Научная статья на тему 'TURLI QISHLOQ XOʻJALIGI CHIQINDI XOM-ASHYOLARINI BIOTEXNOLOGIK QAYTA ISHLASH VA BIOPLENKA OLISH'

TURLI QISHLOQ XOʻJALIGI CHIQINDI XOM-ASHYOLARINI BIOTEXNOLOGIK QAYTA ISHLASH VA BIOPLENKA OLISH Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
somon / gʻoʻzapoya / makkajoʻxori soʻtasi / organik kislotalar.

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Tadjiyev Anvar Yuldashevich

Qishloq xoʻjaligi chiqindilarini biotexnologik qayta ishlash asosida bioplyonka (BP) olish va kimyoviy plyonkalarning (PET, PVX) tuproq va oʻsimliklarga ta’sirini kamaytirish asosiy dolzarb muammolardan biri boʻlib, tajribalar mobaynida turli qishloq xoʻjaligi chiqindi xom-ashyolar sinovdan oʻtkazildi va dastlabki manba sifatida foydalanildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURLI QISHLOQ XOʻJALIGI CHIQINDI XOM-ASHYOLARINI BIOTEXNOLOGIK QAYTA ISHLASH VA BIOPLENKA OLISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

TURLI QISHLOQ XOJALIGI CHIQINDI XOM-ASHYOLARINI BIOTEXNOLOGIK QAYTA ISHLASH VA BIOPLENKA OLISH

Tadjiyev Anvar Yuldashevich

Dotsent, UrDU https://doi.org/10.5281/zenodo.13842257

Annotatsiya. Qishloq xo'jaligi chiqindilarini biotexnologik qayta ishlash asosida bioplyonka (BP) olish va kimyoviy plyonkalarning (PET, PVX) tuproq va o'simliklarga ta'sirini kamaytirish asosiy dolzarb muammolardan biri bo'lib, tajribalar mobaynida turli qishloq xojaligi chiqindi xom-ashyolar sinovdan o'tkazildi va dastlabki manba sifatida foydalanildi.

Kalit so'zlar: somon, g'o'zapoya, makkajo'xori so 'tasi, organikkislotalar.

Mamlakatimiz qishloq xo'jaligini yanada rivojlantirishda mineral va organik o'g'itlar bilan bir qatorda biotexnologik preparatlar, bakterial o'g'itlar hamda biotexnologik usullarda yaratilgan o'simliklami ximoya qilish vositalarininr o'rni nihoyatda beqiyos. Qishloq xo'jaligi ekinlaridan yiliga 3 marta hosil olish imkoniyatining yuqoriligi va qulay iqlim sharotning mavjudligi hamda biotexnologik fan yutuqlarini agrar sohaga tatbiq etilishi natijasida yanada yuqoriroq natijalarni jumladan, paxta yetishtirishda 55-60 s/ga, kuzgi bug'doy va sholi yetishtirishda 80-100 s/ga yetkazish mumkinligi isbotlangan.

Asosiy strategik qishloq xo'jaligi ekinlaridan tashqari mamlakatimiz fermer, dexqon fermer xo'jaliklari hamda aholi tomorqa egalari tomonidan meva, sabzavot, poliz ekinlari xam yetishtirib kelionmoqda. Ayirim qisloq xo'jaligi ekinlarini erta bahorda plyonka ostiga ekish usuli keng qo'llaniladi. Bu usul esa noqulay iqlim sharoti va tuproq namligini ushlab turush orqali sezilarli darajada hosildorlikni oshirish sifatida qaraladi.

Ammo, kimyoviv plyonkalarning (PET, PVX) quyosh nuri ta'siri ostida va turli mexanik jarayonlar ta'siri tufayli parchalangan kimyoviy plenkalar tuproqda qolib ketishi uning ifloslanishi darajasini oshirmoqda [1,2]. Qadoqlash uchun juda ko'p turli xil materiallar, jumladan, metall, shisha, yog'och, qog'oz yoki pulpa, plastmassa yoki kompozit sifatida bir nechta materiallarning kombinatsiyasi qo'llaniladi. Ularning aksariyati foydalanish muddati tugagandan so'ng shahar chiqindi oqimlariga kiradi.

Yevropa Ittifoqi har yili 67 million tonnadan ortiq qadoqlash chiqindilarini ishlab chiqaradi, shu jumladan barcha qattiq maishiy chiqindilarning (QMCh) uchdan bir qismini tashkil qiladi [3, 4]. Buyuk Britaniyada har yili ishlab chiqariladigan 10,4 million tonna qadoqlash chiqindilarining 18 foizini plastmassalar tashkil qiladi (DEFRA 2007).

Tashlab qo'yilgan qadoqlash ham chiqindilarning juda aniq manbai bo'lib, chiqindilarni boshqarishda katta muammo tug'diradi [5, 6, 7, 8, 9, 10 ]. Dunyo mamlakatlarida qayta tiklanadigan, arzon va oson foydalanish mumkin bo'lgan manbalardan foydalanish tendentsiyas kuchayib bormoqda va turli kimyoviy moddalar ishlab chiqarish uchun organik va noorganik xom ashyo mahsulotlar keng o'rinni egalamoqda. Bunday xom ashyolar qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sanoati chiqindilari xam bo'lishi mumkin.

