Научная статья на тему 'ZIYORAT TURIZMIDA RESURSLARNI SAMARALI BOSHQARISH ORQALI TURISTIK SALOHIYATNI OSHIRISH YO‘LLARI'

ZIYORAT TURIZMIDA RESURSLARNI SAMARALI BOSHQARISH ORQALI TURISTIK SALOHIYATNI OSHIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
19
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turizm / ziyorat turizmi / halol standartlar / tur / sayyoh / ziyoratgoh / madaniy meros / turistik resurs / turistik salohiyat.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Soxibova Muslimaxon Xolmatjon Qizi

Ushbu maqolada ziyorat turizmining bugungi kundagi roli, xalqaro turistik bozordagi ulushi, ziyorat turizmi resurslarini samarali boshqarish, turistik salohiyatni oshirish, , O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish muammo va istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada ziyorat turizmini rivojlantirishda xorij malakasi va uni mamlakatimizga joriy etish usullari ham tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZIYORAT TURIZMIDA RESURSLARNI SAMARALI BOSHQARISH ORQALI TURISTIK SALOHIYATNI OSHIRISH YO‘LLARI»

ZIYORAT TURIZMIDA RESURSLARNI SAMARALI BOSHQARISH ORQALI TURISTIK SALOHIYATNI OSHIRISH YO'LLARI Soxibova Muslimaxon Xolmatjon qizi

O'zbekiston Respublikasi Turizm qo'mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot

instituti doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11097180

Annotatsiya. Ushbu maqolada ziyorat turizmining bugungi kundagi roli, xalqaro turistik bozordagi ulushi, ziyorat turizmi resurslarini samarali boshqarish, turistik salohiyatni oshirish, , O'zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish muammo va istiqbollari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada ziyorat turizmini rivojlantirishda xorij malakasi va uni mamlakatimizga joriy etish usullari ham tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: turizm, ziyorat turizmi, halol standartlar, tur, sayyoh, ziyoratgoh, madaniy meros, turistik resurs, turistik salohiyat.

Аннотация. В данной статье рассматривается роль паломнического туризма, его доля на международном туристском рынке, эффективное управление ресурсами паломнического туризма, повышение туристского потенциала, проблемы и перспективы развития паломнического туризма в Узбекистане. Также в статье анализируется зарубежный опыт развития паломнического туризма и пути его внедрения в нашей стране.

Ключевые слова: туризм, паломнический туризм, стандарты халяль, тур, турист, паломничество, культурное наследие, туристский ресурс, туристский потенциал.

Abstract. This article analyzes the role of ziyarah tourism, its share in the international tourist market, effective management of tourism resources, increasing touristic potential, problems and prospects for the development of ziyarah tourism in Uzbekistan. The article also describes foreign experience in the development of halal tourism and ways of implementing in our country.

Keywords: tourism, ziyarah tourism, halal standards, tour, tourist, shrine, cultural heritage, tourist resource, tourist potential.

Xalqaro turizm bozorida so'nggi 20 yil ichida turistlar yangi yo'nalish va manzillarni kashf qilishga intilishi, shuningdek, ularning diniy e'tiqodi va qadiyatlariga mos keladigan xizmatlarga ehtiyoji ortib borayotganligi ko'zga tashlanmoqda. Ziyorat turizmiga bo'lgan ehtiyoj bozordagi ana shunday tendensiya tufayli vujudga keldi.

Xalqaro turistlarning 11 % ni musulmonlar tashkil etadi, musulmon sayyohlar bozori esa 200 milliard AQSh dollariga baholanadi, shu sababli, musulmon bo'lmagan mamlakatlar ham ziyorat turizmi xizmatlarini taklif qilmoqda. Yevropa Ittifoqi, Afrika Ittifoqi va dunyoning boshqa mamlakatlari tomonidan ziyorat turizmida muhim ahamiyatga ega bo'lgan "halol" standartlar turistik yo'nalishning bir qator resurslarini qamrab oladi: turar-joy, transport xizmatlari, oziq-ovqat, ichimliklar, marketing, bankva moliya, san'at, madaniyat, sug'urta, biznes, kiyim-kechak va hokazo. Ziyorat turizmi mehmondo'stlik sanoatiga valyuta tushumlarini oshirishga xizmat qiluvchi muvaffaqiyat ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi, shuningdek, mamlakatga tashrif buyurgan musulmon sayyohlar uchun qulaylik va xavfsizlikni ta'minlaydi.

