Научная статья на тему 'TURKIY DUNYO ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI KONTEKSTIDA OZARBAYJONNING TURIZM SALOHIYATI TAHLILI'

TURKIY DUNYO ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI KONTEKSTIDA OZARBAYJONNING TURIZM SALOHIYATI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turizm / tusitik salohiyat / resurs / tahlil / turist / turistik destinatsiya.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — M. X. Soxibova

Ozarbayjon o‘zining boy madaniy merosi, noyob tabiiy resurslari va rivojlanib borayotgan infratuzilmasi tufayli katta turistik salohiyatga ega. Ammo, chekka hududlarda infratuzilmaning yetishmasligi, ekologik xavf-xatarlar tufayli muammolarga duch kelmoqda. Ushbu maqolada Turkiy dunyo zamonaviy muammolari va istiqbollari kontekstida Ozarbayjonning turizm salohiyati tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURKIY DUNYO ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI KONTEKSTIDA OZARBAYJONNING TURIZM SALOHIYATI TAHLILI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "THE SILK ROAD: COOPERATION THROUGH THE PRISM OF TOURISM"

OCTOBER 10-11, 2024

TURKIY DUNYO ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI KONTEKSTIDA OZARBAYJONNING TURIZM SALOHIYATI TAHLILI

M. X. Soxibova

Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti, Toshkent, O'zbekiston ORCID: https://orcid.org/ 0009-0003-6868-1770 https://doi.org/10.5281/zenodo.13901975

Annotatsiya. Ozarbayjon o'zining boy madaniy merosi, noyob tabiiy resurslari va rivojlanib borayotgan infratuzilmasi tufayli katta turistik salohiyatga ega. Ammo, chekka hududlarda infratuzilmaning yetishmasligi, ekologik xavf-xatarlar tufayli muammolarga duch kelmoqda. Ushbu maqolada Turkiy dunyo zamonaviy muammolari va istiqbollari kontekstida Ozarbayjonning turizm salohiyati tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: turizm, tusitik salohiyat, resurs, tahlil, turist, turistik destinatsiya.

Аннотация. Азербайджан обладает значительным туристическим потенциалом благодаря своему богатому культурному наследию, уникальными природными ресурсами и развивающейся инфраструктуре. Однако, страна сталкивается с проблемами, такими как недостаток инфраструктуры в удаленных районах и экологические угрозы. В данной статье анализируется туристический потенциал Азербайджана в контексте современных проблем и перспектив тюркского мира.

Ключевые слова: туризм, туристический потенциал, ресурс, анализ, турист, туристская дестинация.

Abstract. Azerbaijan has significant tourism potential due to its rich cultural heritage, unique natural resources, and developing infrastructure. However, the country faces challenges such as insufficient infrastructure in remote areas and environmental risks. This article analyzes Azerbaijan's tourism potential in the context of contemporary challenges and opportunities in the Turkish world.

Keywords: tourism, tourism potential, resource, analysis, tourist, tourist destination.

Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo boshqa mamlakatlardan farli o'laroq, Ozarbayjonda mehmondo'stlik sanoati yetarlicha yaxshi rivojlanmagan [2]. Ammo so'nggi yillarda, Ozarbayjon hukumati turizm sektorini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratmoqda, mamlakatning turizm salohiyati undagi madaniy meros, tabiat, diqqatga sazovor manzillar, Sharq va G'arb madaniyatlarining o'ziga xos uyg'unligini o'zida mujassam etadi. Mamlakatning turistik salohiyati undagi tabiat, turistik destinatsiyalar, tarix va madaniyat, mahalliy ovqatlar hamda iqlim kabi omillarga asoslanadi. Mavjud turistik resurslardan unumli foydalanishda hukumat faol ishtirok etib kelmoqda [1].

