Научная статья на тему 'TURLI TIZIMLI TILLARDA UZR SO’RASHNI IFODALOVCHI FONETIK, LEKSIK VA MORFOLOGIK TIL VOSITALARI'

TURLI TIZIMLI TILLARDA UZR SO’RASHNI IFODALOVCHI FONETIK, LEKSIK VA MORFOLOGIK TIL VOSITALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
156
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fonetika / leksika / morfologiya / uzr so`rash turlari / xususiyatlar / vositalar. / phonetics / lexics / morphology / types of asking apology / expressing means.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — D. Murotova

Ushbu maqolada fonetika, leksika va morfologiya haqida umumiy tushunchalar hamda muloqot jarayonida uzr so`rashning turlari va ularning fonetik, leksik, morfologik xususiyatlari va vositalariga to’xtanilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PHONETIC, LEXICAL AND MORPHOLOGICAL MEDIUM VYRAJENIYA IZVINENIY V RAZNOSISTEMNYX YAZYKAX

This article focuses on the general concepts of phonetics, vocabulary and morphology, as well as the types of apologies in the process of communication and their phonetic, lexical, morphological features and means.

Текст научной работы на тему «TURLI TIZIMLI TILLARDA UZR SO’RASHNI IFODALOVCHI FONETIK, LEKSIK VA MORFOLOGIK TIL VOSITALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TURLI TIZIMLI TILLARDA UZR SO'RASHNI IFODALOVCHI FONETIK, LEKSIK

VA MORFOLOGIK TIL VOSITALARI Murotova Dilnozaxon Xasan qizi

Farg'ona davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.7342818 Annotatsiya. Ushbu maqolada fonetika, leksika va morfologiya haqida umumiy tushunchalar hamda muloqot jarayonida uzr sorashning turlari va ularning fonetik, leksik, morfologik xususiyatlari va vositalariga to'xtanilgan.

Kalit so^zlar: fonetika, leksika, morfologiya, uzr sorash turlari, xususiyatlar, vositalar.

ФОНЕТИЧЕСКИЕ, ЛЕКСИЧЕСКИЕ И МОРФОЛОГИЧЕСКИЕ СРЕДСТВА ВЫРАЖЕНИЯ ИЗВИНЕНИЙ В РАЗНОСИСТЕМНЫХ ЯЗЫКАХ Аннотация. В данной статье основное внимание уделяется общим понятиям фонетики, лексики и морфологии, а также видам извинений в процессе общения и их фонетическим, лексическим, морфологическим особенностям и средствам. Ключевые слова: фонетика, лексика, морфология, типы извинения.

PHONETIC, LEXICAL AND MORPHOLOGICAL MEDIUM VYRAJENIYA IZVINENIY V RAZNOSISTEMNYX YAZYKAX Abstract. This article focuses on the general concepts of phonetics, vocabulary and morphology, as well as the types of apologies in the process of communication and their phonetic, lexical, morphological features and means.

Keywords: phonetics, lexics, morphology, types of asking apology, expressing means.

Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi fonetik, leksik, frazeologik, grammatik vositalarni tanlash va qo'llashda bir-birlaridan ma'lum darajada farq qiladilar. Har qanday til, eng avvalo, tovushdir. Har qanday tilni o'zlashtirish tovushlarni o'rganishdan boshlanadi.

Fonetika - tovushlarni o'rganadigon bolim. Uning asosiy maqsadi ingliz tilidagi tovushlar va sozlarni to'g'ri talaffuz qilishni o'rgatish, shuningdek, so'zlashuvchilar nutqini idrok etish qobilyatini rivojlantirishdir. Shuning uchun ingliz tilida to'g'ri gapirish va o'qishni o'rganish uchun ingliz alifbosini bilish va alohida fonemalarning talaffuzini va ularda ishlatiladigon so'zlarni o'rganish kerak.

Fonetikaning maqsadi fonetik birliklarning fizik-akustik, anatomik-fiziologik va lingvistik-funksional asoslarini o'rganish, ularning til mexanizmidagi rolini aniqlashdan iborat. Yuqorida aytib o'tilganidek, ingliz tilining o'ziga xos xususiyati mavjud harflar soniga mos kelmaydigan juda ko'p sonli tovushlardir. Ya'ni, bitta harf yaqin joylashgan harflarga qarab bir nechta fonemalarni yetkazishi mumkin. Shunga asoslanib, juda ehtiyotkorlik bilan va to'g'ri gapirish kerak. U yoki bu tovushni noto'g'ri ishlatish tushunmovchilikka olib keladi.

