the personal initiative of the head of state, the "cluster institute" covers all areas, including the transfer of agricultural land entirely to private clusters and cooperatives, which has resulted in an average increase in cotton yields of 10 percent per year, and now, in the grain, livestock, fruit and vegetable sectors, about 500 clusters and cooperatives operate.

Today, the cluster system is being implemented in higher education in order to introduce new approaches to the training and development of qualified teachers in pre-school education system in accordance with modern requirements and expected results.

Keywords: "clusters and cooperatives", "the third renaissance", "universities", "competitive personnel", "industrial clusters", "technopark".

"Hech shubhasiz, o'z kuchimiz va imkoniyatlarimizga bo'lgan ishonch bizni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ezgu maqsad yo'lida birlashtirib, yanada kuchli va mustahkam qilmoqda. Bu intilishlar ulkan amaliy ishlarga aylanib, buyuk xalq harakati tobora kengayib bormoqda.

Bunday qudratli safda bo'lishning o'zi katta baxt, katta sharafdir".

Shavkat Mirziyoyev

Davlat rahbari har safar Uchinchi renessans haqida gap boshlasa, yelkamizdagi ulkan mas'uliyat hissi biz professor-o'qituvchilarga tobora yaqqolroq sezilaveradi. Binobarin, Renessans poydevorining asosiy me'morlari o'qituvchilardir.

Shu nuqtai nazardan, oliy ta'lim tashkilotlari ilmiy va pedagogik jamoasi ham jamiyatda bo'layotgan islohotlardan chetda turmasdan, aksincha uning markazida bo'lishga haraqat qilishmoqda.

Bugungi kunda, Prezidentimizning shaxsiy tashabbuslari bilan "klasterlik instituti" hamma sohani qamrab olmoqda. Misollarga murojaat qiladigan bo'lsak, qishloq xo'jaligida yer maydonlari to'liq xususiy klaster va kooperatsiyalarga berilishi natijasida paxtachilikda hosildorlik bir yilda o'rtacha 10 foizga oshganligini, g'allachilik, chorvachilik va meva-sabzavotchilik bo'yicha 500 ga yaqin klaster va kooperatsiyalar faoliyat yuritayotganligini, Namangandagi tayyor kiyim-bosh, Yashnobod tumanidagi "Texnopark", G'ozg'ondagi dekorativ toshlar kabi sanoat klasterlari muvaffaqiyatli samara berayotganligining guvohi bo'lamiz.

Shunday ekan, bu tizim nega oliy ta'lim ostonasidan hatlab kirmasligi kerak, nega klaster tizimi tanlandi?! Ochig'i, bir yilda oliy ta'lim tashkilotlarini bitirgan yosh mutaxassislar soni bir necha yuz mingga yetadi, ammo bir paytning o'zida turli korxona va tashkilotlarda bo'sh ish o'rinlari soni ham oz bo'lmaydi. Biroq, tayyor mutaxassislar soni ko'p bo'lgani bilan ish beruvchilar talabiga javob beradigan yetuk mutaxassislar yetishmasligi dolzarb muammoga aylangani rost. Raqobatbardosh kadrlar yetarli emas.

Mazkur muammoni yechishning eng qulay yo'li - bitiruvchilarni ishga tayyor kadr sifatida tayyorlash choralarini ko'rish. Kadrlar raqobatini uyushtirish. Bitiruvchilarning soni barobarida ularning sifatiga e'tibor qaratish.

Maqsad — maktabgacha ta'lim tizimiga zamon talablariga mos keladigan malakali pedagog-kadrlarni tayyorlash va rivojlantirishga yangicha yondashuvlarni joriy etishdan iborat. Buning uchun talaba yaqin kelajakda o'z o'rnini topishi, o'zi tanlagan sohaning yetuk mutaxassisi bo'lib yetishishi uchun ish beruvchi va ta'lim muassasasi o'rtasida uzviy hamkorlikni yo'lga qo'yish pedagoglar jamoasining asosiy vazifalariga aylanishi shart.

Xulosa qilib aytganda, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti pedagoglari va professor-o'qituvchilari tashabbusi bilan ta'limda qo'llanilayotgan klaster tizimi ta'lim sohasida uchrashi mumkin bo'lgan bir qator masalalarning ijobiy hal bo'lishiga xizmat qilishi shubhasiz. Xususan, talabalar birinchidan, nazariy bilimlarini amaliyotga bog'lab ko'nikmalar oladi, ikkinchidan, bo'lajak ish joylarida o'z o'rnini topib, tayyor kadr sifatida mehnat faoliyatini yuritadi. SHu bilan birga, institut pedagoglari yordami bilan hamkorlik o'rnatilgan Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya tizimi yuqori darajaga ko'tarilishi uchun ham xizmat qiladi. Pirovardida, davlat rahbarimiz tomonidan ilgari surilgan "klasterlik instituti" oliy ta'lim dargohlarida o'zining to'laqonli harakatini boshlaydi.

REFERENCES

1. Sh.Mirziyoev. "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" Toshkent -"O'zbekiston" - 2016.56

2. Sh.Mirziyoev. "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz" . Toshkent -"O'zbekiston" -2016.488 b..

3. Sh.Mirziyoev. "Qonun ustuvorligi va inson manfaatlari ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq faravonligining garovi" . "Toshkent" -2016.488 b.

4. Sh.Mirziyoev. "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik -har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak" . Toshkent -"O'zbekiston" -2017.104 b.

5. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi. O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.

6. T.Javliev. An'analar — hayot sabog'i. - T., "O'zbekiston", 2012.

7. A.Avloniy. Turkiy Guliston yohud axloq. - T., "O'qituvchi", 2002.

8. U.Mahkamov. Axloq-odob saboqlari. - T., "Fan", 2015.

9. O.To'raeva. Odobnoma. - T., "O'qituvchi", 2005.

10. J.Yo'ldoshev. Ta'limimiz istiqboli yo'lida. - T., "Sharq", 2016.

11. . J.G'.Yo'ldoshev. O'quvchi ma'naviyatini shakllantirish (qo'llanma), T.,

12. Internet saytlari:

13. www.bilimdon.uz

14. www.ziyo net.uz

15. www.google.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.