Turizmning kelib chiqishi uzoq o'tmishga borib taqaladi va sayyohlarning ilk motivlaridan biri diniy obyektlarga ziyoratni amalga oshirishdan iborat ekanligi ko'plab ilmiy adabiyotlarda o'z aksini topgan. Biroq, islomiy turizm yaqin tarixda paydo bo'lgan hodisa sifatida e'tirof etiladi (shu

o'rinda haj va umra uchun amalga oshiriladigan sayohatlar alohida kategoriya sifatida qaraladi). Islomiy turizm bozori halol mahsulotlarning xilma-xilligi, daromad darajasi, joylashuvi va etnik kelib chiqishi bilan ajralib turadi.

So'nggi paytlarda xalqaro miqyosda islom iqtisodiyotining rivojlanishi nafaqat moliya va islom banki, balki turizmga ham o'z ta'sirini ko'rsatdi. Dastlab ziyorat faqatgina haj va umra amallarini bajarishga qaratilgan turni o'z ichiga olgan bo'lsa, bugungi kunda faqatgina diniy amalni bajarish mohiyatidan uzoqlashgan paradigmani boshdan kechirmoqda, ya'ni umumiy sayohat jarayoniga shariat tamoyillari integratsiyalashuvi kuzatilmoqda.

Aynan shunday tendensiyani Indoneziyaning iqtisodiyotida kuzatishimiz mumkin. 2019-yilda Indoneziya turistik xarajatlarining 84 % ichki turizm hissasiga to'g'ri keldi. Post-pandemiya sharoitida Indoneziya turizm sektori barqaror tiklanish holatini qayd etmoqda. Prognozlarga ko'ra, 2024-yilda mamlakat pandemiyadan avvalgi holatini to'liq tiklaydi. Bundan tashqari, Malayziyada ham islomiy turizm turizmning eng asosiy yo'nalishi hisoblanadi va sektor qariyb 3,5 million aholini ish bilan ta'minlaydi.

Turizmning aynan ziyorat yo'nalishi faqatgina musulmonlarga qaratilgan emas, ya'ni musulmon bo'lmagan turistlar ham shariatga muvofiq xizmatlardan foydalanishlari mumkin. Ziyorat turizmi diniy obyektlar va ziyoratgohlar bilan bir qatorda, yordamchi obyektlar: halol ovqatlanish, halol joylashtirish vositalari va ibodat uchun joylarni o'z ichiga oladi. Umuman olganda, turistik mahsulot va xizmatlar shariat va axloq qoidalariga zid bo'lmasa, ziyorat turizmning boshqa turidan farq qilmaydi. Uning asosiy farqlarini esa 1-jadvalda ko'rish mumkin.

1-jadval

Odatiy, diniy va ziyorat turizmining farqli jihatlari

T/r Xususiyatlar Odatiy turizm Diniy turizm Ziyorat turizmi

1 Obyekti Tabiat, madaniyat, gastronomiya Ibodat, madaniy meros Barchasi

2 Maqsadi O'yin-kulgu, dam olish Ma'naviy o'sish va ruhiy xotirjamlik O'yin-kulgu bilan bir qatorda ma'naviy o'sish

3 Ko'rsatmalar Turistlarni diqqatga sazovor joylarga jalb qilish uchun ma'lumotlar Turistik diqqatga sazovor manzillar va tarixiga oid ma'lumotlar Ziyoratgohlarning shar'iy vazifalari va diniy urf-odatlarga oid ma'lumotlar

4 Ziyoratgohlar To'ldiruvchi To'ldiruvchi Turizm obyekti bilan birlashtirilgan diniy marosimlar

5 Taomlanish Odatiy Halol Halol

6 Jamiyat munosabatlari va turizm muhiti To'ldiruvchi va foyda olish To'ldiruvchi va foyda olish Integratsiyalashgan va o'zaro ta'sirga asoslangan

7 Sayohat mavsumi Mavsumiy Mavsumiy Mavsumiy emas

O'zbekiston ziyorat turizmida katta salohiyatga ega. Mamlakat aholisi 2024-yil 1-yanvar holatiga ko'ra 36,7 milliondan ortiq kishini tashkil etib, ularning aksariyat qismi islom diniga

(xanafiylik mazhabi) e'tiqod qiladi. Yurtimizda boy tarixga ega ko'plab diniy ziyoratgohlar mavjud. Turistik jozibadorligi sababli, O'zbekiston 2021-yilda GMTI (Global Muslim Travel Index) - Xalqaro musulmon sayohatlar indeksida 32-o'rindan 22-o'ringa ko'tarildi, 2022-yilda esa 9-o'rinni egalladi.