Ushbu chiqindilarni qayta ishlash bo'yicha samarali yo'nalishlar ozuqa va oziq-ovqat oqsillari, shakar, organik kislotalar, spirtlar, bioyoqilg'i, biologik faol birikmalar va boshqalar mikrobiologik va biotexnologik qayta ishlash hisoblanadi va ishlab chiqarishning atrof-muhitga bo'lgan ekologik ta'sirini kamaytiradi va [11].

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" 25-26 SEPTEMBER, 2024

1-jadval. Bioplyonka olish uchun dastlabki xom ashyolar manbasi

№ Xom-ashyo manbalari Parchalanish davriyligi, kun, oy, yil Foydalanish sohasi

1 Kungaboqar poyasi 10-15 Organik chiqindi

2 Kungaboqar savatchasi 18 Chorvachilik uchun yem-xashak

3 Bug'doy somoni 23-25 Chorvachilik uchun yem -xashak

4 G'o'za poyasi 2 oy Yoqilg'i, organik chiqindi

5 Makkajo'xori so'tasi 21 Chorvachilik uchun yem xashak, yoqilg'i,

6 Bug'doy yormasi 2-3 Chorvachilik uchun yem-xashak

7 Sholi somoni 25-30 Chorvachilik uchun yem- xashak

8 Sholi qipig'i 15-17 Organik chiqindi

9 Qayta ishlangan Shirinmiya po'sti 17-20 Organik chiqindi

10 Baliq tangachasi 5-7 Organik chiqindi

Olib borilgan tajribalar davomida mamlakatimozda mavjud bo'lgan mavjud xom-ashyo resurslariga e'tibor qaratilib, tuproqning namligiga bog'liq ravishda ularning o'rtacha parchalanish davriyligi turli xom-ashyo manbalarida turlicha ekanligi aniqlandi, 1-jadval. Jumladan xom-ashyo tarkibidagi suv miqdori qanchalik yuqori bo'lishi yoki tuproqdagi namlik darajasi qanchalik yuqori bo'lishi tajribadagi xom-ashyolarning parchalanish muddatini xam tezkashtirishi aniqlandi.

1-rasm. Qishloq xo'jaligi chiqindikari asosida olinag bioplyonka Olib borilgan tajribalar asosida qishloq xo'jaligi ekinlari uchun zarur bo'lgan va kimyoviy plyonkaning o'rninni bosadigan, tuproqni ekologik jihatdan ifloslamaydigan xamda biologik parchalanadigan bioplenka olishda manba sifatida foydalanish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Tadjiyev A. ^HmnoK xy^a^HrH HHKHHgHnapH acocuga GuonneHKa o^Hm. Biology and biotechnology of mikroorganisms ICMMB 2021, International conference of microbiology, 16-17 september, 2021, Tashkent, P-178

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS"

_25-26 SEPTEMBER, 2024_

2. Tadjiyev A. ^ишлок хужалиги чикиндилари асосида олинган биопленканинг парчаланиш даврийлиги. Biology and biotechnology of mikroorganisms ICMMB 2021, International conference of microbiology, 16-17 september, 2021, Tashkent, P-179

3. Тимирбаева Г.Р. Биоразлагаемые полимеры: тенденции развития рынка. // Вестник Казанского технологического университета, 2010 г., № 9., с. 724 - 727

4. Klingbeil M. Working document of biodegradable waste management Brussels: European Commission, 2000

5. Barnes D. K. A., Galgani F., Thompson R. C., Barlaz M. Accumulation and fragmentation of plastic debris in global environments. // Phil. Trans. R. 2009. - P.1985-1998.

6. Gregory M. R. Environmental implications of plastic debris in marine settings— entanglement, ingestion, smothering, hangers-on, hitch-hiking and alien invasions. //Phil. Trans. - 2009. - P.2013-2025.

7. Oehlmann J., et al. A critical analysis of the biological impacts of plasticizers on wildlife //Phil. Trans. R. Soc. - 2009. - №364, Р.2047-2062

8. Ryan P. G., Moore C. J., van Franeker J. A., Moloney C. L. Monitoring the abundance of plastic debris in the marine environment. //Phil. Trans. R. Soc. . - 2009. - № 364, Р.1999-2012

9. Teuten E. L., et al. Transport and release of chemicals from plastics to the environment and to wildlife. //Phil. Trans. R. Soc. -2009.- № 364, Р.2027-2045

10. Thompson R. C., Moore C. J., vom Saal F. S., Swan S. H. Plastics, the environment and human health: current, 2009.- р.368

11. М. М. Шамцян, Б. А. Колесников, А. А. Клепиков, О. В. Касьян. Биотехнологическая переработка отходов сельского хозяйства и пищевой промышленности. Рос. хим. ж. (Ж. Рос. хим. об-ва им. Д.И. Менделеева), 2011, т. LV, № 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.