Ma'lumki, har bir inson xato qiladi va xatosini anglagan insongina kechirim so'raydi. Xatoni tan olish hatto o'z ona tilingizda ham qiyin. Undan ham qiyini kechirim so'rash uchun kerakli inglizcha so'zlarni tanlab olish. Ushbu maqola orqali yaqin kishingizdan, begona odamdan yoki boshlig'ingizdan uzr so'rash turlari haqida hamda uning fonetik, leksik va morfologik vositalari haqida ma'lumotlarga ega bo'lamiz.

Avvalo, chin dildan afsuslanish va kechirim so'rashdan tashqari vaziyatga qarab qo'llanilishi mumkin bo'lgan so'zni topishga to'g'ri keladi. Odatda, biz o'z his-tuyg'ularimizni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ifodalash uchun inglizchada kerakli so'zlarni topa olmaymiz. Yoki suhbatdoshimiz bizni noto'g'ri tushunishi mumkin va kechirish o'rniga yanada ko'ngli og'rishi mumkin. Hozir esa ingliz tilida kechirim so'rash uchun sorry, excuse va pardon so'zlarini kerakli joylarda ishlatilishini ko'rib chiqamiz.

Ingliz tilida kechirim so'rash — kichik xatolarni tan olishning eng mashhuri sorry "kechir" sozi orqali ifodalanadi.

Ingliz fonetikasi klassik talaffuzni oz ichiga oladi, ya'ni "aniq" qoidalarni hisobga olib so'z va iboralarni to'gri talaffuz qilishdan iborat. Sorry so'zining fonetik xususiyatlari shundan iboratki, sorry sozida 5 ta harf bor, lekin tovushlar soni 4 ta. Yozilish xususiyati bo'yicha 5 harfdan iborat so'z yoziladi, lekin tallaffuz qilinayotganda 4 ta tovush ishtirok etadi.

Sorry so'zini biz about va for predloglari bilan birga ishlatamiz. Quyida to'g'ri predlog tanlashni ko'rib chiqamiz:

To be sorry about — sodir bo'lgan biror hodisadan afsuslanish. I am sorry about your loss. — Sizning yo'qotishingizdan afsusdaman. Agar siz biror narsa qilgan bo'lsangiz va bu uchun kechirim so'rayotgan bo'lsangiz sorry for/about smth, ishlatishingiz mumkin.

I am sorry about/for bothering you. — Bezovta qilganim uchun kechiring. Sorry for ni biz kishiga nisbatan achinganimizda ishlatamiz. I feel sorry for him. — Men unga achinaman.

Agar uzr so'rashda samimiylikni va qattiq pushaymonlikni ifoda etmoqchi bo'lsak I'm sorry jumlasiga quyidagi so'zlarni qo'shib ishlatishimiz mumkin: so - juda, shunchalik darajada incredibly - judayam, ishonib bo'lmas darajada terribly - daxshatli really - haqiqatda genuinely - samimiy, chin dildan.

Masalan: I'm incredibly sorry for being so late. — Kech qolganim uchun judayam afsusdaman, kechiring.

Leksika (yun. lexis — so'zga oid, lug'aviy) — tildagi barcha so'zlar va iboralar yig'indisi, tilning lug'at tarkibi. Leksika ma'lum qonun-qoidaga bo'ysunuvchi izchil va murakkab tizimdan iborat. Til leksikasi to'xtovsiz o'zgarib turadi. Bu narsa lug'at tarkibida yangi so'zlarning paydo bo'lishi, mavjud so'zlardan ayrimlarining eskirib, iste'moldan chiqishi, leksik ma'nosini o'zgartirib, yangi ma'no kasb etishi kabi jarayonlarda ko'rinadi. Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy tuzumning o'zgarishi bilan uzviy bog'langan holda leksika boyib boradi.

Hozirgi kunda jamiyat taraqqiy etgani sari til boyligimiz ham ortib bormoqda. Yangi so'zlarning paydo bo'lishi nutqimiz yanada rang barang qilib turmoqda. Shu o'rinda uzr so'rashning kuchli va hissiy ma'nolari ham bunga misol bo'la oladi.