O'zbekistonning ziyorat turizmini rivojlantirishdagi ustunliklari sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin (1-rasm).

1-rasm. O'zbekistonning ziyorat turizmini rivojlantirishdagi ustunliklari

O'zbekiston Welcoming Countries Rank-2024 reytingida 29-o'rinni egalladi, mamlakatga 140 ta davlat fuqarolari vizasiz tashrif buyurishlari mumkin, taqqoslash uchun, Markaziy Osiyoda joylashgan boshqa mamlakatlar: Tojikiston 57-o'rin, Qirg'iziston 60-o'rin, Qozog'iston 63-o'rindan joy oldi . Tashrif vaqtida viza berishda asosiy e'tibor xorijiy turistlarni mamlakat hududiga tashrif buyurishga jalb qilishdan iborat. Pandemiyagacha bo'lgan davr, xususan, 2018-2019-yillarda viza rejimining turistlarga nisbatan osonlashganidan so'ng, turistlar oqimida o'sish kuzatildi. Masalan, Indoneziyadan sayyohlar oqimi 170%, Malayziyadan 158%, Turikiyadan 154%, Birlashgan Arab Amirliklaridan 153% ga oshdi.

Yurtimizda ko'plab ziyoratgohlar, tarixiy obidalar va madaniy meros obyektlari mavjud. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi 25-sessiyasidagi nutqida mamlakat hududida 8 mingdan ortiq madaniy meros obyektlari mavjudligini qayd etdi. Turistlar orasida eng mashhur turistik manzillar Toshkent, Samarqand va Buxoro hisoblanadi.

Mamlakat o'ziga xos milliy taomlar bilan ham turistlar orasida mashhur yo'nalish sifatida qayd etilmoqda. 2019-yilda AQShning "National geographic traveler awards" ro'yxatida "Gastronomik turizm" nomitasiyasida O'zbekistoning g'olib bo'lishi ham bunga misol bo'la oladi. Aholining katta qismi islom diniga e'tiqod qilgani uchun hududlarda halol taom va yegulik topish turistlarga qiyinchilik tug'dirmaydi.

O'zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish inson va tabiiy omillar kabi barqaror resurslar hamda diniy nuqtai nazardan muhim ahamiyat kasb etadi. Diniy nuqtai nazarda, ziyorat turizmi daromad olish va valyuta tushumlarida islom tamoillariga asoslanish, moddiy va ma'naviy mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishda islomiy qadriyatlar va axloq qoidalariga rioiya qilish, tur vaqtida shirk, yovuzlikdan saqlanishga qaratiladi,

Yuqoridagilar bilan bir qatorda, ziyorat turizmi din johatdan mukammal bilim va malakaga ega professional mutaxassislarni talab qiladi. Mamlakatimizda turizm sohaaida malakali kadrlar tayyorlash bo'yicha bir qancha oliy ta'lim muassasalari, texnikumlar faoliyat olib bormoqda. Ammo, aynan ziyoratga yo'naltirilgan kadrlarga ehtiyoj mavjud.

Viza

Tarixiy ziyoratgohlar

Shu sababli, mamlakatda barqaror ziyorat turizmini rivojlantirish uchun hukumat, xususiy sektor, fuqarolik jamiyati va ijtimoiy institutlar muhim ahamiyat kasb etadi. Mavzuj turistik resurslarni samarali boshqarish hududlarni rivojlantirishga bevosita va bilvosita hissa qo'shadi, shuning uchun mintaqaviy va markaziy hukumat ziyorat turizmi konsepsiyasini amalga oshirishi lozim bo'lgan turistik destinatsiyalar hududida milliy qadriyatlar saqlanishi va atrof-muhitfa do'stona munosabatda bo'lishini kuzatib borishi lozim.