Yildan yilga mamlakatga tashrif buyuradigan sayyohlarning soni ortib bormoqda. 1-rasmda 2018-2023-yillar kesimida Ozarbayjonga tashrif buyurgan turistlar soni berilgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "THE SILK ROAD: COOPERATION THROUGH THE PRISM OF TOURISM"

OCTOBER 10-11, 2024

Pandemiyagacha bo'lgan davrda sayyohlar soni ortib borgan bo'lsa-da, COVID-19 pandemiyasi tufayli sayyohlar soni qariyb 4 marta kamaygan. Karantin cheklovlari kamaygach, turizm asta-sekinlik bilan tiklanib bormoqda, ammo pandemiyagacha bo'lgan holat hozirgacha tiklangani yo'q. 2023-yilda Ozarbayjonga 2, 58 million kishi tashrif buyurgan, bu ko'rsatkich 2022-yilga nisbatan 30,2 % ga oshgan.

Ozarbayjonda turistlar tashrif buyurishi mumkin bo'lgan manzillar ko'p, ulardan eng mashhur yo'nalishlar 1-jadvalda berilgan.

1-jadval

Ozarbayjondagi mashhur turistik manzillar [4]

T/r Shahar Mashhur manzillar

1. Baku Eski Shahar (Icheri Sheher), Fontanlar maydoni, Flamen Tauers

2. Gobustan Gobustan milliy bog'i

3. Sheki Xon saroyi, karvon saroy

4. Gyandja Djevat Xon maqbarasi, Gyandja botanika bog'i

5. Lenkoran Lenkoran mayog'i, Lenkoran issiq buloqlari

6. Naftalan Kurortlar

7. Gusar Gusar milliy bog'i

8. Xankendi (Stepanakert) Shahar markazi

9. Zagatala Zagatal milliy bog'I, Geladjik qishlog'i

10. Shamaxi Dervish Ali maqbarasi, Shamaxi observatoriyasi

Yuqoridagi manzillar mamlakat turizm salohiyatining faqatgina bir qismini tashkil etadi. Bundan tashqari, Ozarbayjon o'ndan ortiq, jumladan, tarixiy, gastronomik, tog', kurort, madaniy turlarni taklif etadi.

Mamlakat turizmni rivojlantirishga alohida e'tibor berayotganligiga qaramay, mamlakatning turizm sektorida bir qancha muammolar mavjud, xususan, infratuzilmaning yaxshi rivojlanmaganligi, xalqaro reklama va marketingning sustligi va hokazo. 2-rasmda Ozarbayjonning turizm salohiyatining SWOT tahlili keltirilgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE THE SILK ROAD: COOPERATION THROUGH THE PRISM OF TOURISM'

OCTOBER 10-11, 2024

Strengths (kuchli tomonlar)

• Tabiat;

• Tarixiy yodgorliklar;

• Madaniy meros;

• Kurortlar

Weaknesses (zaif tomonlar)

• Infratuzilma;

• Xalqaro reklama;

• Siyosiy va iqtisodiy barqarorlik

Threads (tahdidlar)

• Tabiiy ofatlar;

• Geosiyosiy holatlar

Opportunities (imkoniyatlar)

• Ekoturizm;

• Madaniy turizm;

• Rekreatsion turizm;

• Gastronomik turizm

2-rasm. Ozarbayjon turizm salohiyatining SWOT tahlili

Ozarbayjonning turizm salohiyatini SWOT tahlili orqali baholashda mamlakatning kuchli va zaif tomonlarini, imkoniyatlar va tahdidlarni aniqlash mumkin.

Mamlakat turizm salohiyatining kuchli tomonlari sifatida uning tabiati (to'rt xil iqlim zonasi va tog'li hududlari, jumladan, Kaspiy dengizi qirg'oqlari va qorli tog'lar, turizm uchun jozibador), tarixiy yodgorliklari (qadimiy obidalar, arxitekturaviy yodgorliklar va tarixiy shaharlardagi obidalar, masalan, Baku va Sheki shaharlaridagi yodgorliklar), madaniy merosi (xalq san'ati va urf-odatlari turistlar uchun qiziqarli) va kurortlarini (Naftalan) olish mumkin.