Sorry - biror bir kishidan qilgan aybi uchun kechirim so'rash ma'nosini bildiradi. Masalan: I am sorry for being late.

Excuse - biror kishini e tiborini tortishda foydalaniladi. Masalan: Can I have a definition, please?

Pardon - esa sorry va excuse leksemalaridan eng xushmuomala formaligi bilan ajralib turadi. Masalan: Pardon, can you repeat your last sentence, please. I could not catch you.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Morfologiya (yun. morphe — shakl va logiya) (tilshunoslikda) — 1) tilning morfologik qurilishi; 2) so'z shakllari haqidagi ta'limot. Birinchi ma'nosida ob'yektni anglatsa, ikkinchi ma'nosida tilshunoslikning shu ob'yektni o'rganuvchi bo'limini bildiradi.

Morfologiya so'z turkumlari, ularga xos grammatik ma'nolarni, har bir turkumga xos grammatik kategoriyalar, bu kategoriyalarni yuzaga keltiruvchi grammatik shakl va grammatik ma'nolar va sharxini o'rganadi. Til tizimdan iborat bo'lganidek, uning morfologiyasi ham o'ziga xos tizimni tashkil etadi. O'z navbatida, morfologik tizim ham o'ziga xos kichik tizimlardan tashkil topadi. Ulardan har birining mohiyati yoritilishi bilan, tilning morfologiyasi yaxlit holda, tizim sifatida o'rganiladi.

Har bir so'z turkumiga xos ichki tizimlarni shu turkumga xos morfologik kategoriyalar tashkil etadi. Morfologik kategoriyalar so'z turkumiga xos ma'lum bir hodisaga oid umumiy va xususiy ma'nolar va bu ma'nolarni ifodalovchi so'z shakllari birligidan iborat bo'ladi. Ana shu so'z shakllari va ularga xos umumiy va xususiy ma'nolar yoritilishi bilan muayyan morfologik kategoriyalarning mohiyati belgilanadi. Boshqacha aytganda, morfologik tizim ichidagi ichki tizimlardan birining mohiyati belgilanadi.

Ingliz tili grammatikasi o'zining murakkab va qoidalarining aniqligi bilan boshqa tillardan ajralib turadi. Bundan tashqari bir so'zning birdan ortiq ma'nolarining borligi hamda ularning o'z xususiyatlariga egaligi bilan farqlanadi.

Masalan, kechir so'zining bir nechta ma'nolari mavjud: sorry, excuse, pardon, apologize. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, har bir millatning o'z tili mavjud. Shu bilan birga ular o'z qonuniyatlariga ega. Ingliz tili grammatikasi ham murakkab bir tuzilishga ega. Rivojlanayotgan zaminda jamiyat bilan birga tilshunoslikning har bir yo'nalishi har jabhada yoyilib bormoqda. Bu esa ilm fanning ravnaq topib borayotganining isbotidir. Ushbu maqolada biz uzr so'rashning turli yo'llari, ularning fonetik, leksik va morfologik vositalar orqali ifodalanishi haqida qisqacha ma lumot berib o'tdik. Keyingi ishlarimizda ularga yanada kengroq to'xtalishga harakat qilamiz.

REFERENCES

1. Bozorboyev O'. O'ZME. Hozirgi o'zbek adabiy tili, 1-jild. - Toshkent, 2000

2. Djurayeva Y., Ayatov R., Shergey A. Current Problems and Resolutions of Teaching English Grammar. Academic research in educational sciences, 2020.

3. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. - Toshkent, 2000-2005

4. https://uz wikipedia.org

5. https://ziyonet.uz

6. Sharifjon To'lqin o'g A. et al. TA'LIM-TARBIYA TIZIMI VA O'QITUVCHILAR FAOLIYATIDA PSIXOLOGIK XIZMATNING AHAMIYATI //MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH. -2022. - Т. 1. - №. 11. - С. 57-60.

7. Саидов А. СОFЛОМ ВА БАРКАМОЛ ШАХСНИ ТАРБИЯЛАШНИНГ ИЖТИМОИЙ-ПСИХОЛОГИК МАСАЛАЛАРИ //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). - 2021. - Т. 1. - №. Special issue. - С. 262-266.

8. Саидов А., Джураев Р. Воспитание гармоничного поколения-роль спорта в формировании здорового образа жизни //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 2. - С. 203-208.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.