O'zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishda vujudga kelishi mumkin bo'lgan kamchiliklar sifatida til baryerini misol qilub keltirish lozim. Mamlakatimizda o'zbek tili davlat tili hisoblanadi, bundan tashqari rus tili keng qo'llaniladi. Ammo, kirib kelayotgan turstik oqimning katta qismi ingliz tilida so'zlashadi, Qayd etish lozimki, respublika ta'lim tizimiga asosiy chet tili sifatida ingliz tilini o'qitish tizimi joriy qilingan. Yana bir ahamiyatli jihati, aynan ziyorat turizmida faoliyat olib boradigan kadrlarni o'qitishda musulmonlar uchun muhim hisoblangan arab tilini ham joriy qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, barcha duo va ibodatlar arab tilida bajariladi, ko'plab ziyoratgohlarning naqshlariga arab kalligrafiyasidan Qur'on suralaridan oyatlar tushirilgan.

Til baryeri muammosidan tashqari, yana bir kamchilik sifatida transport logistikasida vujudga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni misol qilib keltirish mumkin. Ziyoratgohlarga tashrif buyurishda duch kelishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklar mamlakatning GMTI reytingida past o'rin egallashiga sabab bo'lishi mumkin. Ba'zi hududlarda yo'l infratuzilmasi holati qoniqarsiz. Shu sababli mavjud infratuzilmani takomillashtirish lozim.

O'zbekiston ziyorat turizmi resurslariga boy, shuning uchun ziyorat turizmini rivojlantirish mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati o'sishiga bevosita ta'sir o'tqizishi mumkin. Ziyorat turizmini mamlakatda barqaror rivojlanishini ta'minlash uchun uzoq muddatli strategiyalar ishlab chiqish, xorijiy sayyohlarni jalb eta oladigan infratuzilmani yaratish va takomillashtirish, halol standartlarni joriy qilish, resurslarni samarali boshqarish mexanizmini takomillashtirish lozim.

Bundan tashqari, xorij tajribasini o'rganish, sohaning malakali mutaxassislari olib borayotgan tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilish maqsadga muvofiq. Ziyorat turizmini rivojlantirish uchun xalqaro tashkilotlar, turizm rivojlangan davlat bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish, reklama agentliklari bilan hamkorlika chet elda targ'ibot ishlarini amalga oshirish, milliy qo'l mehnati, uy hunarmandchiligini rivojlantirish, mazkur yo'nalishda faoliyat olib boradigan tadbirkorlarga ma'lum erkinliklar va yengilliklar berish, tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar aziz avliyolarning ziyoratgohlari haqida chet tillaridagi tarjima bukletlarini tezroq va ko'proq miqdorda tashkil etish lozim.

REFERENCES

1. Abdurakhmanova G.K. et al. Tourism 4.0: opportunities for applying Industry 4.0 technologies in Tourism. // Proceedings of the 6th International Conference on Future Networks & Distributed Systems. 2022. С. 33-38.

2. Aniqoh, Nur Aini Fitriya Ardiani, and Umi Hanik. "The Potential of Halal Tourism Industry in Uzbekistan." Journal of Digital Marketing and Halal Industry 3.2 (2021): 111-120.

3. Астанакулов О., Сохибова М. Жах,он иктисодиётининг глобаллашув шароитида халкаро мex,монхоналар тизимининг ривожланиши. // Общество и инновации. 2022. Т. 3. №. 1. С. 49-56.

4. Астанакулов О., & Сохибова, М. (2023). Халкаро туристик хизматларнинг ривожланиши динамикаси ва тенденцияларининг тах,лили. Iqtisodiyot Va ta 'lim, 24(5),

346-353. https://doi.org/10.55439/ECED/vol24_iss5/%x

5. Астанакулов О., Гойипназаров С. "Туризм 4.0":"Саноат 4.0" технологияларини туризм сохдсида куллаш имкониятлари: https://doi. org/10.55439/ECED/vol23_iss3/a51. // Iqtisodiyot va ta'lim. 2022. Т. 23. №. 3. С. 330-337.

6. https://www.un.org/en/academic-impact/halal-tourism-promoting-high-quality-service

7. https://stat.uz/uz/59-foydali-ma-lumotlar/5859-o-zbekiston-aholisi-3

8. https://www.crescentrating.com/magazine/all/4081/gmti-2022-reports-top-20-oic-non-oic-destinations-gmti-rankings.html

9. https://president.uz/oz/lists/view/6763

10. https://uzbekistan.travel/en/o/uzbekistan-is-recognized-as-the-discovery-of-the-year

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.