Mamlakatda turizmning zaif tomonlari quyidagilarda ko'rinadi:

1. Infratuzilma:

• transport Tarmoqlari: ba'zi hududlarda transport infratuzilmasi va yo'l sharoitlari yetarlicha rivojlanmagan;

• joylashtirish vositalarida xizmat ko'rsatish sifatining pastligi: ba'zi turistik manzillarda mehmonxona xizmatlari va turistik infratuzilma past darajada rivojlangan.

2. Xalqaro Marketing va Reklama -xalqaro miqyosda Ozarbayjon turizmi yetarlicha tanilmagan va reklama faoliyati past;

3. Siyosiy va Iqtisodiy Barqarorlik: mintaqadagi siyosiy muammolar va barqarorlik muammolari turizmga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Ozarbayjonda ekoturizm, tarixiy, gastronomik, madaniy, kurort, tog', rekreatsion turizmni rivojlantirish imkoniyatlari katta. Tabiiy ofatlar va geosiyosiy muammolar mamlakatda turizmni rivojlantirishda tahdid bo'lishi mumkin.

Ozarbayjonning turizm salohiyati, albatta, kuchli va imkoniyatlarga ega, ammo yuqoridagi kamchiliklar va tahdidlarni hisobga olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqish zarur. Bu orqali mamlakatning turizm sektori yanada rivojlanishi mumkin.

Ozarbayjonning tabiiy go'zalliklari, jumladan tog'lar, qirg'oqlar va geyzerlar, turizmni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Tabiiy resurslarning diversifikatsiyasi va ulardan foydalanish turistlarni jalb qilishda muhim rol o'ynaydi. Bundan tashqari, boy tarixiy va madaniy merosi, qadimiy obidalar va madaniy tadbirlar turistlarning e'tiborini jalb qilishda muhim ahamiyatga ega. Bu aspektlar mamlakatning turistik brendini mustahkamlashga yordam beradi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "THE SILK ROAD: COOPERATION THROUGH THE PRISM OF TOURISM"

OCTOBER 10-11, 2024

Naftalan kabi maxsus kurortlar va sog'liqni saqlash xizmatlari rekreatsion turizm yo'nalishida raqobatbardoshlikni oshirish imkoniyatini taqdim etadi.

Ammo joylashtirish vositalari va transport infratuzilmasining ba'zi hududlarda rivojlanmaganligi va xalqaro marketing strategiyalarining yetarli darajada rivojlantirilmaganligi sektorning o'sishini cheklashi mumkin. Mintaqadagi siyosiy va iqtisodiy muammolar turizm sohasida xavf tug'dirishi mumkin.

Ozarbayjonda turizm sektorini yanada rivojlantirish uchun quyidagi tavsiyalarni berish mumkin:

1. Transport va mehmonxona xizmatlarini yaxshilash orqali turistlarning tajribasini yaxshilash va qulayliklarni ta'minlash.

2. Marketing Strategiyalarini Takomillashtirish. Ozarbayjonning xalqaro miqyosda tanilishini oshirish va turistik marketing faoliyatlarini kuchaytirish.

3. Siyosiy va Iqtisodiy Barqarorlikni Ta'minlash. Siyosiy va iqtisodiy muammolarni hal etish uchun strategiyalar ishlab chiqish va amalga oshirish.

4. Ekologik Barqarorlik. Tabiiy resurslarni saqlash va ekologik muammolarni kamaytirish uchun choralar ko'rish.

Ozarbayjonning turizm sektori, to'g'ri strategiyalar va choralar orqali o'zining mavjud salohiyatini yanada kengaytirishi va global miqyosda jozibadorligini oshirishi mumkin.

REFERENCES

1. Ахмедова, И. И., and Г. Дж Джафарова. "Лечебно-оздоровительный туризм и его перспективы в Азербайджанской республике." Приволжский научный вестник 8 (60) (2016): 77-82.

2. Гасанов Арзу Наджаф Оглы. "Государственное регулирование развития туризма в Азербайджане." Общество. Среда. Развитие (Terra Humana) 2 (2012): 14-18.

3. https://stat.gov.az/source/tourism/?lang=en

4. https://azculture.uz/ru/nashi-proyekti.php?link=turizm

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.